I.Dars mavzusi: Kvadrat tenglama va uning ildizlari.
II.Dars maqsadi:
Ta’limiy maqsad:
Kvadrat tenglamali masalalar yechish usulini ko’rsatish.
Kvadrat tenglama ta’rifini berish.
Kvadrat tenglamaga doir misollar keltirish.
Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish.
Buyuk matematik bobolarimizning ilmiy ishlaridan namunalar keltirib, vatanparvarlik hissini tarbiyalash.
v) Rivojlantiruvchi maqsad:
1. Darslikdagi kvadrat tenglamaga doir mashqlarni mustaqil ishlash malakasini oshirish.
2. Sog’lom raqobat muhitini, nutq muomila madaniyatini shakllantirish.
d) Yakuniy maqsad: faollik, qiziquvchanlik, yangilik, ijodkorlik, hamkorlik
III. Dars turi: ma`ruza va mustaqil ishlash
^ IV. Darsda foydalaniladigan metodlar: “Aqliy hujum” , “Guruhlar bilan ishlash”, “Bahs munozara”.
V. Dars uchun qoidalar:
1. To’liq tushuntirish, so’ng ishga o’tish.
2. Qo’l ko’tarib javob berish.
3. Faol qatnashish.
4. Intizomga rioya qilish.
5. Baholashni to’g’ri bajarish .
^ VI. Darsda o’quvchilar o’zlashritishi kerak bo’lgan minimal bilimlar:
Tenglama va uning turlari.
Kvadrat tenglama tarifi.
Kvadrat tenglamaga doir misollar keltira olish va uni yecha bilish.
VII. Dars jihozi: Darslik, rangli ballar, o’quvchilar tomonidan tayyorlangan kartochkalar, mavzuga oid plakat
VIII. Darsda vaqt taqsimoti:
Tashkiliy qism 2 daqiqa
Uy ishini tekshirish 4 daqiqa
Yangi mavzuni tashkil etishga o’tish 2 daqiqa
Yangi mavzuni yoritish 14 daqiqa
Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni mustahkamlashga o’tish 10 daqiqa
O’rtog’ingni tekshir bellashuvi 10 daqiqa
Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash 2 daqiqa
Uyga vazifa 1 daqiqa
Do'stlaringiz bilan baham: |