I f. d., prof. G. Q. Abduraxmonova 2023-yil “ ”


Tadqiqotning ilmiy yangiligi


Download 135.01 Kb.
bet2/14
Sana20.10.2023
Hajmi135.01 Kb.
#1710895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Djumayev S протокол

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mahalliy budjetlarning tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar shaklidagi daromadlari miqdorini tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlari daromadlari prognozi ijrosidan qatʼiy nazar doimiy belgilash taklifi asoslangan;
ijara toʻlovi eng kam stavkalarini belgilash vakolatini hududlar kesimidagi ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatiga asoslangan holda Mahalliy davlat hokimiyati organlariga berish boʻyicha taklif ishlab chiqilgan;
davlat moliyaviy nazoratini tashkil qilish va tartibga solishning yagona andozalari muvofiq moliyaviy va samaradorlik auditi elementlari asosida mahalliy budjet daromad va xarajatlari ijrosi samaradorligini nazorat tizimini takomillashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqilgan.
mahalliy budjetlar biriktirilgan daromad bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan oʻrta muddatli ssenariy variantlar prognoz koʻrsakichlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
tuman va shaharlar iqtisodiy salohiyati hisobiga shakllanadigan tartibga soluvchi daromadlarni mahalliy budjetlarga doimiy biriktirish orqali ushbu daromadlar boʻyicha reja koʻrsatkichlarini oshirib bajarishdan manfaatdorlikni taʼminlash boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga belgilangan ijara toʻlovi eng kam stavkalarini belgilash vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga) berish orqali mahalliy budjetlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Davlat moliyaviy nazorati tizimida yagona axborot makoninin yaratish va distatsion audit tizimini samarali tashkil qilish va nazorat faoliyati siklini toʻliq avtomatlashtirishda “Finansoviy kontrol-SMART” dasturiy mahsulidan foydalanish tavsiya etildi.
Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligining zahirasi sifatida minimal aylanma kassaviy qoldiq va zahira jamgʻarmasini optimal darajasini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Shundan soʻng, ilmiy tadqiqot yuzasidan tayyorlangan dissertatsiya boʻyicha savol-javoblarga oʻtildi.

Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling