I f. d., prof. G. Q. Abduraxmonova 2023-yil “ ”
i.f.d., prof. Sh.X. Muminov
Download 135.01 Kb.
|
Djumayev S протокол
- Bu sahifa navigatsiya:
- S.Djumayev 1-savolga javob
- S.Djumayev 2-savolga javob
i.f.d., prof. Sh.X. Muminov: 1-savol. Avtoreferatingizda 1-formulada mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligiga taʼs ir etuvchi omillarni izohlagansiz. Ushbu omillarni keng roq tushuntirsangi va unda nima uchun budjet omillari yuqori vaznga ega boʻlmoqda.
2-savol. Hududlarda doimiy yashovchi aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan mahalliy budjetlar daromadlari Respublika boʻyicha oʻrtacha indeksi (Ijbmbd)ni keltirgansiz. Aytingchi hisob kitoblar natijasida qanday xulosalarni tizimlashtirdingiz. S.Djumayev 1-savolga javob: Xaqiqatda ushbu formulada rossiyalik iqtisodchi olimlar fikrlariga asoslangan holda 3 asosiy omillar va ularni mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini taʼminlashga taʼsiri berilgan. Ushbu omillar, birinchidan, budjet omillari, makroiqtisodiy omillar va institutsional omillar keltirilgan. Budjet omilining yuqori vaznga ega boʻlishiga sabab, budjet mexanizmining ichki tuzilishi va optialligiga mahalliy budjetlar barqarorligining bogʻliqligini kuchli darajada boʻlayotganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun Davlat budjeti daromad va xarajatlarini budjet tizimi budjetlari oʻrtasida taqsimlash va budjetlararo transfertlar tizismini takomillashtirishni mahalliy budjetlar barqarorligini taʼminlashdagi ahamiyati yuqoridir. Lekin shu bilan birga makroiqtisodiy omillar yaʼni hudud iqtisodiy salohiyati, institutsional omillar byujet ijrosida ishtirok etuvchi bevosita rejalashtirish va naxorat tizimini takomillashtirishnining ham ahamiyati yuqori. S.Djumayev 2-savolga javob: Ushbu modelda Hududlar kesimida doimiy yashovchi aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan mahalliy budjetlar daromadlari oʻrtasida qay darajada hududiy tafovut mavjudligini solishtirma tahlillari keltirilgan. Hududlarda doimiy yashovchi aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan mahalliy budjetlar daromadlarini Respublika boʻyicha oʻrtacha darajasidan yuqori koʻrsatkich 2018-yilda 8 ta hududda kuzatilgan boʻlsa, 2022-yilga kelib ushbu koʻrsatkich 5 ta hududga tegishli boʻlgan. Bunda yetakchi rolni Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy va buxoro viloyatlari oʻynagan. Oʻrtachadan eng past koʻrsatkichlar Surxondaryo, Andijon, Samarqand va Namangan viloyatlariga toʻgʻri kelgan. Natijada quyibagi xulosalar tizimlashtirildi: Birinchidan, Aholi jon boshiga mahalliy budjetlar daromadlarining hududlar kesimidagi kuchli degradatsiyasi hamon saqlanib qolmoqda. Ikkichidan, samarali islohotlar natijasida doimiy yashovchi aholi jon boshiga mahalliy budjetlar daromadlari darajasi boʻyicha tekislashuv jarayoni kuzatilayotgan boʻlib, ushbu holat aholi va uning demografik sotsial tarkibiga asoslangan holda daromadlarni taqsimlash mutanosibligini taʼminayotganligidan ham dalolat beradi. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling