I f. d., prof. G. Q. Abduraxmonova 2023-yil “ ”


Download 135.01 Kb.
bet9/14
Sana20.10.2023
Hajmi135.01 Kb.
#1710895
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Djumayev S протокол

Birinchi taqrizchi: i.f.n., dots. X.A. Qurbonovning oʻz chiqishida dissertatsiya mavzusining dolzarbligini, olingan ilmiy natijalarning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab quyidagi jihatlariga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsdlar va ular boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning joylardagi samarali ijrosi koʻp jihatdan mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, ular ixtiyorida shakllantiriladigan mahalliy budjetlar barqaror daromad bazasini shakllantirishga va xarajatlarni samaradorali ijrosi tizimini shakllantirishga bogʻliqdir. Mahalliy budjetlar daromad va xarajatlari mutanosibligini taʼminlash, xarajatlarning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi yuqori koʻrsatkichlarini taʼminlash joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligining moliyaviy kafolati hisoblanadi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasida bir qator sttrategik maqsadlar (asosan 7 ta) belgilangan boʻlib,ushbu strategik maqsadlarga erishish uchun asosiy vazifalar sifatida birinchidan, uzoq muddatli davlat moliyaviy barqarorligini taʼminlashga qaratilgan strategik oʻrta muddatga moʻljallangan soliq-budjet siyosatini yuritish; ikkinchidan, makroiqtisodiy cheklovlar va vazifalarni nazarda tutuvchi budjetlashtirishning “yuqoridan pastga” yondashuvini joriy etish yoʻli bilan soliq-budjet nazoratini kuchaytirish va barcha budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi va hisobdorligini oshirish; uchinchidan, budjetlararo munosabatlarni isloh qilish, mahalliy boshqaruv organlarining mustaqilligini va javobgarligini oshirish hamda budjetlararo transfertlar taqdim etish qoidalari asosida ularni ajratishning shaffof mexanizmini joriy etish belgilab olingan.
Ushbu asosiy vazifalar doirasida mahalliy budjetlar daromad va xarajatlarini boshqarish tizimi boʻyicha sifat jihatdan yangi mexanizmlarni joriy qilish bevosita ular moliyaviy barqarorligini taʼminlashning fundamental asoslaridan birini tashkil qiladi. Yuqoridagi holatlar Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirishning ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini oʻzida mujassamlashtirgan ushbu dissertatsiya ishi mavzusining zamon talablariga mosligi va dolzarbligini belgilab beradi.
Ushbu taqriz qilayotgan ushbu dissertatsiya ishi kirish qismi, jami toʻqqizta paragrafdan iborat uchta bob, xulosa qismi, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat boʻlib oʻrnatilgan standartlar boʻyicha tayyorlangan.
Kirish qismida tadqiqot ishining dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflanib, ularning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi koʻrsatilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi, nashr etilgan ishlar hamda dissertatsiya tuzilishi boʻyicha maʼlumotlar keltirilgan.
Ushbu tadqiqot doirasida amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF- 60-son “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”, 2017-yil 7-iyundagi PQ 5075-son “Mahalliy davlat xokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi maʼsuliyatini oshirish toʻgʻrisida”, 2017-yil 8-avgustdagi PQ 3182 – son “Hududlarning jadal ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora – tadbirlar toʻgʻrisida”, 2017-yil 13-dekabrdagi PF 5283son “Mahalliy davlat xokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning toʻliqligini taʼminlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”, 2019-yil 30-dekabrdagi PQ 4555-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonun ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2020-yil 01-maydagi PQ 4702-son “Hududlarni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarorlari va farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy xujjatlar keng oʻrganilganligini kuzatish mumkin.
Dissertatsiyaning birinchi bobi «Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligining ilmiy-nazariy va tashkiliy-iqtisodiy asoslari» deb nomlanib, unda Budjet tizimi budjetlari moliyaviy barqarorligi va uning makroiqtisodiy jihatlarini ilmiy-nazariy asoslari keng yoritib berilgan. Xususan, unda xorijiy mamlakatlar davlat moliyasi tizimida keg qoʻllanilayotgan “Budjet qoidasi” tushunchasi va unga asoslangan davlat budjetining makrofiskal koʻrsatkichlar orqali makroiqtisodiy muvozanatga erishish imkoniyatlarini baholash tizimiga oid nazariy ishlanmalari eʼtiborla loyiqdir. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy barqarorligi asosiy komponentlari tizimlashtirilgan. Shuningdek, Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligining turkumlanishi va uni boshqarishning konseptual asoslari amaldagi islohotlar talablari asosida keng tadqiq qilingan. Mahalliy budjetlar barqarorligi “moliyaviy-budjet” omillarining xususiyatlari keng yoritib berilgan. Zamonaviy sharoitlardagi davlat moliyasi tizimidagi islohotlarda mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini taʼminlashning tashkiliy-huquqiy asoslari va zarurligi amaldagi qonunchilik va qonun osti hujjatlar asosida tizimli ravishda tadqiq qilingan. Dissertatsiya ishidagi konseptual ishlanmalar keng spektrdagi polemik apparatga asoslangan holda mahalliy va xorijiy iqtisodchi olimlar ilmiy qarashlari negizida chuqur ilmiy abstraksiyalash usuli yordamida tizimlashtirilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi «Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimining amaldagi xolatining tahlili» deb nomlanib, unda mahalliy budjetlar muvozanatlashgan moliyaviy barqarorligiga daromad bazasini shakllanish samaradorligining taʼsirini tahlil qilingan. Bunda, Davlat budjeti daromadlarini budjet tizimi budjetlari oʻrtasida taqsimlash mexanizmini mahalliy budjetlar barqarorligi nuqtayi nazardan keng statistik maʼlumotlar bazasi asosida tahlil qilinganligi ishninin amaliy jihatdan ham yuqori saviyada tayyorlanganligidan dalolat beradi. Hududlarda doimiy yashovchi aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan mahalliy budjetlar daromadlarini Respublika boʻyicha oʻrtacha indeksiga solishtirma tahlili asosida hududlar budjeti daromad salohiyati boʻyicha toʻgʻri xuosalar chiqargan.
Mahalliy budjetlar xarajatlarini ular moliyaviy barqarorligiga taʼsiri atroflicha tahlil qilingan. Davlat budjeti xarajatlarida Respublika va mahalliy budjetlar xarajatlarining ulushi dinamik trendlar asosida tahlil qilingan. Natijada xarajatlarning budjet tizimi budjetlari oʻrtasida taqsimlanishini mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligiga taʼsiri boʻyicha toʻgʻri xulosalarni tizimlashtira olgan.
Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligi va uni budjetlararo transfertlar vositasida boshqarish amaliyoti keng tahlil qilingan. Mahalliy budjetlarga ajratilgan budjetlararo transfertlar keng statistik maʼlumotlar asosida tahlil qilingan. Natijada budjet aromadlari, xarajatlari va budjetlararo transfertlar vositasida mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini boshqarish samaradorligini boʻyicha xulosalarni tizimlashtira olgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi «Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini yuksaltirishning ustuvor yoʻnalishlari» deb nomlanib, unda Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet salohiyatini oshirish mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligining omili sifatidagi imkoniyatlariga baho berilgan. Unda budjet salohiyatini baholash usubiyoti boʻyicha muhim metodologik ishlanmalar tizimlashtirilgan.
Budjet tizimi budjetlari moliyaviy xavfsizligini samarali boshqarishga yoʻnaltirilgan davlat moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tizimlashtirilgan. Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy budjetlar xavfsizligin moʻtadil darajasini taʼminlovchi moliyaviy barqarorlik indikatorlari va tavsiyaviy meʼyorlar ishlab chiqilgan. «Финансовый контроль-СМАРТ» amaliy dasturlar paketiga asoslangan mahalliy budjetlar ijrosi nazorat tizimi modeli boʻyicha amaliy tavsiyalar berilgan. Mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlash orqali ular moliyaviy barqarorligini taʼminlashning ekonometrik modellari va istiqbolli prognoz ssuyenariy variantlari ishlab chiqilgan.
Ishning xulosa qismida Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan umumiy xulosalar berilgan, muammolarni hal etishga oid takliflar bayon qilingan.
Dissertatsiyada tegishli ilmiy xulosalar, amaliyotga joriy etish uchun ishlab chiqilgan taklif va amaliy tavsiyalar mavjudligi ishning muhim ilmiy-amaliy ahamiyatini taʼminlagan.
Tadqiqotchi S. Djumayevning mazkur dissertatsiya ishi bilan tanishish uning hozirgi kunning dolzarb masalalari bagʻishlangan, erishilgan ilmiy-amaliy ishlanmalariga koʻra tugallangan ilmiy-tadkikot namunasi ekanligi haqida taassurotlarni tizimlashtirish imkoniyatini beradi.
Dissertatsiya va avtoreferat Oliy Attestatsiya Hayʼatining «Ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarga ilmiy darajalar berish toʻgʻrisida»gi Nizomi talablariga javob beradi.
Biroq, har qanday tadqiq namunasida boʻlgani kabi mazkur dissertatsiya ham tegishli munozarali jihatlar va ayrim kamchiliklarga ham ega:
-dissertatsiya ishida “Moliyaviy barqarorlik”, “Budjet barqarorligi” tushunchalari keng tadqiq qilinishiga qaramasdan, ushbu tushunchalarning sifat jihatidan xususiyatlari boʻyicha muallifning xulosalari nisbatan mavhum boʻlib qolgan;
-Mahalliy budjetlar moliviy barqarorligining daromad, xarajat va budjetlararo transfertlari omillari kesimida solishtirma tahlillar boʻyicha xulosalarga yanada aniqlik kiritish maqsadga muvofiq;
-ishning 2-bobida muallif keltirilgan analitik jadvallar tahlilida mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini taʼminlash tizimi samaradorligiga taʼsir etuvchi koʻrsatkichlar oʻzgarishlarining omilli tahlili bilan cheklanib qolmay, uning sabablari va ildizlarini yanada keng yoritish, omillarning sabablar balansini keltirishi ishning amaliy ahamiyatini yanada oshirar edi;
-ishning matnida, ayrim jadval va rasmlarni nomerlashda tahririy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan, dissertatsiya matnidagi iqtiboslarda keltirilgan adabiyotlarning ayrimlari foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatiga kiritilmay qolgan
Biroq, ushbu kamchiliklar tadqiqotning ilmiy qadrini, uning ilmiy va amaliy ahamiyatini pasaytirmaydi. Djumayev Sohib Xayitmurotovich tomonidan bajarilgan dissertatsion tadqiqot xulosalari ilmiy asoslangan, olingan natijalarning qoʻllanilish spektri keng va davlat molisi amaliyoti uchun talab qilinayotgan muammolar yechimiga ega.
Umuman, “Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusida yozilgan dissertatsiya ishi tugallangan ilmiy ish namunasi boʻlib, oʻzining ilmiy-amaliy ahamiyatiga koʻra Oliy Attestatsiya Hayʼati talablariga toʻliq javob beradi va shuning uchun uning muallifi Djumayev Sohib Xayitmurotovichning 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi boʻyicha iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (Doctor of philosophy) ilmiy darajasini olish uchun keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
Dissertatsiya ishi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengashda himoya qilishga tavsiya etiladi.
Tadqiqotchini qoʻllab quvvatlayman va qolganlarni ham u kishini qoʻllab- quvvatlashga chaqiraman.

Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling