XULOSASI
Dissertatsiyaning ixtisoslikka muvofiqligi. Dissertatsiya ishi 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligiga muvofiq bajarilgan, uning obyekti boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy soha tarkibiga kiruvchi taʼlim muassasalari tanlab olingan.
Dissertatsiyaning ilmiy saviyasi. Dissertatsiyada ilmiy bilimning umumiy usullari: tizimli tahlil, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, qiyosiy va dinamik tahlil, taqqoslash, umumlashtirish, statistik kuzatish, maʼlumotlarni yigʻish va guruhlash, umumlashtirish koʻrsatkichlarini hisoblash usullaridan foydalanilgan.
Dissertatsiya tadqiqoti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, innovasion tarraqiyot, inson kapitalini rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida bajarilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar mahalliy budjetlarning mustaqilligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda keng koʻlamda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan tavsiyalar mahalliy budjetlar mustaqilligini oshirishni takomillashtirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilishi bilan ifodalanadi.
Olingan natijalarning asoslanganligi. Tadqiqotda qoʻllanilgan yondashuv va usullar, uning doirasida foydalanilgan nazariy yondashuvlar rasmiy manbalardan olinganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat prezidenti huzuridagi statistika agentligi, “Ochiq budjet” portali, Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasining rasmiy statistik maʼlumotlariga asoslanganligi bilan belgilanadi.
Eʼlon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari qanchalik toʻliq bayon etilganligi. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 10 ta ilmiy ish, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta maqola, shundan respublika va 1 tasi yetakchi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |