I f. d., prof. G. Q. Abduraxmonova 2023-yil “ ”


Download 135.01 Kb.
bet11/14
Sana20.10.2023
Hajmi135.01 Kb.
#1710895
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Djumayev S протокол

S.Djumayev: Ayni paytda qimmatli vaqtingizni ayamasdan ishni batafsil koʻrib chiqib, bildirgan taklif va tavsiyalaringiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Koʻrsatilgan kamchiliklarni keyingi bosqichgacha bartaraf etaman.
Ilmiy seminar aʼzolari ishtirokida oʻtkazilgan savol-javoblarning muhokamasi yuzasidan soʻz norasmiy taqrizchilarga berildi.
i.f.d., prof. S.K. Xudoyqulov: Haqiqatdan ham Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi va natijaviyligi ularni oʻz vaqtida va zarur miqdorda moliyaviy mablagʻ bilan taʼminlanishiga bevosita bogʻliqdir. Afsuski, mahalliy budjetlarda moliyalashtirishda mahalliy boshqaruv organlari zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda oʻz mablagʻlarining yetishmaslik muammosi hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Mazkur vazifalarning ijobiy amalga oshirilishida taʼminlashda mahalliy budjetlarning ishtirokini va mustaqilligini oshirish dolzarb masala hisoblanadi.
Umuman olganda, ushbu mavzu oʻzining ilmiy yangiliklariga ega, shu bilan birgalikda chet ellik va Oʻzbekistonlik olimlarning oxirgi oʻn yillikdagi ishlarini toʻliq oʻrganib chiqilgan. Tadqiqotchining ma’ruzasi va savollargi aniq va lo‘nda qilib javob berishlari ko‘rib, tadqiqotchi ilmiy mushohada qilishga hamda kompetensiyaga ega ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Tadqiqotchi o‘z ishini ichiga to‘liq kirgan, dissertatsiya ham to‘liq tamomlangan, uni qo‘llab quvvatlayman va keyingi bosqichga himoyaga qolgan ilmiy seminar aʼzolaridan ham u kishini qoʻllab-quvvatlashga chaqiraman.
Tadqiqotchi norasmiy taqrizchining bildirgan fikr va mulohazalariga oʻz munosabatini bildirdi. Rahmat ustoz fikringizni ilmiy rahbarim bilan koʻrib chiqamiz.
Majlis yakunida Ilmiy seminar Raisi dissertatsiya ishi boʻyicha tushgan bitta taklifni – dissertatsiyani himoyaga tavsiya etish toʻgʻrisidagi taklifni ovozga qoʻydi.
Majlisda ishtirok etishi lozim boʻlgan 21 nafar aʼzolardan 19 nafari ishtirok etishdi, shundan ijobiy ovoz soni 17 ta, qarshilar – 1ta, betaraflar - 1 ta. Ovoz berish natijasida S.Djumayevning dissertatsiya ishini himoyaga tavsiya etish haqida qaror qabul qilindi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda Djumayev Sohib Xayitmurotovichning “Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi boʻyicha

Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling