I II variant javobi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya javoblari
5-variant
1. Maktabgacha Yosh davrida bolalar narsa-buyum shakli o‘zgarganda ham uning miqdori saqlanib qolishi qonuniyatini hali tushunmasliklarini eksperimental isbotlagan mashhur olim kim? a) D.B.Elkonin; b) Z.Freyd; c) M.I.Lisina; *d) J.Piaje. 2. Maktabgacha Yoshdagi bolaning uzoq vaqt o‘ziga unchalik qiziq bo‘lmagan topshiriqni bajarishga qodirligi uning maktabda ta’limiga qaysi jihatdan tayyorligini ko‘rsatadi? *a) emotsional; b) motivatsion; c) intellektual; d) ijtimoiy. 3. Maktabgacha Yosh davri oxiriga kelib, bola tafakkurida quyida keltirilgan o‘zgarishlarning qaysilari ro‘y beradi? a) egotsentrizmdan detsentratsiyaga o‘tiladi – ko‘rgazmali obrazli tafakkurdan ko‘rgazmali harakat tafakkuriga o‘tiladi; b) detsentratsiyadan egotsentrizmga o‘tiladi – ko‘rgazmali harakat tafakkuridan ko‘rgazmali obrazli tafakkurga o‘tiladi; * c) egotsentrizmdan detsentratsiyaga o‘tiladi – ko‘rgazmali harakat tafakkuridan ko‘rgazmali obrazli tafakkurga o‘tiladi; d) detsentratsiyadan egotsentrizmga o‘tiladi – ko‘rgazmali obrazli tafakkurdan ko‘rgazmali harakat tafakkuriga o‘tiladi. 4. Maktabgacha Yosh davrida bola shaxsida ro‘y beruvchi eng muhim o‘zgarish qaysi? a) qadriyatlar tizimining shakllanishi; b) hissiyotlarni boshqarish qobiliyatining shakllanishi; *c) motivlarni bir-biriga bo‘ysundira olish qobiliyatining shakllanishi; d) o‘z-o‘ziga haqqoniy baho berish qobiliyatining shakllanishi. 5. Bolaning ichki va tashqi hayotida differensiatsiya boshlanib, uning xulq-atvorida soddalik va soddadillikning keskin kamayishi taxminan qaysi Yoshga to‘g‘ri keladi? a) 3-4 Yosh; b) 4-5 Yosh; c) 5-6 Yosh; *d) 6-7 Yosh. 6. Qaysi Yosh davridan bola emotsiyalar ambivalentligi hodisasining mavjudligini tushuna boshlaydi? a) ilk bolalik davri; b) o‘smirlik davri; *c) kichik maktab Yoshi davri; d) maktabgacha Yosh davri. 7. Maktab ta’limiga motivatsion jihatdan tayyor bo‘lmagan bolani maktab avvalo nimasi bilan qiziqtiradi? a) yangi narsalarni o‘qib o‘rganib olish imkoniyati bilan; b) o‘quvchilik asbob-anjomlariga ega bo‘lish imkoniyati bilan; c) o‘quvchilarga xos kiyim-bosh kiyish imkoniyati bilan; *d) b va c javoblar to‘g‘ri. 8. Statik tasavvurning ustunligi qaysi Yosh bosqichida kuzatiladi? *a) maktabgacha Yosh davri; b) kichik maktab Yoshi; c) o‘smirlik; d) o‘spirinlik. 9. Taxminan necha Yoshdan odatda bola muayyan manzilga etish yo‘lining haritasini bemalol chiza oladi? a) 6 Yosh; *b) 8 Yosh; c) 10 Yosh; d) 12 Yosh. 10. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning bilish faoliyatida tafakkurning qaysi turi ustunlik qiladi? a) ko‘rgazmali-harakat tafakkuri; *b) ko‘rgazmali-obrazli tafakkur; c) so‘z-mantiqiy tafakkur; d) a va b javoblar bir-birini to`ldiradi. 11. Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri taxminan 6 Yoshdan boshlab namoyon bo‘ladi? a) hamdarlik bildira olish; b) muvaffaqiyatga intilish motivi; c) ramziy qo‘rquvlar; *d) shaklning konturini idrok eta olish. 12. 9-10 Yoshdan boshlab bolalarning tanqidni avvalgiga nisbatan og‘irroq qabul qila boshlashiga ko‘pincha qanday omil sabab bo‘ladi? a) tanqidning kinoyali tarzda ifodalanishi; b) tanqid bir necha kishi tomonidan bir vaqtda ifodalanishi; * c) tanqidiy fikr bolaning tengdoshlari guvohligida ifodalanishi; d) tanqid bola uchun obro‘li kishi tomonidan ifodalanishi. 13. Kichik maktab Yoshi davrida biror odamdagi qanday emotsional holatning idrok etilishida adekvatlik ayniqsa yuqori bo‘ladi? a) qo‘rquv; b) jahl; c) quvonch; *d) a va b javoblar to‘g‘ri. 14. Turli maxfiy yozuvlar, shifrlar o‘ylab topishga, yashirin makonlar, “shtablar” qurishga bo‘lgan qiziqish qaysi Yosh davrida yaqqol namoyon bo‘ladi? a) maktabgacha Yosh davri *b)kichik maktab Yoshi; c) o‘smirlik; d) o‘spirinlik. 15. Kichik maktab Yoshi davrida qanday tana tuzilishiga ega bolalar orasidan ko‘pincha do‘stlar kamroq tanlanadi? * a) piknik; b) atletik; c) astenik; d) bu Yosh davrida do‘stlashishda mazkur omilning ahamiyati ko‘zga tashlanmaydi. 16. Kichik maktab Yoshida altruizm xususiyatining darajasida avaalgi davrlarga nisbatan odatda qanday o‘zgarish kuzitiladi? a) altruizm darajasi susayadi; *b) altruizm darajasi ortadi; c) altruizm darajasida o‘zgarish kuzatilmaydi; d) altruizm darajasi davr boshida ortib, keyin susayadi. 17. Kichik maktab Yoshida sinfdan sinfga odatda kuchayib boruvchi bilish ehtiyoji bilan bog‘liq o‘quv motivatsiyasining taxminan nechanchi sinfda biroz pasayishi kuzatiladi? a) 2-sinfda; * b) 3-sinfda; c) 4-sinfda; d) bu hodisa dastlab o‘rta maktabga o‘tish davriga to‘g‘ri keladi. 18. O‘smirlik davrida etakchi faoliyat sifatida gavdalanadigan faoliyat turi qaysi? a) bevosita emotsional muloqot; b) predmetli-manipulyativ faoliyat; c) o‘quv faoliyati; * d)intim-shaxsiy muloqot. 19. O‘smirlik davrida shaxs rivojlanishida quyidagi jarayonlardan qaysi biri yoki qaysilari ustunlik qilishi kuzatiladi? a) adaptatsiya; *b) individualizatsiya; c) integratsiya; d) a va b javoblar bir-birini to`ldiradi. 20. Pubertat davri qaysi Yosh davriga to‘g‘ri keladi va bu davr qanday hodisa bilan tavsiflanadi? a) kichik maktab Yoshi, o‘quv faoliyatida baho olish motivining ustunligi; *b) o‘smirlik davri, jinsiy etilishning ro‘y berishi; c) o‘smirlik davri, mustaqillikka intilishning kuchayishi; d) ilk o‘spirinlik, kasb tanlash muammosining hal qiluvchi bosqichga etishi. 21. L.S.Vigotskiy o‘smirning xayolini nima o‘xshatgan edi? a) chaqaloqning kattalar bilan muloqotiga; *b) maktabgacha Yoshdagi bolaning o‘yiniga; c) kichik maktab Yoshidagi bolaning tasavvurlariga; d) kattalarning mehnat faoliyatiga. 22. Nutqning rivojlanishida quyidagi xususiyatlardan qaysi biri o‘smirlik davri uchun xos? a) ona tili fonetikasining to‘liq o‘zlashtirilishi; b) yozma nutq malakalari shakllanishi; c) noverbal muloqot ko‘nikmalari paydo bo‘lishi; * d) yoddan ifodali o‘qish qobiliyatining rivojlanishi. 23. O‘smirlarda xarakter aksentuatsiyalarining namoyon bo‘lishi muammosi quyidagi olimlarning qaysi biri tomonidan chuqur o‘rganilgan? *a) A.E.Lichko; b) D.B.Elkonin; c) L.I.Bojovich; d) M.I.Lisina. 24. Namoyishkorona xulq-atvor xarakter aksentuatsiyasining qaysi turiga xos asosiy xususiyat hisoblanadi? a) shizoid; *b) isteroid; c) epileptoid; d) gipertim. 25. Komformlik sifati yuqori bo‘lgan o‘smirlar jinoiy ishga qo‘l urishiga odatda nima sabab bo‘ladi? a) o‘zini ajratib ko‘rsatish istagi; b) tengdoshlar orasida shaxsiy mavqeni oshirish ehtiyoji; *c) tengdoshlardan ortda qolmaslik istagi; d) o‘ziga nisbatan o‘zining hurmatini oshirish ehtiyoji. 26. O‘smir shaxsida quyidagi ehtiyojlarning qaysi biri ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi? a) kattalar bilan muloqotda bo‘lishga nisbatan ehtiyoj; b) boshqalarning muayyan voqea-hodisalar haqidagi fikrini bilishga bo‘lgan ehtiyoj; c) o‘quv faoliyatida muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji; *d) kattalardan avtonomiyaga erishishga bo‘lgan ehtiyoj altruizmni namoyon . 27. Mazmunsiz muloqotga yo‘nalganlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘smirlarning o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi odatda qanday bo‘ladi? a) noadekvat past; *b) noadekvat yuqori; c) adekvat; d) ushbu alomat o‘smirning o‘ziga baho berish tizimi bilan bog‘liq emas. 28. O‘smirda noadekvatlik affekti mavjudligi nimada namoyon bo‘ladi? a) birovning shaxsiga noadekvat baho berishda; b) birovga noto‘g‘ri maslahat berishda; *c) shaxsiy muvaffaqiyatsizlikni noadekvat qarshi olishda; d) shaxsiy imkoniyatlardan etarlicha foydalana olmaslikda. 29. Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri odatda o‘smirlik davri uchun xos emas? a) ijtimoiy fobiyalarning kuchayishi; b) referent guruhlarning vujudga kelishi; c) ota-onaga nisbatan emansipatsiyaning kuchayishi; * d) o‘quv faoliyatida yaxshi baho olishga qiziqishning ortishi. 30. Hissiyotlar namoyishining boshqarilishida ilk o‘spirinlik va o‘smirlik davrlari o‘rtasidagi tafovutni aks ettirgan quyidagi qaysi mulohaza to‘g‘ri? a) ilk o‘spirinlikdan farqli ravishda o‘smirlik davrida shaxs o‘z hissiyotlarini etarlicha yashira olmaydi; *b) ilk o‘spirinlikda o‘smirlikdan farqli ravishda shaxs o‘z hissiyotlarini nafaqat yashirishga, balki niqoblashga qodir bo‘ladi; c) ilk o‘spirinlik davridan farqli ravishda o‘smirlik davrida shaxs o‘z hissiyotlarini noverbal vositalar orqali ifodalashga qiynaladi; d) ilk o‘spirinlik davrida o‘smirlikdan farqli ravishda shaxs ijobiy hissiyotlarni namoyish etishda o‘zini boshqarishga qiynaladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling