I II variant javobi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana27.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1657219
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Psixologiya javoblari

4-variant 
1. Insonning shakl o‘zgarishi bilan miqdorning saqlanib qolishini tushunish qobiliyatini nomlash uchun 
J.Piaje qanday atamani taklif etgan? 
*a) konservatsiya;
b) klassifikatsiya;
c) seriatsiya;
d) tranzitivlik.
2. Quyidagi Yosh davrlarining qaysilarida boshqa odamlar bilan bo‘lgan muloqot yetakchi faoliyat sifatida 
gavdalanadi? 
a) ilk bolalik, kichik maktab Yoshi; 
b) maktabgacha Yosh davri, o‘smirlik;
c) o‘smirlik, o‘spirinlik;
*d) go‘daklik, o‘smirlik.
3. Psixik rivojlanishning kompensatsiya qonuniyati mazmuni nimadan iborat?
a) psixik rivojlanish davomida turli psixik funksiyalar taraqqiyotining notekis kechishi; 
* b) nisbatan sust rivojlangan psixik funksiyalar vazifasining qisman boshqa funksiyalar tomonidan 
bajarilishi; 
c) psixik funksiyalar o‘zaro aloqadorlikda taraqqiy etishi;
d) psixik rivojlanishning muayyan davri ma’lum psixik funksiyalar rivojlanishi uchun qulay davr bo‘lishi. 
4. Hozirda fanda ma’lum Yosh inqirozlaridan adabiyotlarda dastlab qaysi inqiroz davri keng yoritilgan? 
a) tug‘ilish davri inqirozi; 
* b) jinsiy etilish davri inqirozi
c) 3 Yosh inqirozi;
d) 7 Yosh inqirozi.
5. Psixik rivojlanishning muayyan davri ma’lum psixik funksiyalar rivojlanishi uchun qulay davr bo‘lishi 
psixik rivojlanishning qanday qonuniyat asosida ro‘y berishini isbotlaydi? 
a) kumulyativlik qonuniyati; 
b) geteroxronlik qonuniyati; 
* c) senzitivlik qonuniyati;
d) kompensatsiya qonuniyati. 


6. Predmetli-manipulyativ faoliyat qaysi Yosh davrida etakchi faoliyat bo‘lib hisoblanadi? 
a) go‘daklik davri; 
*b) ilk bolalik davri; 
c) maktabgacha Yosh davri
d) kichik maktab Yoshi. 
7. Embrional rivojlanishning qaysi bosqichida homila tashqi taktil ta’sirga nisbatan faol harakat bilan 
javob qaytara boshlaydi? 
a) 1-trimestrda; 
* b) 2-trimestrda; 
c) 3-trimestrda;
d) embrional rivojlanishning hech bir bosqichida bunday hodisa kuzatilmaydi.
8. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning sensor tizimlari orasida qaysilari nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi? 
a) ko‘rish, hid bilish, eshitish;
b) teri tuyish, ko‘rish, ta’m bilish;
c) eshitish, ta’m bilish, hid bilish;
*d) hid bilish, teri tuyish, ta’m bilish.
9. Rang ajrata olish qobilyati bola tug‘ilgach taxminan necha oydan keyin shakllanadi? 
a) 1 oy;
b) 3 oy;
*c) 5 oy; 
d) 7 oy.
10. Tovush idrok etish bilan bog‘liq quyidagi xususiyatlarning qaysi biri go‘daklik davrining 3-4 oylarida 
paydo bo‘ladi? 
a) tovush yo‘nalishini payqash;
*b) musiqiy tovushlarni harakatlar faollashuvi bilan qarshi olish;
c) nutq tovushlarini farqlay bilish
d) nutq ohangini payqay boshlash.
11. Bola yuzida shaklan tabassumga o‘xshash harakatlar qaysi davrdan kuzatiladi? 
*a) chaqaloqlik;


b) go‘daklik davri; 
c) ilk bolalik davri;
d) maktabgacha Yosh davri. 
12. Qaysi davrdan boshlab odatda bolalar narsa buyumlarni o‘z vazifasiga muvofiq qo‘llay boshlaydi?
*a) ilk bolalik davri;
b) chaqaloqlik davri; 
c)go‘daklik davri; 
d) maktabgacha Yosh davri. 
13. Bolalar ko‘zguda o‘z aksini kattalar yordamisiz tanishni boshlashi taxminan qaysi davrga to‘g‘ri 
keladi? 
a) chaqaloqlik;
b) go‘daklik davri; 
* c) ilk bolalik davri;
d) maktabgacha Yosh davri. 
14. Psixik rivojlanish davomida ro‘y beradigan va “tirilish kompleksi” deb nom olgan psixologik hodisa 
qaysi Yosh bosqichining yakunlanayotganidan darak beradi? 
a) maktabgacha Yosh davri;
*b) tug‘ilish davri inqirozi;
c) ilk bolalik;
d) go‘daklik.
15. Bolada nutqning rivojlanishi “so‘z-gap” bosqich, ya’ni bir gap mazmuni bitta so‘zda ifodalanadigan
davr taxminan qaysi Yosh oralig‘iga to‘g‘ri keladi? 
a) 6 oy-1 Yosh;
*b) 1-1,5 Yosh;
c) 1,5-2 Yosh;
d) 2-2,5 Yosh.
16. Ikki Yoshga etgan bolaning faol so‘zlardan iborat lug‘at boyligi nechta so‘zni o‘z ichiga oladi? 
a) 10-20 ta;
b) 50-100 ta;
*c) 200-300 ta;


d) 500-1000 ta.
17. Quyidagi hodisalarning qaysi biri taxminan 2 Yoshdan boshlab kuzatilishi mumkin? 
a) ovoz ohangini farqlay olish;
b) onani boshqa odamlardan farqlay bilish; 
c) muloqotda so‘z-gaplardan foydalana boshlash; 
* d) biror narsa-buyumga nisbatan bir necha xil so‘zni ishlata olish.
18. Psixologiyada “tirilish kompleksi” sifatida ta’riflanadigan hodisa boladagi qanday ehtiyojning ifodasi 
deb tushuniladi? 
a) oziqlanishga bo‘lgan ehtiyoj; 
*b) kattalar bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyoj;
c) bilishga bo‘lgan ehtiyoj;
d) yolg‘iz qolishga bo‘lgan ehtiyoj.
19. Yig‘layotgan bolaning uzoqdan onasi ovozini eshitgach yig‘idan to‘xtashni boshlaydigan davr 
psixologiyada qanday nom bilan yuritiladi? 
a) “xaloskor ona”;
*b) “umidning tug‘ilishi”;
c) “yig‘ining najotkor tili”;
d) “masofaviy murojaat”.
20. Bolaning kattalar mehr-muhabbatiga bo‘lgan ehtiyojining etarlicha qondirilmasligi psixologiyada 
qanday ataladi? 
a) sensor deprivatsiya; 
b) kognitiv deprivatsiya;
*c) emotsional deprivatsiya;
d) sotsial deprivatsiya.
21. Bolada o‘zini-o‘zi boshqarishning dastlabki elementlari taxminan qachondan shakllana boshlaydi? 
a) 1 Yosh; 
* b) 2 Yosh;
c) 4 Yosh;
d) 5 Yosh.


22. Bola psixik rivojlanishining ilk bosqichlarida kuzatiladigan ikki xil tabassum – spontan va ijtimoiy 
tabassumning xususiyatlari haqidagi quyidagi qaysi mulohaza to‘g‘ri? 
a) spontan tabassum ijtimoiy tabassumdan avval paydo bo‘ladi;
b) ijtimoiy tabassumning paydo bo‘lishi chaqaloqlik davrining tugayotganini anglatadi;
c) spontan tabassum muayyan fiziologik ehtiyojlarning qondirilishiga nisbatan, ijtimoiy tabassum ona 
ovoziga nisbatan yuzaga keladi;
*d) barcha javoblar to‘g‘ri.
23. Gospitalizm sindromi – onadan juda erta ajralishi natijasida bolaning psixik rivojlanishida patologik 
holatlarning yuzaga kelishi hodisasi ilk bor qaysi olim tomonidan nisbatan to‘liq tavsiflangan?
*a) R.Spits; 
b) G.Xarlou;
c) Dj.Boulbi;
d) A.Maslou.
24. Hayotning dastlabki 3 oyi davomida bola kattalarning qanday murojaatlariga e’tibor qaratadi? 
*a) faqat ijobiy mazmunli murojaat (maqtash, erkalatish) larga; 
b) faqat salbiy mazmunli murojaat (tanqid, ta’qiq) larga;
c) ham ijobiy, ham salbiy murojaatlarga;
d) yaqin insonning barcha murojaatlariga, begonalarning faqat ijobiy murojaatlariga.
25. Quyidagi xususiyatlardan qaysi birining shakllanishi ilk bolalik davriga to‘g‘ri keladi? 
a) onaning emotsional holatidagi o‘zgarishga nisbatan o‘z affektiv holati bilan javob qaytarish ;
b) boshqalarning xatti-harakatlariga taqlid qila boshlash;
c) nutqiy muloqotning ilk kurtaklari paydo bo‘lishi;
*d) narsa-buyumlarga nisbatan egalik hissining namoyon etilishi.
26. “Bolalik amneziyasi” tushunchasi qanday psixologik hodisani anglatadi? 
a) bola ixtiyoriy xotirasining kuchsizligi;
b) bola mantiqiy hotirasining etarlicha rivojlanmaganligi;
*c) katta odam o‘z hayotining ilk 3-4 yili davomidagi hodisalarni eslay olmasligi; d) katta odam 
xotirasidagi buzulishlarning bolalikdan boshlanishi. 
27. Bolada komik mazmundagi hodisalarni qayd etish va tushuna olish qobiliyati taxminan necha 
Yoshdan namoyon bo‘ladi? 
a) 1 Yosh; 


* b) 3 Yosh;
c) 5 Yosh;
d) 7 Yosh.
28. Quydagi olimlarning qaysi biri o‘yin faoliyatining inson psixik rivojlanishidagi ahamiyatini chuqur 
o‘rganib, “O‘yin psixologiyasi” asarini yozgan? 
a) K.D.Ushinskiy;
b) U.Djeyms;
c) Z.Freyd;
*d) D.B.Elkonin.
29. Ontogenezdagi psixik rivojlanish davomida eng avval o‘yinning qaysi turi paydo bo‘ladi?
a) qoydali o‘yin;
*b) predmetli o‘yin;
c) rolli o‘yin;
d) barcha o‘yin turlari bir vaqtda paydo bo‘ladi. 
30. Qoydali o‘yinlar qanday psixologik xususiyatlarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi?
a) odatlar;
b) qiziqishlar;
c) dunyoqarash;
*d) irodaviy sifatlar. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling