I. Jahon chempionati
Download 217.69 Kb.
|
Kurashning 2018 yili Indoneziyada bo
Sportcha Yurish – odamning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishidagi tabiy usul bo‘lib bir yoshdan insonni umrini oxirigacha bo‘ladigan jarayon hisoblanadi. Uzoq vaqt va bir teks tezlikda yurganda inson organizmidagi barcha mushaklar, yurak-qon tomirlari, nafas olish organlari faoliyatini kuchayishi natijasida organizmda sodir bo‘ladigan modda almashinishi ortadi. Bu jarayon o‘z o‘rnida odam organizmini sog‘lomlashtirishga, uning tashqi muhitni ta’siriga qarshilik ko‘rsatishiga-immunitetini oshishiga olib keladi. Salomatlikni mustahkamlashning juda oson va yoqimli usullaridan biri piyoda Yurishdir.Piyoda Yurish uchun 10 sababi.
1. Tafakkurga undaydi; 2. Kayfiyatni ko‘taradi, yangi g‘oyalarga turtki beradi; 3. Allergiyani engishda ko‘makchi; 4. Umr davomiyligini uzaytiradi; 5. Moddalar almashinuvini yaxshilaydi; 6. Pulni tejaydi; 7. Uyquni yaxshilaydi, stressdan himoyalaydi; 8. Suyaklarni mustahkamlaydi; 9. Ko‘rishni yaxshilaydi; 10. Kishilarni extiyojini yaxshilaydi. Oddiy Yurishdan tashqari uni sayohlik, safda va sportcha Yurish xillari bo‘ladi. Texnik jihatdan Yurishning eng qiyini va eng foydalisi bo‘lgan sportcha Yurishdan turli miqyosda musobaqalar o‘tkaziladi. Sportcha Yurish bo‘yicha o‘yingoh yo‘laklarida (soat ko‘rsatgich harakatiga qarshi yo‘nalishda) va yo‘laklarda (shosse, shahar ko‘chalari va so‘qmoqlarda) 3km, 5km, 10km, 20km, va 50 km gacha masofada musobaqalar o‘tkaziladi. Yugurish – odamning bir joydan ikkinchi joyga tez shiddatli ko‘chishining tabiiy usuli hisoblanib, jismoniy mashqlarni bajarishdagi sportning hamma turlarida uchraydi. Yugurganda Yurishga nisbatan odam organizmida sodir bo‘ladigan jarayon ikki uch marta tez va shiddatli kechadi, bu o‘z o‘rnida odam organizmini chidamliligini, tezkorligi va boshqa fazilatlarini rivojlanishiga va kamol topishiga ijobiy ta’sir etadi. Yugurish bilan Shug‘ullanish jarayonida odam irodasi mustahkamlanadi, o‘z kuchini taqsimlay olish, to‘siqlardan o‘ta bilish, ochiq joyda mo‘ljal ola bilish qobiliyati hosil bo‘ladi. Yugurish-har tomonlama jismoniy barkamollikning asosiy vositalaridan biridir. Barcha mutaxassislikdagi Yengil atletikachilarning, boshqa sport turlari bilan Shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlarida Yugurishga katta e’tibor beriladi. Shuningdek Yugurish mashg‘ulotlari faol dam olishda, sog‘lomlashtirish va ishlab chiqarish qobiliyatini saqlash va oshirish vositasi sifatida ulushi katta. Download 217.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling