I. Kirish 1 Respublikamizda milliy ta’lim tizimining isloh qilinishi hayotiy zarurat


Download 60.97 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi60.97 Kb.
#1615034
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun fizika o’quv dasturlarini tuzish asoslari.

Boshlang’ich ta’lim. 1- 4 sinflarni o’z ichiga oladi. O’qish 6 yoki 7 yoshdan boshlanadi.

    • Umumiy ta’lim. 5-9 O’quvchilarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.

    • Ta’lim muassasalarini moliyaviy, moddiy-texnikaviy ta’minlash me’yorlarini oshirish va uning mexanizmini takomillashtirish.

    • Chet el sarmoyalarini jalb etish.

    • Oliy o’quv yurtlariga mustaqillik berish, o’z-o’zini boshqarish usullarini joriy etish.

    • Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirishda kafil bo’lmog’i zarur.

Uzluksiz ta’lim tizimi maktabgacha tarbiya, boshlang’ich ta’lim, umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’limni o’z ichiga oladi.
Fizika so’zini ilk bor yunonistonlik faylasuf Aristotel (Sharqda Arastu nomi bilan mashhur bo’lgan, eramizdan avval 384-322 yillarda yashab o’tgan) asarlarida uchratamiz. Aristotel o’zining “Fizika” nomli kitobida fizika fanining shug’ullanish sohasini aniqlab bergan edi. Fizika-yunon tilida “tabiat” degan ma’noni aglatadi. U tabiat hodisalarining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Fizika fan sifatida o’qitilayotgan davrdan boshlab, uning o’qitish uslubiyati ham shakllana boshlagan. Fizika va uni o’qitish uslubiyatini jamiyatning rivojlanish bosqichlari bilan birgalikda o’rganish lozim. Chunki jamiyatning rivojlanib borishi bilan u fan oldiga yangidan-yangi muammolarni hal etishni qo’yadi. Ibtidoiy, quldorlik va feodalizim jamiyatlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun asosan mexanik moslamalar va asbob-uskunalarga ehtiyoj tug’ilgan bo’lsa, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining yuzaga kelishi bilan mexanik moslamalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ojizlik qilib qoladi. Natijada issiqlik mashinalari, qudratli texnika va texnologik jarayonlarni yaratish ehtiyoji tug’iladi. Hozirgi kunga kelib ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik usulda kompyuter texnikasi orqali boshqarish hayotiy zarurat bo’lib qolmoqda. Demak, jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas holda fizika fani va uni o’qitish uslubiyati ham kengayib, takomillashib boradi. Fizika fani barcha tabiiy fanlarning nazariy asosi hisoblanib zamonaviy texnika va texnologik jarayonlar taraqqiyotining hal qiluvchi omili hisoblanadi. Xuddi shuningdek, fizika fani ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasiga ham kirib bormoqda. Natijada fizika fanining mazmuni, uning o’qitish uslubiyati va vazifalari ham kengayib bormoqda.


Download 60.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling