I. Kirish 1 Respublikamizda milliy ta’lim tizimining isloh qilinishi hayotiy zarurat
Akademik litseyning ijtimoiy-gumanitar yo’nalishdagi guruhlarda fizika o’qitish
Download 60.97 Kb.
|
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun fizika o’quv dasturlarini tuzish asoslari.
2.2 Akademik litseyning ijtimoiy-gumanitar yo’nalishdagi guruhlarda fizika o’qitish. Akademik litseylarning ijtimoiy-gumanitar yo’nalishdagi guruhlarida fizika darslarining soatlari kam bo’lganligi bois ularda mutaxassislikka oid bo’lgan mavzularda darslar tashkil etiladi. Shuning uchun ularda fizika ta’limi jarayonida dars tizimi bilan bir qatorda darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish katta ahamiyatga ega. Bunda, o’quvchilarning darsda olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, mustaqil ishlash, ijodiy tafakkur qilish, qobiliyatlarini hamda, amaliy ko’nikma va malakalarini rivojlantirish umumiy holda fizika faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish nazarda tutiladi. Fizikadan darsdan tashqari ishlarning ko’rinishlari turlichadir.
Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilishda quyidagi prinsplarga amal qilish kerak: ixtiyoriylik; o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish; o’quvchilarning garmonik ijodiy rivojlanishini ta’minlash; ishlarning ijtimoiy foydali yo’naltirilishi; uning keng ommaviylashganligi; har qanday topshiriqlarni bajarishning majburiyligi; darsdan tashqari ishlarning o’quv ishlari bilan aloqasi va h.k. Fizika bo’yicha darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish bo’yicha uch xil izox mavjud. Fizikadan darsdan tashqari ishlarning individual shakliga o’quvchi bilan o’tkaziladigan konsultatsiyalar, referatlar, ma’ruzalar tayyorlash, fizika kabinetida ishlas kabilar kiradi. Darsdan tashqari ishlarning guruhli shakliga fizikaviy to’garaklar, darsdan tashqari o’qishlar, devoriy gazetalar chiqarish, “Quvnoqlar va zukkolar konkursi”, “O’tkir zexnlilar konkursi” kabilarni kiritish mumkin. Fizikadan darsdan tashqari ommaviy tadbirlarga olimpiadalar, konkurslar, kechalar, uchrashuvlar, haftaliklar kabilarni kiritish mumkin. 2.3 Kasb-hunar kollejlarida mutaxasislikka bog’liq tarzda fizika o’quv dasturini tuzish. O’qitishning asosiy didaktik prinsiplaridan tushunarlilik, sisitematiklik, amaliyot bilan nazariyaning birligi materialning ko’rgazmaliligi, materialning ilmiyliligi, politexnizm printsipi, o’qitishning tarbiyaliyligi, fanlar o’rtasidagi bog’lanishlilik kabilar o’rta maxsus o’quv yurtlarida fizika o’qitishda amalga oshiriladi. Bu tamoyillardan kasb-hunar kollejiga xos bo’lgani tushunarlilik, sistematiklik, kasbga yo’naltirish tamoyili va fanlar o’rtasidagi bog’lanishlikni amalga oshirganlaridir. Kasb-hunar kollejida tushunarlilik tamoyilini amalga oshirishda o’quv yurtining spetsifikatsiyasini hisobga olish kerak, chunki o’quvchilarga umumta’lim olish bilan birga umumtexnika fanlari va kasbiy fanlari ham o’qitiladi. Kasb-hunar kollejida sistematiklik tamoyilini amalga oshirishda o’quv fanining xususiyatidan kelib chiqib amalga oshirish kerak, bo’lajak mutaxassislarga asosiy qonunlar, tushunchalar o’rgatilishi kerak. Kasb-hunar kollejida fizika o’qitishni mexanika bo’limidan boshlash kerak. Kasb-hunar kollejida kasbga yo’naltirish tamoyilini amalga oshirishda bu o’quv yurtlarida kasbiy va texnik fanlar o’qitilishini hisobga olish kerak. Fanlar o’rtasidagi bog’lanishni amalga oshirish tamoyili o’rta maktabdan farq qilib, bu o’quv yurtlarida: 1. Umumta’lim fanlari 2. Kasbiy yo’nalishdagi fanlar 3. Umumtexnika fanlari o’qitiladi. Fizika kursini o’qitishda kasbga yo’naltirish o’quv materialini o’zlashtirishni orttiradi va uni quyidagi yo’llar bilan amalga oshirish mumkin: 1. Kasb o’quv materialida fizik tushuncha, hodisa, qonunlarni aniqlashtirish bilan; 2. Kasb mazmuniga ega bo’lgan fizik masalalar yechish bilan; 3. Ishlab chiqarishga mo’ljallangan asboblar yordamida labaratoriya ishlari bajarish va fizik hodisalarni demonstratsiya qilish bilan; 4. Kasb-hunar kollejlaridagi fanlardan, fizik tushunchalardan foydalangan holda masalalar yechish bilan; 5. Fizika kursi va kasb-hunar kollejlaridagi ayrim fanlarni ayrim bo’limlaridan foydalanib topshiriqlar bajarish bilan; 6. O’quvchilarning texnik ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni talab qiluvchi masalalar yechish bilan; 7. Turli asbob va qurilmalarni tuzilish prinsiplarini tushuntirish uchun zarur bo’lgan fizik qonunlarni qanday o’zlashtirilganini aniqlash maqsadida fizikadan uyga vazifalar berish bilan; 8. Ishlab chiqarish korxonalariga kompleks sayohatlar uyushtirish va ular bo’yicha o’quvchilarga hisobot tuzishni topshirish bilan. 9. Qo’shimcha kurslar o’tish bilan. Fizika o’qitishda kasbga yo’naltirish tamoyiliga amal qilinganda o’quvchilarning o’zlashtirishlari ortadi. Jumladan, kasb-hunar kollejida fizika o’qituvchilaridan aniqlanishicha shu narsani ko’rish mumkinki, o’quvchilarga berilgan materiallar ichida qaysi material mutaxassisligiga bog’lab olib borilgan bo’lsa, shu materialni o’quvchi ongli va to’laroq o’zlashtiradi. Turli yo’llar bilan fizika fanini hunar texnika fanlari bilan bog’lab olib borish kasb-hunar kollejlarida fizika o’qitishning eng muhim xususiyatidan biridir. Fizika kursini tanlashda kasbga yo’naltirish tamoyilini amalga oshirib borish masalasida turlicha fikr mavjud bo’lib, ular bir-biriga nisbatan turlichadir. Masalan, bunday fikrlardan biri shuki, fizikani fan va o’quv predmeti sifatida uni kasblashtirish mumkin emas, chunki buning natijasida bu predmet mantig’iga to’g’ri keluvchi va ketma-ketligi bilan xarakterlanuvchi fizik mazmuni yo’qoladi. Fizika predmetini texnika va texnologiya bilan bog’lamasdan o’qitish ayniqsa kasb-hunar kollejida tasavvur qilib bo’lmaydigan protsessdir. Bu predmet texnik qurilmalarni tuzilish prinsipi va ko’pgina texnologik protsesslarni fizik ma’nosini ochib beradi. Bunday vazifa kasb-hunar kollejini oldiga qo’yilgan asosiy vazifa bo’lib, busiz yuqori malakali, ma’lumotli, ongli, keng profildagi ishchi tayyorlash mumkin emas. Bo’lg’usi mutaxassis uchun bu prinsipni mohiyatini aniq bilish muhim ahamiyatga egadir. Yuqoridagi faktlarni hisobga olib aytish mumkinki, o’rta maktab fizika rejasiga kirmagan ammo kasb bo’yicha malaka ko’nikma va bilimni shakllantirish uchun zarur bo’lgan ayrim tushuncha, qonunlar va nazariyani kasb-hunar bilim yurti fizika kursi rejasiga kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, detallarni portlatish yo’li bilan qayta ishlashni o’rganuvchi o’quvchi uchun bu jarayonni fizik asosini bilish qiziqtiradi. Xuddi shuningdek, detallarning mustaxkamlik masalalari bilan shug’ullanuvchi o’quvchilar uchun esa, qattiq jismlarning sirt xossalari ya’ni qattiq jism fizikasini bilish talab etiladi. Fizika o’qitishda kasbga yo’naltirish ishlab chiqarish ta’limi materiallarini o’quv jarayonida foydalanish orqali asosan bajariladi. Bundan tashqari, kasbga yo’naltirish prinsipi o’quvchilarda kasb malakasi, bilimi, ko’nikmasini hosil qilish uchun tadbiq etishni aniqlab beradi. Kasb-hunar kollejlarida kasbga yo’naltirish, fizikani o’rganish, ulardan mexanika bo’limidan mustaxkam bilimga ega bo’lishni talab etadi. Kasb-hunar kollejlarida mexanikani, bo’lajak ishchilarni bilimlari, malakasi, ko’nikmasidagi roliga ta’siri katta ekanligini e’tiborga olish zarur. Mexanika qonunlariga asoslangan texnika hozirgi zamon ishlab chiqarishida muhim o’rinni egallaydi. Masalan, o’rta ma’lumotli traktorist-mashinist tayyorlashda kasb-hunar kollejida fizika o’qituvchisi mexanikadagi asosiy tushuncha, hodisa, qonunlarni takrorlashda maxsus fan materiallari bilan bog’lashi mumkin. Ayniqsa, «Traktorlar», «Avtomobillar» «Yo’l harakati qoidalari» va «Qishloq xo’jaligi mashinalari» kabi predmetlar bilan bog’lanishni effektivligini qurish mumkin. Masalan, paxta terish mashinalarida mexanik haydovchi mashinani harakatlanish tezligini aniq belgilay olishi zarur. Agar terim birinchi marta bajarilayotgan bo’lsa, mashina tezligi 3,56 km/s ikkinchi terimda esa 5,2 km/soat tezlik bilan harakatlanishi kerak. Agar mexanik haydovchi bu tezliklarni normasiga amal qilmasa, hosilni ma’lum qismi isrof bo’lishiga olib keladi. «Molekulyar fizika» bo’limini o’rganishda kasbga yo’naltirish ham katta ahamiyatga ega. Bu bo’limni o’rganishda o’quvchilarning modda tuzilishi va uni xossalari to’g’risidagi asosiy molekulyar kinetik nazariya yanada chuqurlashadi, energetik tasuvvur yanada rivojlanadi. Eng muhim narsa shundaki, o’quvchi bu bo’limni o’rganish jarayonida mikroskop zarrachalarni xarakterlovchi statik qonuniyatlar bilan tanishadilar. Ma’lumki, qishloq xo’jaligidagi turli ishlarni bajarish uchun avtomobillar, traktorlar, kombaynlar ishlatiladi. Ularni balonlari gaz bilan to’ldirilgan bo’ladi. Bu esa muhim ishlarni bajarishda turli qulayliklar tug’diradi. Traktorist-mashinist kasbini o’rganuvchi mutaxassislar quyidagi kattaliklarni bilishlari kerak. Ideal va real gazlar, gaz holatining parametrlari (bosim, hajm, temperatura) bosimni o’lchov birligi, vakuum, vakuumni ishlab chiqarishdagi tadbiqi, Mendeleev-Klapeyron tenglamasi, uni tadbiq etish chegarasi, universal gaz doimiysi va shu kabilarni bilishlari zarur. «Adiabatik jarayon» mavzusini o’qitish paytida o’quvchilar diqqatini qishloq xo’jaligi mashinalaridagi dizel ichki yonilg’i bilan ishlovchi kuchli traktorlar, avtomobillar, paxta terish mashinalari qishloq xo’jaligida asosiy o’rinni egallaydi. «Havoning namligi» mavzusini o’tilgan paytda o’quvchilarga tuproqning absolyut va nisbiy namligini, uni qishloq xo’jalik ekinlarini rivojlanishida ta’siri, ipak qurtini parvarish qilishda qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlashda hisobga olish zururligini tushuntirilsa o’quvchilarning bilimi yanada chuqurlashadi. «Elektrodinamika» bo’limi esa o’quvchilarga maydonning xossalarini va uni qonuniyatlarini elektrik zaryadlangan jismlar va zarralarning o’zaro ta’siri natijasida amalga oshadigan qonuniyatlarni ochib beradigan maktab fizika kursidagi alohida ahamiyatga ega bo’lgan bo’limlardan biridir. «Elektrodinamika» bo’limi kasb-hunar kollejlarida birinchi kursning ikkinchi yarim qismida o’rganiladi. Turli traktorlar, avtomobillar, paxta terish mashinalari, kombaynlarda elektr energiyasini turli maqsadlarda qo’llanildi. Ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish, mashina yuradigan yo’lni yoritish va ishchi agregatlarni yoritish, yorug’lik va tovush signallari, yoqilg’i va havo aralashmasini yondirishda turli elektr uzatmalarda va turli elektr qo’llanmalarda qo’llaniladi. Turli qishloq xo’jalik ishlarida elektr energiyasini bir joydan ikkinchi joyga uzatishga to’g’ri keladi. Sug’orish sistemalarini energiya bilan ta’minlashda, chorvachilik komplekslariga xizmat ko’rsatishda, turli elektr mexanizmlarini yuritishda va boshqa maqsadlarda ishlatishi mumkin. «Optika va kvant fizika» bo’limlarini kasb-hunar kollejlarida uchinchi va ikkinchi kurslarda o’rganiladi. Avval o’quvchilar yorug’lik to’g’risida va uning tabiati, elektromagnit to’lqin va kvant tabiati to’g’risida tushunchalar oladilar. Geometrik optikaning «Sferik ko’zgu» «Tasvirni hosil qilish» «Linza formulasi» kabi mavzularni o’tilgan paytda o’quvchilarga qishloq xo’jalik mashinalarining yoritish sistemalaridagi qaytargichlarning sferik ko’zgulardan foydalanib tayyorlanishini tushuntirish mumkin. «Ultrabinafsha va infraqizil nurlar» mavzusini o’qitishda kasb-hunar kollejida o’quvchilarning diqqatini bunday nurlardan qishloq xo’jalik ishlarida qanday foydalanishga qaratish kerak. Ekiladigan turli urug’larni ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirilganda uning unib chiqishi, turli kasalliklardan saqlanishi, maxsulot sifatini yaxshilanishiga olib kelishini ko’rsatish mumkin. Infraqizil nurlarni xossalarini urug’lanayotgan zaharli hasharotlarga qarshi kurashilganda foydalanishda yaxshi natija berishi ko’rsatiladi. Kvant fizikasi turli texnik fanlarning ilmiy asosini tashkil etadi. Masalan, yarim o’tkazgichli elektronika, kvant elektronika, yadro energetikasi, termoyadro energiyasi –bular ilmiy texnika progressining yo’nalishlari bo’lib, ular kvant fizikasining qonunlariga asoslangan bo’ladi. Kvant fizikani o’rganmasdan turib, hozirgi zamon elektron texnika asboblarini bilish va ulardan foydalanish mumkin emas. Qishloq xo’jaligida radioaktiv izotoplarni qo’llanilishini o’quvchilar atom va yadro fizika elementlarini o’rgangan paytda tanishadilar. Tuproq va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini analiz qilishda ham yadro-fizikaviy asboblardan foydalaniladi. Download 60.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling