I. Kirish Atom fizikasi


Atom fizikasini o`qitish metodikasi


Download 50 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi50 Kb.
#1574776
1   2   3   4   5
Bog'liq
Atom fizikasi bo`limiga oid mavzularni o`qitishga pedagogic texnologiyalardan foydalanish usullari

2.3 Atom fizikasini o`qitish metodikasi
Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o’qitishning maqsadi o’quvchi va talabalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash va rivojlantirishdan iboratdir. Shu bilan birga fizikaning metodik masalalaridan bo’lib, o’quv kursining mazmunini, tarkibini va dasturini, uni o’qitishga taaluqli darslik, o’quv qo’llanmalar va vositalarni aniqlash va ulardan o’qitish jarayonida samarali foydalanish usullarini toppish hisoblanadi.
O’qitish jarayoni tushunchasi asosan quyidagi savollarga javob berishi kerak:
Yoshlarni nima uchun o’qitamiz? Bu har bir davlatdagi o’qitishningmaqsadi va vazifasi orqali aniqlanib,direktiv hujjatlarda (konstitutsiya, “ta’lim to’g’risidagi” qonun, bilim berish konsersiyalari, davlat ta’lim standartlari, o’quv yurtining ustavi, dasturiy hujjaylar va boshqalar) ko’rsatiladi. Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o’qitishning maqsadi o’quv dasturlarining tushuntirish xatida quyidagi tarzda berilgan:
Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish jarayonida fizikaning tutgan o’rni va rolini tushuntirish asosida o’quvchilarni siyosiy-g’oyaviy, fidoyilik va internatsional milliy ruhda tarbiyalash, direktiv hujjatlarda mos tarzda ilm va texnikani rivojlantirishiga vatanimiz va chet ellik olimlarning qo’shgan hissalari bilan tanishtirish;
Ilmiy dalillar, tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, fizika fanining tadqiqot metodlari, bilimlarni amalda qo’llash va olamning ilmiy manzarasi to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish;
Materiya tuzilishining birligi, tuzilishining cheksizligini, tabiatdagi saqlanish qonunlarining universialligini, fizik hodisalarning dialektik mohiyatini, fizik nazariyalarning uzluksizligi va izchilligini, fizikaning rivojlanishida nazariya bilan tajribani birgalikda qatnashishini, fizikani o’rganishda amaliyotning rolini ochib berish;
Ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy jihatlari bilan tanishtirish – kompleks avtomatlashtirishni, elektronika va mikroprotsessorlarni, texnikani, robotatexnikani, atom energetikani, ishlab chiqarish va axborot texnologiyasining hamda yangi materiallarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan o’quvchilarni tanishtirish;
Bilimlarga mustaqil ega bo’lishni tushuntirish, darslik, o’quv qo’llanmalar, ma’lumot beruvchi ilmiy adabiyotlar hamda xrestomatik adabiyotlar bilan ishlash usullarini shakllantirish;
Ayrim eksperimental ko’nikmalarni shakllantirish: asbob – anjomlar bilan ishlash, o’lchash, o’lchash natijalaridan foydalanish va eksperiment asosida xulosa chiqarish, texnik xavfsizlikka rioya qilish;
Fizika o’qitishning umumiy nazariy masalalariga quyidagilar kiradi:
Turli o’quv yurtlarida fizika o’qitishning maqsadi va vazifalari;
O’quv yurtlarida o’qitiluvchi fizika kursining mazmuni, tuzilishi va hajmi;
Fizika o’qitishning matodologik va psixologik asoslari;
Fizika o’qitish jarayonida politexnik ta’lim berish va uni amaliyot bilan bog’lash;
Fizika kursini predmetlararo aloqasini o’rnatish va o’qitishning turli bosqichlari orasida izchillikni amalga oshirish;
Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilarda dialektik – materialistic dunyoqarashni shaklantirish va ularning ilmiy fikr yuritilishini o’stirish;
O’qitishning adekvat texnologiyasi, metodlari hamda vositalari, o’qitishning tashkiliy shakllarini, ‘quvchilarning bilimini tekshirish va baholash mezonlarini aniqlash va boshqalar.
Fizika o’qitilishning umumiy masalalaridan keyin kursning mazmuniga tegishli har bir bo’lim yoki undagi mavzularning o’qitish metodikasi beriladi va xususiy metodika deyiladi. Dasturda ko’rsatilgan har bir mavzuning mazmuni, o’quv materialining ketma – ketligi, undagi tushunchalarni shakllantirish yo’llari, qonunlar va nazariyalarning mazmun hamda mohiyatini ochib berilishi, o’quv materialining amaliy ahamiyati, o’quvchilar ushbu materialni o’zlashtirishi uchun zarur bo’lgan qanday malaka va ko’nikmaga ega bo’lishi, masala yechishni, laboratoriya ishlarini bajarish yo’llari va metodik xususiyatlari qaraladi.
Pedagogika yoki didaktikaning bo’limi bo’lgan oily maktablarda fizika o’qitish metodikasi, o’zining tadqiqot metodlariga ega bo’lib, u jamiyat taraqqiyoti bilan hamohang rivojlanib va o’zgarib boradi. Asosiy tadqiqot metodlari va usullari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: muammoning nazariy tanlanishi; oily maktabkarda fizika o’qitishdagi ilg’or va ijodkor o’qituvchilarning tajribasini o’rganish, ulardan foydalanish va umulashtirish; taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorligini tekshirish uchun o’tkaziladigan tajriba-sinov ishlari va boshqalar.
Umumiy talim maktablarida maktab -internatlarida, akademik- litsey va kollejlarda fizika talimining ahamiyati, uning fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab chiqarish sohalariga va kundalik hayotda tutgan orni bilan belgilanadi Maktabda fizika oqitish talimining umumiy maqsadlarga xizmat qilishi, yani oquvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy tafakkur qila olish qobilyatini, aqliy ruvojlanishini, oz- ozini anglash salohiyatini shakllantirilishi va ostirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirilishi, hamda ijtimoiy hayotlari va talim olishni davom ettirishlari uchun zarur bolgan bilimlar bilan qurollantirilishi lozim. Maktabda talim-tarbiya samaradorligini oshirishda, oquvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishda har bir dars mavzusiga jiddiy yondashishda noananaviy darslar ahamiyati beqiyosdir. Bunda oquvchilar bilan hamkorlikda ishlash yaxshi samara beradi. Hamkorlikda oqitish, asosan oquvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, konikma va malakalarni shakllantirish, tavsiya etilgan hamkorlikda oqitish, koproq oquvchilar tomonidan oquv materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, oquv bahsi va munozaralar otkazishni nazarda tutadi. Hamkorlikda oqitishning asosiy goyasi oquv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda oqish, organishdir. Hamkorlikda oqitish oquvchida kundalik qizgin aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga orgatishni, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalashni, oz kuchi va qobiliyatiga bolgan ishonchini mustahkamlashni kozda tutadi. Fizika oqitishda oquv materiallariga qiziqish uygotishning vazifalaridan biri -organilayotgan ilmiy- ommaviy ahamiyatini oquvchilarga ochib korsatish. Bu maqsadda organiladigan hodisa va fikrlarni tasirli va obrazli qilib bayon etish maqsadga muvofiqdir. Bu maqsadlarni hal etish darajasi maktabning hamma oquv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etishga bogliq, ammo bu ishlarning natijalari sifatida asosiy rolni dars, xususan, unda foydalaniladigan oqitish metodlari oynaydi. Darsda quyidagi dars otish metodlari va usullari qollaniladi: Ananaviy dars otish metodlari, noananaviy dars otish metodari, umumiy oqitish metodi, innovatsiyon usullar, oquvchilar bilimini tekshirish va baholash metodlari. Hozirgi paytda fizika fanini oqitishga yangi pedagogik texnologiya kirib keldi. Fizika fanini oqitishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish samarali natijalar bermoqda. Pedagogik texnologiya bu talim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning ozaro tasirini inobatga olib, oqitish va bilim ozlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash. Yaratish va qollashning tizimli metodidir deb tariflanadi. Oquvchilarda yetarli darajada bilim va konikmalar shakllanishi uchun ular tegishli fizik hodisa va qonuniyatlar boyicha oz mustaqil fikrlarini bildirishlari, oqituvchi yoki boshqa oquvchilar bilan fikr almashishlari zarur boladi. Darsda organiladigan mavzuning mazmunini etiborga olgan holda oquvchilarning kichik guruhlarda mustaqil ishlashlari, ozaro suhbatlar tashkil etish, aqliy hujum, didaktik oyinlar, oz-ozini baholash, mustaqil ravishda masalalarni yecha olishlarini yolga qoyishdan iboratdir. Mamlakatimiz umumtalim maktablarida fizika fanini oqitishda talimn ing zamonaviy texnologiyalari- interfaol metodlar qollanilmoqda. Fizika darslarida yangi pedagogik texnologiyaning quyidagi metod va usullaridan foydalanish mumkin. Aqliy hujum, Otirishlar metodi, Yumaloqlangan qor, Qarorlar shajarasi, Fontamima, Namoyish qilish, Debatlar, Har kim har kimga orgatadi, Muayyan holatni organish, Bingo, Klaster, Modellashtirish, Kichik guruhlarda ishlash, Nuqtai nazaring bolsin, Oyinlar, Axborot texnologiyalari (kompyuter) yordamida
Xulosa
Fizika kursining mazmuni va tuzilishini takomillashtirilishi muximligi ta'lim sohasidagi islohotlarning asosiy yo’nalishlarida alohida qayd etilgan. Nimani takomillashtirmoq kеrak va qanday takomillashtirmoq lozimq Bu savolga javob bеrmoq uchun umumta'lim tizimi fizika dasturining tahlilidan boshlaylik. Xozirgi kunda o’rta umumiy ta'lim tizimi fizika dasturi hozirgi zamon fan yutuqlarini o’zida aks ettirgan. “Maxsus nisbiylik nazariyasi”, “Yadro fizikasi”, “Elеmеntar zarralar” kabi hozirgi zamon fizikasi mavzularini va klassik fizika masalalarini hozirgi zamon talqini bilan tushuntirish asosida tuzilgan. Bunda o’quv matеriallarini, fizik bilimlarni gеnеralizatsiyalash g’oyasi asosida to’plash va tanlash fizika kursining ilmiyligini oshirishga yordam bеruvchi fizik tushunchalarni bеrish, g’oya ilgari surilgan O’quv matеriallari mеxanika, molеkulyar fizika, elеktrodinamika, kvant fizikasiga ajratiladi. - o’quvchilarni fizik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modеllar, qonular, o’lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish; - o’quvchilarni fan-tеxnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining amalda qo’llanilishi bilan tanishtirish; - koinot tuzilishi va undagi hodisalar haqidagi bilimlar bеrish orqali ilmiy dunyoharashni rivojlantirish; - buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi Vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta'lim mazmunini tеvarak-atrofdagi maqalliy va tarixiy matеriallar bilan boyitish orqali o’quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruxida tarbiyalash; - ta'lim mazmunini ijtimoiy hayot va tеxnika va tеxnika taraqqiyoti bilan boqlash orqali o’quvchilarni ongli ravishda kasbga yo’naltirish, o’rta maxsus yoki kasb-qunar ta'limi muassasalarida o’qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash; - fizikaga oid asbob va uskunalardan foydalanish, sodda o’lchov va tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiharish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iboratdir. har bir mavzuning matеriallari ham yuqorida aytilgan g’oya asosida taqsimlanadi.
Kimyoviy birikmalarning xilma-xilligi kimyoviy elementlar atomlarining molekula va molekulyar bo'lmagan moddalarga har xil birikmasidan kelib chiqadi. Atomning kimyoviy birikmalarga kirish qobiliyati, uning kimyoviy va fizik xususiyatlari atomning tuzilishi bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan kimyo uchun atomning ichki tuzilishi va birinchi navbatda uning elektron qobig'ining tuzilishi katta ahamiyatga ega.
Atom tuzilishi modellari
19-asr boshlarida D. Dalton oʻsha davrga maʼlum boʻlgan kimyoning asosiy qonunlariga (tarkibning doimiyligi, koʻp nisbat va ekvivalentlar) tayanib, atomistik nazariyani qayta tikladi. Birinchi tajribalar moddaning tuzilishini o'rganish uchun o'tkazildi. Biroq, kashfiyotlarga qaramay (bir elementning atomlari bir xil, boshqa elementlarning atomlari esa har xil xususiyatlarga ega, atom massasi tushunchasi kiritilgan), atom bo'linmas deb hisoblangan.
Atom tuzilishining murakkabligi (fotoeffekt, katod va rentgen nurlari, radioaktivlik) haqida eksperimental dalillar (XIX asr oxiri - XX asr boshlari) olingandan so'ng, atom o'zaro ta'sir qiluvchi manfiy va musbat zaryadlangan zarralardan iborat ekanligi aniqlandi. bir-biri.
Bu kashfiyotlar atom tuzilishining ilk modellarini yaratishga turtki berdi. Birinchi modellardan biri taklif qilingan J. Tomson(1904) (1-rasm): atom "ijobiy elektr dengizi" sifatida taqdim etilgan, unda elektronlar tebranadi.
a-zarralar bilan tajribalardan so'ng, 1911 y. Ruterford deb atalmishni taklif qildi sayyora modeli atomning tuzilishi (1-rasm), quyosh tizimining tuzilishiga o'xshash. Sayyoraviy modelga ko'ra, atomning markazida Z e zaryadli juda kichik yadro mavjud bo'lib, uning o'lchami atomning o'zi hajmidan taxminan 1 000 000 marta kichikdir. Yadro atomning deyarli butun massasini o'z ichiga oladi va musbat zaryadga ega. Elektronlar yadro atrofidagi orbitalarda harakat qiladi, ularning soni yadro zaryadiga qarab belgilanadi. Elektronlarning tashqi traektoriyasi atomning tashqi o'lchamlarini belgilaydi. Atomning diametri 10 -8 sm, yadro diametri esa ancha kichik -10 -12 sm.

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling