I. Kirish >II. Asosiy qisim


Download 24.94 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi24.94 Kb.
#1818964
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
I. Kirish II. Asosiy qisim-www.hozir.org

Qozonsimon zaryad usuli qo’llanganda katta miqdordagi portlovchi modda zaryadi skvajinaning ostki qismi maxsus burg’ilash snaryadi yoki kichik hajimdagi PM zaryadini portlatish asosida kengaytirilgan, qozonsimon ko’rinishga ega bo’lgan skvajinaga joylashtiriladi. Bu usul skvajinaga katta hajimdagi PM zaryadini joylashtirish mumkin bo’lmagan, skvajina ostki qismi qiyin portlaydigan jinslardan tashkil topgan hollarda va baland pog’onalarni portlatishda, shuningdek, tog’ yonbag’irlarida yarimtransheyalar o’tishda qo’llaniladi.

Shupur-zaryadi usuli bu usulda portlovchi modda zaryadi diametri 75 mm gacha, chuqurligi 5 m gacha bo’lgan shpurlarga joylashtiriladi. Portlatish ishlari hajmi kichik, turli navdagi rudalarni saralab qazib olish, yuqori qiymatga ega bo’lgan foydali qazilmalarni qazib olish, yuqori qiymatga ega bo’lgan foydali qazilmalarni qazib olish, nogabaritlarni ikkilamchi maydalash pog’ona ishchi maydonidagi to’siqlarni yo’qotish, pog’onalar qiyalik tekisligini ta’minlash kabi ishlarni bajarishda bu usuldan keng foydalaniladi.

Kamera-zaryadi usuli bu usul juda katta massaga ega bo’lgan portlovchi modda zaryadini maxsus tayyorlangan kameralarga joylashtirishini ko’zda tutadi va tog’li relyefga ega bo’lgan joylarda massivni bir yo’la qo’porib tashlash , xandaqlar barpo etish, to’g’onlar hosil qilish, katlovanlar kabi ishlarni bajarishda qo’llaniladi.

Ustqo’yma-zaryad usuli nogabaritlarni ikkilamchi maydalash va qiyin sharoitlarda yordamchi ishlarni bajarishda qo’llaniladi. Bu usulda portlovchi modda zaryadi maydalanishi lozim bo’lgan jins bo’lagi ustiga joylashtiriladi. Portlatish skvajinalari silindr shakilga ega kon laximi bo’lib, ular portlovchi modda zaryadini joylashtirishga mo’ljallangan bo’ladi. Skvajina diametri d, uzunligi L, ortiqcha burg’ilangan qismi l va qiyalik burchagi β skvajinaning asosiy parametrlari hisoblanadi. Skvajina diametri kon ishlari hajmi, jinslarning fizik-texnik xossalari va ularning maydalanganlik darajasiga qo’yiladigan talablarni hisobga olgan holda tanlab olinadi. Karyerlarda asosan diametri 100-320 mm bo’lgan portlatish skvajinalaridan foydalaniladi. Kichik diametrga ega bo’lgan skvajinalar qiyin portlaydigan qattiq jinslarini portlatishda qo’llaniladi. Katta diametrga ega bo’lgan skvajinalar esa oson va o’rtacha qiyin portlaydigan jinslarni portlatishda ishlatiladi. Skvajina chuqurligi pog’ona balandligi va uning qiyalik burchagiga bog’liq bo’lib, quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
Bunda hp-pog’ona balandligi, m.


Perebur (skvajinaning ortiqcha burg’ilangan qismi) skvajinadagi PM zaryadi portlatilganda pog’ona ishchi maydoninig tekis bo’lishi (ishchi maydonda do’ganaklar bo’lmasligi) ni va transport kommunikatsiyasini joylashtirish hamda uni surish ishlarini bajarishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida burg’ulanadi.
Perebur miqdori pog’ona balandligi, pog’ona ostki maydoni bo’yicha qarshilik chizig’I, PM xususiyatlari, jinslarning fizik-texnik xossalari va konning yotish sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Pereburning taxminiy miqdori quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Lp=(10-15)d, m.
Ayrim hollarda oson portlaydigan jinslarda pereburning minimal miqdori lp<10d bo’lishi, qiyin portlaydigan qattiq jinslarda esa lp>15d bo’lishi mumkin.
Agar pog’ona ostidan pastda yupqa foydali qazilma qatlami joylashgan bo’lsa, perebur burg’ilanmaydi, hatto ayrim hollarda skvajinalar ham pog’ona ostigacha yetkazib burg’ilanmaydi.
Skvajina qiyalik burchagi. Karyerlarda vertikal skvajinalar keng qo’llaniladi. Chunki vertikal skvajinalar burg’ilash stanoklarining yuqori unumdorlik bilan ishlashi va skvajinalarni mexanik usulda zaryadlash uchun qulay sharoitlar yaratadi.



Download 24.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling