I. Kirish >II. Asosiy qisim
Maxsus yumshatish (maydalagich) mashinalari
Download 24.94 Kb.
|
I. Kirish II. Asosiy qisim-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skvajina-zaryad usuli
Maxsus yumshatish (maydalagich) mashinalari katta quvvatga ega bo’lgan traktorga osilgan qurilma bo’lib, yarimqoyasimon kon jinslarini qazishga tayyorlashda qo’llaniladi.
Burg’ilab-portlatish usuli qattiq qoyasimon jinslarni qazishga tayyorlashda keng qo’llaniladi. Bu usulda qazishga tayyorlangan kon jinsi bo’laklarining chiziq bo’yicha maksimal o’lchami qazib yuklash va tashish vositalarining parametrlariga mos kelishi zarur. Jins bo’laklarining maksimal o’lchami quyidagicha bo’lishi talab etiladi: -bir cho’michli ekskavatorlar uchun-1 max <0.8 (q)1/3; -avto va temiryo’l transporti uchun-l max<0.5(Q)1/3; -konveyer transporti uchun-l max<0.5Bl-0.1; -maydalash uskunasi uchun-l max<0.75*B; Bunda q-ekskavator cho’michining hajmi, m3; Q-avtoag’dargich yoki dumpkar (vagon)kuzovi hajmi; B1-konveyer tasmasi kengligi, m; Bq-maydalagich qabul qilish panjarasi kengligi, m. Yuqorida keltirilgan o’lchamlardan katta bo’lgan kon jinslari bo’laklari nogabarit deyiladi va ularni qayta maydalash lozim bo’ladi. Portlatish usulida kon jinslarini massivdan ajratib olganda maydalangan jinslarning yoyilmasi uyumsimon shaklga ega bo’lib, undagi nogabaritlar soni minimum va jins bo’laklari bir tekis maydalangan bo’lishi kerak. Portlatilgan kon massasining hajmi katta bo’lib, qazib-yuklash mashinasining uzluksiz, xavfsiz va yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan ishlashini ta’minlanishi talab etiladi. Kon jinslarini burg’ulab-portlatish usulida qazishga tayyorlashga yuqorida keltirilgan talablarni bajarish uchun muayyan kon-texnik sharoitlarga mos keladigan portlatish usulini tanlash, uning parametrlarini to’ri aniqlash va portlatish ishlarini rotsional tashkil qilish talab etiladi. Karyerlarda portlatish ishlarining quyidagi usullaridan foydalaniladi: skvajina –zaryad usuli, qozonsimon zaryad usuli, shupur-zaryadi usuli, kamera zaryadi usuli, ustqo’yma zaryad usuli. Skvajina-zaryad usuli qo’llanganda portlovchi modda zaryadi diametri 75-400 mm, chuqurligi 5-30 m bo’lgan skvajinalarga joylashtiriladi. Bu usul karyerlarda olib boriladigan portlatish ishlariga qo’yiladigan talablarga ko’proq mos keladi. Download 24.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling