I. Kirish II. Asosiy qism Jismoniy tarbiya tizimida voleybol oʼyinining tutgan oʼrni


Jismoniy tarbiya tizimida voleybol oʼyinining tutgan oʼrni


Download 72.08 Kb.
bet3/10
Sana19.06.2023
Hajmi72.08 Kb.
#1618906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1.Jismoniy tarbiya tizimida voleybol oʼyinining tutgan oʼrni.
Voleybol uyinini hujum va ximoya texnikasidan iborat. Hujumda ham ximoyada ham shax turish va siljish, toʼpni uzatish va qabul qilib olish, toʼpni bir yoki ikki qullab olish va qaytarish, toʼpning yoʼlini toʼsish kabilar mavjud. Oʼyinchining shay turishi va siljishi. Voleybol oʼyini davomida oʼyinchi maydon boʼylab xarakatda boʼladi va siljib turadi. Siljishdan maqsad toʼpni qabul qilib olish va boshqa usullarni amalga oshirish uchun maʼqul joy tanlashdir.
Oʼyinchining sport holatida turishdagi eng muhim nuqta uchun siljishga doim tayyor boʼlib turishidir. Oʼyinchi turish xolatida oyoqlari bukilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, bir oyoq ozgina oldinga, tana ham bir oz oldinga egilgan boʼladi. Qoʼllar tirsakdan egilgan va kaftlar bir-biriga qaragan boʼlishi kerak. Bu xolat doimiy emas, albatta u oʼyining borishiga qarab oʼzgarib turadi. Аgar turdan qaytgan tupni olish lozim boʼlsa, oʼyincha ancha egiladi, otayotganda toʼgʼrilanadi va xokozo.
Voleybolchi maydon boʼylab oyoqlarini chalishtirib (chapga, unga, oldinga, orqaga), ikki qadam (oldinga va orqaga) sakrab (yugirish va odimlash) yurigib (maydon boʼylab tez siljish va yoʼnalishini birdan oʼzgartirib) yurishi mumkin. Oxirgi yugirish qadami uzun boʼladi, negaki undan keyin tuxtash, sakrash, yoʼnalishini oʼzgartirish mumkin.
Toʼpni uzatish. Bu – oʼyinni davom ettirish uchun sherik yoki raqib tomoniga uzatilgan toʼpni oʼzaro oʼtkazish usuli boʼlib hisoblanadi. Bundan tashqari, toʼpni oldinga, yuqoriga va orqaga oʼtkazish usullari ham mavjud.
Tupning uchish traektoriyasiga qarab butun maydon boʼylab uzun qoʼlni maydonga qisqa va oʼz maydoniga oʼta qisqa uzatishlar ham qoʼllaniladi. Toʼpni uzatish balandligiga qarab past (toʼrdan 1 mert yuqori), oʼrta (2 metrgacha), va undan baland (2 metrdan ortiq), masofasiga koʼra yaqin (0,5 mertdan kam) va uzoqroq (0,5 mertdan ortiqroq) kabilarga boʼlinadi.
Toʼpni ikki qoʼllab yuqoridan uzatish. Bu juda keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bunda ishonch va aniqlik bilan xarakatlanish uning muxim tomonidir. Oʼyinchi dastlabki xolatda oyoqlarini tizzadan bukib qoʼllarini oldinga chiqarib kaftlar biroz ichkariga qaratilgan, panchalar tarang tutiladi.Toʼp yaqinlashganda oyoqlar toʼgʼrilanadi va gavda koʼtariladi. Qoʼllar chuziladi va toʼp qabul qilishga tayyorlanadi. Qoʼl gavda va oyoq harakatlari oʼzaro muvofiqlanadi. Bu esa toʼpni tegishli joyga borish imkonini beradi.
Uzatishning yana boshqa turi ham mavjud boʼlib, unda toʼp ikki qoʼllab yuqoridan, bir qoʼllab yuqoridan, ikki qoʼllab yuqoridan uzatiladi. Аmmo bu usullar oʼyinda kamroq qoʼllaniladi. Shunga qaramay har bir voleybolchi toʼpni tez va aniq uzatishini hamda yoʼnalishi boʼyicha zarb berishni urganishi zarur.
Toʼpni qabul qilish. Bu – raqiblar hujumidan keyin toʼpni oʼyinda saqlab qolishda himoya usuli hisoblanadi. Ikki qoʼllab toʼpni pastdan qabul qilib olish zamonaviy voleybolda asosiy usuldir. U hujum paytida kuchli zarb paytidagi asosiy usuldir. Bu usulda gavda yuqoriga yoki biroz egilgan qoʼllar oldinga pastga tushiriladi, bir kaft ikkinchisiga qoʼyilgan boʼladi. Toʼpni bilaklarda qabul qilib olinadi. Bilaklarda boʼladigan zarbni yumshatish maqsadida qoʼllar tirsakdan yaqinlashtirilib koʼtariladi va bukiladi, oyoqlar toʼgʼrilanadi va gavda koʼtariladi.
Toʼpni ikki qoʼllab yuqoridan qabul qilish. Bu usul bilan toʼp uncha kuchli kelayotgan paytlarda, shuningdek, boshqa usulni qoʼllash qulay boʼlganda qabul qilinadi.
Toʼpni bir qoʼllab pastdan qabul qilish. Bu usulning aniqligi yetarli boʼlganligi uchun ham qoʼlaniladi, ammo toʼp oʼyindan uzoqda boʼlganda va boshqa usul qoʼllashning imkoni boʼlganda va boshqa usul qoʼllanilishi foydalidir. Toʼgʼrilangan qoʼl tarang siqilgan panjalar toʼpning yoʼlini toʼsadi (toʼpni musht hamda kaft yoki bilaklari bilan uriladi). Bu xarakatlarda oyoq qatnashmaydi.
Toʼpni oshirish. Toʼpni oʼyinga kiritish oshirish deyiladi. Zarb uchun qulay boʼlgan qaʼtiy xolatda turish yuqoriga oshirish hamda qoʼlni siltab toʼpni urish, oʼrgandan keyingi oʼyinchining xarakatlari oshirishning asosiy xususiyatlaridir. Oshirishda toʼpni musht yoki kaft bilan urush mumkin. Bunda toʼp yuqoriga bir qoʼl bilan otiladi. Yuqoriga otishning yoʼnalishi va balandligi bajarish ususliga bogʼliq. Toʼpni bosh ustidan urib yuborilsa yuqoridan pastdan oʼrilsa pastdan oshirish, yon bilan tursa yonlamasiga toʼp oshirish deyiladi.
Shunga muvofiq toʼrt xil oshirish usullari mavjud: pastdan toʼgʼriga, pastdan yon bilan, yuqoridan toʼgʼriga, yuqoridan yon tomoni bilan.
Toʼpni pastdan toʼgʼriga oshirish. Oʼyin boshlovchi uchun bu asosiy usul boʼlib xisoblanadi. U tur tomonga qarab turib bajaradi. Oʼyinchi tirsakdan bukilgan qoʼl bilan tupni ushlab turadi. Boshqa qoʼl tupga zarb berish uchun uni orqaga oʼzatiladi. Shundan soʼng panjalar biroz bukilib, toʼp yuqoriga 20-30 sm balandlik otiladi va zarb beriladi.
Oʼyinchi zarb beriboq orqaga turgan oyogʼini toʼgʼirlaydi va tana ogʼirligini oldinda turgan oyoqqa kiradi. Zarb bergandan keyin oʼyinchi xududi xarakat qilmoqchi bulgandik xolatni oladi.
Toʼgʼridan xujumkor zarbi. Toʼrning yuqori qismidagi toʼpni bir qoʼllab raqib tomonga urishdan iborat xujum, bu xujumkor zarb deyiladi. Bu xujumkor zarb oʼrnidan sakrab yoki yugirb kelib bajariladi. Xujumchi bu zarbni bir ikki va uch qadam bosib kelib bajaradi. Oʼyinchi uchib kelayotgan toʼpni qoʼllarni oldinga yuqoriga kutaradi, uruvchi qoʼl zarb uchun tayyorlanadi. Tana bi oz orqaga egiladi. Panjalar musht qilib turiladi va yerga qarab bukiladi, keyin zarb beriladi, shundan soʼng oyoq pastga tushgan toʼp bilan birga tushadi. Tshpni qancha kchli urush zarur boʼlsa, kaft shuncha bushroq boʼlsa, kaft shuncha tarang qilinadi.
Voleybol jamoali oʼyin turiga mansub boʼlib, oʼyinda ikki jamoa xar birida olit kishi oʼynashi shart. Zahiradagi oʼyinchilar soni 2 tadan 6 tagacha boʼlishi mumkin.
Oʼyinchilarning sport kiyimi futbolka, tursi va shippak. Oʼyinchining yoshi jinsiga qarab toʼrning balandligi qoʼyidagicha boʼladi:
• Qizlar 13-14 yosh - 2m 10sm.
15-16 yosh - 2m 20sm.
• Аyollar 17-18 va undan katta yoshdagilar uchun – 2m 24sm.
• Oʼgʼil bolalar 15-16 yoshli - 2m 35sm.
• Erkaklar 17-18 va undan ortiq yoshli - 2m 43sm.
Oʼyin uch yoki besh partiyadan iborat boʼlib, har bir partiya 25 ochkogacha davom etadi. Аgar oʼyin ochkolari 25-25 boʼlsa, oʼyin 27 ochkogacha davom etadi. Soʼngi partiyada 3 yoki 5 oʼyin hisobi “tayom breyk” asosida olib boriladi. Yaʼni oʼyindagi har bir harakat kiritish huquqi qaysi jamoadan boʼlishi qatʼiy nazar jamoaga magʼlubiyat yoki gʼalaba keltirish mumkin. Hal qiluvchi partiyada 15 ochkogacha oʼynaladi va ikki ochko farqigacha davom etadi. Zamonaviy voleybolda har 8 ochkodan keyin texnik taym-aut 1 minutlik tanaffus beriladi, yaьni hisob 8 ga ьorganda va 16 ga borganda tanaffus beriladi. Oxirgi partiyada esa 8 ochko boʼlganda oʼyinchilar maydon almashadilar.
Valeybol oʼyining dastlabki rasmiy oʼyin qoidalari 1997 yil amerakali doktor А.Xolsted rahbariligida ishlab chiqarilgan. Mazkur qoidalarning ayrim qoidalari ayrim abandlari qoʼyidagilardan iborat.
• Maydon oʼlchami – 7,6x16,1 m.
• Toʼrni balandligi – 198 sm.
• Toʼpni ogʼirligi - 340 grm.
Toʼp oʼyinga maydodagi oʼng tashqi qismida joylashgan bir 1x1 metrli toʼrtburchak shakldagi joyda bir oyoq turib kiritilgan va xokozo.
Valeybolning borgan sari ommaviylasha borishi va ishtirokchilarning oʼyin maxoratini shakllana borish bilan bir qatorda musobaqa qoidalari ham oʼzgarib taqomilashib borgan.
1900 yil – xisob 21 ochkogacha, toʼrni balandligi 213 sm.
1912 yil – maydoncha 10,6x18,2 mt, tur – 228sm.
1917 yil – xisob – 15 ochko, tur 243sm.
1918 yil – oʼyinchilar soni bir jamoada 6 ta.
1922 yil – toʼpni fakat 3 marta oʼynash, maydoncha 9,1x18,2 mt.
1925 yil – toʼp 66-69sm, ogʼirligi 275-285 gr, maydoncha 9x18 mt.
1934 yil – tur ayollar uchun 224sm boʼlgan.
Valeybol sobiq ittifoq 1920-1921 yilda oʼrta Volga (Qozon, Nijniy, Novgorod) nohiyalarida tarqala boshlagan 1922 yilda boshlab Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi.
Moskvada voleybol bilan muntazam shugʼullanishiga saʼnat va teater vakillari kirishdilar. 1923 yilda tashkil eitlgan “Dinama” jamiyati sportining boshqa turlari bilan bir qatorda valeybolni ham targʼib qila boshladi. Xuddi shu yillarda valeybol oʼzoq sharqda Xabarskiy va Vladivostokda paydo boʼldi. 1925 yildan esa Ukrainada ham rivojlandi. Voleybol hamma yerda tarqala boshladi. Shu bilan bogʼliq ravishda musobaqalarni yagona qoidalarni ishlab chiqish zaruriyati toʼgʼildi. 1925 yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol boʼyicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalarni tuzib tasdiqladi. Toʼrning balandligi ayollar uchun 2 metr 20sm va erkaklar uchun 2 metr 40sm qilib belgilandi. Аyollar jamoalarida oʼyin 15x7,5 oʼlchami maydochada oʼtkaziladigan boʼldi. Yoshlar orasida valeybolning ommalashishiga qattiq turki boʼlgan xodisa 1995 yilning avgustida oʼtkazilgan maktab oʼquvchilarning mamlakat birinchiligi hisoblanadi. 12 ta shaxar va viloyat jamoalari ishtirok etgan bu musobaqaning birinchi bosiqchi chiqib ketish tartibida, yakunlovchi finil oʼyinlar esa aylanma tartibda oʼtkazildi. Har bir shaxar jamoasi uchun 3 komanda: katta va kichik yoshdagi yigitlar hamda katta yoshdagi qizlar qatnashdi. 1935 yil oʼyinchilarning halqaro uchrashuvlarda birinchi bor kuch sinashib koʼrganligi tarixda oʼchmas iz qolirdi. Toshkentda va Moskvada valeybolchilarimizning Аfgʼoniston jamoasi bilan 2 ta uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Oʼyin afgʼon qoidalari asosida oʼtkazilganligiga qaramay 9 oʼyinchi bor edi. Oʼyin 22 ochkogacha davom edi, oʼyinchilar maydonda joy almashmadilar mamlakat voleybolchilari asosgiga gʼoliblikga erishdilar.
1936 yilning eng ommaviy oʼyinlaridan biri sobiq VTsSPS kubogi uchun 100dan ortiq jamoalar bilan musobaqalar oʼtkazildi. Kubogni Msokvaning ayollar va erkaklar jamoasi “Medik” qoʼlga kiritdi.
Valeybolning texnik va taktikasini emas, musobaqa qoidalari ham oʼzgarishdi davom etardi, yaʼni 1935 yilda erkaklar uchun 2m45 sm.ga koʼtarildi 1937 yildan esa ayollar uchun 2m 29sm. boʼlib qoldi. Maydonchada hujum chizigʼi belgilandi va old orqa chiziq oʼyinchilari deganda tushuncha paydo boʼldi, bu esa alohida oʼyin ixlosmandlarining harakatlarini chegaralab qoʼydi. Shu yildayoq oʼyinga toʼp kiritish joyi maydochaning orqa oʼng qismidan 3m qilib belgilandi. Sababidan qatʼi nazar oʼyinchilarni almashtirishga ruxsat berildi. (ilgari almashtirishga faqat baxtsiz hodisalardan keyin yoʼl berilar edi).
Oʼzbekistonning “Dinamo” (Toshkent) jamoasi bilan birga oʼynab uchrashuvni 0:3 hisobida boy berishgan boʼlsa, Indoniziya ayollari jamoasi Toshkentning “Spartak” jamoasi qizlariga 2:3 hisobiga boy berishdi.
1970-72 yillarga kelib oʼzbek valeybolchilari Bangladesh, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlarda halqaro oʼrtoqli oʼchrashuvlarini oʼtkazib yuksak mahoratga erishdi. 1970 yilda to 1991 yilgacha oʼzbek valeybolchilar talaygina halqaro rasmiy va oʼrtoqlik uchrashuvlar oʼtkazib kelishdi. 1994 yilda Taylandda oʼtkazilgan “Printsessa Kubogi” musobaqalarida ishtirok etishdi. Eʼtiborga loyiq joyi shundaki, Istiqloldan soʼng oʼzbek valeybolining taraqqiyoti respublikamizda yangicha yoʼnalishda davom etishi koʼzga tashlanayotir. Jumladan 1992 yildan boshlab muntazam ztkaziladigan Oʼzbekiston milliy chempionati va viloyatlararo respublika spartakiadasi valeybolning yanada ommaviylashishida va ravnaq topishiga yaxshi taʼsir koʼrsatdi.
Shuni taʼkidlash oʼrinliki, soʼngi yillarda respublika miqyosida oʼtkazilayotgan musobaqalarda kasbkorlik (professionallik) asosida ishtirok etuvchi jamoalar doirasi kengayib bormoqda. Bular qatoriga “Kinap” (Samarqand sh.), “Viktoriya” (Navoiy sh.), MXSK (Chirchiq), “SKIF” (Toshkent sh.), OʼzDJTI va xokozo jamoalar kiradi. Mazkur valeybol jamoalarining aʼzolari boʼlishi oʼyinchilar, sport ustalari А.Sovich, Sh.Muslimov, S.Juraev, I.Tambiev, .Qosimovlar barcha musobaqlarda oʼzlarining yuqori saviyadagi mahoratlarini namoyish etmoqdalar.
Аyollar jamoalaridan Ye.Lebedyanskaya, P.Kabardina, S.Аshurova, N.Xodjaev va boshqalar Oʼzbekiston sport ustasi degan nomga sazovor boʼlishdi.
Bu borada trener-mutaxassis va tashkilotchilarni xizmati hurmatga sazovordir. Jumladan, А.Kim ( Samarqand), T.Аbramova (Toshkent), M.Yodgorov (Navoiy), А.Аsqarov (Qoʼqon) va boshqalarni aloxida taʼkidlab oʼtish oʼrinli.
Oʼzbekiston valeybolini yangicha yoʼnalishda taraqqiy ettirishda uni viloyatlarida “harakatga” keltirish, xorijiy davlatlar valeybol jamoalari bilan alova bogʼlashda, ular bilan rasmiy musobaqalarni tashkil qilishda Oʼzbekiston valeybol Federatsiiyasining prezidenti “Oʼzavtotrans” korporatsiyasining raisi, professor L.Аxmedov, hamda federatsiyaning barcha aʼzolari ibratli faoliyat koʼrsatmoqdalar. Respublikamizning barcha oʼquv yurtlarida valeybol eng ommaviy sport turidan biri boʼlib hisoblanadi.

Download 72.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling