I. Kirish II. Asosiy qism Jismoniy tarbiya tizimida voleybol oʼyinining tutgan oʼrni


Voleybolchining texnik harakatlari


Download 72.08 Kb.
bet9/10
Sana19.06.2023
Hajmi72.08 Kb.
#1618906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3.Voleybolchining texnik harakatlari
Sport mutaxassisligi sportchining har taraflama rivojlangan boʼlishini istisno qilmaydi. Аksincha organizmning umumiy funktsional imkoniyatlari oshishida har tomonlama jismoniy va ruhiy qobiliyat asosida, sportchi tanlagan sport turida yuqori darajadagi taraqqiyotga erishishida va har taraflama rivojlanishning bogʼliqligini ikkita asosiy sababini koʼrsatish mumkin.
1. Bu inson organizmi rivojlanish va faoliyat jarayonida barcha organlarning bir-biri bilan bogʼliqligi sportchining har bir turi oʼziga xos alohida oʼzaro munosabatlar talab qilishga qaramasdan jismoniy fazilatlar rivojlanishida har doim umumiy qonuniylik aks etadi. Har qanday fazilatning miyoriy rivojlanishi organizmning funktsional umumiy imkoniyatlarini oshirish bilangina amalga oshadi.
2. Har-xil harakatlantiruvchi koʼnikmalar va qobiliyatning oʼzaro taʼsiri. Sportchining oʼzlashtirgan harakatlantiruvchi mahorati va qobiliyati qanchalik keng boʼlsa yangi harakatlantiruvchi faoliyat va oldingi oʼrganganlarni amalga oshirishda zamin yaratadi. Kishining ongiga bogʼlanmagan holda mavjud boʼlmagan qonuniylik sportda kamolotga erishish shuni talab qiladi, mashgʼulot chuqur maxsus jarayon boʼlib, sportchining har tomonlama rivojlanishiga olib kelishi kerak. Sportchining umumiy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik birligi shuni koʼrsatadiki, sportda muvaffaqiyat va yutuqlarga ziyon yetkazmasdan erishish uchun ulardan birini mashgʼulotdan ajralib boʼlmaydi. Sportda bu koʼzlangan maqsad tarbiyaviy vositadir.Voleybol sport oʼyinlari turlariga mansub boʼlib oʼz mohiyati va mazmuni xususiyati bilan ulardan farq qiladi. Voleybol oʼyini nisbatan kichik boʼlgan yaʼni oʼrtasidan teng ikkiga boʼlingan 18 x 9 metrli toʼgʼri burchakli toʼrtburchak shaklidagi maydonchada amalga oshiriladi. Uzatish texnikasi. Toʼp uzatish voleybolda asosiy oʼyin malakalaridan biri boʼlib shu oʼyin bilan bogʼliq boʼlgan barcha texnik taktik faoliyatni amalga oshirishga imkon yaratuvchi yagona vositadir. Uzatish hujum texnikasiga mansub boʼlib uni maʼlum vaziyatda taktik mahorat bilan toʼgʼridan toʼgʼri ijro etish ochko olish imkonini berish mumkin. Uzatish bir necha turlardan iborat boʼladi.
Tayanch holatda ikki qoʼllab yuqoridan uzatish ikki qoʼllab pastdan uzatish, bir qoʼl bilan yuqoridan va pastdan uzatish, sakragan holatda ikki qoʼl yoki bir qoʼl bilan yuqoridan uzatish.
Uzatish vertikal gorizontal yoki diagonal ravishda baland past uzoq yoki yaqin yoʼnalishlarda ijro etilishi mumkin.
Himoya texnikasi, toʼpni qabul qilish texnikasi.
Toʼpni qabul qilish texnikasi bu oʼyinchining oʼz maydonchasida toʼpni qoidaga binoan yerga tushishiga qarshi qoʼllaydigan harakat malakasidir. Toʼpni qabul qilish turli usullarda va oʼziga xos texnik tartibda ijro etiladi. Pastdan ikki qoʼl bilan qabul qilish zamonaviy voleybolda asosiy himoya vositalaridan biri boʼlib dastlab tez va aniq toʼpni yoʼnaьlishiga qarshi chiqish tana ogʼirlik markazini pastroq tushirib ikki qoʼlni toʼgʼri yozilgan holatda bir-biriga qulf tarzida amalga oshiriladi.
Pastdan ikki qoʼl bilan toʼpni qabul qilish texnikasi yaʼni mazkur malakani ijro etishda tana ogʼirlik markazini baland pasligi, oyoqlarning tizza qismini bukilishi burchagini katta kichikligi gavdani biroz oldinga egilishi yoki vertikal ravishda boʼlishi yiqilib qabul qilishlar oʼyin vaziyatiga oʼyinga kiritilgan toʼpni yoki hujum zarbasining kuch tezligiga va boshqa sharoitlarga bogʼliq boʼladi.
Toʼsiq qoʼyish texnikasi toʼsiq qoʼyish bu raqib oʼyinchisi tomonidan uzatilgan yoki zarba berilgan toʼp yoʼnablishini toʼsish unga qarama-qarshi “Jonli devor” tashkil qilishdir. Toʼsiq qoʼyuvchi oʼyinchi dastlab oyoqlarini yelka kengligida joylashtiradi. Oyoqlar tizza qismidan ozgina bukilgan boʼladi, qoʼllar yelka qismidan bukilgan boʼlib panjalar yoyilgan shaklda boʼladi. Toʼpni yoʼnalish joyiga qarab harakatlantirgandan soʼng oyoqlar tizza qismidan birozgina bukilib shiddat bilan yoziladi va qoʼllarning faol harakati bilan sakrab toʼp kengligida toʼsiq qoʼyiladi.
Holatlar. Voleybol oʼyinida oʼyinchilar toʼp bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu oʼyin sharoitida oʼyinchi toʼp bilan oʼynashi uchun yuqori tayyorgarlik koʼrishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallashi kerak.

Hujum zarbasini berish va toʼsiq qoʼyishda – baland (1 a-rasm), oʼyinga kiritilgan toʼpni qabul qilishda – oʼrta (1-rasm), hujum zarbasini yoki toʼsiqdan pastlab qaytgan toʼpni qabul qilishda – past (1 v-rasm) holatlar egallanadi. Bunda UOM (umumiy ogʼirlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bogʼliq boʼladi. Shuni ham taʼkidlash oʼrinliki, oʼyinchining boʼyi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli taʼsir koʼrsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday boʼlishi kerakki bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat koʼrsatish imkoniyatini bera olsin.


Harakatlanish. Oʼyinchi maʼlum bir texnik usulni bajarish uchun maydon boʼylab harakatlanadi. Bunda usul va oʼyinning vaziyatiga bogʼliq holda, qadam tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, sakrab, yugurib, yiqilib turli harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan harakatlar birmuncha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) boʼladi. Yon tomonga qadamlashdan koʼp hollarda katta boʼlmagan masofani bosib oʼtish bilan toʼsiq qoʼyganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki toʼsiqdan oʼz yoʼnalishini oʼzgartirib qaytgan toʼpni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli harakat yoʼnalishiga yaqin boʼlgan oyoqdan boshlanadi. Sapchib, sakrab, yugurish bilan boʼladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qoʼllaniladi. Koʼrib chiqil-gan harakatlardan koʼp hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi.
Dastlabki holatlar. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni taʼminlashi darkor. Texnik usulning bajarilishidan qatʼi nazar, dastlabki holatlar birmuncha statikligi bilan farqlanadi: toʼpni uzatishdan oldin (2a-rasm), pastdan toʼpni qabul qilishda (rasm), toʼsiq qoʼyishda (2v-rasm) va hujum zarbasini berishda (2g-rasm). Oʼyinchi dastlabki holatni soniyaning bir qancha boʼlaklariga teng muddatgagina egallaydi.

Toʼp uzatish – bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay sharoit yuzaga keltiriladi. Toʼpni: tayanch holatdan ikki qoʼllab, sakrab ikki qoʼllab, sakrab bir qoʼllab, orqaga yiqilib turib ikki qoʼllab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi.


Yoʼnalishi boʼyicha toʼp uzatishlar (toʼp uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha boʼladi: oldinga, oʼz ustiga, orqaga.
Uzunligi boʼyicha: uzun – zonalar osha; qisqa – zonadan zonaga; qisqartirilgan – zona doirasida.
Balandligi boʼyicha: baland – 2 m dan yuqori, oʼrtacha – 2 m gacha, past – 1 m gacha. Yuqoridagi koʼrsatkichlarga bogʼliq holda toʼpga sekin, tez va katta tezlanish beriladi. Toʼpni toʼrga yaqin – 0,5 m gacha va uzoq – 0,5 m dan ortiq masofada berish mumkin.
Toʼpni uzatish texnikasi dastlabki holat, qoʼlning toʼpga qarama-qarshi harakati, amortizatsiya va toʼpni yoʼnaltirishdan iborat boʼladi. Dastlabki holatdan toʼp tomon harakatlangandan soʼng voleybolchi vertikal holatda, oyoqlarining bukilish darajasi toʼp yoʼnalishining balandligiga va uchish tezligiga bogʼliq holda, oyoq kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qoʼlga nisbatan qarama-qarshi) bir oz oldinda boʼladi. Qoʼllar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan boʼladi (3-rasm).
Qoʼllar toʼp bilan yuz tepasida toʼqnashadi. Bunda bosh barmoq asosiy nagruzkani qabul qiladi, koʼrsatkich barmoqlar esa zarba berishda asosiy boʼladi. Oʼrta barmoq kamroq ravishda, nomsiz va jimjiloq asosan toʼpni yon tomondan ushlab turishga xizmat qiladi. Toʼpga yoʼnalish berishda qoʼl, oyoq va gavda mushaklarini kuchlanishi oʼzaro birgalikdagi yaxlitlik bilan izohlanadi. Bunda gavdaning UOM birmuncha yuqoriga-oldinga koʼchadi va gavda massasining ogʼirligi ikki oyoqning uchiga tushadi. Qoʼllar toʼpni uzatish oxirida toʼliq toʼgʼirlangan holatda boʼladi.
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda, toʼp baland berilganda yoki toʼpning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab toʼp uzatish usulidan foydalaniladi. Bu holatda qoʼllar bosh ustidan birmuncha baland koʼtariladi va qoʼllarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan toʼp uzatiladi. Huddi shu holatda qisqa toʼp uzatishda asosiy harakat qoʼl barmoqlarining faol ishlashi hisobiga amalga oshiriladi.
Toʼpni orqa tomonga (moʼljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda oʼyinchi toʼpning tagiga kirib boradi. Bunda qoʼlning orqa kaft qismi bosh orqasigacha koʼtariladi. Toʼp uzatish qoʼllarni tirsak qismida bukib-yozish hisobiga bajariladi, gavda orqaga-yuqoriga harakatlanadi, bunda harakat umurtqa pogʼonasi koʼkrak va bel qismlarining bukilishi hisobiga boʼladi (5-rasm). Sakrab orqaga toʼp uzatish huddi tayanch holatda orqaga toʼp uzatish kabi bajariladi. Toʼp uzatishning eng murakkab usuli bu sakrab bir qoʼl bilan toʼp uzatishdir. Bu usul toʼp toʼr ustiga kelib qolgandagi murakkab sharoitda bajariladi. Bu holda qoʼl tirsaklarida bukilib, oldinga chiqariladi Kaftlar oldinga qaratiladi, barmoqlar bukilib, tarang holga keltiriladi. Toʼp uzatish tirsak boʼgʼinining bukib-yozilishi hisobiga bajariladi.
Toʼpni kiritish. Bu texnik usul orqali toʼp oʼyinga kiritiladi. Bu usulning asosiy maqsadi toʼpni raqib jamoasiga iloji boricha qiyin qilib berishdir. Shuning uchun bu usul hujum texnikasining vositasi boʼlib hisoblanadi. Toʼpni kiritish dastlabki holatdan va uchta ketma-ket fazalar: tayyorgarlik (toʼpni tashlash, qoʼlni silkish), asosiy (zarba berish) va yakunlovchi (qoʼlni tushirish va keyingi harakat) fazalardan iborat.
Voleybolda pastdan toʼgʼri, yuqoridan toʼgʼri, yondan yuqoridan va sakrab toʼgʼri toʼp uzatish usullari mavjud.
Bu usullarni bajarishda toʼpga zarba berish turli tarzdagi ketma-ketlikda bajariladi. Birinchi navbatda toʼpga aylanma harakat berish, soʼngra aylanma harakat bermasdan toʼp kiritish (bir muncha murakkab boʼlganligi sababli) usullari oʼrgatiladi yoki takrorlanadi.
Pastdan toʼgʼri toʼp kiritish. Oʼyinchi oldinga engashib, oyoqlarini tizza qismida bukkan, bir oyogʼini (zarba beruvchi qoʼlga nisbatan qarama-qarshi) oldinga chiqargan holatda turadi
Toʼp tirsak qismida bir oz bukilgan qoʼlda bel barobarida ushlab turiladi. Toʼp gavdaga nisbatan 20-30 sm oraliqda tashlanadi. Zarba beruvchi qoʼl qatʼiy ravishda orqaga harakatlantiriladi. Zarba pastdan yuqoriga-toʼgʼriga bajariladi. Oʼyinchi bir vaqtning oʼzida orqa oyoqni toʼgʼrilaydi va gavdaning ogʼirligini oldingi oyoqqa oʼtkazadi. Zarbadan soʼng qoʼl harakati toʼpni kuzatib borish bilan tugallanadi. Pastdan toʼgʼri toʼp kiritish aniqligi asosiy uchta omil bilan aniqlanadi: qoʼlni silkish (zamax) yoʼnalishi bilan – u qatʼiy orqaga boʼlishi kerak; toʼp tashlash balandligi bilan – u baland boʼlmasligi kerak; toʼpga zarba berish – u taxminan bel barobarida amalga oshirilishi zarur.
Yuqoridan toʼgʼri toʼp kiritish. Oʼyinchi toʼrga qaragan holda yuqori holatni egallaydi
Toʼp koʼkrak sathida ushlab turiladi, bir oyoq oldinga qoʼyiladi (zarba beruvchi qoʼlga nisbatan qarama-qarshi). Toʼp 1 m yuqoriga oldinga tashlanib, oʼyinchi qoʼlini yuqoriga-orqaga harakatlantiradi va zarba beruvchi qoʼl yelkasini orqaga-yuqoriga olib boradi. Zarba toʼgʼri qoʼl bilan birmuncha oldinda bajariladi. Bu usul ikki xil variantda: toʼpga aylanma harakat berib va aylanma harakat bermasdan amalga oshirilishi mumkin. Toʼpga aylanma harakat bermasdan toʼp kiritish usuli birmuncha murakkab usul hisoblanadi. Bu usulda quyidagi elementlarning bajarilishiga qatʼiy amal qilish zarur. Bular: toʼpning qoq oʼrtasiga zarba berish; toʼp tashlashning nisbatan pastligi (0,5 m gacha); zarba beruvchi qoʼlni orqaga nisbatan qisqa harakatlantirish; kuchli (tezkor), kaftli (tezlanishli) va aldamchi (sekin) zarbalar berish.. Hujum zarbasini 2 yoʼl bilan bajarish mumkin: toʼgʼri (toʼrga nisbatan toʼgʼri turgan holda) va yon tomon bilan (toʼrga nisbatan).
Yuqoridan yon tomon bilan toʼp kiritish. Yuqoridan yon tomon bilan toʼp kiritish usulida oʼyinchi toʼrga nisbatan yon tomon bilan oyoqlarini tizzadan bukkan holda turadi (10-rasm). Toʼp 1 m gacha balandlikda yelka ustiga tashlanadi. Oʼng qoʼl bilan zarba berilganda, u pastdan orqaga harakatlanadi, bunda yelka pastga tushirilib, gavdaning ogʼirligi oʼng oyoqqa oʼtkaziladi. Zarba zarba beruvchi qoʼl orqadan-yuqoriga yoy boʼyicha harakatlantirilib, zarba amalga oshiriladi. Gavda chapga buriladi va ogʼirlik kuchi chap oyoqqa koʼchiriladi. Bu harakat zarbaning kuchini oshirishga xizmat qiladi.
Sakrab toʼp kiritish. Hozirda sakrab toʼp kiritish usuli keng qoʼllanilmoqda. Bu usulning asosi orqa (himoya) zonadan hujum zarbasini berishga oʼxshashligi sababli uning mohiyati quyiroqda yoritiladi.
Hujum zarbalari.
Hujum zarbasi – jamoaning hujum harakatini yakunlovchi samarali usul hisoblanadi. Bu harakatlar toʼrning yuqori qirgʼogʼidan balandda amalga oshiriladi. Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum harakatlarining samarasi ham juda pastdir.
Hujum zarbalari yoʼnalishiga koʼra quyidagicha farqlanadi: toʼgʼri yoʼnalish boʼyicha (bunda zarba berilgan toʼp yoʼnalishi hujumchining yugurib kelish yoʼnalishiga mos tushadi) va yoʼnalishni oʼzgartirib (bunda zarba berilgan toʼp yoʼnalishi hujumning yugurib kelish yoʼnalishiga mos tushmaydi).

Voleybol mashgulotlarda voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligi


Jismoniy tayyorgarlik – tayyorgarlik turlarining biri boʼlib, voleybolchining organizmini rivojlantirish, uning jismoniy sifat va qobiliyatlarini takomillashtirishga hamda oʼyin faoliyatini samarali amalga oshirishni taʼminovchi mustahkam poydevor yaratishga qaratilgandir.
Zamonaviy voleybol shugullanuvchilardan nixoyatda katta kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlarini talab qiluvchi sport oʼyinlari turiga mansubdir. Oʼyinning mohiyati oʼyinchi harakatining turli yoʼnalish va oʼzgaruvchan vaziyatda oʼta tezkor, aniq hamda qisqa vaqt ichida oʼyin davomida koʼpdan - koʼp toʼsiq qoʼyish, zarba berish va toʼp kiritishdagi sakrashlari, yiqilishlari, yugurish, toʼxtash, burilish,egilish va boshqa xarakatlarni yuqori tezlikda ijro etishi katta jismoniy kuch, oʼta chaqqonlik, mustahkam chidamkorlik, va ruhiy uygʼunlikni talab qiladi. Binobarin, ushbu yuklama (nagruzka) taʼsiri shugʼullanuvchi organizmining funktsional jihatdan mukammal shakllangan boʼlishini taqozo etadi.
Bugungi voleybolchi boʼyi jihatdan 185-195 sm xarakatchan, tezkor, sakrovchan, ziyrak, zukko, tez fikrlovchi, oʼtkir zexnli, maydonda roʼy beradigan vaziyatni tez fahmlab «foydali» javob qaytara oladigan koʼrsatkichga ega boʼlishi kerak. Sportchilarning yoshiga tayyorgarligiga malakasiga hamda sport trenirovkasi davriga va vazifalariga qarab jismoniy tayyorgarlikni mazmuni xajmi va shiddati turlicha boʼladi.
Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni.
Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari qoʼyidagilardan iborat:
1.Sogʼlikni mustahkamlash
2. Hayotiy zarur xarakat malakalarini takomillashtirish (yurish, chopish, sakrash va x.k)
3. Harakat sifatlarini rivojlantirish
4. Harakat malakalari xajmini oshirish va ularning ijro etish doirasini kengaytirish.
5. Organizmning oʼyin davomida ishtirok etuvchi organ, boʼlim va mushak guruxlarining funktsiyalarini shakllantirish.
6. Uyin malakalarini samarali oʼzlashtirishni taʼminlovchi maxsus sifatlarni rivojlantirish.
Jismoniy tayyorgarlik ikki xil boʼlib: umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka boʼlinadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik - sport trenirovkasini muhim vazifalaridan biri shugʼullanuvchilarning toʼlaqonli jismoniy taraqqiyotini va xar tomonlama jismoniy tayyorgarligini taʼminlashga qaratilgan. UJT xayotiy zarur xarakat malakalarini takomillashtirishga yunaltirilgan jarayondir. Maqsadi - MJT ning poydevori boʼlgan UJT bazasini yaratishdir.
Vazifalari – asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish organizmning funktsional imkoniyatlarini oshirish xarakat malakalarining xajmi va ijroiy chegarasini kengaytirish, sogʼlikni mustaxkamlash, tiklanish jarayonini faollashtirish, organizmning tashqi va ichki salbiy taʼsirlarga boʼlgan bardoshini oshirishdan iborat.
Umumiy jismoniy sifatlarga kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik kiradi.
UJT - jismoniy sifatlarni alohida yoki birgalikda rivojlantiruvchi oʼziga xos mashqlardan iborat.
UJTni amalga oshirish jarayonida xar xil sport uskunalaridan, anjomlardan, trenajyorlardan va tabiat omillaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Sport trenirovkasining ayrim bosqich va davrlarida UJT mashqlari va mashgʼulotlarining hajmi: shiddati, yoʼnalish va tuzilishi oʼziga xosligi bilan farqlanadi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik – tanlangan sport turidan yuqori natijalarga erishish maqsadida shu sport turida asosiy va hal etuvchi ahamiyatga ega boʼlgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yoʼnaltirilgan jarayondir.
Vazifalari :
- voleybolga xos maxsus xarakat sifatlari va qobiliyatlarini (tezkorlik, kuch, chaqqonlik, maxsus chidamkorlik va x.k) rivojlantirish
- oʼyin texnikasini oʼzlashtirishda zarur boʼlgan qobiliyatlarni rivojlantirish
- oʼyin taktikasini oʼzlashtirishda zarur boʼlgan qobiliyatlarni rivojlantirish.
MJT sport trenirovkasining barcha bosqich va davrlarida hajm va shiddat munosib meʼyorda qoʼllaniladi.
Funktsional tayyorgarlik - voleybolchi organizmining funtsional imkoniyatlari undagi jismoniy tayyorgarlikning asosini tashkil kiladi. Funktsional imkoniyatlarning darajasi konkret sport ishchanligida namoyon boʼladi. Chunonchi trenirovkalar taʼsirida boʼladigan oʼzgarishlar mustahkam boʼlishi uchun oʼyinchi uzoq vaqt davomida oʼziga xos (spetsifik) ishni bajarish qobiliyatiga ega boʼlishi lozim. Trenirovka mashgʼulotlari jarayonida voleybolchiga xajm va intensivligi jixatidan anchagina kata nagruzkani bajarishga toʼgʼri keladi. Koʼpincha bu nagruzka musobaqa nagruzkasidan xam ortiqroq boʼladi. Maʼlumki oʼyinda aktiv ishtirok etgan oʼyinchi xarakatlanadi sakraydi, zarbli urush qiladi, toʼsiq qoʼyadi va x.k. Bunday sharoitda bajarilayotgan ishning darajasi organizmning faqat energetika imkoniyatiga bogʼliq boʼlmay, balki maʼlum darajada nerv-mushak kordinatsiyasiga texnik kamolotga va xarakat faoliyatining mustaxkamligini xamda tejamkorligini taʼminlab beruvchi boshqa faktorlarga xam bogʼliq boʼladi.
Tayyorgarlikning boshlangich boskichida jismoniy sifatlarni tarbiyalashda - maʼlum ishning qisqa vaqt ichida bajarilishini talab etuvchi sifat boʼlib, uni samarali rivojlantirish ayniqsa yosh bolalarda
(7-11 yosh) yaxshi natija beradi. 12-15 yoshli bolalarda tezkorlikning rivojlanishi koʼproq ularning mushak kuchini tezkorlik kuch sifatini orttirish xisobiga roʼy beradi.
Tezkorlik uch tarkibiy qismdan iborat:
Oddiy aks taʼsir (tezkorlik) Masalan: joyda oʼtirgan holda turli tashqi taʼsirlarga (lampaning yonishi , issiq, sovuq,tovush va xokozo) tez «javob» qaytarish.
Murakkab aks taʼsir yoki tana xarakati bilan taʼsirlarga (vaziyatga) «javob» qaytarish. Masalan: bokschi, futbolchi, voleybolchini tezkor xarakati.
Tezkorlikning ushbu tarkibiy qismlari biri-biri bilan uzviy bogliq boʼlmaydi, yaʼni oddiy aks taʼsir xarakatini qanchalik koʼp mashq qilinsa xam tana xarakati yoki siklik xarakat deyarli rivojlanmaydi va aksincha.
Tayyorgarlikning boshlangʼich bosqichida tezkorlik sifatini tarbiyalash qoʼyidagi vosita – mashqlar yordamida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: xarakatli oʼyinlar, qisqa masofalarga yugurish, turli estafetalar, sakrashga oid mashqlar, gimnastika va akrobotika mashqlari, qoidasi soddalashtirilgan sport oʼyinlari, mazkur vositalarni qoʼllashda komplesk uslubdan foydalanish samara beradi.
Jismoniy fazilatlardan biri boʼlgan tezkorlik deganda biz voleybolchining maʼlum sharoitda qisqa vaqt ichida xarakatlarni bajara olish qobiliyatini tushunamiz.
Tezkorlik nomoyon boʼlishining qoʼyidagi formalari mavjuddir:
- tafakkur (fikrlpash) jarayonining tezligi ;
- oddiy va murakkab reaktsiyalarningn qanday boʼlmasin biron-bir tashqi yoki kompleks taʼsirlariga javoban tezligi;
- yakka xarakatni bajarish tezligi;
- xarakatlar chastotasi.
Tezkorlikni rivojlantirish uchun yugurishda qayta tezlanish, velosepedda uchish va shunga oʼxshash har xil maksimal darajaga yetkazadigan qilib tezlikni sekin-asta, tekis oshirib borib, xarakat amplitudasini kattalashtirish lozim. Tezkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan yana koʼpgina mashqlarni keltirish mumkin:
- yonboshlab, orka bilan jadal yugurishni bajarish:
- tizzani yuqoriroq koʼtarib va qadamlarni maksimal chastotada qoʼyib yugurish:
- 25-80 m masofaga oyoq uchida depsinib tez sakrab-sakrab xarakat qilish;
- maksimal chastotada aylantiriladigan kalta va uzun argʼamchi bilan sakrash, aylanib turgan argʼamchi tagidan yoki ustidan yugurib oʼtish;
- oʼrta masofaga yugurayotganda tempni toʼsatdan oʼzgartirish;
- dastlabki yugurib borishdan soʼng 20-30 m masofada maksimal tezlikka erishish;
Siltanish va tez yurishlar xar xil estafetalarda musobaqa uslubi bilan oʼtkazilgani maʼqul. Bir mashgʼulotga muljalangan tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan trenirovka ishining hajmi uchun katta boʼlmasligi kerak.
KUCh – bu tashqi qarshilikni yengish yoki «ushlab» turish maʼnosini anglatadi. Kuch ikki turga boʼlinadi: dinamik kuch va statik kuch. Dinamik kuch – bu oʼzgaruvchan kuch. Statik kuch – bu bir xil vaziyatda ijro etiladigan kuch.
Statik kuch 3 ga boʼlinadi :
- «engib» olinadigan statik kuch: Masalan: yerda yotgan ogʼir toshni koʼtarib olib ushlab turish
- bir xil vaziyatda «saqlab» turiladigan statik kuch. Masalan: shu toshni bir xil holatda ushlab turish.
- qarshilikni «enga olmaydigan» statik kuch. Masalan: shu tosh oʼta ogʼir boʼlgani sababli uni koʼtarish imkoniyati yoʼq. Lekin mushaklar taranglashadi va statik ish bajarib turadi.
Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar ortiqcha zoʼriqish bilan bogʼliq boʼlmasligi kerak, kuchlanish hollaridan umuman voz kechish maqsadga muvofiq. Bunday moxiyatga ega boʼlgan mashqlarni uncha ogʼir boʼlmagan anjomlar bilan katta tezlikda bajargan maʼqul. Qiz bolalar guruhida bunday mashqlarni qoʼllash alohida nazorat va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. Tayyorgarlikning mazkur bosqichida chaqqonlikni rivojlantirish oʼyin malakalarining texnikasini oʼzlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu sifatni tarbiyalash – turli toʼplar bilan mashq qilish, gimnastika, akrobatika, sport oʼyinlariga oid mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Bunday mashqlarni asta - sekin murakkablashtirib borish zarur. Kuch zamonaviy sport trenirovkasi amaliyotida sportchining eng muhim jismoniy fazilatlaridan biri boʼlib hisoblanadi. Chunki kuch maʼlum darajada oʼyinchining maydonda xarakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balandligi darajasini belgilaydi.
Kuch oʼz xarakteriga koʼra: nisbiy kuch, «portlovchi» va «startga oid» boʼlishi mumkin.
Аbsolyut kuch – mushak (yoki mushaklar guruxi) oʼz ogʼirligidan qatʼiy nazar qiskargan vaqtda maksimal kuchning rivojlanishi.
Nisbiy kuch – oʼyinchi tanasi ogʼirligining bir kilogrammiga tugʼri keladigan miqdor.
Portlovchi kuch – sport mashqi yoki oʼyin harakati sharoitida reglamentlashtirilgan minimal vaqt ichida katta kuchlanishga erishishi qobiliyatini bildiradi. Bu kuchni voleybolchilar sakrashda, toʼp kiritishda, zarbli urishda, tusiq qoʼyishda aniq amalga oshiradilar. Shuningdek, «portlovchi» kuchning darajasi mushakning reaktiv qobiliyatiga bogʼliq boʼladi. Ishlayotgan mushaklar zarba bilan mexanik choʼzilgandan keyinrok muskul qisqarish samarasi yordamida katta xarakat kuchlanish xosil boʼladi. Koʼzgalgan mushaklarning elastik oʼzgarishni chaqiradigan dastlabki choʼzilish ularda kinematik energiyani oʼziga olishi tufayli boʼladigan ayrim kuchlanish potentsialining jamgʼarilishini taʼminlab beradi.
Sport mashgʼulotlarida muskullar oʼz uzunligini oʼzgartirmasdan (statik, izometrik rejim) va oʼz uzunligini qisqartirgan holatda kuch koʼrsatadi.
Mushaklar choʼzilganda ustun keladigan va toʼsiqsiz rejimlar birgalashib «dinamik rejim» tushunchasini hosil kiladi. Kuchni tarbiyalash jarayonida kuch qobiliyatlarning barcha turlarini rivojlantirish kerak.
Chaqqonlik – turli murakkab xarakatlarni tez va aniq ijro etilishi demak. Voleybolda ushbu sifat voleybolchining maydonda muayyan vaziyatga nisbatan tugʼri, tez va aniq xarakat qilishi zarurligini anglatadi. Bu sifat keng mazmunli tushuncha boʼlib, oʼz ichiga tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik kabi sifatlarni qamrab olgan.
Chaqqonlikni bolalik davridan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiq. Mazkur sifatni tarbiyalashda mashqlarning eng oddiysidan boshlab, sekin – asta murakkab mashqlarga oʼtish zarur.
Chaqqonlikni rivojlantirishda gimnastika, akrobotika, sport va milliy oʼyinlar juda qoʼl keladi.
Egiluvchanlik – bu tana bugʼimlarining maksimal amplitudada bukilishi va yozilishidir. Bu sifat aksariyat mushaklar tolalari elastikligi (chuziluvchanlikligi) va tonusiga bogliq. Egiluvchanligini oʼstirish, birinchi navbatda muntazam muvofiq mashqlar bilan shugʼullanishga bogʼlik.
Egiluvchanlik sifatini rivojlantirishga boshlangʼich maktab yoshidan boshlangani maqsadga muvofiq. Chunki bu yoshdagi bolalarning organizmi – suyaklari, mushak va bugʼinlari egiluvchan – plastik xususiyatiga ega boʼladi.
Mazkur sifatni rivojlantirishda sekin surʼatda bajariladigan xar xil yoʼnalishlarga oid boʼlgan va katta doirali amplutudada ijro etiladigan mashqlar qoʼl keladi. Bundan tashqari egiluvchanlikka xos elementlari bulgan xarakatli oʼyinlar va sport oʼyinlari yaxshi natija beradi. Gimnastika, akrobatika mashqlari bilan shoʼgullanish ham ayni muddao. Zikr etilgan mashqlar muntazam uzoq vaqt va qayta – qayta bajarilishi lozim.
Chidamlilik deb organizmning uzoq vaqt charchamasdan faoliyat koʼrsatish yoki biron-bir xarakatni yuqori samarada oʼzoq vaqt ettira olish qobiliyatiga aytiladi.
Chidamkorlik sifatini tarbiyalash trenirovka jarayonining asosiy vazifalaridan biridir. Bu sifatning yuqori darajada rivojlanganligi sport maxoratining samarali oʼsishiga, oʼzoq vaqt davomida egallangan texnik va taktik malakalarining musobaqa jarayonida faol ijro etilishiga zamin boʼladi.Voleybolchilarga xos maxsus chidamkorlikni tarbiyalash oʼzoq vaqt davomida voleybol va oʼzga sport oʼyinlari, harakatli oʼyinlar, xar xil yoʼnalishlarga oʼzgaruvchan yoʼnalishlarga qayta-qayta chopish, charchash holatida turli mashqlarni bajarish asosida amalga oshiriladi.
Voleybolda strategiya va taktika deganda – strategiya yunoncha soʼz boʼlib, aksariyat harbiy sohaga mansub boʼlib qoʼshinni belgilangan maqsad sari boshlash, olib borish, unga ustalik bilan erishish sanʼatini ifodalaydi.Sport soxasida va aynan voleybolda mazkur atama muayyan sportchi yoki jamoaning tayyorgarlik jarayonini boshkarish hamda uni musobaqalar davrida gʼalabaga olib borish sanʼatini anglatadi. Strategiya - jamoaning asosiy va oʼrinbosar tarkibini tuzish – jamlash, musobaqani boshqarish usullari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, muayyan uchrashuvning (musobaqaning) taktik rejasini tuzish, boʼlajak oʼyinning nazariy va amaliy andozasini (nusxasini) qoʼllab koʼrish hamda oʼtkazilayotgan musobaqalarni atroflicha tahlil qilish kabi tadbirlarni uz ichiga oladi. Bundan tashkari stategiyaga rakib jamoasi, uning oʼyinchilari haqida maʼlumotlar yigʼish, razvedka (aygʼoqchilik) asosida raqibning butun imkoniyat va xususiyatlarini bilib olish masalalari kiradi. «Taktika» atamasi xam yunoncha soʼz boʼlib, tom maʼnoda «tartibga keltirish» yoki «maʼlum tartibda joylashtirish» tushunchasini anglatadi.
«Taktika» suzi «strategiya» atamasi harbiy sohaga doir boʼlib, qoʼshinlarni maqsadga muvofiq tuzish va ularni ogʼir vaziyatlarga qaramasdan gʼalaba chuqqisiga yetaklash sanʼatini nazarda tutadi.
Voleybolda taktika tushunchasi oʼyin vaziyatini eʼtiborga olgan holda samarali va maqsadga mos shakl, usul hamda vositalarni qoʼllash asosida gʼalabaga erishish saʼatini bildiradi.
«Taktika» - yunoncha soʼzidan olingan boʼlib, oʼzbek tilida «tartib», «tartiblashtirish» maʼnosini anglatadi.
Voleybolda oʼyin taktikasi – deb muayyan jamoaning ikkinchi bir jamoa ustidan yakka, gurux va jamoa xarakatlari yordamida gʼalabaga erishish sanʼatiga aytiladi.
Taktikaning asosiy vazifasi muayyan raqib jamoaga nisbatan mavjud vaziyatga qarab gʼalaba sari qoʼllaniladigan oʼyin vositatari, usullari va shakllarini aniqlab, qoʼllay olishdan iborat.
Zamonaviy voleybolda qoʼllaniladigan atamalar.
Birinchi temp atamasi xujum kombinatsiyasini birinchi boʼlib boshlaydigan oʼyinchiga tegishli boʼlib, u deyarli «past» va tez oʼzatiladigan toʼp bilan xujum uyushtiradi.
Ikkinchi temp – kombinatsiyani ikkinchi boʼlib boshlaydigan oʼyinchi. Bu oʼyinchi xujumni asosan baland uzatiladigan toʼp asosida tashkil etadi.
Bir temp tashkil etiladigan xujumda bir yoʼla ikki yoki uch oʼyinchi zarba berish uchun bir vaqtda sakraydilar.
«Toʼlkin» kombinatsiyasida ikki xujumchi ishtirok etadi. Birinchi xujumchi sakrab, yerga tushayotganda, ikkinchi xujumchi sakrab zarba beradi.
«Eshelon» kombinatsiyasida ikki xujumchi ketma-ket sakraydi, toʼp xujumchilarning qaysi biriga qulay uzatiladigan boʼlsa, shu xujumchi zarba beradi.
«Krest» kombinatsiyasida ikki xujumchi biri-birining harakat yoʼnalishini kesib, muvofiq xujumchi zarba beradi. Shu kombinatsiyani turli shaklda ijro etish mumkin (qayta «Krest», kichik «Krest» katta «Krest»).
Morita fintini birinchi bor 1969 yilda GDR da oʼtkazilgan Jahon Kubogida yapon oʼyinchisi Morita qoʼllagan.
Bu fint birinchi «yolgon» sakrashdan soʼng ikkinchi bor tuliq sakrab zarba berishdan iborat. Maqsadli – toʼsiq kuyuvchi raqib oʼyinchi pastga tushayotganda sakrab zarba berish, yaʼni tusiqsiz zarba berish bilan ifodalanadi.
Bundan tashqari, ushbu kombinatsiyalarning turli nusxalari va shakllari mavjud. Qoʼyida oʼyin taktikasining tasnifi
- turkumlarga boʼlinishi ifodalangan.
Taktikaning yakka, gurux va jamoa shakllari mavjud.
Taktikaning usullari oʼyin tizimlaridan va kombinatsiyalardan iborat. Taktikaning vositalariga esa, bu oʼyin malaka usullari oʼyin tizimlaridan va kombinatsiyalardan iborat. Taktikaning vositalariga esa bu oʼyin malaka usullari va ularni barcha turlari kiradi.
Taktik xarakat kibernitika nuqtai nazaridan murakkab vaziyatda eng samarali qarorni topish va unga munosib xarakat qilish bilan boʼlgan oʼz – oʼzini sozlab boshqaruvchi faoliyatni anglatadi. Taktik xarakat MNSning afferent – efferent nerv retseptorlari, tolalari ishtirokida tashqi muxit taʼsurotlarini qabul qilish, xotirada saqlash, tahlil qilish, vaziyatga munosib ravishda qayta ishlab motivizatsiyani qoniqtiruvchi qarorga kelish kabi faoliyatlar bilan bogʼliq boʼlgan psixofiziologik jarayondan iboratdir.Taktik xarakatning samarali boʼlishida bosh miya yarim sharlarini vaziyatini oldindan bilish (aks ettirish) qobliyati aloxida oʼrin egallaydi. Mazkur qobiliyat musobaqa vaziyatlariga nisbatan toʼgʼri qarorga kelish va maqsadga muvofiq taktik xarakat qilish samarasini oshirishga imkon yaratadi. Аlbatta, bunday qobiliyatni takomillashuvi sportchini oʼyin tajribasiga bogʼliq boʼladi. Shuning uchun oʼquv – mashgʼulotlar jarayonida xali roʼy bermagan vaziyatni oldindan fahmlash, unga mos qarorni tayyorlash va taxminiy xarakat reaktsiyasini xotirada aks ettirish qobiliyatini rivojlantirishga oid mashqlarni tanlash va ulardan unumli foydalanish juda katta ahamiyatga ega. Yuqori darajada takomillashgan mazkur qobiliyat taktik va strategik rejani amalga oshirishda muxim poydevor boʼlib hisoblanadi.Oldindan fahmlash va vaziyatga munosib harakat qilish qobiliyatini rivojlantirnishga oid mashqlarni qoʼllashda 3-ta jarayondan iborat faoliyatni bajarish zarur boʼladi :
1. Musobaqa vaziyatini «xazm» qilish (qabul qilish, fahmlash).
2. Maxsus taktik vazifani fikran bajarish
Yuqorida muxokama qilinayotgan taktika va strategiya poydevori boʼlish psixofiziologik jarayon akademik P.K.Аnoxin (1974 yil) kashf etgan funktsional sistema nazariyasi bilan bogʼliqdir. Demak, bundan koʼrinib turibdiki, oʼyin jarayonida samarali taktikani, hamda tayyorgarlik davrida strategik rejani amalga oshirish maxsus nazariy bilim va amaliy malakalarning yuqori darajada takomillashuvini taqozo etadi.
Jamoa tayyorgarligining umumiy strategiyasi tartib bilan amalga oshiriladigan bir necha tadbirlardan iborat boʼladi va qoʼyidagi andoza – tasnif sifatida ifodalanishi mumkin.
Jamoa tayyorgarligining umumiy strategiyasi va taktikasi – strategik aygʼoqchilik (razvedka) – jamoa tayyorgarligining strategik rejasi – jamoani jamlash va jamlab borish – jamoaning taktik tayyorgarligi oʼquv – trenirovka mashgʼulotlari, koʼrik oʼyinlari. Tayyorlov musobaqalari, asosiy musobaqalar, moddiy taʼminot. Tibbiy va pedagogik nazorat – sport bazasi, uskunalar, anjomlar va sport formasi (kiyimi)- shifokor nazorati, taktik tayyorgarlikni test yordamida baholash, tanlangan strategik yoʼnalishning yakuniy natijalarini tahlil qilish.
Strategiya – maʼlum tartibda amalga oshiriladigan va mantiqan biri-biriga bogʼliq boʼlgan bir qancha masalalarni oʼz ichiga oladi. Jumladan, strategiya muayyan sport turi boʼyicha moddiy omil yaratish; zamonaviy sport moslamalari va sport kiyimlari bilan taʼminlash masalalarini oʼz ichiga oladi.
Strategik reja tayyorgarlikning yoʼnalishi, musobaqalarda ishtirok etish tajribasini oʼrganish, raqib klubi va jamoasi hakida maʼlumotlar yigʼish tadbirlari bilan bogʼliqdir. Sportchilarni tayyorlash strategiyasi borasida jamiyatga, sport maktabiga yosh isteʼdodli bolalarni tanlash va jalb qilish alohida ahamiyatga egadir.Stratetik razvedka rakib oʼyinchilarining individual jismoniy, roʼhiy, ijtimoiy, taktik, texnik xususiyatlarini mukammal bilib olishga erishish, raqib jamoasining taktik imkoniyatlarini, uning yutuq va kamchiliklarini xatto jamoaning mashgʼulot oʼtkazadilan inshoatlari sharoitini, u yerdagi iqlim va texnik omillarni bilishni taqozo etadi.Strategik razvedka nafaqat raqib sportchilari xaqida balki jamoa trenerlari, uqalovchi shifokorlari va rahbarlari haqida keng maʼlumotlarga ega boʼlishi maqsadga muvofiqdir.Strategik razvedka kanchalik samarali va sifatli tashkil qilinsa, shunchalik sport natijalarini hamda umuman sport muvaffaqiyatini oldindan yanada ariqrok rejalashtirish mumkin boʼladi.Oʼyinchining oʼyin «kasbi» uning jismoniy, morfologik, texnik va taktik imkoniyatlariga qarab yillar davomida shakllanib borgan sari ixtisoslasha boradi.Zamonaviy voleybolda oʼyinchi oʼzining tanlagan (ixtisoslashgan) oʼyin «kasbi»ni yuqori saviyada mahorat bilan ijro etish bilan birga, oʼzga oʼyin funktsiyalarini ham maromiga yetkazib bajarishi taqozo etiladi.
Demak, yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga qaratilgan koʼp yillik oʼquv – trenirovka mashgʼulotlarida oʼrgatish va takomillashtirilgan oʼyin funktsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Jamoa tarkibini yaratish – jamlash xam mazkur masala bilan chambarchas bogʼliqdir. Zamonaviy voleybol jamoa tarkibi aksariyat 4-2 yoki 5-1 tizimi asosida tuziladi. U 4 ta xujumchi, 2 ta bogʼlovchi – toʼp uzatuvchi oʼyinchilardan iborat boʼladi. Mazkur oʼyinchilar qoʼyidagicha joylashishadi 4-1, 3-6, 2-5.
4-1-asosiy xujumchilar, 3-6 - yordamchi xujumchilar, 2-5 – bogʼlovchi oʼyinchilar. Аgar jamoa tarkibi – 5-1 tizimi asosida tuzilgan boʼlsa unda 6 ta xujumchi va 1 ta bogʼlovchi oʼyinchi maydonda faoliyat koʼrsatishadi.
Voleybol oʼyinida barcha sport oʼyinlari turlaridagidek murabbiy oʼz shogirdlari bilan faqat oʼyin oldidan partiyalar orasida, tanaffus vaqtida qisqa muddatli muloqatda boʼlishlari mumkin. Masalaning mazkur tartibda amalga oshirilishi musobaqa qoidasi bilan belgilangan. Shuning uchun qyin davomida qyinchilarning faoliyati boshqarish funtsiyasini jamoa sardoriga yuklatiladi.
Voleybol mashgulotlarda voleybol oʼyini texnikasini oʼrgatishda harakatli oʼyinlardan foydalanish samarasi.
Harakatli oʼyinlar jismoniy tarbiyaning eng tasirchan usullaridan boʼlib oʼquvchilarda aqliy-ahloqiy va nafosat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshiradi. Shuning uchun bolalar oʼyinlarning ruhi tabiati va saviyasi ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi jihatlariga eʼtibor berish zarur.
Maxsus kuchni tarbiyalashda trenir kerakli mushak gruppalarini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʼrsatadigan oʼymnlarni oʼynatish lozim. Maxsus kuchni rivojlantiruvchi oʼyinlarda shugʼullanuvchilar oʼz tana ogʼirligini birorta tashqi ogʼirlikni yoki raqib ogʼirligini yengadi. Bu kuchni rivojlantirish uchun quyilagi oʼyinlar tavsiya etiladi: “Xoʼrozlar jangi”, “Doiraga tort” va boshqalar.
Maxsus tezkorlikni tarbiyalash signalga binoan tezlikda javob berilishgini muayyan vaqt birligi ichida koʼp harakatlar bajarilishini hamda butun tana yoki uning bir qismini fazoda tezlik biln harakat qilishni talab qiladigan oʼyinlar oʼquvchilarning tezkorlik sifatini rivojlantiradi. Maxsus tezkorlikni tarbiyalash uchun quymdagi oʼyinlar tavsiya etiladi. “Nomerlarni chaqirish”, “Ovchilar va oʼrdaklar”, “Uya qoʼriqlash” va boshqalar.
Maxsus chaqqonlikni tarbiyalash aniq harakat qilish kerak boʼlgan bajarish sharoitlari oʼzgaruvchan sport turlarida chaqqonlik yaxshi rivojlangan boʼlishi kerak shundan kelib chiqqan holda chaqqonlikni tarbiyalash uchun quymhidagi oʼyinlar tavsiya etiladi. “Dorboz”, “Toʼpni tutib ol” va boshqalar.
Maxsus chidamlilikni tarbiyalash aksar oʼyinlarda nihoyatda jadal bajariladigan mashqlar tufayli tezkorlik va chidamlilik sifatlari tarbiyalanadi. Bunday oʼyinlarda nagruzkalar ham asta-sekin oshib boriladi.
Maxsus egiluvchanlikni tarbiyalash maqsadida ayrim mushuklar gruppalari va boʼgʼinlarga taʼsir etuvchi oʼyinlar tanlab olinadi. Bu oʼyinlar asosan maxsus sport jixozlari yordamida oʼtkaziladi. Ogʼirliklar oʼrnida shugʼullanuvchilarning oʼzlari ham qatnashishlari mumkin. Аktiv egiluvchanlik mushaklarning kuchiga bogʼliq. Mushaklarning choʼziluvchanlik xususiyatlari esa markaziy nerv sistemasi taʼsirida oʼzgaradi shuning uchun oʼyinlarda zavq-shavq bilan qatnashilganda egiluvchanlik yuqori boʼladi. Egiluvchanlikni talab qiladigan oʼyinlardan oldin tegishli mashqlar bajarilishi lozim.
Maxsus egiluvchanlikni tarbiyalash uchun “Uzoqqa toʼp uloqtirish”, “Qovun uzatish”, “Oʼrtada toʼp” va boshqalar tavsiya etiladi.
Mamlakatimizda dekabrь, yanvarь, fevralь oylaridan boshqa paytlarda murabbiylar mashgʼulotlarni ochiq havolarda oʼtkazishni rejalashtiradilar. Shunday paytlarda, yaʼni bahor, yoz va kuz vaqtlarida oʼquvchilar orasida ommalashgan basketbol, voleybol, qoʼl toʼpi, futbol, yengil atletika oxirgi paytlarda yoshlar eʼtiborini oʼziga tortayotgan tennis toʼgaraklari faoliyat koʼrsatadi. Yuqorida nomlari qayd etilgan toʼgaraklarda oʼzbek xalq oʼyinlaridan va boshqa mamlakatlar milliy oʼyinlaridan keng miqyosda foydalanish mumkin.
Turli xil harakatli va sport yoʼsinidagi oʼyinlardan, shuningdek, yengil atletika mashqlaridan foydalanishda oʼquvchilarda musobaqalarga qiziqish uygʼotish gʼoyat foydalidir.
Mabodo tanaffus vaqtida bolalar bilan oʼtkaziladigan harakatli oʼyinlar ularga tanish boʼlsa, oʼyinlar yanada qiziqarliroq oʼtadi. Lekin bu rejalashtirilgan oʼyinlarning mazmuni va qoidalari juda murakkab boʼlmasligi bilan birga ularda ishtirok etayotgan turli yoshdagi oʼquvchilarning qoʼlidan keladigan boʼlmogʼi kerak. Oʼquvchilar oʼyin jarayonida oʼzlarini erkin tutishlari, ortiqcha kuch sarflamasliklari va hayajon-lanmasliklari lozim.
Tanafus paytlaridagi oʼyinlarni dars boshlanishiga 2-3 daqiqa qolganda tugatiladi. Аna shunda oʼquv mashgʼulotlari boshlanishidan oldin bolalarning diqqati bir joyga toʼplanadi.
Maktabdagi sport kechalari va bayramlaridagi tadbirlar dasturiga kiritiladigan harakatli oʼyinlar faol dam olish vositasigina emas, balki maktab jamoasining jismoniy tarbiya sohasidagi barcha ishlarining yakunlovchi koʼrsatkichi hamdir. Bundan tashqari, turli qiziqarli oʼyin-larning oʼtkazilishi, taniqli chempion sportchilarning koʼrgazmali chiqishlari oʼquvchilarni jismoniy tarbiya va sport mashgʼulotlariga yanada koʼproq qiziqtiradi. Bu esa oʼz navbatida bolalarni boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazishlariga koʼmak beradi.
Oʼqituvchi oʼyinni oʼtkazishga kirishishdan oldin bajariladigan ishning xarakteri va ishtirokchilarning kayfiyatini hisobga oladi. Аgar oʼyin jismoniy yoki aqliy kuch sarflangan darslardan keyin oʼtkaziladigan boʼlsa, oʼynovchilar kamroq yoki boʼlmasa oʼrtacha harakatlanadigan oʼyinlarni tanlashi maqsadga muvofiq boʼladi.
Oʼyinlarning tezligi, umumiy harakatchanligini hisobga olib, ular oʼzaro navbatlashtirib turiladi, yaʼni, yuguradigan oʼyinlardan soʼng, toʼp irgʼitish oʼyinlarini oʼtkazish foydali hisoblanadi.
Oʼqituvchi oʼyinni choʼzib yuborishi mumkin emasligi kabi uni vaqtidan avval ham tugatmasligi kerak. Rahbar oʼyinni bolalar charchashini kutmasdan, harakatlar ularga qanchalik taʼsir etayotganiga qarab tamomlashi lozim.
Oʼyinga jismoniy tarbiya oʼqituvchisi rahbarlik qiladi. Oʼqituvchi oʼyinlarni shartli ishoralar bilan boshlaydi. Shartli ishoralar buyurish, qarsak yoki maxsus hushtak chalish, qoʼl, bayroqchalarni silkitish boʼlishi mumkin.
Barcha ishtirokchilar oʼyinlarni yaxshi tushunib olib, bir xil imkoniyatlarga ega boʼlgan holda joylashganlaridan qeyingina oʼqituvchi oʼyinni boshlaydi. Demak, oʼyinda barcha zarur qurollar teng boʼlinadi, shartli chegaralar esa oldindan belgilab qoʼyiladi. Butun oʼyin davomida rahbar oʼyinning borishini, ishtirokchilar harakatlarini, ular kayfiyatini kuzatadi hamda oʼyinni boshqarib boradi. Rahbar oʼyin davomida uni toʼxtatmasdan ayrim qoida va usullarni qoʼshimcha tushuntirishi mumkin. Аgar ishtirokchilarning koʼpchiligi oʼyinda bir xil xatoga yoʼl qoʼyaversa, bunday holda, tegishli yoʼl-yoʼriqlar berish yoki oʼyin qoidasini qanday bajarilishini koʼrsatish uchun uni toʼxtatish mumkin. Аvvalom bor oʼyin rahbari bunga yoʼl qoʼymasligi lozim.
Shunday boʼlishiga qaramay ishtirokchilar xatoga yoʼl qoʼyaversa, uni davom ettirish yoki keskin ishora bilan toʼxtatish mumkin emas. Yuqori sinf oʼquvchilarini «Diqqat» degan shartli ishora yoki xushtak chalish bilan toʼxtashga oʼrgatish maqsadga muvofiq.
Oʼqituvchi ishtirokchilar yoʼl qoʼyadigan xatolar va qoʼpolliklarning oldini olishga alohida ahamiyat berishi lozim. Qoʼpollik qilgan oʼyinchilarni albatta jazolashi kerak. Bunday hollarda jazo chorasi sifatida, jarima ochkolari berish mumkin, xatto vaqtincha oʼyindan chetlanadi. Har qanday holatda ham oʼyin rahbari bolalarga nisbatan ortiqcha bachkanalik qilmasligi kerak. Oʼqituvchi bolalarni oʼyin qoidalarini ongli va aniq bajarishga odatlantirsa, oʼyinda katta yutuqlarga erishishi mumkin. Oʼyinda maqsadga erishish uchun ishtirokchi oʼz jamoa aʼzolari bilan birgalikda harakat qiladi. Ulardagi ongli intizom oʼyinni yaxshi oʼzlashtirishga, kayfiyatlarini yaxshila-nishiga yordam beradi. Natijada mashgʼulotlar qiziqarli oʼtadi. Yuqorida aytib oʼtganimizdek, baʼzan oʼyin rahbari oʼyinni mantiqan toʼgʼri va aniq tushuntirib bera olmagani sababli, oʼyin intizomi buziladi, oʼquvchilar oʼzaro bahslashadilar, qoʼpollik qiladilar. Oʼyin rahbari tomonidan oʼquvchilarni oʼz harakatlariga tanqidiy munosabatda boʼlishiga, sheriklariga begʼaraz yordam berish ruhida tarbiyalash barcha muammolarni oldini oladi. Shuning uchun intizom buzilganda oʼyin rahbari buning sababini avvalombor oʼyinga rahbarlik qilishda yoʼl qoʼyilgan xatolardan qidirishi lozim. Oʼyin rahbarining oʼzi odilona hakamlik namunasi koʼrsatishi, oʼquvchilarning xatolarini shoshilmasdan va mulohaza bilan qayd qilib borishi va har bir oʼyinchini umumiy qoidalariga buysunishga majbur qilishi kerak. Аyniqsa guruhli oʼyinlarda sharoitni barchaga bir xil boʼlishini sezgirlik bilan kuzatish lozim. Hakamlikni koʼpincha oʼyin rahbarining oʼzi boshqaradi. Faqat shundagina oʼyinning borishiga obʼektiv baho berish mumkin. Oʼtkaziladigan oʼyin natijalarini yakunlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oʼyin tugagach, oʼyin rahbari ayrim oʼyinchilarning harakatlarini va umuman oʼtkaziladigan oʼyinni baholab, uning natijalarini yakunlaydi. Yaxshi oʼynagan va oʼyin qoidalarini toʼgʼri bajargan bolalarni alohida taʼkidlaydi. Harakatli oʼyinlarni oʼtkazish uchun oʼqituvchining kundalik daftar tutishi oʼyinlarni kuzatishda, oʼyinchilar haqida maʼlumotlarni yozib borishda va shu yozuvlar orqali xatolar va muvaf-faqiyatlarni tahlil qilishda, oʼyinlarni oʼrgatish metodikasini yaxshilash va uni sharoitga qarab oʼzgartirishda katta yordam beradi.
Oʼyin rahbari quyidagi oʼyinlarni oʼtkazish shart-sharoitlaridan foydalanadi.
1.) Oʼyinni oʼtkazishga kerakli asbob-uskunalar: masalan: 8 sm arqon, lenta, rezina koptok, voleybol, basketbol, qoʼl toʼpi, futbol toʼpi, irgʼitish uchun uzunligi 1 m tayoqlar, belbogʼ, bayroqchalar boʼlishi kerak.
2.) Oʼyin oʼtkaziladigan maydon tekis, tosh, shisha siniqlari va boshqa narsalardan tozalangan boʼlishi kerak.
3.) Mashgʼulot paytida bolalar xayolini boʼlmasligi, chalgʼitmasligi uchun begona kishilar boʼlmasligi kerak.
4.) Oʼyindan oldin mashgʼulot joyini kerakli asbob-uskunalar bilan taʼminlash.
5.) Oʼyinlarni oʼtkazishda quyidagi gigienik qoidalarga rioya qilish:
a.) oʼyin paytida sport kiyimida boʼlish;
b.) yozda oʼyindan soʼng choʼmilish;
v.) oʼyindan oldin maydonchaga suv sepish.
g.) Suvda oʼtkaziladigan oʼyinlar vaqtida bolalarni koʼkarib va qaltirab qolmasligi uchun suvda boʼladigan vaqtni chegaralash kerak.


Download 72.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling