I kirish II. Asosiy qism so’nggi paleolit davri va uning o‘rganilishi


Mamlakatimizda odamlarning paleolit davri manzilgohlari


Download 54.01 Kb.
bet3/5
Sana23.11.2023
Hajmi54.01 Kb.
#1795704
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’RTA OSIYODAGI SO’NGI POLEOLIT DAVRI IBTIDOIY MANZILGOHLARI XARITASINI TUZISH.

Mamlakatimizda odamlarning paleolit davri manzilgohlari.
Mamlakatimizning ilk paleolit davri, geologlarning hisobiga ko’ra, tabiiygeografik jihatdan yozi issiq, qishi sovuq, yog’ingarchilik kam bo’lgan iqlim tartibi qaror topgan davrga to’g’ri keladi. Ana shu sharoitga mos ilk odamlar, xayvonot olami va o’simliklar dunyosi shakllanadi. Bir necha yuz ming yillar davomida tabiiy muhit ham o’zgarib bordi. Ilk paleolitning oxirgi bosqichlarida sayyoramizni muzlik qoplab iqlim keskin soviydi, tez-tez yog’ingarchilik bo’ladigan bo’lib qoladi. O’lkamizda cho’l va voha landshaftlari shakllanib, o’simliklar va hayvonlar dunyosi o’zgarib boradi. Odamlar ham jismoniy, ham aqliy jihatdan takomillashadi. O’zbekiston hududida ilk paleolit davri odamlari yashagan manzilgohlar Farg’ona vodiysining So’x tumanidagi Selung’ur g’oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko’lbuloq makonidan topilgan va
o’rganilgan. Selungur g’ori 1958 yilda arxeolog A.P.Okladnikov, 1980 yildan boshlab arxeolog olim O’.Islomov tomonidan o’rganilgan. Tadqiqotlar Selungur manzilgohida odamlar paleolit davrining barcha bosqichlarida yashaganligini ko’rsatadi. Bu manzilgohdan ajdodlarimizning suyak qoldiqlari, ularning toshdan yasalgan mehnat qurollari hamda ular ovlab tirikchilik qilgan ayiq, qoplon, karkidon, sirtlon, ohu va boshqa hayvonlarning suyaklari topildi. Olimlar Selungur g’orida bundan 1,5 million yillar ilgari odamlar yashagan, degan xulosaga keldilar1. Selungur tadqiqotlarining ahamiyati shundaki, u mamlakatimiz odamzod ilk bor paydo bo’lgan mintaqalardan biri ekanligini isbotlab berdi. Ilk paleolit davri odamlarining manzilgohlaridan yana biri Toshkent viloyati Chotqol tog’ining janubiy-sharqiy yonbag’ridagi Jarsoyning qirg’og’idagi Ko’lbuloq makonidir. 1963-1970 yillarda arxeolog M.R.Qosimov rahbarligidagi guruh Ko’lbuloq makonida 10 dan ortiq qatlamni o’rgandi. 730- 830 sm. chuqurlikda joylashgan ikki quyi qatlam ilk paleolit bosqichiga to’g’ri keladi. Bu qatlamlardan yirik, dag’al ishlangan tosh qurollar va hayvon suyaklari topiladi. Ko’lbuloq makonining yuqoriroq qismidan topib o’rganilgan boshqa madaniy qatlamlar bu erda odamlar paleolit davrining o’rta va so’nggi bosqichlarida ham istiqomat qilganliklarini isbotladi. Eng qadimgi odamlar hozirgi vaqtdagi odamdan anchagina farq qilardi. Ular ikki oyoqlab, oldinga engashgan, qo’llarini tizzasigacha osiltirgan holda yurganlar, qo’llari oddiy ishlarni - biron narsani ushlash, urish, er kovlash kabilarni bajarishga qodir bo’lgan. Qadimgi odamlarning peshonasi tor, miyasi kichik bo’lgan, hali gapira olmagan, uzuk-yuluq ovozlar chiqarib g’azab va qo’rquv, yordamga chaqirish alomatlarini bildirganlar. Ilk paleolit odamlari ov qilish, terib-termachilab ozuqa topish uchun toshdan, suyakdan, daraxt shoxlaridan turli mehnat qurollari yasaganlar. Shu tufayli ularni «homo-habilis»- «bilag’on odam» deyiladi.

Download 54.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling