I kirish II. Asosiy qism so’nggi paleolit davri va uning o‘rganilishi
Download 54.01 Kb.
|
O’RTA OSIYODAGI SO’NGI POLEOLIT DAVRI IBTIDOIY MANZILGOHLARI XARITASINI TUZISH.
Dastlabki mehnat qurollari
O’tkir qirrali, yassi, tuxumsimon tosh qurollari. Ular qo’l cho’qmori ham deyiladi. Daraxt shoxlaridan tayyorlangan er kovlaydigan tayoq. Hayvonlarni zarb bilan uruvchi so’yil. Ilk paleolit davrida odamlar to’da-to’da bo’lib asosan g’orlarda yashaganlar, abiatdagi tayyor narsalarni-daraxtlarning mevalarini, o’simlik ildizlarini kovlab eb tirikchilik qilganlar. Ular birgalashib yirik hayvonlarni ovlab, ushlab eganlar, shuningdek, mayda jonivorlarni, ularning tuxumlarini ham iste’mol qilganlar. Shunday qilib, qadimgi odamlarning mashg’ulotlari terib ozuqa topish, hayvonlarni ovlash, tosh qurollari yasash va ularni mukammallashtirishdan iborat bo’lgan. Mana shunday mehnat jarayonida odamlarning o’zlari ham o’zgarib, takomillashib borgan. Mamlakatimiz hududida o’rta paleolit yoki muste davri, avvalo, odamlar qiyofasining o’zgarishi, neandertallarning1 vujudga kelishi bilan farqlanadi. Ularning peshonasi va jag’ tishlari bo’rtib chiqmagan, miyasi kattaroq bo’lgan, tik yuraolgan. Surxondaryo viloyatining Boysun tog’idagi Teshiktosh g’ori o’rta paleolitga xos neandertal turidagi odamlarning manzilgohi ekanligidan dalolat beradi. G’ordan 8-9 yashar bolaning qabri, kalla suyagi, odam suyaklarining qoldiqlari, ular ovlab tirikchilik qilgan hayvon suyaklari, toshdan yasalgan o’choq, kul qatlamlari, hayvon va qushlarning suyaklari topilgan. O’rta paleolit odamlarining manzilgohlari Teshiktosh yaqinidagi Amir Temur g’oridan, Samarqand viloyatining Omonqo’ton, Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Toshkent viloyatining Xo’jakent, Obirahmat, Farg’ona vodiysining Qayrag’och qishlog’idagi Boqirg’on darasi, Palmon qishlog’i yaqinidagi Xo’jaxayr soyi, Buxoro viloyatining Qizil Nura, Navoiy viloyatining Uchtut deb atalgan tog’ yon bag’irlaridagi o’ng’ur va buloq yoqalaridan topildi va o’rganildi. O’rta Osiyoda bu davrga mansub 50 dan ortiq manzilgoh topilgan. Bu manzilgohlardan turli xil tosh qurollari, hayvon shoxlari va suyaklari topilgan. Odamlarning mehnat qurollari yasash uchun qulay, qattiqroq va tez parchalanadigan chaqmoq toshlarni Navoiy viloyatidagi Ijont va Uchtutda, Farg’onadan 40 km uzoqroqdagi Qapchig’oydagi tosh konlaridan topganligi, toshga ishlov berish ustaxonalaridan foydalanganligi aniqlangan. Chaqmoq toshdan o’tkir qirrali pichoqlar, qo’l chopqichi, qiradigan kurakcha, teshadigan bigiz va boshqa qurollar yasalgan. Dastlabki odamlar hayvonlar kabi osmonda sodir bo’ladigan momoqoldiroq va chaqmoq zarbidan, vulqon otilganda paydo bo’ladigan olov lavasidan, dahshatli yong’indan qo’rqar edi, keyinchalik undan foydalana boshlaydilar, olovni o’chirmaslik uchun navbatchilik qilib, olovga shox-shabba tashlab turishgan. O’rta paleolit davri odamlari ishqalash orqali olovni kashf etganlar, gulxanda pishirilgan mazali va to’yimli go’sht iste’mol qilishgan, yirtqich hayvonlarni olov bilan qo’rqitishgan. Olovni bilib olish odamlar hayotida, ularning hayvonlar ustidan hukmronlik qilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. O’zbekiston hududida so’nggi paleolit odamlari yashagan anchagina manzilgohlar topilgan. 1939 yilda Samarqand san’at va madaniyat tarixi muzeyining xodimi N.G.Xarlamov Samarqand shahridan o’tgan Siyobcha soyi yoqasidan so’nggi paleolit davriga xos odam manzilgohini topadi. Bu manzilgohda Samarqand davlat universitetining arxeologlari D.N.Lev va M.Jo’raqulovlar tomonidan o’tkazilgan izlanishlar natijasida uchta madaniy qatlam ochilib o’rganiladi. Bu makondan odam skeletlari, ikkita pastki jag’ suyagi, hayvon suyaklari, chaylasimon kulba izlari, uning markazida o’choq va kul qatlamlari, 10 mingga yaqin tosh qurollari /tosh pichoq, qirg’ich, tosh bolta/ topilgan. Samarqand makonidan tasviriy san’atning eng qadimgi namunasi - hayvonning qovurg’a suyagiga chizilgan beshta o’yiq shakl, bir qancha suyak bezaklari topilgan. So’nggi paleolit odamlarining manzilgohlari Toshkent va Surhondaryo viloyatlarida ham topilgan. O’rta Osiyoda 30 dan ortiq bunday yodgorliklar topib o’rganilgan. Mamlakatimizning so’nggi paleolit manzilgohlarida o’tkazilgan tadqiqotlar bu davrda mehnat qurollari yasash texnikasida, odamlarning turmush tarzi va dunyoqarashida, xo’jalik yuritishida keskin o’zgarish yuz berganligini ko’rsatadi. Odamlar jismoniy jihatdan ham takomillashdi. Odamlarning yangi turi, hozirgi zamon odamlariga o’xshash bo’lgan kramononlar1 shakllandi. Fanda bu odamni «homo-sapiens» - «aql-idrokli odam» deb ataladi. Ularning miya hajmi «homo-habilis»dan ikki baravar katta, bo’yi baland, qomati tik bo’lgan, nutqi rivojlanib, oddiy gap tuza olgan. Xo’jalikda baliq ovi kelib chiqadi. Odamlar yashash uchun kulbalar qurganlar. Xulosa Yuqorida ko’rdikki, tabiiy tanlanish va jinsiy saralanish, shuningdek birinchi navbatda mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofadagi odamlar hozirgi qiyofadagi kishilarga aylana bordilar. Ular ham aqliy, ham jismoniy jihatdan kamol topib, uzoq vaqt davom etgan rivojlanish jarayonida hozirgi qiyofadagi kishilarni shakllantirdi va shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga etdi. Huddi shu davrda evropoid, negroid va mo’g’ul deb nomlangan dastlabki irqlar vujudga keldi. Insoniyat o’zining hozirgi qiyofasiga yetib kelguncha 2-3 million yillik katta tarixiy davrni bosib o’tdi. Bu kishilar fanda «homo sapines» – «aql-idrokli odamlar», deb ataladi. Download 54.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling