I kirish II. Asosiy qism tuproq, uning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Download 177.27 Kb.
bet3/13
Sana13.04.2023
Hajmi177.27 Kb.
#1355755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ekologiya Alimardon

Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish
Planetaning umumiy yer fondi 14,9 mlrd gektar bo‘lib, bu Yer yuzining 29% ni tashkil qiladi. Yer fondining bandligi quyidagi jadvalda keltirilgan.
jadval
Dunyo yer fondining bandligi ko‘rsatkichlari

t/r

Maydonning bandlik xususiyati

Egallagan maydoni (mlrd. ga)

Umumiy maydonga nisbati (%)

1

O‘rmonlar maydoni

4,03

27,0

2

O‘tloq va yaylovlar maydoni

2,85

19,1

3

Sahro va cho‘llar maydoni

2,32

15,6

4

Ekinzorlar maydoni

1,9

12,8

4

Muzliklar egallagan maydon

1,63

10,9

5

Daryo, ko‘l va botqoqliklar egallagan maydon

0,72

4,8

6

Tundra va lesotundra egallagan maydon

0,7

4,7

7

Eroziyaga uchragan, sho‘rlangan va botqoqlashgan tashlandiq maydonlar

0,45

3,0

8

Aholi punktlari bilan band maydon

0,3

2,0

Jami:

14,9

99,9

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, hozirgi kunda ekinzorlar maydoni dunyo aholisining jon boshiga 0,27 gektarga to‘g‘ri keladi, xolbuki chorak asr oldin bu ko‘rsatkich 0,5 gektarni tashkil qilar edi. Sobiq Ittifoqdan ajralib chiqqan Hamdo‘stlik mamlakatlarida ekiladigan yerlar maydoni aholi jon boshiga 0,9 gektarni, O‘zbekistonda esa sug‘orib ekiladigan maydon 0,14 gektarni tashkil qiladi.
Rivojlangan Evropa mamlakatlari va AQSH da dehqonchilik uchun yaroqli yerlarning deyarli barchasi o‘zlashtirib bo‘lingan. Janubiy Amyerika, Avstraliya, Afrika va Osiyo qit’alarining ba’zi mintaqalarida esa hali o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan yer resurslari zaxirasi mavjud.
Dunyo miqyosida aholining oziq-ovqatga nisbatan o‘sib borayotgan ehtiyojini ta’minlash hozirgi zamonning eng murakkab masalalaridan biriga aylandi. Aholi sonining o‘sib borishi bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish miqdorini oshirish, shahar va qishloqlar maydonini kengaytirish, sanoat kommunikatsiyasini rivojlantirish va boshqa ehtiyojlar uchun qo‘shimcha yer ajratish masalalari ko‘ndalang bo‘lib turmokda. Turli mamlakatlarning mutaxassislari bu muammo ustida jiddiy ishlamokdalar. Rus mutaxassislari N.N. Rozov va M.N. Stroganova (1979)* fikriga ko‘ra kelajakda Yer yuzidagi dehqonchilik yerlari maydonini ko‘proq o‘tloq va yaylovlar hisobidan, kamroq o‘rmonlar hisobidan kengaytirib, 2,66 mlrd. gektargacha etkazish mumkin. Bu maydondan olinadigan hosil 8-9 mlrd. kishini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi. V.A.Vashanov va P.F. Loyko (1975)* ma’lumotlariga ko‘ra dunyoda o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan 750-820 mln. gektar rezyerv yer bo‘lib, ular hisobidan dehqonchilik maydonlarini 2,2 mlrd. gektarga kengaytirish mumkin. Bu rezyerv yerlarning asosiy qismi (640-660 mln.ga) rivojlanayotgan mamlakatlarda joylashgan bo‘lib, ularning yarmi Lotin Amyerikasi hududidadir. Masalan, Argentinada mavjud 240 mln. gektar hosildor yerlarning faqat 30 mln. gektari (20%) ekilmoqda. Hozirgi vaqtda 10 mln. aholisi bo‘lgan Amazonka havzasining dehqonchilikka yaroqli yerlari 1 mlrd. kishini oziq-ovkat bilan ta’minlay oladi. BMT ekspyertlari ma’lumotiga ko‘ra 1970-2000 yillar orasida dunyo bo‘yicha 80 mln. gektar yangi yer o‘zlashtirildi, shundan 56 mln. gektari rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Ekinzorlarning kengayishi ayniqsa Lotin Amyerikasi va Tropik Afrikada sezilarli darajada ko‘p bo‘ldi.
Yerdan foydalanishning tahlili davomida dehqonchilik qilinadigan yer maydonlarini kengaytirish imkoni yo‘qligi ko‘zga tashlanadi. Masalan, YUNEP ma’lumotlariga ko‘ra, yangi yerlar o‘zlashtirilishiga qaramasdan 2000 yilga borib jami o‘zlashtirilgan yerlar maydoni 3,2 mlrd. gektarga etkazilsada, dehqonchilik qilinadigan yerlar aholi jon boshiga 1975 yildagiga qaraganda amalda ikki baravarga kamayadi. Buning sababi demografik o‘sish jarayonida shaharsozlik va sanoat kommunikatsiyasi qurilishi egallagan maydonlar kengayib borishidan tashqari ko‘p yerlar eroziyaga uchrab ishdan chiqadi.
Insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida tuproqning sifati buzilib, hosildorligi pasayishi kuzatilmokda. Jamiyat o‘zining rivojlanish tarixida 2 mlrd. gektarga yaqin yerni ishdan chiqargan. Faqatgina suv va shamol ta’sirida, qum bosish va sho‘rlanish oqibatida har yili Yer yuzida 6-7 mln. gektar yer xo‘jalik oborotidan chiqib ketmokda. Bu hol haqli ravishda mutaxassislarni tashvishga solmoqda. CHunki tuproqning hosil bo‘lishiga qaraganda uning maydoni kamayishi minglab marta tez boradi. Masalan, 10 sm. qalinlikdagi tuproq hosil bo‘lishi uchun 1400-1700 yil kyerak. SHunday qalinlikdagi tuproqni suv eroziyasi 20-30 yilda ishdan chiqarishi mumkin. Ba’zan esa bu jarayon uchun faqat bir martalik suv toshqini kifoya qiladi.
Umuman olganda, tuproqning holati biz unga qanday ta’sir o‘tkazishimizga bog‘liq. Odam o‘zining dehqonchilik faoliyatida tuproqda hosil etishtiradi va uni yig‘ishtirib oladi. Bu demak – u tuproqda etishtirilgan organik moddalarni olib, uni kambag‘allashtiradi. Ayni vaqtda u tuproqni o‘g‘itlaydi, almashlab ekish va boshqa agrotexnik tadbirlarni qo‘llaydi va shu asosda tuproqni boyitib, uning unumdorligini qayta tiklaydi. Bunday tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilmasligi, faqatgina shu kunning foydasini ko‘zlab ish tutish tuproqni eroziyaga uchratishi, sho‘rlatishi va botqoqlantirishi mumkin. Bunday achchiq saboqlar O‘zbekiston dehqonchiligida ham uchraydi. Hozirgi vaqtda respublikaning umumiy maydoni 44,9 mln. gektar bo‘lib, shundan 25,7 mln. gektarida dehqonchilik qilinadi. Sug‘oriladigan ekinzorlar maydoni esa 4,2 mln. gektarni tashkil qiladi. Oldingi yillarda respublikada cho‘l zonalarini o‘zlashtirish, yangi yerlar ochib dehqonchilik qilishni kengaytirish avj olgan edi. 1975-1985 yillar davomida 1 mln. gektar yangi yerlar o‘zlashtirildi. Bu ish hatto shiorbozlikkacha ko‘tarilib, o‘zlashtiriladigan yerlar yaqinida «ovchining zo‘ri shyer otar, yigitning zo‘ri yer ochar» degan shior ham paydo bo‘lgan edi. Lekin bu ish o‘zining kutilgan samarasini byermadi. Sababi, dehqonchilik agrotexnikasiga e’tibor etarli bo‘lmadi, almashlab ekish texnologiyasi o‘rnini paxta yakka hokimligi egalladi. Kartalar me’yordagidan kattalashib ketdi, ixotazorlar kamaydi, melioratsiya ishlari susaydi. Oqibatda tuproqning eroziyaga chalinishi, sho‘rlanish va botqoqlanishi tezlashdi, daryolar suvining dehqonchilikdagi sarfi ko‘paydi, Orol dengizi halokatga uchradi, uning qurigan tubidan ko‘tarilayotgan tuzli qum atrof hududlar tuprog‘iga yog‘ilaboshladi. SHunday qilib, yo‘l qo‘yilgan bu xatoliklar oqibatida Qorakalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarining 90-95% maydoni sho‘rlandi. Faqatgina Buxoro viloyatida 270 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning 53 ming gektari shamol eroziyasiga uchradi. Tog‘oldi hududlariga joylashgan Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatining ko‘pgina maydonlari suv eroziyasiga uchradi.
Hozirgi kunda yer resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida respublika chorvachiligi ham jiddiy zarar ko‘rmoqda. CHorvachilik uchun yaylov sifatida foydalanilayotgan 22 mln. gektarning 6 mln. gektari shamol eroziyasiga va 3 mln. gektari suv eroziyasiga uchragan.
Respublikaning mustaqillik yillaridan boshlab yangi yerlarni o‘zlashtirish ishi to‘xtatildi. Keyingi yillarda paxta yakka hokimligidan voz kechildi, don, beda va paxta almashlab eqilishi, suvdan tejab foydalanish tadbirlari ishlab chiqilmoqda-ki, bu ishlar kelajakda o‘zining ijobiy natijasini byeradi.



Download 177.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling