I kirish II. Asosiy qism tuproq, uning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Tuproqda ozuqa moddalarining etishmasligi


Download 177.27 Kb.
bet5/13
Sana13.04.2023
Hajmi177.27 Kb.
#1355755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ekologiya Alimardon

Tuproqda ozuqa moddalarining etishmasligi. Tuproqda har yilgi dehqonchilik mahsulotlari etishtirilishi jarayonida o‘simlik tanasiga yerdan katta miqdorda makro-, mikroelementlar o‘tadi va ular etishtirilgan hosil bilan chiqib ketadi. Hisoblarga ko‘ra bir gektar yerdan 136 s. kartoshka hosil i olinganda u bilan birga tuproqdan 48,2 kg azot, 19 kg fosfor va 86 kg kaliy chiqib ketadi. SHunga o‘xshash boshqa turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ham tuproqdan ko‘p miqdordagi biogen ozuqa elementlarini o‘zi bilan olib ketadi. Bularning o‘rnini to‘ldirib turmaslik, tuproqqa etarli miqdorda organik va minyeral o‘g‘itlarni kiritmaslik uning kambag‘allashib, unumdorligi pasayishiga olib keladi.
Tuproqning sho‘rlanishi va botqoqlanishi. Tuproq unumdorligini pasaytiruvchi jiddiy sabablaridan biri uning sho‘rlanishi va botqoqlanishidir. Hozirgi vaqtda dunyoda unumsiz, sho‘rlangan maydonlar 20-25 mln. gektardan ortiq. Bu yerlar ko‘proq Osiyo, Afrika va Amyerikada hamda Evropaning ba’zi mamlakatlarida uchraydi.
Keyingi vaqtlarda tuproqning sho‘rlanishi Markaziy Osiyoning Orol dengizi ta’sirida bo‘lgan hududlarida ko‘payib bormokda. Qozog‘iston Fanlar Akademiyasi Tuproqshunoslik instituti mutaxassislarining tadqiqotlari ko‘rsatishcha, Orol dengizining qurib, tuzli sahroga aylangan maydonidan 2000 yillar boshlarida yilida 65 mln t. gacha sho‘r qum havoga ko‘tarilib, atrof hududlar tuprog‘iga yog‘ilgan bo‘lsa, hozirgacha o‘tgan qisqa muddatda bu miqdor 100 mln t. dan oshdi. Bundan tashqari ma’lum miqdordagi tuz tuproqka oqar suv bilan ham tushadi. Garchi sho‘r yuvish va meliorotsiya tadbirlari o‘tkazib turilgan bo‘lsada, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 1748 ming gektar yer turli darajada sho‘rlangan, shundan 162,7 ming gektari kuchli sho‘rlangan. 2000 yildan keyingi davrda sho‘rlangan maydonlar hajmi respublika miqyosida, sh.j. Namangan, Toshkent, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda sezilarli darajada kamaygan bo‘lsada, 2007 yilgi holat bo‘yicha sho‘rlangan maydonlar Qorakalpog‘iston respublikasi (79%), Xorazm (100%), Sыrdaryo (96,8%), Navoiy (92,9%), Buxoro (90,2%) va Jizzax (85,4%) viloyatlarida salmoqli o‘rinni egallaydi.
Tuproqning ikki xildagi sho‘rlanishi farqlanadi – birlamchi va ikkilamchi sho‘rlanish. Tuproqning birlamchi sho‘rlanishi unga suv bilan oqib kiradigan hamda havodan tushadigan tuzlar ta’sirida kelib chiqadi. Bunday sho‘rlanishni qishki mavsumda yerni suvga to‘ldirib sho‘r yuvish bilan qisman kamaytirish mumkin. Ammo, dehqonchilik uchun tuproqning ikkilamchi sho‘rlanishi xavfli. Ikkilamchi sho‘rlanish yer osti suvlari sathining ko‘tarilishidan kelib chiqadi. Yer yuziga yaqin joylashgan bu suvlar havoga bug‘lanishi (infilratsiya) jarayonida undagi tuz moddalari tuproq yuzasida infiltrantlar sifatida to‘planib qoladi. Ularni yo‘qotish bir muncha murakkab va syerxarajat ish bo‘lib, buning uchun gorizontal (ochiq zovurlar) yoki vyertikal (tik quduqlar) drenajlar qazish talab qilinadi. Relefi noqulay bo‘lgan hududlarda yer osti suvlarini olib ketish ancha murakkab jarayon hisoblanadi. SHuning uchun ham bunday hududlarda tuproqning meliorativ holati yomonlashib, ekin maydonlari o‘rnida botqoqlashgan maydonlar paydo bo‘ladi. Botqoqlanish ayniqsa o‘zlashtirilgan gipsli cho‘llarda, Sirdaryo va Amudaryoning quyilish yerlarida ko‘proq sezilmokda.



Download 177.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling