I kirish II. Asosiy qism tuproq, uning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish
Agrotexnik tadbirlarning noto‘g‘ri bajarilishi
Download 177.27 Kb.
|
ekologiya Alimardon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monokulturaning joriy etilishi.
- SHudgorlashlagi kamchiliklar.
Agrotexnik tadbirlarning noto‘g‘ri bajarilishi. Agrotex-nik tadbirlar keng qamrovli bo‘lib, ularga tuproqni organik va minyeral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, uning sho‘rini yuvish va meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan ishlardan tashqari almashlab ekishni joriy qilish, shudgorlash va shu singari ishlar ham kiradi.
Monokulturaning joriy etilishi. Dehqonchilikda almashlab ekish o‘rnini monokultura egallashi tuproqdagi tabiiy muvozanatni buzib, oqibatda ekinzorlar tuprog‘ida turli kasalliklar, zararkunanda hasharotlar va begona o‘tlarning ko‘payishiga olib keladi. Masalan, XX asr boshlarida AQSH ning janubida joylashgan Alabama shtatida paxta monokulturasi uzoq vaqt xukm surishi natijasida paxtazorlarda g‘o‘za uzunburunlari paydo bo‘ldi. «Meksika qo‘ngizi» deb atalmish bu eb to‘ymas hasharotlar tobora ko‘payavyerib, hosildorlikni keskin kamaytirib yubordi . Monokulturaning bunday zararini ko‘rgan fyermyerlar undan voz kechib, almashlab ekishni yo‘lga qo‘ydilar va Koffe shahrida meksika qo‘ng‘iziga kattaligi 12 metrlik haykal o‘rnatdilar. Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda hukm surgan paxta yakka hokimligi ham undan hosil etishtirishda ko‘pgina qiyinchiliklar va ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqargan, atrof-muhitni zaharlanishga olib kelgan va Orol fojeasini tezlashtirgan omillardan biri bo‘lgan edi. Paxta monokulturasi ba’zi xo‘jaliklarda juda kuchli bo‘lib, paxta maydonlari umumiy hajmining 80-92% ni tashkil qilar edi. Buning oqibatida paxtazorlarda ko‘sak qurti, o‘rgimchakkana, trips singari zararkunanda hasharotlar, ildiz chirish, oqpalak va vilt kasalliklari ko‘paygan edi. Ammo mustaqillik yillarida «paxta – don – paxta» tizimida almashlab ekishning joriy qilinishi, ekinzorlarning 90% da biologik kurash usulining qo‘llanilishi tuproq holatining tobora yaxshilanishiga, unumdorlikning oshishiga zamin yaratdi. SHudgorlashlagi kamchiliklar. Tuproqning donadorligi, havo o‘tkazuvchanligi va namni saqlash darajasi ko‘p jihatdan uni shudgorlashga bog‘liq. Tuproqning yuqorida keltitilgan holatlarini yaxshilash uchun don ekinlaridan bo‘shagan maydonlar ekin yig‘ib olingach, tez kunda shudgorlanishi zarur. Paxta ekilgan maydonlarda esa kuzgi otvalli (ag‘darmali) shudgor oktyabr-noyabr oylaridan kechiktirilmasligi lozim. Bu o‘rinda xalqimizning «Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda», degan naqlini eslash o‘rinli. Barcha holatlarda ham haydash chuqurligi 35-40 sm dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi. Bunday haydashda zararli hasharotlarning tuproq mag‘zidagi tuxum va lichinkalari yer sirtiga chiqib qolib, noqulay iqlim ta’sirida halok bo‘ladi, yer sirtidagi begona o‘simlik urug‘lari esa tuproq mag‘ziga tushib, ko‘pchiligi unish qobiliyatini yo‘qotadi. Download 177.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling