I kirish II. Asosiy qism tuproq, uning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Download 177.27 Kb.
bet12/13
Sana13.04.2023
Hajmi177.27 Kb.
#1355755
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ekologiya Alimardon

Zonalar bo‘ylab o‘tkaziladigan tadbirlarga agrotexnik, o‘rmon-meliorativ, gidrotexnik va tashkiliy xo‘jalik ishlari kiradi.
1.Agrotexnik tadbirlar xilma-xil bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
• adirlar yonbag‘irini ko‘ndalang haydash;
• tuproq suvni ko‘proq singdirishi uchun yerni chuqur haydash;
• o‘tchil o‘simlik chimlarini saqlab qolish uchun yerni otvalsiz haydash;
• suv eroziyasiga qarshi yerlarni polosalar bo‘ylab tor va chuqur tirqishlar hosil qilib haydash. Bunda moliyaviy sarf-harajatlar kam bo‘ladi, suv esa tuproq tirqishlariga oson singib ketadi;
• ortiqcha suvlarni oqizib yuborish uchun ariqchalar qazish;
• tekislikdagi yerlarni shamol eroziyasiga qarshi polosalar bo‘ylab haydash. Bunda polosalar shamol yo‘nalishiga ko‘ndalang bo‘lishi va ular orasi sharoitga qarab 1-100 m gacha bo‘lishi talab etiladi.
2.O‘rmon-meliorativ ishlariga ixotazorlar barpo qilish kiradi.
3.Gidrotexnik ishlarga suv tuproqni yuvib jarliklar va o‘pirilmalar hosil qilmasligi uchun sel oqimlarining yo‘llarini aniqlab, o‘sha yo‘lda ariq va selxonalar qazish kiradi.
4.Tashkiliy-xo‘jalik ishlariga eroziyaga qarshi qo‘llaniladigan tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash kiradi.
XULOSA
Yerning boniteti – yerning hosildorligini belgilovchi sifat mezoni.
Lyoss jinslari – karbonat va kvars zarralaridan tuzilgan sarg‘ish (sog‘) tuproq.
Tuproq eroziyasi – tuproq ustki qatlamining emirilishi, uning suv bilan yuvilib ketishi (suv eroziyasi) yoki shamol bilan ko‘chib ketishi (shamol eroziyasi).
Tuproqning botqoqlanishi – tuproq suvni yo‘qotishga qaraganda ko‘p qabul qilishidan uning strukturasi o‘zgarishi. Bu hodisa yer osti suvlari yaqin joylashgan va yog‘in-sochinlar ko‘p bo‘lib turadigan syernam zonalarda uchraydi.
Tuproqning birlamchi sho‘rlanishi – tuproqqa suv va chang bilan kelib qo‘shiladigan tuzlar miqdorining ularni o‘simliklar o‘zlashtirishi imkoniyatidan ortib ketishi. Bu hodisa ko‘proq quruq iqlimli cho‘l zonalarida uchraydi.
Tuproqning ikkilamchi sho‘rlanishi – tuproq namligining bug‘lanishi jarayonida tuz moddalarining yer betida to‘planib qolishi. Bu hodisa yer osti sizot suvlari yer sirtiga yaqin joylashgan meliorativ holat yomon bo‘lgan maydonlarda uchraydi.
Tuproqning cho‘llanishi – o‘simliklar qoplamining keskin kambag‘allashib, tuproqning yanchilishi va payxon qilinishdan uning donadorligi yo‘qolib, yalong‘och ko‘chmanchi qumlar paydo bo‘lishi. Bu hodisa quruq iqlimli hududlarga xos.
Industrial (antropogen) sahro – sanoat chiqindilari ta’sirida o‘simliklar qoplami halok bo‘lishidan korxona atrofida uchraydigan yalong‘och yer maydoni. Bunday maydonlar, odatda, rangli metallurgiya korxonalari yaqinida uchraydi.

Download 177.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling