I kirish II. Asosiy qism tuproq, uning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Download 177.27 Kb.
bet11/13
Sana13.04.2023
Hajmi177.27 Kb.
#1355755
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ekologiya Alimardon

Tuproqni muhofaza qilish
Tuproqni eroziyadan va hosildorlik pasayishining boshqa sababla-ridan muhofaza qilishda zonalararo va zonalar bo‘ylab turli-tuman tadbirlar o‘tkaziladi.
Zonalararo tadbirlar barcha mintaqalarga taalluqli bo‘lib, ular quyidagi ishlardan iborat:
1. Almashlab ekishni tashkil qilish, gidrotexnik inshootlarni barpo etish, ixota daraxtzorlarini ko‘paytirish. Bu ishlarni yo‘lga qo‘yish ayniqsa biz yashab turgan arid sharoitda juda muhimdir. Almashlab ekishda bedaning o‘rni ayniqsa salmoqli bo‘lib, uning miqdori 30-35% dan kam bo‘lmasligi kyerak. 1950 yillargacha O‘zbekistonda ekinzor yerlar odatda kichik (0,15-0,5 ga) kartalarga bo‘lingan bo‘lib, ularning atrofi ixota daraxtzorlari bilan o‘ralgan edi. Endilikda yerga texnika vositasida ishlov byerishni qulaylashtirish maqsadida kartalar kattalashtirilgan. Lekin bundan qat’iy nazar, tuproqni eroziyadan saqlash va o‘simliklarni garmseldan asrash uchun ixotazorlar orasidagi masofani 500 metrdan oshirmaslik ilmiy asoslangan. Bunda ixota daraxtlari 2-4 qator qilib o‘tkazilishi kyerak. Ixota hosil qiluvchi daraxtlar sifatida qayrag‘och, tyerak, tol, shumtol, oq akatsiya, gledichiya, zarang, yong‘oq, o‘rik, jiyda daraxtlaridan, shuningdek mayda bargli yovvoyi jiyda, sariq akatsiya, amorfa va na’matak kabi butalardan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘zbekiston respublikasi maydonining 64% (28,7 mln. ga) ni qumli cho‘l egallashini hisobga olsak, ixota daraxtzorlarining shamol eroziyasidan va cho‘ldan esadigan garmseldan saqlashdagi ahamiyati yanada ravshan bo‘ladi. Ammo, shunga qaramay, ixotazorlar respublikadagi sug‘oriladigan yerlarning atigi 1% ni tashkil qiladi, xolos. CHo‘lda yerlarni o‘zlashtirish avj olgan yillarda 200 gektar maydonni egallagan 27-qatorli yozyovon ixotazorlari, Buxoro vohasining muhofaza kamari hisoblangan ko‘p qatorli saksovulzordan iborat shofirkon «yashil qalqoni» va shunga o‘xshash ko‘pgina ixotazorlar yo‘q qilib yuborildi. Bunga o‘xshash noo‘rin ishlar talaygina bo‘lib, ular o‘tmishdagi sovet davrining achchiq saboqlaridir.
SHo‘rlanish va botqoqlanish hodisalarini kamaytirish uchun irrigatsiya va melioratsiya ishlarini kompleks holda amalga oshirish zarur. Tuproqning sho‘rini yuvishda zaxkash va tik drenajlardan etarlicha foydalanish uning sho‘rlanish va botqoqlanishini kamaytiruvchi asosiy omil hisoblanadi.
Tuproqning unumdorligini saqlashda organik va minyeral o‘g‘itlar hamda kimyoviy zaharlardan to‘g‘ri foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproqka kiritilgan chiritilmay organik o‘g‘itlar uni qisman bo‘lsada ifloslaydi, undagi patogen mikroorganizmlar dehqonchilik mahsuloti vositasida hayvon yoki inson organizmiga tushishi mumkin. Tuproqning agrokimyoviy holatiga e’tibor byermasdan unga minyeral o‘g‘itlarni kiritish esa tuproqdagi ba’zi minyerallar miqdorining meyordan oshib ketishiga va aksincha, boshqalarining etishmasligiga olib kelishi mumkin.
Ko‘pchilik mamlakatlarda ekinlarning hosildorlik darajasi kimyoviy zaharlarning qo‘llanilishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ekinzorlarga pestitsid va gyerbitsidlarning kiritilishi ularning hosildorligini keskin oshiradi. Ammo, bu moddalarning me’yordan ortiq ishlatilishi ekinlar mahsulotini iste’mol qiluvchi hayvonlar va inson sog‘ligi uchun zararlidir. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda etishtiriladigan dehqonchilik mahsulotlariga «ekologik toza» degan maxsus belgining qo‘yilishi bejiz emas. AQSH, Angliya va Fransiyada ekologik toza mahsulotlar fyermyerlarning kimyoviy zaharlar ishlatilmaydigan alohida maydonlarida etishtirilgan bo‘lib, ular o‘zining ta’mi yaxshiligi va narxi balandligi, ya’ni qadrlanishi, bilan boshqalaridan ajralib turadi.
2. CHo‘l hududlari va o‘tloqlarni o‘simliklar bilan boyitishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, qumlarni zichlashda foydalaniladigan ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklarni almashlab ekish.
3. Adirlar va qiyalik yerlar yonbag‘irlarini ko‘ndalangiga ag‘darib haydash (chunki yer nishab tomonga qarab haydalganida suv uni oson yuvib ketadi). Bunday joylarda, ayniqsa o‘simlik kam bo‘lgan hollarda, suv eroziyasi kuchayadi, natijada tuproqning unumdor qatlami yuvilib, ona jins yer yuzasiga chiqib qoladi. Eroziya natijasida minglab va millionlab tonna tuproq yuvilib ketadi. O‘rta Osiyoning tog‘ etaklaridagi lyoss jinslari keng tarqalgan adirlarda suv eroziyasi oqibatida yuvilma o‘yiqlar va jarliklar hosil bo‘lgan joylarni uchratish mumkin.
4. Tog‘ yonbag‘irlarining nishab joylarida ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklarni ekib, tuproqni suv yuvishidan saqlovchi bufyer polosalar yaratish.
5. Tog‘ yonbag‘irlarida, relefi notekis va qumli joylarda daraxt va butalar ekib, o‘rmonlar barpo qilish.
6. CHo‘l yaylovlari va tog‘ yonbag‘irlarida chorva mollari boqilishini tartibga solish. Buning uchun yaylovlarni kartalarga ajratib, ulardan belgilangan sxema asosida navbatlashib foydalanish zarur.

Download 177.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling