I. Kirish II. Bob- iqtisodiy isloxatlar 1 Iqtisodiy isloxatlarni yanada rivojlantirish


Download 168.4 Kb.
bet13/13
Sana22.02.2023
Hajmi168.4 Kb.
#1221956
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Isloxatlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida behzod

Yirik issiqlik elektr markazlari.

Nomi

O`rnatilgan
quvvatlar, MVt

Qurilgan yillar

Joylashgan shahar

Izohlar

Farg`ona IEM

330

1959-1979

Qirguli




Muborak IEM

60

1985-1988

Muborak

Loyiha quv-vati 140 MVt

Toshkent IEM

30

1939-1954

Toshkent




O`zbekiston energetika sanoatining istiqbollari katta. Yaqin kelajakda bu yerda quvvati eng yuqori bo`lgan Tollimarjon IESi (3,2 mln. kvt), Qoraqalpog`iston va Xiva IESlari va boshqa bir qancha gidravlik elektr stansiyalar quriladi.

1.3 Sanoatni rivojlantirishning istiqboli
Bugungi kunda O‘zbekiston jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatdir. Davlatimiz rahbariyati tomonidan tanlab olingan taraqqiyot strategiyasi raqobatdosh, eksportbop hamda import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, u sanoatning barqaror va mutanosib ravishda o‘sishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash asosida uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Yurtimizning yigirma besh yillik mustaqil taraqqiyoti davrida to‘plangan tajribaning tasdiqlashicha, har qanday davlat iqtisodiyotining negizi bo‘lgan sanoat integratsiya asosida hamda jahon hamjamiyati talablari darajasida ravnaq topishi darkor.
Samara deganda biron-bir faoliyatning natijasi yoki oqibati tushuniladi.
U iqtisodiy hamda ijtmoiy koʼrinishlarda boʼladi.
· Samaradorlik ─ bu kutilganicha yoki undan ortiq samaraga erishishdir.
· Iqtisodiy samaradorlik ─ bu korxona tomonidan olingan foydaning oʼsishi
(oʼtgan yilgiga nisbatan), tejalgan mablagʼlar miqdorining oshishi yoki yangi
texnologiyalarni joriy qilish tufayli ishlab chiqarish jarayoniga ketgan vaqtning qisqarishi va hokazo.
Ijtimoiy samara deganda iqtisodiyotning turli sohalariga kapital
kiritish natijasida kishilar turmushining va ish sharoitining
yaxshilanishi, tabiatning saqlanishi, fan-texnika taraqqiyotining
rivojlanishi tushuniladi. Kishilarning har tomonlama va uygʼun rivojlanishi uchun zamin yaratishni maqsad qilib qoʼygan jamiyatning pirovard ijtimoiy maqsadga erishuvi
ijtimoiy samaradorlik mezonidir.
Normallashtirilmaydigan aylanma mablag`lar, bu – xaridorlarga berib yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag`laridir.
Korxonalar faoliyatida barcha aylanma mablag`lar salmog`ida 70-80%ni tashkil qiluvchi normalashtiriluvchi aylanma mablag`lar asosiy o`rin tutadi. Aylanma mablag`larni normalashtirish tejamkorlik rejimiga rioya qilish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi.
Resurslarni normalashtirish jarayonida aylanma mablag`larning norma va normativlari belgilanadi.
Aylanma mablag`larning normasi, korxona moddiy-tovar boyliklarining minimal zahiralarini tavsiflaydi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga to`g`ri keluvchi pul o`lchovida, zahira kunlari va zahira normalarida hisoblanadi.
Aylanma mablag`larning normativi aylanma mablag`lar normasini, normasi aniqlangan ko`rsatkichga ko`paytirishni ifodalaydi hamda qoidaga ko`ra, pul ko`rinishida o`lchanadi. U quyidagi formula asosida hisoblanishi mumkin:
Nay.mxNich.z x Nt.ich x Nt.m
Bu yerda:
Nich.z - ishlab chiqarilgan zahiralar normasi;
Nt.ich – tugallanmagan ishlab chiqarish normasi;
Nt.m - tayyor mahsulot normasi.
Aylanma mablag`larni normalashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni sarflash normalarini belgilashda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim:
* normalarning progressivligi va dinamikligi;
* normalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish texnikaviy jihatdan asoslanganligi;
* xom ashyo, material, yoqilg`i, elektr energiyasi va boshqa resurslar o`lchamini to`g`ri tanlash;
* chiqit va yo`qotishlarning oldini olish;
* eskirgan normalarni qayta ko`rib chiqish hamda ularni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga mos holga keltirish.
Moddiy va boshqa resurslarni normallashtirishda bir nechta usullar qo`llaniladi. Amaliyotda quyidagi usullar ko`proq uchraydi:
1. O`tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to`g`risidagi hisobot ma`lumotlarini o`rganish hamda bir necha yillar davomida ro`y bergan pasayishlarni hisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli.
2. Laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar va yordamchi materiallar sarflanishi normasini aniqlashda qo`llaniluvchi –laboratoriya-texnikaviy usuli.
3. Yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashqari boshqa korxonalarning ilg`or tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish imkonini beruvchi, moddiy resurslardan foydalanishni normalashtirishning mukammalroq usuli hisoblanuvchi – hisob-tahliliy usuli.
Korxona aylanma mablag`larini normalashtirish tadbirlari ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor mahsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog`liq vazifalarni yechishga olib keladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli ko`p jihatdan aylanma mablag`lardan foydalanish darajasi va tuzilmasiga bog`liq bo`ladi. Mazkur daraja mahsulotning material sig`imi, elektr sig`imi, energiya sig`imi, moddiy resurs xarajatlari va undan foydalanish koeffitsienti kabi ko`rsatkichlarni tavsiflaydi. Aylanma mablag`lardan foydalanish ko`rsatkichlari quyidagilar: aylanish koeffitsienti, bir marta aylanish davomiyligi va yuklanish koeffitsienti.
Korxonada mahsulotning material sig`imini pasaytirish iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, chunki u quyidagilarga imkon yaratadi:
- ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli ravishda kamaytirish;
- korxona ixtiyorida qoluvchi foyda miqdorini oshirish;
- mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish;
- korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash.
Korxonada mahsulotning material sig`imini quyidagilar hisobiga amalga oshirish mumkin:
* mashina va asbob-uskunalarning yanada mukammal konstruktsiyalarini yaratish;
* sun`iy va sintetik materiallardan keng ravishda foydalanish;
* kam chiqitli va umuman chiqitsiz texnologiyalardan keng ravishda foydalanish;
* korxonada mukammal normativ bazani tashkil qilish;
* ishlab chiqarish chiqitlaridan qo`shimcha mahsulot is`lab chiqarishda foydalanish;
* is`lab chiqarishni kobinatsiyalash;
* mahsulot sifatini yaxshilash.
Korxonada moddiy resurslardan oqilona foydalanishga faqat doimiy amal qiluvchi tizim sifatidagi resurslarni saqlashning chuqur o`ylangan siyosati asosida erishish mumkin.
Aylanma mablag`lar ham natural ko`rsatkichlar ham pul ifodasida hisobga olinadilar.
Korxonaning aylanma mablag`lari o`zlik va chetdan jalb qilingan mablag`lar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin. Korxonaning o`zlik mablag`lariga ustav kapitali, rezerv kapitali, olingan hisobot davridagi sof foydasi hisobidan moliyalashtiriladi. Chetdan jalb etilgan mablag`lari esa u quyidagilarni o`z ichiga oladi: - bank kreditlari; - turdosh korxonalardan olingan qarz mablag`lari; - potentsial investorlar tomonidan qilingan investitsiyalar hisobidan; - qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog`ozlarni chiqarish orqali moliyalashtirilishi mumkin. Lekin korxona xo`jalik faoliyatida shuni inobatga olish kerakki korxonaning o`zlik mablag`laridan chetdan jalb qilingan mablag`lar ko`proq risk bo`lib, korxona faoliyatida olingan qarz mablag`laridan samarali foydalanishi lozim bo`ladi. Aks holda, korxonaning to`lovga layoqatliligi pasayib, oxir oqibat bankrot holatiga olib kelishi mumkin. Korxonaning o`z mablag`i esa o`zining pul mablag`larini ifodalab, agar korxona ularni tegishli ravishda samarasiz sarflasa ham unga ko`p yo`qotishlarga sabab bo`lmaydi. Chunki qisqa muddatli jalb etilgan mablag`lari uchun ma`lum bir foiz to`lashi lozim bo`ladi.
O‘zbekistonning sobiq tuzum davrida sust rivojlangan va deformatsiyalangan iqtisodiyoti oldida turgan murakkab vazifalarni oldindan ko‘ra olgan Islom Karimov 1989 yildayoq shunday degan edi: “Bu o‘rinda asosiy vazifa - ishlab chiqarilayotgan va qazib olinayotgan xom ashyoni kompleks qayta ishlashda, aytish mumkinki, chiqindisiz qayta ishlashda, respublikaning o‘zida uni tayyor mahsulotga aylantirishdadir. Boshqacha aytganda, respublikada zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlangan qudratli qayta ishlash sanoatini bunyod etish va shunday qilib, uzluksiz o‘sib borayotgan mehnat resurslarini ish bilan ta'minlash, respublika milliy daromadining yuqori sur'atlarda o‘sishiga erishish hamda mamlakatimizdagi har jihatdan uyg‘un rivojlangan respublikalar darajasiga yetib olishdir”.
Shunday qilib, O‘zbekiston iqtisodiyotini jahonning tez rivojlanayotgan davlatlari iqtisodiyoti darajasiga ko‘tarishdek maqsadni oldiga qo‘ygan davlatimiz rahbari bosqichma-bosqich islohotlar o‘tkazishning besh tamoyiliga asoslangan, ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos modelini ishlab chiqdi. Ma'lumki, yosh mustaqil respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha tanlangan ushbu model bugun jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e'tirof etildi hamda “o‘zbek modeli” deya nom oldi.
Ko‘zda tutilgan islohotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy o‘sishning barqarorligi va mutanosibligi ta'minlandi. Keyingi o‘n yil davomida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining yillik o‘sish darajasi 8 foizdan ziyodni tashkil qilmoqda. Umuman, mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti deyarli 6 baravar, aholining real daromadlari qariyb 9 baravar o‘sdi.
Yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda esa, u 6,9 ming AQSH dollarigacha ortdi hamda O‘zbekistonning o‘rtacha darajali daromadga ega mamlakatlar qatoriga kirishiga imkon berdi.
O‘tish davrining murakkab sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari – neft-gaz, oltin qazib chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Bu esa davlatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mustaqillik davrida O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar tufayli uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Avtomobilsozlik, shu jumladan, dvigatel hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, neft-gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika va mikrobiologiya, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. Samarqand shahrida avtobus ishlab chiqaruvchi “Isuzu” (Yaponiya) va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi “MAN” (Germaniya) zavodlari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi hamda yaqindagina Ustyurt gaz-kimyo majmuasi foydalanishga topshirildi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi to‘liq rekonstruksiya qilindi.
Natijada O‘zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasida sezilarli sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi: iqtisodiy o‘sishning lokomotivi hisoblangan sanoatning ulushi 35 foizga yaqinni tashkil etadi, ayni paytda qishloq xo‘jaligining ulushi bosqichma-bosqich 18 foizgacha kamaydi, xizmatlar ulushi esa 33 foizdan 47 foizga ko‘tarildi. Bunday o‘zgarishlar jadal rivojlanuvchi iqtisodiyotlarga xosdir.
O‘zbekistonning sanoati diversifikatsiya qilinishi natijasida uning eksport tuzilmasi ham o‘zgarib bormoqda. Agar o‘tgan asrning 90-yillari boshida mamlakatimiz eksporti, asosan, paxtadan iborat bo‘lgan va uning ulushi eksport umumiy hajmining 60 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi paytda chetga chiqarilayotgan mahsulotlarning deyarli 80 foizi qishloq xo‘jaligi texnikasi, zamonaviy qurilish materiallari, tayyor to‘qimachilik buyumlari hamda poyabzal, kabel-o‘tkazgichlar singari qayta ishlashga asoslangan tarmoqlarning mahsulotlaridir.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning industrial taraqqiyotida sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish muhim o‘rin egallaydi. Dastlab mahalliylashtirish dasturi 2000 yiliyoq qabul qilingan edi. O‘shandan buyon dastur doirasida qiymati 5,5 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 2600 dan ziyod loyihalar amalga oshirildi. Mahalliylashtirilgan korxonalarda 5 ming turdan ortiq sanoat mahsulotini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, bu esa yiliga 7 milliard AQSH dollarilik mahsulot importining o‘rnini bosdi, deganidir. Faqat keyingi ikki yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 97 guruh tovarlarni import qilish butunlay to‘xtatildi, shuningdek, 306 turdagi mahsulotni chetdan keltirish 2 baravardan ziyod kamaydi.
Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ham har yili o‘tkaziladigan Xalqaro sanoat yarmarkasi hamda Kooperatsiya birjasi doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha buyurtmalarni joylashtirishning shartnomaviy tizimini hamda undagi yengilliklar tartibini yaratishga olib keldi. Masalan, o‘tgan yilgi yarmarkada joriy yil davomida umumiy qiymati 1,9 trillion so‘mga teng bo‘lgan mahsulotni sotish bo‘yicha 13,3 mingdan ziyod yoki undan avvalgi yarmarkaning ko‘rsatkichlariga nisbatan 38 foizdan ortiq shartnomalar imzolandi. Shundan 2,1 trillion so‘mligi ilgari import qilingan mahsulotlarga tegishlidir. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu joriy yilda sanoat tarmoqlarini asosiy ishlab chiqarish uchun import qilishni 637,5 million AQSH dollariga qisqartirishni ta'minlaydi.
Agar mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda asosiy maqsadlar qisqa muddatli istiqbolga qaratilgan bo‘lsa, ayni vaqtda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlari, makroiqtisodiy barqarorlik va faol tuzilmaviy yangilanishlar tufayli ustuvor vazifalarni o‘rta hamda uzoq muddatlarga belgilab olish va amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.
Bugungi kunda uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi mavjud xom ashyo zaxiralarini qayta ishlashning davomli zanjirini shakllantirishda afzalliklarga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, qo‘shimcha qiymatli mahsulotni ko‘paytirishga xizmat qiladigan yuqori texnologiyali qayta ishlovchi tarmoqlarni jadal taraqqiy ettirish uchun tejamkor hamda innovatsion omillarni kuchaytirish hisobiga raqobatdosh, barqaror, tuzilmaviy jihatdan mutanosib iqtisodiyotni yaratishdan iboratdir.
Ana shu yo‘nalishda keyingi yillarda mamlakatimiz sanoatida elektrotexnika jihozlari, polietilen, polipropilen, mashinasozlik va boshqa sohalar uchun ehtiyot qismlar hamda butlovchi buyumlar, maishiy elektrotexnika jihozlari – kir yuvish mashinalari, gaz plitalari, konditsionerlar, changyutkichlar, yana bir qator yuqori texnologiyali mahsulot turlarini tayyorlash o‘zlashtirildi. Natijada bugungi kunga kelib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 60 foizdan ziyodi mustaqillik yillarida butunlay yangidan tashkil qilingan tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda iqtisodiyotni yanada isloh etish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hamda diversifikatsiyalash bo‘yicha 2020 yilgacha mo‘ljallangan kompleks strategik dastur qabul qilingan. U bir-biri bilan uzviy bog‘liq sakkizta kompleks dasturni birlashtirgan: xususiy mulkni ishonchli muhofaza etish, iqtisodiyotda uning ulushi va ahamiyatini oshirish, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda diversifikatsiyalash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya iste'moli hajmini kamaytirish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni ta'minlash.
Shubhasiz, bunday faol sanoat hamda investitsiyaviy siyosat mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish bo‘yicha doimiy ish olib borish orqali amalga oshiriladi.
Jahon bankining “Biznes yuritish” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015 yillarda biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlarni yaratgan islohotchi davlatlar o‘ntaligiga kiritildi. Jahon banki ekspertlarining e'tiroficha, O‘zbekistonda biznesni boshlash uchun sarflanadigan vaqt Yaponiyadagiga qaraganda 1,5 baravar, Germaniyadagiga nisbatan 1,6 baravar, Gretsiya va Isroildagiga qaraganda 2 baravar, Ispaniyadagiga nisbatan 2,2 baravar, Xitoydagiga qaraganda 4,8 baravar kamdir. Kichik biznesga soliq yukining darajasi esa bizning yurtimizda AQSH, Kanada, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Belarus hamda boshqa davlatlardagiga nisbatan ancha past.
O‘zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti xorijiy tadbirkorlar va sarmoyalarni jalb etib kelmoqda. Bugungi kunda respublikamizda 90 dan ortiq mamlakatning xorijiy kapitali ishtirokidagi 4 mingdan ziyod korxona fao-liyat yuritmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotida har yili o‘zlashtirilayotgan kapital qo‘yilmalarning 20 foizini xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar tashkil qiladi. Yirik xorijiy hamkorlarimiz sirasiga “Boing”, “Honeywell”, “Airbus”, “MAN”, “Klaas”, “Knauf”, “Lemken”, “Nestle”, “Teknip”, ABB, “Maksam”, “Isuzu”, “Itochu”, “Mitsubishi”, “General motors”, “Hitachi”, “Marubeni”, “Hyundai”, “Samsung”, “El-Gi”, “Lotte chemical”, “Huawei”, ZTE, “CNPC”, “Citic” singari ko‘pdan-ko‘p kompaniyalarni kiritish mumkin.
2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash bo‘yicha dasturi (Ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlar, modernizatsiya va diversifikatsiyani ta'minlash bo‘yicha 2015 - 2019 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar dasturi) umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 846 ta yangidan boshlanadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Shu jumladan, 25 milliard dollarlik 70 ta loyiha neft-gaz kimyosi hamda kimyo sanoatiga, 9 milliard dollarlik 30 dan ortiq loyiha elektr energetikaga, 1 milliard dollarlik 150 ta loyiha to‘qimachilik va charm-poyabzal sanoatiga, 410 million dollarlik 300 dan ziyod loyiha oziq-ovqat sanoatiga, 270 million dollarlik 40 ga yaqin loyiha elektr texnika sanoatiga tegishli. Yana sanoatning turli tarmoqlarida boshqa bir qator loyihalarni hayotga tatbiq qilish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarini 2030 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ular xom ashyo zaxiralarini 3-4 bosqichda chuqur qayta ishlashga qaratilgan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish asosida tegishli tarmoqlarni jadal taraqqiy toptirish hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.
To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, yurtimizda ishlab chiqarishni chuqur diversifikatsiya qilish orqali neft-kimyo va kimyo sanoati mahsulotini 3 baravardan ortiqqa ko‘paytirish, murakkab polimerlar, olefinlar, sintetik kauchuk, sun'iy tola, xushbo‘y uglevodorodlar hamda boshqa turdagi yuqori texnologiyali mahsulotlar, murakkab mineral o‘g‘itlar, shuningdek, ko‘plab sohalarda talab etiladigan kimyo mahsulotlarining keng assortimentini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun zarur barcha imkoniyat mavjud.
Mashinasozlik hamda elektr texnika sanoatida ishlab chiqarish hajmini 3,7 baravar, farmatsevtika mahsulotlarini qariyb 10 baravar, oziq-ovqat sanoatini 5 baravar, qurilish materiallari sanoatini 4 baravar ko‘paytirish uchun real sharoitlarga egamiz.
Ushbu dasturlarni amalga oshirish qator investitsiyaviy loyihalarni hayotga tatbiq qilishda xorijiy davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlarni yaratadi.
Albatta, milliy iqtisodiyotimizni taraqqiy ettirishga turtki beruvchi sanoat tarmoqlarini yanada takomillashtirish masalalari bundan keyin ham diqqat-e'tiborda bo‘lishi tabiiy. Zero, bu – davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, 2030 yilga borib mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 2 baravar ko‘paytirish hamda tarkibiy o‘zgartishlar hisobiga sanoatni jadal sur'atlar bilan rivojlantirib, uning YAIMdagi ulushini 40 foizgacha yetkazishdek ustuvor maqsadga erishishda eng muhim omillardandir.


Xulosa
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya kilish, texnik yangilash va diversifikasiya kilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko’lamda amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz salohiyatini o’sishiga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan olib borilgan ishlar, inkirozga karshi choralar dasturining ishlab chikilishi bunday salbiy natijalarning o’z vaktida oldini olishga erishildi. Xozirgi kunda butun jaxon iktisodchi olimlari, yetakchi mutaxasislar tomonidan mamlakatimizda inkirozga karshi olib borilayotgan ishlarga ijobiy baholar berilib, O’zbek modeli qanchalik to’g’ri ekanligini tan olmokdalar, xamda mamlakatimiz tajribasini o’rganish muxim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamokdalar. Mamlakatimiz jaxonda moliyaviy-iktisodiy inkirozdan talofatsiz chikkan sanokli davlatlardan biri bulishga erishdi. Sanoat korxonalarda xar doim xam mahsulot ishlab chiqarish tannarxini takomillash uni pasaytirishga karatilgan ishlar olib borilgan. Chunki bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoiti ekan, korxonalar nafaqat ichki bozorlardja balki tashqi bozorlarda, o’z raqobatbardoshligini oshirishga xarakat qiladi. Lekin bu ishlar, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishning ahamiyati jaxon moliyaviyiktisodiy inkirozi sharoitida tobora oshdi. Buning uchun mamlakatimizda korxonalarni, ayniksa xorijga mahsulot eksport kiluvchi korxonalarni xar tomonlama kullab quvvatlash maqsadida imtiyozlar, rag’batlantirishlar berildi. Inkirozga uchrab bankrot bo’lgan korxonalarni kayta ishga tushirishga davlat tomonidan turli choralar kurildi. Mamlakatimizda inkirozga karshi choralar dasturida eng ahamiyatli ishlardan biri, mamlakatimiz banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida, davlatimiz tomonidan ularning ustavini keskin oshirildi. Bu esa banklarning korxonalar bilan o’zaro moliyaviy munosabatlarini juda yaxshiladi. Korxonalarning banklardagi pul mablag’larining tez va o’z vatida aylinishi ta’minladi. Bu esa korxonalarning ishlab chiqarishini o’z vaktida bo’lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari banklarning zaxirasi oshirilishi, korxonalarga turli imtiyozli kreditlar bera olish imkoniyatini oshirdi. Natijada mamlakatimizda juda kup korxonalar, ayniksa xorijga mahsulot eksport kiluvchi korxonalar banklarda imtiyozli kreditlar olishga muvaffak buldi. Buning natijasida esa korxonalar ishlab chiqarish xajmi xamda sifati oshirildi. Eksportyor canoat korxonalarda mahsulot sotilishida pul mablag’lari o’z vatida kelib tushmasligi natijasida vaktinchalik ishlab chiqarishning o’zilishi oldi olindi. Buning natijasida esa mahsulot unumdorligi oshirildi, korxona o’z aktivlaridan samarali foydalanib ularning rentabelligi darajasi yanada oshirildi. Bu esa o’z navbatida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi doimiy ya’ni o’zgarmas xarajatlar xajmi kamaytirilishi natijasida umumiy mahsulot tannarxi kamaytirilishiga erishildi. Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda korxona moliyaviy holati ning yukoriligi juda ahamiyatga ega. Korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishida kerakli bo’lgan zamonaviy texnologiyaning sotib olinishi mahsulot sifatini xamda xajmini oshirib, juda kup ijobiy natijalarni keltirib chikaradi. Bulardan eng asosiysi Mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda mahsulot ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri Mehnatga xak to’lash xarajatlaridir. Ayrim sanoat korxonalarda, masalan kompyuter dasturlari ishlab chikaruvchi va uni tuzatuvchi sanoat korxonalarda eng katta xarajat Mehnatga xak to’lash xarajatlari xisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi xodimlardan samarli foydalanib, ular ishlab chiqarishini kupaytirish xamda mahsulot sifatini oshirish juda katta ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada tushadi. Korxonada uzoq muddatli aktivlariga amartizasiya xisoblash uchuli xam ahamiyatlidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyotining tez o’zgaruvchan bir sharoitida amartizasiya xisoblashning tezlashtirilgan usulining o’ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Mahsulot ishlab chiqarishda tezlashtirilgan amartizasiya usulini kullash, bir tomondan vaktinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada, lekin amartizasiya xisobi natijasida korxonaga kup pul mablag’lari kelib tushadi. Bu esa yukorida aytib utganimizdek kup ijobiy natijalarga olib boradi. Boshqa tomondan esa boshlang’ich yillarda tezlashtirilgan usulda ko’p mikdordan amartizasiya xisoblash natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi yillarda kam amartizasiya xisoblaydi va mahsulot tannarxi kamayadi. Mehnat unumdorligi oshirilishi natijasida mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmadan xam samarali foydalangan bo’ladi. Bu ajratma xam korxona uchun asosiy xarajatlardan biri bo’lib, Mehnatga xak to’lash xarajatlariga to’g’ri proporsional xisoblanadi. Agarda korxona Mehnatga xak to’lash xarajatlarining samaradorligiga erishilsa, o’z navbatida mazkur xarajatning xam samaradorligiga erishgan bo’ladi. Demak korxonalar xar qanday vaziyatda, jumladan iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida mahsulot sifati xamda xajmini oshirishi, turli davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan okilona foydalanishi, ishchi va xodimlaridan yanada samarali foydalanishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishi mumkin ekan. Bu esa korxonaning moliyaviy barqarorligini yanada oshiradi. Yukoridagi xulosalar asosida bitiruv malakaviy ishimizning quyidagi takliflarini keltirdik:
1. Sanoat korxonalarda xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish, ya’ni ulardan ortikcha isrofgarchilikka yul kuyilmasligi lozim. Aks xolatda korxonaning xom ashyo va materiallarga bo’lgan xarajatlarini oshirib mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshiradi. Agarda ulardan okilona foydalanishni yo’lga kuyilsa mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishga erishgan bo’ladi.
2. Korxona ishchi xodimlaridan samarali foydalanishni yo’lga kuyish orqali Mehnat unumdorligini oshirish lozim. Ulardan mahsulot ishlab chiqarishda sifat va mikdorining yaxshilashi ustidan nazoratni kuchaytirish lozim. Mehnat unumdorligi qancha oshsa mahsulot tannarxi xam shuncha kamayadi.
3. Asosiy vositalardan samarali foydalanishni yo’lga kuyish lozim. Ishlab chiqarishda kam samara berayotgan asosiy vositalarni Sotishi yoki Boshqa Xo’jalik yurituvchi subyektlarga ijaraga berish lozim. Natijada amartizasiya kam xisoblanib, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini yanada kamaytiradi.
4. Uzluksiz ravishda korxonada barcha xisob kitoblarni olib borish xamda tahlil kilish lozim. Amartizasiya xisoblash usulining eng maqbulinitanlash kerak. Eng maqbul deganda shu korxonaning shu davrdagi sharoitidan kelib chikadi. Tezlashtirilgan amartizasi usulini tanlashi natijasida korxonaga ko’prok pul mablag’lari keladi. Buning natijasida korxona turli operasiyalarini moliyalash imkoniga ega bo’ladi yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan zamonaviy texnikani tezrok olishga imkoni bo’ladi. Bu esa keyinchalik ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga imkon yaratadi.
5. Banklar tomonidan takdim etilayotgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish lozim. Bunda korxona ishlab chiqarishdja turli o’zilishlarni oldini olib o’z vaktida ishlab chiqarishni amalga oshirib, realizasiya kilishi mumkin bo’ladi. imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish natijasida Mehnat unumdorligi xam oshadi. Bu esa mahsulot tannarxining pasayishiga zamin yaratadi 6. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida mahsulot realizasiya kilishda, eng maqbul to’lov usuli oldindan to’lashni ta’minlash lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI


1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - Toshkent: O’zbekiston, 2010 y.
2. “O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’ri sida”gi 2000 yil 14 dekabrdagi Konuni. //Soliklar va bojxona xabarlari, 2001 yil №2
3. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to’g’ri sida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi Konuni. // Solik va bojxona xabarlari, 2004 yil 10 fevral, №6.
4. O’zbekiston Respublikasining 2009 yilgi Davlat byudjetining parametr lari va asosiy makroiktisodiy ko’rsatkichlarning prognozi to’g’ri sida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-1024-sonli Karori, 29 dekabr 2008 yil.
5. O’zbekiston Respublikasining 2010 yilgi Davlat byudjetining parametr lari va asosiy makroiktisodiy ko’rsatkichlarning prognozi to’g’ri sida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-1245-sonli Karori, 22 dekabr 2009 yil.
6. “Mamlakatimizni modernizasiya kilish va yangilashni izchil davom ettirish - davr talabi”. Prezident I.A.Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilda iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirishning eng muxim ustuvor yo’nalishlariga bagishlangan Vazirlar Maxkamasi majlisidagi ma’ro’zasi // Xalk so’zi, 2009 yil 14 fevral.
7. Prezident I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik Palatasi va Senatining kushma majlisidagi ma’ro’zasi. 2005 yil 28 yanvar.
8. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - vatanimiz tarakkiyoti va xalkimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.: “O’zbekiston”, 2010. 38-bet
9. Karimov I.A. Jaxon moliyaviy-iktisodiy inkirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yullari va choralari. -T.: O’zbekiston, 2009. - 56 b.
10.Karimov I.A. “Vatanimizning bosqich ma-bosqich va barqaror tivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz” , - T.: “O’zbekiston”, 2008, 24 bet
11.Karimov I.A. “Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni madernizasiya va islox etishdir”, - T.: “O’zbekiston”, 2005, 83 bet.
Download 168.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling