I. Kirish Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardanoq jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga EGA bo`lgan milliy ma`naviyatimiz asosida kelajagi buyuk davlat barpo etish bosh maqsad


Download 0.63 Mb.
bet1/10
Sana08.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1444079
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 doni (2)


I.Kirish
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardanoq jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan milliy ma`naviyatimiz asosida kelajagi buyuk davlat barpo etish bosh maqsad qilib belgilandi. Buyuk maqsadga erishishda asosiy e`tiborni yosh avlodni barkamol, ma`naviy va jismonan sog`lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalashga qaratilgani esa, milliy an`analarimiz mentalitetimizning o`ziga xos tarzda ifodalanishidir. Hozirgi kunda ta'lim-tarbiya samaradorligining oshirishning psixologik bilimlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardanoq jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan milliy ma`naviyatimiz asosida kelajagi buyuk davlat barpo etish bosh maqsad qilib belgilandi. Buyuk maqsadga erishishda asosiy e`tiborni yosh avlodni barkamol, ma`naviy va jismonan sog`lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalashga qaratilgani esa, milliy an`analarimiz mentalitetimizning o`ziga xos tarzda ifodalanishidir.
O’zbekistonning milliy mustaqilligi, uni har taraflama mustahkamlash yo’lida olib borilayotgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan respublikadagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy muhitga bog’liq. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida rivojlanishning izchil yo`lga tushib olishi, jahon intellektual salohiyatida to`la raqobatbardosh bo`la olishi inson faoliyatining hamma sohalarida zamonaviy psixologik bilimlarni qo`llay olish darajasiga bog`liq. Bu esa ta`lim-tarbiyaning barcha sohalarida samaradorlikka erishish borasida avvalo maqsadni to’g’ri tanlash kerakligini va uning amalga oshirish yo’lidan borishni taqazo etadi.
Maktablarda o`quvchilarni yangi texnika va ilg`or texnologiyalar bilan tanishtirish va ishlab chiqarish sharoitiga oid ko`nikma malakalarini shakllantirishning pedagogik va psixologik tamoyillari olindi.

Ishlab chiqarishda fan-texnika asoslari bo`limining yangi texnika va ilg`or texnologiya mavzusiga oid nazariy ma`lumotlar va amaliy ishlar mazmuniga oid tavsiya ishlab chiqiladi.Mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarni yangi texnika va ilg`or texnologiya asoslariga oid uslubiy tavsiyalar yaratiladi. To`g`ri yo`lga qo`yilgan uslubiy ishlar o`quv-tarbiyaviy ishlarni uzluksiz ravishda takomillashtirib borishning eng muhim vositalaridan biri ekanligi; o`qituvchilar uchun o`z mutaxassisligi bo`yicha ilg`or tajriba usullarini amaliy tarzda egallab olishi, ta`lim mazmunini chuqurlashtirish va sifatini oshirish maqsadida tashkil etilishi, o`quvchilarni unumli mehnatga jalb qilinishlari muammoning dolzarbligini belgilaydi. Fan-texnikani takominlashishi maktab ta`lim jarayoniga katta tasir ko`rsatadi.


Respublikamizda hamma sohalar singari yengil sanoat sohasiga alohida e’tibor qaratilgan, chunki bizda paxta, ipak, jun kabi xomashyo mahsulotlari yetishtiriladi. Xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga olib chiqish bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdek mas’uliyatli vazifani talab etadi.Hozirda yangi texnika va texnologiyaning respublikamizga kirib kelishi ham amaliy, ham nazariy bilimga ega bo‘lgan, maxsus fanlardan chuqur bilimli ishchilar kerakligidan dalolat beradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uzluksiz ta’limni mazmunli va tashkiliy rivojlantirishga doir strategik yo‘nalishga asoslangan holda aniq belgilangan.Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradigan omillardan biri yangi texnika va texnologiyadan mohirona foydalanib, ijodiy va yuksak unumli ishlay oladigan, zamon taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘la oladigan, mutaxassislikka oid har qanday masalalarni yechishga qodir malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir.Hozirda respublikamizda bu masalaga katta e’tibor qaratilgan.




  1. Download 0.63 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling