I. Kirsh II. Asosiy qism
Download 81.13 Kb.
|
Aholi daromadlarining shakillanishi va uning tarkibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lorents egri chizig’i
Aholi daromadlari – aholining ma‘lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlar miqlori.
Nominal daromad - aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi. Ixtiyorida bo’lgan daromad - barcha soliqlar to’langandan keyin qolgan daromad, ya‘ni shaxsiy iste‘mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumikn bo’lgan daromad. Real daromad - narx darajasi o’zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlarni sotib olishga yetadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid qo’vvatidir. Lorents egri chizig’i – daromadlar tengsizligi darajasini miqoriy aniqlashni xarakterlaydi. Ijtimoiy to’lovlar - kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko’rsatishga qaratilgan turli xil to’lovlar. Ijtimoiy siyosat - bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosatdir. Xulosa Aholining jami turdagi daromadlari manbai —ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mu-kofot, foyda, dividend, zayom va lotereya yutugʻi, bank toʻlagan foiz puli, koʻchmas mulkdan kelgan renta toʻlovi va ija-ra puli, sugʻurta qoplamalari va boshqalardan iborat. Bozor sharoitida Aholi daromadlarining eng katta qismi pul shakliga ega. Qishloq aholisi oʻzining tomorqa xoʻjaligidan ham mahsulot olib daromad koʻradi va u natural daromadga kiradi. Shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlamlariga bepul mahsulot beriladi va xizmatlar koʻrsatiladi (bepul ovqatlanish, kiyim-kechak, doridarmon, transport va kom-munal xizmati va hokazo); bular natural daromadlar hisoblanadi. Aholi daromadlari nominal va real daromadlarga boʻlinadi. Nominal daromad aholi muayyan pul summasi shaklida olgan daromad boʻlib, inflyatsiya taʼsirida uning xarid qobiliyati pasay-ishi mumkin. Real daromad — pul shaklidagi daromadga amalda qanday miqdorda isteʼmol buyumlari va xizmatlar xarid etish mumkinligini koʻrsatadi. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit koʻrsatkichi hisoblanadi. Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daro-madlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy toʻlovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan soʻng uning qoʻliga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Download 81.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling