I kon haqida umumiy maʼlumot
Download 163.89 Kb.
|
Qalmoqir
I.1. Kon haqida umumiy maʼlumot. Qalmoqir koni 1920- yillarning oʼrtalarida ochilgan boʼlib 1954 yildan qurilish ishlari boshlandi va oʼshandan beri ochiq usulda ishlab kelinmoqda. Kon Olmaliq kon-ruda rayoni oraligʼida Olmaliq shahridan 3 km sharqiy tamonda joylashgan. Аsosiy ruda joylashadigan jinslari: siyenit-diorit, granodiorit-porfirlarning shtok bilan yorilgan diorit va sienitlardir. Rudali meneralizatsiya shtok ekzokontaktida toʼplangan va sienit-dioritli majmua jinslarida lokalizatsiyalanadi. Granidiorit-porfirlar tarkibida deyarli ruda boʼlmaydi. Rejada Qalmoqir konining rudali shtokverki ellipssimon shaklda boʼlib, 1,5 km eni bilan shimoliy-gʼarb yoʼnalishida 3,7 kmga choʼzilib ketgan. Ruda chuqurlashuvi 850 metrgacha kuzatilgan. Karerning oʼlchamlari: uzunligi – 4 km; eni - 2 km; oʼrtacha chuqurligi – 500 m. Konda ikkita tabiat turidagi ruda oksidlangan va sulьfidli rudalarga ajratiladi, oksidlangan ruda deyarli toʼliq ishlab boʼlingan. Birlamchi sulfidlangan rudalar 150 tadan koʼproq mineral bilan ifodalangan boʼlib, ulardan xalkopirit, pirit, xalkozin va molibdenitlar asosiylaridir. Oltin va kumush xalkopirit va qisman piritning kristall panjaralari bilan bogʼliq boʼlib kichik qismi sof holdagi koʼrinishga ega. Qolgan barcha yoʼldosh komponentlar: oltingugurt, selen va tellurlar ham yuqorida qayd etilgan mineral bilan bogʼlangan. Faqat molibden va ajratib olinadigan reniyning asosiy qismi molibdenit bilan bogʼliqdir. Qalmoqir konining sulfidlangan rudalari yengil boyituvchan boʼlib ulardan mis ajratib olish 75-80% tashkil etadi. Hozirgi vaqtda karerda togʼ jinslarini tashishda kombinatsiyalangan tizim qoʼllanilmoqda. Pastki qatlamlardan - togʼ jinslari avtotransport orqali yuqoriga olib chiqilib temir yoʼl transportiga qayta ortiladi, ustki qatlamda - temir yoʼl transporti bilan tashiladi. Ruda temir yoʼl dumkarlari orqali 8 km uzoqlikda boʼlgan boyitish fabrikasiga yetkazib beriladi. Qoplama jinslari temir yoʼl transportida otvalga olib chiqib tashlanadi. Karerda kon massasini ortib tashish uchun 24 ta ekskavator, 18 ta burgʼilash stanoklari (SBSh-250, MN-А-32), otvallarga 9 ta ekskvatorlar jalb qilingan. Konning rudalari boy tarkibli hisoblanadi. Mis va yoʼldosh komponentlarning shtokverk oraligʼidagi taqsimlanishi notekis. Qalmoqir koni rudalarining sanoatdagi asosiy qiymatini oltin va mis tashkil etadi, rudaning tarkibidagi kumush, molibden, oltingugurt, selen, tellur, reniylar ham rudalar boyligini koʼrsatadi. Qalmoqir konining geologik zahiralari 01.01.2013 yil holatiga koʼra mis boʼyicha 5,55 mln. tonna, molibden boʼyicha 98,4 mln. tonnani tashkil etadi. Karьerning yilik unumdorligi: - kon massasi boʼyicha 971 mln . m3; - qoplama jinslar boʼyicha 535mln. m3; - ruda qazib olish boʼyicha 1136,5mln. t; - ochish koeffitsienti 1.8 m3/m3 Ishchi hodimlar soni: ITX-146 ta - ishchilar -956ta - ekskavator mashinist-168ta - ekskavator mashinist rdamchisi-63ta - burgʼilash stanogi mashinisti -38ta - burgʼilash stanogi mashinisti yordamchisi-38ta - temir yoʼl montyor -99 ta - qurilmalar boʼyicha tamirlovchi navbatchi chilangarlar-81ta - qurilmalar boʼyicha tamirlovchi navbatchi elektr- chilangarlar-103ta - elektr gaz payvandlagichlar-49ta -qolgan kasb egalari -217 ta Download 163.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling