I kon haqida umumiy maʼlumot


II. KARER MAYDONING OCHISH USULI VA KONNI QAZIB OLISH TIZIMI


Download 163.89 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi163.89 Kb.
#1569064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qalmoqir

II. KARER MAYDONING OCHISH USULI VA KONNI QAZIB OLISH TIZIMI


Karer maydonini ochish usuli.
Karer maydonini ochish yer yuzidan karьer ishchi gorizontlariga transport vositalarini yetib borishini, qazib olingan qoplama jinslarni atvallarga, foydali qazilmalarni qabul qilish punktlariga (boyitish fabrikasi yoki omborlarga) tashib berishni taʼminlaydigan ochiq kon laxmlari orqali amalga oshiriladi.
Qolmaqir konini kon yonbagʼrida joylashganligi uni ochish sxemasini tanlab olishni osonlashtiradi. Tanlab olingan ochish sxemasiga koʼra karьer maydonining yuqori qismi +660 metr belgigacha mustaqil yarim transheyalar joylashgan temir yoʼl stantsiyalari bilan tutashadi. +805 balandlik belgisidan yuqorida joylashgan pogʼonalardan qazib olingan qoplama jinslar avtomobil transporti yordamida karьerning sharqiy bortida joylashgan maxsus avtomobil otvaliga tashiladi.
+805 m dan +640 metr balandliklar belgisiga joylashgan pogʼonalar “Nakpay” stantsiyasi bilan tutashadi, +715 m dan +692 m gacha boʼlgan balandlik belgilarida joylashgan pogʼonalar esa, “Otvalьnaya” stantsiyasi bilan tutashadi. +670 m dan +640 m gacha balandlik belgilarida joylashgan pogʼonalar “668 metr” posti bilan +625 m balandlik belgisidan pastga joylashgan pogʼonalar esa, - “Razvedka” posti bilan tutashadilar.
“Razvedka” postidan boshlab +335 metr balandlikkacha boʼlgan kon gorizontlari 4 yoʼlli spiral shaklidagi temir yoʼl sʼezdlari orqali ochilgan. Spiral sʼezdlarni soat strelkasi harakati yoʼnalishi boʼyicha rivojlantirish karьerdagi qabul qilingan qazish tartibini buzmasdan uni cheklanmagan miqdorda kengaytirishga imkon beradi. +335 m balandlik belgisidan pastda joylashgan pogʼonalar ikki yoʼlli spiral sʼezdlar bilan ochiladi. Konni qazib olish tizimi.
Qalmaqir karьerida loyiha boʼyicha transportli qazish tizimi qabul qilingan boʼlib, qazib olingan qoplama jinslar transport vositasida tashqi otvalga tashiladi. Karьer ish fronti surilishi parallel, doimiy spiral sʼezdlarda esa, yelpigʼichsimon. Bunda pogʼona yoʼllari sʼezd transheyalarida transport vositasi burilishi uchun burilish punktlari hosil qilingan.
Qalmaqir karьer maydonining sharqiy qismida kengayishi tufayli noksimon shaklga egadir. +680 m balandlik belgisidan yuqoridagi gorizontlar G simon shaklga ega boʼlib, kavjoylarining surilishi parallel, +680 m dan pastdagi gorizontlar P simon shaklga ega.

Hozirgi vaqtda karьerda 27 ta pogʼona hosil qilingan boʼlib, ulardan 16-17 tasida doimo qazish ishlari olib boriladi. Ishchi pogʼonalarning balandligi 15-22,5 m ni tashkil qiladi. Pogʼona ishchi maydoni minimal kengligi 40-60 m. Ekskavator ish frontining uzunligi: yuqori gorizontlarda 800-1000 m, pastki gorizontlarda esa 600-800 m. Karьer yer yuzasidan +670 m balandlik belgisigacha joylashgan pogʼonalar balandligi 22,5 m, bulardan pastdagi pogʼonalar balandligi esa - 15 m ni tashkil qiladi. Pogʼonalar balandligi qoʼllaniladigan qazib yuklash mashinalari ishchi parametrlari boʼyicha aniqlangan.


Xozirgi vaqtda karьerning yillik chuqurlanish tezligi 5-6 m ni, ish frontining surilish tezligi esa 9
0-100 m ni tashkil qilmoqda. Temir yoʼl transporti bilan yuklarni tashishning oʼrtacha masofasi: ruda boʼyicha 10 km, qoplama jins boʼyicha 8 km.
Qazib olinadigan kon massasidagi har bir kategoriyaga tegishli kon jinslari va foydali qazilmalarning ulushi quyidagicha:
I – kategoriya – 10%;
II – kategorya – 45%;
III – kategoriya – 45%.
Soʼngi yillarda “Qalmaqir” karьerida unumdorligi yuqori va ishchi parametrlari katta boʼlgan EKG-12,5, EKG-15, EKG-20 rusumli ekskavatorlarning qoʼllanishi natijasida qoplama jins pogʼonlarining balandligi 15 m dan 22,5 m gacha, ekskavator kirmalarining eni 18-20 m dan 28-30 m gacha koʼpaygan. Natijada karьerdagi pogʼonalar soni kamayib, transport kommunikatsiyalarining uzunligi 12,5 km ga qisqargan.
Biroq, 1980-2005 yillar davomida bajarilgan-qazib yuklash ishlarining tahlili shuni koʼrsatadiki, bu davr ichida qazib-yuklash ishlarida yuqori unumdorlikka ega boʼlgan ekskavatorlardan foydalanilgan boʼlsada, 1 m3 ekskavator choʼmichiga toʼgʼri keladigan unumdorlik kamayish anʼanasiga ega boʼlgan.
Bizning fikrimizcha bunday holatning asosiy sababi, choʼmich hajmi katta boʼlgan ekskavatorlarni qoʼllanishiga qaramay ekskavator birligiga toʼgʼri keladigan unumdorlikning avvalgi darajasida qolganligidir. Chunki “Qalmaqir” kareri sharoitida ekskavator unumdorligiga qator omillar taʼsir etadi, ulardan asosiylari:
- foydali qazilma pogʼonalarida rudani navlar boʼyicha saralab qazib olib, transport vositalariga yuklash;
- foydali qazilmani karьer chuqur gorizontlarida joylashganligi tufayli qazib olingan rudani yuqori gorizontda (kapital transheyada) joylashgan qayta yuklash punktigacha tashib chiqish;
- avtomobil va temir yoʼl transporti sostavlarining turli sabablarga koʼra oʼz vaqtida yuklash punktlariga (ekskavator kavjoylariga) yetkazib berilmasligi.
Karerdagi qazib-yuklash ishlarining samaradorligini oshirish va yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish koʼp jixatdan karьerda siklli potok va potok texnologiyalarini qoʼllashni taqazo etadi.
Xozirgi vaqtda “Qalmaqir” karerida qazib olingan qoplama jins va rudalarni qabul qilish punktlariga yetkazib berishda temir yoʼl va avtomobil transporti qoʼllanadi. Qoplama jins va rudalarni tashish elektrlashtirilgan temir yoʼl transporti yordamida amalga oshiriladi. Ilashish ogʼirligi (stsepnoy ves) 360 t boʼlgan PE-2m rusumli elektrovozlarning har biriga yuk koʼtarish qobiliyati 105 t VS-105 rusumli dumkarlardan 12 tasi tirkalgan lokomotiv sostavlar qoplama jinslarni otvallarga, rudalarni esa boyitish fabrikasiga tashib beradi. Lokamativ sostavlar karerda ochiq siklda, yaʼni muayyan ekskavatorga bogʼlanmagan xolda ishlaydi. Har bir ishchi gorizontga alohida temir yoʼl joylashtirilgan boʼlib, u gorizontdan faqat bitta chiqish yoʼliga ega. Karer temir yoʼl transportining umumiy uzunligi 60 km ga yaqin boʼlib, undan 45 km karr ichida, 15 km esa otvallarda joylashgan. Temir yoʼl bilan yuk tashishning oʼrtacha uzunligi: ruda boʼyicha – 12,7 km, qoplama jins boʼyicha – 7,2 km.
Qoplama jinslar ikki gurux atvalga joylashtiriladi: Nakpay va Olmaliq atval guruhlariga. Nakpay atvali karerdan 8 km, Olmaliq atvali esa, 6-10 km masofada joylashgan. Karer bilan boyitish fabrikasi oʼrtasidagi masofa esa 8,6 km ni tashkil qiladi.
Yuqori gorizotlardan (+782 m va undan baland) qazib olingan qoplama jinslar qayta yuklash uzellariga avtomobil transporti yordamida tashiladi. Karerda har bir smenada 8-10 ta yuk koʼtarish qobiliyati 91 t boʼlgan “TEREXS” rusumli va yuk koʼtarish qobiliyati 130 t “BelАZ” 75313 rusumli avtomobillar ishlaydi. Аvtomobil atvaligacha boʼlgan oʼrtacha tashish masofasi 1,6 km, qayta yuklash uzeligacha boʼlgan oʼrtacha tashish masofasi esa, 3,3 km ni tashkil qiladi.
2007-2012 yillarda karerning oʼrtacha yillik yuk aylanmasi 30-35 mln.m3 ni tashkil qilgan, undan 20-26 mln.m3 rudaga, 10-12 mln.m3 qoplama jinslarga toʼgʼri keladi.
Nakpay atvallar guruhi karer shimoliy-sharqiy bortidan 8 km masofada joylashgan boʼlib, toʼrtta atval tupikidan tashkil topgan. Uchta atval tupiki +740 m balandlik belgisiga, toʼrtinchisi esa undan 30 m balandga - +770 m balandlik belgisiga joylashgan. Nakpay atvallarining yillik yuk qabul qilish imkoniyati 3400-3500 ming m3 ga teng boʼlib, unda har bir temir yoʼl tupigida bitta EKG-8I, jami 4 ta ekskavator ishlaydi.
Olmaliq atvallar guruhi karer gʼarbiy bortidan 10 km masofada joylashgan. Bu guruhda ham 4 ta temir yoʼl tupigi faoliyat koʼrsatadi. Har bir tupikda bittadan, jami 4 ta EKG-8I ekskavatori ishlaydi. Uchta otval tupigi +655, toʼrinchisi esa +710 m balandlik belgisiga joylashgan.



Download 163.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling