I-kurs 1-mavzu: turkistonda
ll-Mavzu: O’ZBEKISTONNING URUSH GIRDOBIGA
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
ll-Mavzu: O’ZBEKISTONNING URUSH GIRDOBIGATORTILISHl. MA'NAVIY VA MODDIY KUCHLARNING FRONTGA SAFARBAR ETILISHl
Ikkinchi jahon urushi jahon tarixida misli ko nlmagan darajada katta va dahshatli, butun insoniyat boshiga og’ir kulfatlarni solgan urush bo’Idi. 1939-yil 1-sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo’shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan bosh-langan bu urush 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini, ya'ni 1,7 milliard kishini o’z girdobiga tortdi. Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar O’rtasidagi ixtiloflar, agressiv kuchlarning dunyoga hukmron bo’lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushni asosiy agres-siv davlatlar—fashistlar Germaniyasi va Italiyasi hamda Yaponiya boshladi. Ular orasida Germaniya uyushti-ruvchi, yetakchi rol o’ynadi. Fashistlar bloki mamlakatlarining hukmron doiralari o’zlarini «nasibasiz» qoldirilgan deb hisoblardilar. Ular Birinchi jahon urushidagi mag’lubiyatdan, uning na-tijalaridan norozi edilar. Ular mavjud xalqaro munosa-batlarni o’zgartirish, dunyoni qurolli kuch bilan qay-tadan bo’lish maqsadida urushga tayyorlandilar Ikkinchi jahon urushining 1-davrida — 1939-yil 1-sentabrdan 1941-yil 22-iyungacha bo’lgan davrda fashistlar Germaniyasi G’arbiy va Markaziy Yevropada hukmronlikni qo’lga kiritdi. Germaniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni—Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi. Millatlar ligasi harakatdan to’xtadi. Germaniya G’arbiy Yevropaning harbiy, iqtisodiy resurslarini qo’lga kiritgach, 1941-yil 22-iyun kuni hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomani buzib, urush e'lon qilmasdan SSSRga xoinona hujum boshladi. Fashistlarning maqsadi SSSRni bosib olish, boyligini talash, millionlab kishilarni qirish va qolganlarini qul qi-lish edi. Germaniyaning SSSRga qarshi olib borgan urushi xarakter jihatidan bosqinchilik, adolatsiz urush edi. Germaniya bilan hamkorlikda uning ittifoqchilari — ltahya, Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham SSSRga qarshi urushga kirdilar. Sovet hukumati 22-iyun kuni urushning boshlanishi munosabati bilan mamlakat xalqiga murojaatnoma ish-lab chiqdi va u o’sha kuni radio orqali e'lon qilindi. Bu murojaatnoma xalqni g’alabaga erishish uchun mus-tahkam jipslashishga, uyushqoqhk va fidokorlik ko’rsa-tishga chaqirdi. «Bizning ishimiz haq ish! Dushman tor-mor keltirilajak! Biz g’alaba qilamiz!» deyilgan edi mu-rojaatnomada. Urushning boshlanganligi to’g’risidagi shum xabar yetib keigan kuniyoq O’zbekistonning barcha shaharlari va tumanlarida, korxona va muassasalarida mitinglar va yig’ilishlar bo’lib o’tdi. Ishchilar, xizmatehilar, dehqon-lar, ziyolilar, talaba yoshlar o’z Vatanlarini himoya qilishga, yuzma-yuz janglarda bosqinchilarni tor-mor etish uchun urushga borishga, g’alabani ta'minlash uchun front orqasida fidokorona mehnat qilishga tayyor ekan-liklarini bildirdilar. Vaziyat butun mamlakat hayotini urush davri ta-lablariga moslab qayta qurishni, butun kuch va vosita-larni safarbar etishni talab qilardi. 23 iyun kuni VKP (b) MQ Siyosiy byurosi partiya va sovet organlarini urush sharoitiga moslab qayta qurish to’g’risida qaror qabul qildi. Partiya va sovet hukumatining harbiy holat to’g’risida, harbiy xizmatga majbur bo’lgan kishilarni qizil armiyaga safarbar etish to’g’risida, qurol-aslaha ish-lab chiqarish bo’yicha safarbarlik rejasini joriy etish to’g’risida qarorlari e'lon qilindi. SSSR Xalq Komissarlari Soveti va VKP(b) MQ 1941-yil 29-iyunda mamlakat hayotini urush talablariga moslab qayta qurish dasturini—front yoni viloyatlarining partiya va sovet tashkilotlariga yo’l-yo’riqlarini tasdiqla-di va tegishli tashkilotlarga yubordi. Mamlakatda hokimiyat, iqtisodiyot, siyosiy va harbiy hayotga rahbarlik qilish 1941-yil 30-iyunda Stalin boshchiligida tuzilgan Davlat Mudofaa Qo’mitasi (DMQ) qo’lida to’la ravishda to’plandi. Uning qarorlari, ko’rsatmalarini bajarish hamma tashkilotlar uchun majburiy edi. Harbiy harakatlarni boshqaruvchi Oliy Bosh Qo’mondonlik qarorgohi tuzildi va Stalin SSSR Qurolli kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoni va SSSR Mudofaa xalq komissari qilib tayinlandi. Sovet rahbariyati tomonidan ko’rilgan bu tadbirlarning ijrosi hayotning barcha sohalarini harbiy izga tushirdi, mamlakatni yagona harbiy lagerga aylantirdi O’rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar tayyorlaydigan o’choqqa aylantirildi. Bu okrug 1941-yil iyunidan 1942-yil oxirigacha bo’lgan muddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo’shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh Qo’mondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya va brigada jo’natdi. O’zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlar milliy harbiy qo’shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. 1941-yil 13-noyabrdan 1942-yil martigacha bo’lgan davrda 14 ta milliy harbiy qo’shilmalar, jumladan, 9 ta o’qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi tuzilib front-ga jo’natildi. Milliy qo’shilma askarlari va zobitlariga yaxshi harbiy ta'Iim berishda, ular bilan frontni mus-tahkamlashda O’zbekistonda tuzilgan zahiradagi 24-o’qchi diviziya katta rol o’ynadi. Diviziyaning boshliqlari va zobitlari tarkibida 178 o’zbek o’g’loni faol xizmat qildi. Bu diviziya urush yillarida 390 ming kishidan ziyod jangovar kuchlar tayyorladi va frontga jo’natdi Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling