I-kurs 1-mavzu: turkistonda


-Mavzu:. IQTISODIY SIYOSAT, UNING


Download 0.79 Mb.
bet8/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

7-Mavzu:. IQTISODIY SIYOSAT, UNING MUSTAMLAKACHILIK MOHIYATI


XXasrning20-yillariboshlariga kelganda o’lka hayoti,yerli aholining maishiy tur-mush tarzi nochor ahvolda edi. Birinchi jahon urushi-ning og’ir asoratlari, yangi sovet tuzumini o’rnatishda bolshevik hukmdorlarning mahalliy aholiga nisbatan qo’llagan zo’rlik, bedodlik siyosati har qadamda ko’zga tashlanib turardi. Sanoat izdan chiqqan, transport va aloqa vositalari ishlamayotgan, son-sanoqsiz ekin may-donlari payhon bo’lib ketgandi. Eng yomoni, o’lkada ochlik, qashshoqlik, ommaviy ishsizlik hukm surardi.
Buning ustiga sovet rejimi tomonidan ishlab chiqilib, hayotga zo’rlik va zudlik bilan joriy etilgan oziq-ovqat razvyorstkasi va u bilan uyg’unlashgan harbiy kommu-nizm siyosati o’lka xalqlari hayotini yana ham mushkul ahvolga solib qo’ydi. Sovet hokimiyatini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan bu favqulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uning erki, tashabbusi, mustaqilligini qafiyan cheklab, savdo, bozor muno-sabatlariga izn bermay, oqibatda bu yerdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatning yana ham murakkablashib borishiga sabab bo’ldi.
Vaziyat sovet hokimiyati yo’lboshchilari oldiga ahvolni o’nglash, tang vaziyatdan chiqish va xo’jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko’ndalang qilib qo’ydi. Modomiki, sovet hokimiyati butun mam-lakatdagi vaziyatni o’z tasarrufiga olib, nisbatan tinch xo’jalik yuritish pallasiga kirgan ekan, bunda iqtisodiy siyosatning davr talabiga javob beradigan yangi yo’na-lishlarini ishlab chiqishi hayotiy zaruriyat bo’lib qolgan-di. Bu vazifalar 1921-yiI mart oyida bo’lib o’tgan RKP(b) X s'ezdi belgilab bergan yangi iqtisodiy siyosat (YalS) da o’z ifodasini topdi. Bu siyosatning muhim bo’g’inlari oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig’i oilan almashtirish, savdo-sotiqni erkinlashtirish, sanoat-da, xizmat ko’rsatish va mayda hunarmandchilik sohalarida xususiy tadbirkorlikka ruxsat etish, bozorni tartibga solish mexanizmlaridan foydalanish, ijaraga olish va yollanma mehnatning cheklanishini bekor qi-hshdan iborat bo’ldi.
Yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Birinchidan, Turkiston chekka, asosan qishloq xo’jaligi o’lkasi edi. Demak, bu yerda zamonaviy qishloq xo’jaligi va sanoatni yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan, o’lkada milliy ishchi-lar sinfini shakllantirish zarur edi. Uchinchidan, Turkiston ko’p millatli o’lka bo’lib, yangi iqtisodiy siyosatga o’tishda yerli xalqlarning qadriyatlari, an'analari, urf-odatlari xususiyatlarini hisobga olish kerak bo’lardi. Ammo RKP(b) va sovet hukumati Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishda o’z manfaatlaridan kelib chiqib ish yuritdilar.
Bundan tashqari, sovet hukumati o’lkada birinchi navbatda o’zi uchun zarur, bo’lgan tarmoqlarni, chunonchi, paxta, qand lavlagi, tamaki va boshqa texnik ekinlarni rivojlantirishga alohida e'tiborni qaratdi. Yordam ko’rsatish bahonasida 300.000 dan ortiq ishchi va dehqon oilalari Rossiya markaziy rayonlaridan Turkistonga keltirilib joylashtirildi. Buning ustiga o’lkada ahvol og’ir bo’lishiga qaramasdan 1921 -yil kuzida bu yerdan Moskva va boshqa shaharlarga 300 ming puddan ko’proq g’alla mahsulotlari olib ketildi. Shunga qaramay, o’lka mehnatkashlari fidokorona mehnat qildilar. Ularning, biroz bo’lsa-da, hayotga ishonchi uyg’ona boshladi. Chunki, sovet hokimiyati cheklangan holda bo’lsa-da, o’lkada xususiy mulkchilik va xususiy tad-birkorlikka erkinlik bergan edi.
Yangi iqtisodiy siyosat asosida sanoatni xo’jalik hiso-biga o’tkazish jarayoni amalga oshirib borildi. Bu esa sanoat korxonalari ishlab chiqarishining biroz bo’lsada jonlanishiga olib keldi. Mayda va O’rta sanoat korxo-nalari, yirik kooperativ tashkilotlar va ularning birlash-malari tadbirkorlarga ijaraga berildi, o’lkada yangi sanoat korxonalari, temir yo’llar qurildi. Xilkovo sement zavo-di, Farg’ona pillakashlik fabrikasi, Qizilqiya, Xilkovo temir yo’l shoxobchalari shular jumlasidandir.Bu hol asta-sekinlik bilan o’lkada yangi iqtisodiy siyosat yo’lidan chekinishga olib keldi. Dehqonga beril-gan imtiyozlar qaytarib olindi. Ular qishloq xo’jalik artellariga birlashtirila boshlandi. Sanoatni milliy-lashtirish jarayoni avj oldirildi. Ayniqsa, 20-yillarning oxirlariga kelib Ittifoqning, shu jumladan, O’zbekiston-ning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy hayotida ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruvi tizimining kucha-yishi natijasida yangi iqtisodiy siyosat o’z mazmuni va mohiyatini tobora yo’qota bordi.
Azaldan sun'iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati maskani hisob-langan hamda aholisining mutloq ko’pchiligi qishloq xo’jaligida band bo’lgan Turkiston xalqlari uchun yer-suv, undan foydalanish masalasi favqulodda ahamiyat kasb etardi. Negaki, o’lka aholisining anchagina qismi yersiz edi. Bir parcha yerga muhtoj bo’lganlar boylar, yirik zamindorlarning mulkida chorakorlik bilan nochor hayot kechirib, oila tebratib kelardi. Buning ustiga chor Rossiyasi bosqinidan so’ng ko’plab serhosil, unumdor yerlar Rossiyadan ko’chirib kelingan kelgindi rus oilalari foydasiga majburan olib berilgan edi. Chorizmning Turkiston qishlog’idagi bu zo’ravonlik, mustamlakachilik siyosati yersiz, batrak dehqonlarning ahvolini tang-lashtirib yuborgan edi. Shu bois ham mahalliy yerli aholi yangi sovet hokimiyatining «Yer—dehqonlargas. degan balandparvoz va'dalari, da'vatlariga umid bog’lab, uning yer to’g’risidagi dekretining amalga oshuviga ko’z tikib kelayotgandi. Darhaqiqat, sovet hokimiyatining 1917-yil 25-oktabrda qabul qilgan «Yer to’g’risida»gi dekretida butun mamlakatda kambag’al, batrak, yersiz dehqonlarni yer bilan ta'minlash, yirik yer-mulklarni musodara qilish va undan so’ng milliylashtirish vazifalari e'lon qilingan edi.
Turkiston Sovetlarining XI s'ezdida (1920-yil sentabr) o’lkada yer-suv islohoti masalasi ko’rib chiqildi, bu sohadagi asosiy vazifalar belgilandi. Bunga ko’ra aholining boy qismi qo’lidagi katta yerlarni musodara qilish, ovrupalik kelgindi aholi bilan yerli xalqlar O’rtasi-da yer-suv masalasida vujudga kelgan tengsizlik muno-sabatlariga barham berish, mehnatkash aholini sovetlar tevaragiga jipslashtirish zarur deb topildi. Yer ishlari xalq komissarligi rejasiga ko’ra tortib olingan yerlar kam yerli va yersiz mahalliy batrak va dehqonlarga bo’lib beriiishi aytilgandi. Bu jarayon kelgindi va mahalliy boy xo’jalik-larga ma'muriy choralar va tazyiq o’tkazish yo’li bilan olib borildi. Bu xil tadbirlarga batrak-dehqonlar ommasi ham keng jalb etildi. Shu maqsadda joylarda qishloq va ovullar mahalliy aholisining yersiz, kambag’al qismini birlashtiruvchi «Qo’shchi» uyushmalari tuzila boshladi. «Qo’shchi» uyushmalari kommunistlarning dehqonlar orasidagi tayanchiga aylanib, yer-suv islohotini o’tkazishda partiyaga katta yordam ko’rsatib bordi. Turkiston ASSR hududida 1921-yil davomida tuzilgan «Qo’shchi» uyushmalari 160 ming a'zolarni birlashtirgan edi. 1921-yil dekabrida Toshkentda «Qo’shchi» uyush-malarining birinchi respublika qurultoyi bo’lib o’tdi. Qurultoy qarorida, jumladan, «bu uyushmalar mehnatkashlar ommasini sovetlar yordamida xo’jalik qurilishiga tortish vositasidir» — deb uqtirilgan edi.
Xulosa qilib aytganda, yer-suv islohotining birinchi bosqichi yakunida dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish uchun zamin yaratildi. Endilikda mehnatkash xalqni bir-dan-bir yagona yo’l — jamoa xo’jaliklariga majburan bir-lashish masalasi ko’ndalang bo’lib turardi. Ammo, bu aslida oddiy xalqni aldashdan boshqa narsa emas edi. Chunki, yer dehqonga berilmadi, balki bir mulk shakli-dan, ikkinchi mulk shakliga aylantirildi xolos. Gap shun-daki, garchi yerga xususiy mulkchilik tugatilgan bo’lsa-da, u jamoa (amalda davlat) mulki bo’lib qoldi.
0'zbekistonning asosiy paxtakor viloyat va turnanla-rida yerning katta qismi yangi iqtisodiy siyosat asosida xo’jalik yuritayotgan O’rtahol dehqonlar qo’lida to’plan-gan edi. Ular respublikada yetishtirilayotgan paxta, g’alla va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarining asosiy qismi-ni yetkazib berar edi. Kambag’al dehqonlar esa yerni ulardan ijaraga olib ishlashardi. O’zbekiston Kompar-tiyasining II s'ezdida (1925-yil noyabr) bu hol feodal munosabatlarning qoldig’i deb baholandi va xususiy mulkchilik munosabatlari sotsialistik iqtisodiyot ta'siriga bo’ysundirilishi kerakligi ta'kidlandi. Shundan so’ng O’ZKP(b) Markaziy Qo’mitasi Ijroiya byurosida, viloyat, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarida yer-suv islohotining ikkinchi bosqichini o’tkazish masalasi bir necha bor muhokama qilindi va uning nihoyatda dolzarbligiga e'tibor qaratildi. Joylarda yer-mulklarni qaytadan ro’yxatdan o’tkazish boshlab yuborildi. Bu ish birinchi navbatda asosiy dehqonchilik muzofotlari hisoblangan Toshkent, Farg’ona, Samarqand viloyatlarida boshlandi. Yer-suv islohotining mazmuni dastavval quyidagi muammolarni hal etishga qaratildi:
1. Qishloqda ishlab chiqaruvchi kuchlami yanada rivojlantirishga bo’lgan barcha to’siqlarni olib tashlash.
1. Yer va suv manbalarini tezroq milliylashtirish.
2. Mehnat qilmay boshqalar hisobiga yashaydigan-larning yerlarini tortib olish.
3. Yangi tashkil etilayotgan xo’jaliklarga yordam berish va hokazo.
Bu aslida qishloqda yangi iqtisodiy siyosatdan chekinish edi. Shuning uchun ham mahalliy rahbarlar yer-suv islohoti jarayoniga o’ziga xos tarzda baho berdi-lar. Masalan, O’zbekiston SSR Yer ishlari xalq komissari Inomjon Xidiraliyev va boshqa mas'ul xodimlar O’ZKP(b) Markaziy Qo’mitasi va O’rta Osiyo byurosiga ariza bilan murojaat qilib, yer-suv islohoti mahalliy xalqning xohish-irodasiga, turmush tarziga zid, deb islo-hotga oshkora e'tiroz bildirdilar. Biroq ular Markaz vakillari qudrati oldida yakkalanib qoldilar.
1925-yil dekabrida bo’lgan O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasining Favqulodda sessiyasi «Yer va suvni milliylashtirish to’g’risida» dekret qabul qildi.
O’zbekistonda sanoatlashtirish ishini amalga oshirish orqali sovetlar ko’p narsaga umid bog’lagandilar. Eng asosiysi, ular bu o’lkada ko’plab sanoat korxonalari va tarmoqlarini yaratish yo’li bilan uning bitmas-tuganmas boy tabiiy va mineral resurslarini ishga solish, arzon mahalliy ishchi kuchidan foydalanish va oxir oqibatda Markaz uchun ko’proq foyda undirib olishni ko’zlagan-lar.
Ularning nazarida bu narsa O’zbekistonda sotsializm qurish yo’lida hal qiluvchi omil bo’lib xizmat qtlishi kerak edi. So’ngra sanoatlashtirish jarayoni O’zbekiston-ning Markaz ta'sirida batamom qolib ketishi uchun qulay imkoniyatlar yaratardi. Gap shundaki, zamonaviy sanoat tarmoqlarini vujudga keltirish va ishga tushirish respublikaning iqtisodiy taraqqiyoti uchun g’oyatda katta ahamiyat kasb etardi. Biroq bu jarayon juda ko’p miq-dordagi moliyaviy resurslar, pul mablag’lari, xilma-xil texnika jihozlari, ilmiy-texnika salohiyati, ko’p sonli yuqori ma'lumotli muhandis-texnik xodimlar, malakali ishchi kadrlar va hokazo omillar bilan bog’liq edi.
O’zbekistonda bunyod etilgan sanoat korxonalarining ko’pchiligi xom ashyo yoki yarim mahsulot turlarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan edi. Ularni boshqa hududlardagi korxonalarda tayyor mahsulotlarga aylanti-rar edi. Bu esa Ittifoq hukumati xazinasiga mo’may valyuta daromadlarining kelib tushishini taxmin etardi. Markaz amri bilan respublikaning xom ashyo, tabiiy resurslari ayovsiz ekspluatatsiya qilingani holda uning o'ziga xos iqtisodiy manfaatdorligi hech qanday nazar-pisand qilinmasdi. Yana shunisi ajablanarliki, o’zbe-kistonda qurilgan sanoat korxonalarining asosiy qismi uning bevosita tasarrufida boimay, ular toiig’icha Ittifoq ixtiyoriga bo’ysunardi
Respublikada industrlashtirishning yana bir xarakter-li tomoni shundaki, bu jarayon davomida malakali ishchi kuchi yetishmaganiigidan RSFSR hududidan bu yerga juda ko’plab odamlar oqimi kirib keldi. Ular hisobiga respublikaning ishchilar sinfi saflari to’ldirilib boriidi. Jumladan, 1926-yildan to 1940-yilga qadar O’zbekiston aholisi yangi kelganlar hisobiga 750 ming kishiga yoki 10% dan ortiqroqqa ko’paydi. SSSRning markaziy tumanlaridan aholining sun'iy tarzda ommaviy olib kelinishi ko’p jihatdan xalq xo’jalik- mulohazalari bilan emas, balki ko’proq siyosiy mulohazalar taqozosi bilan amalga oshirilgan edi. Agar joylarda o’zining malakali ishchi kadrlarini keng miqyosda tayyorlash tashkil etil-ganda edi, bu hol ancha oqilona va ijobiy bo’lishi va eng muhimi ko’plab mahalliy navqiron yoshlarni foydali ishga jalb etish hamda ularni yaxshi ishchi kadrlar qilib tarbiyalashga sezilarli ta'sir ko’rsatishi shubhasiz edi. Biroq sovet tuzumi davrida siyosat va mafkuraning iqti-sodiyotdan ustun qo’yilib kelinishi bu masala bobida ham o’z salbiy ta'sirini ko’rsatmasdan qolmagandi. Negaki, totalitar tuzum sharoitida barcha aholi tabaqalarida bo’lgani singari respublikaning ishchi va xizmatchilariga nisbatan ham g’oyaviy va ma'muriy tazyiq ko’rsatib borishga alohida urg’u berilgan edi. Shuningdek, bu tuzum mutasaddilari aholining moddiy, ma'naviy manfaati, shaxsiy qiziqishi, tashabbuskorligi masaialariga mumkin qadar panja ortidan qarar, bularni ikkinchi darajali ish deb hisoblardi.
Shunday qilib, sanoatlashtirish yillarida partiya va sovet hukumatining so’zi bilan amaliy ishi O’rtasida yakdillik va uyg’unlik bo’lmadi. Sotsializmning kapita-iizmdan afzalligi, ustuvorligi, mehnatkashlar turmush farovonligini tubdan yaxshilash, ularning hayoti maz-mun-mohiyatini chuqur o’zgartirish to’g’risidagi g’oyalar amaliyotda puch bo’lib chiqdi. Xalq ommasining o’n yil-lar davomida to’kkan peshona teri, amalga oshirgan tinimsiz mehnati, chekkan zahmati, fidokorhgi unga
yengillik, baxtu farovonlik keltirmadi. Buning aksicha xalqning mehnat jasorati va bunyodkorlik faoliyati sama-rasi 30-yillarga kelib mamlakatda bo’y ko’rsatgan «kazarma sotsializmi» o’pqonini to’ldirishga, uning g’arazli manfaatlarini qondirishga xizmat qildi. Bu esa tariximizning fojeali sahifasi bo’lib totalitar tizimning SSSR hududida qaror topib, chuqur ildiz otib borishiga asosiy sabab bo’ldi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling