I-kurs 1-mavzu: turkistonda
O’zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
O’zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi312394 kv. km.ni, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etar edi. 1926-yil ma'lumotlari bo’yicha, milliy tarkibiga ko’ra aholining 74,2 foizini o’zbeidar, qolgan-larini esa boshqa millatlar tashkil etar edi. O’zbekiston SSRning dastlabki poytaxti Buxoro bo’lgan. Biroq ko’p o’tmay — 1925-yil aprelda poytaxt Samarqand qilib belgilandi. 1930-yil oxirida poytaxt Toshkentga ko’chirildi. O’zbekiston SSR hududida butun hokimiyat O’zbekiston SSR sovetlarining ta'sis qurultoyiga qadar Muvaqqat Inqilobiy qo’mita ixtiyoriga berildi. Buxoro respublikasi hukumati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo’jayev O’zbekiston SSR Inqilobiy qo’mitasi raisi qilib tasdiqlandi. 1924-yil 5-dekabrida Inqilobiy Qo’mita butun O’zbekiston xalqiga murojaat qilib, O’zbekiston SSR tuzilganligini, uning tarkibiga Tojikiston ASSR kirgan-ligini ma'lum qildi. 1925-yil 13-fevralda Buxorodagi Xalq uyida umum o’zbek sovetlarining birinchi qurultoyi ochildi. Qurultoy «O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi to’g’risidagi Deklaratsiya»ni qabul qildi. Qurultoyda davlat hokimiyati oliy organlari tuzilganligi rasmiy-lashtirildi. O’zbekiston SSR Sovetlari Markaziy ljroiya Qo’mitasi Raisi lavozimiga farg’onalik dehqon, «Qo’shchi» uyushmasi rahbarlaridan biri Yo’ldosh Oxunboboyev saylandi. O’zbekiston SSR hukumati — Xalq Komissarlari Kengashi Raisi lavozimiga Fayzulla Xo’jayev tasdiqlandi. Milliy chegaralanish davrida O’rta Osiyoda faoliyat ko’rsatib kelgan partiya, komsomol va xo’jalik tashkilotlarida ham bir qator tashkiliy o’zgarish-lar amalga oshirildi. Turkiston, Buxoro va Xorazm Kommunistik partiyalari, komsomol va xo’jalik tashki-iotlari, kasaba uyushmalari qayta tashkil etildi O’zbekiston Kompartiyasining 1925-yil 6—12-fevral kunlari Buxoroda bo’lib o’tgan 1-ta'sis s'ezdida o’zbe-kiston Kommunistik (bolsheviklar) partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi. Uning Markaziy Qo’mitasi say-landi. V. I. Ivanov va Akmal Ikromov (1927-yildan birinchi kotib) Markaziy Qo’mitaning mas'ul kotiblari etib saylandilar. Shu yili O’zbekiston komsomoli (o’z LKSM), respublika kasaba uyushmalari, uning rahbar organlari ham tuzildi. Ular respublikada Markaz va sovet hokimiyatining tayanch organlari bo’lib qoldilar. Sovet hukumati O’zbekistonda o’zining rasmiy par-tiya, sovet, komsomol va xo’jalik tashkilotlarini tuzib, asta-sekin siyosiy va iqtisodiy tayanchini mustahkamlab bordi. Bu esa unga O’zbekistonda keng miqyosda bol-shevistik siyosat yuritish imkoniyatini berdi. Shu tariqa sovetlar butun choralar bilan O’zbekistonda o’z nokimiyatini mustahkamlashda davom etdi. 1925-yil may oyida O’zbekiston SSSR tarkibiga kiri-tjldi. SSSR Konstitutsiyasi, uning asosiy qonun-qoidalari O’zbekiston SSR hududida bevosita ishlaydigan bo’ldi. 1927-yilda qabul qilingan O’zbekiston SSRning birinchi va 1937-yilda qabul qilingan ikkinchi Konstitutsiyasi ham amalda SSSR Konstitutsiyasining ko’chirma nus-xasi edi. Chunki O’zbekiston qog’ozdagi «suveren» respublika bo’lib, amalda Markazga tobe va qaram bir o’lka edi, xolos. U o’z xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani Ittifoq hukumatidan xoli ravishda mustaqil hal eta olmasdi. Bunga uning haddi sig’masdi. Binobarin, respublikaning ichki va tashqi siyosatiga daxldor barcha masalalar faqat hukmron Markaz xohish-irodasi bilan-gina hal etilardi. Hatto O’zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishiga oid masalalar ham ittifoq hukumati tasarrufida edi. Masalan, O’zbekiston xalqi, uning huku-mati roziligini so’ramasdan 1929-yilda Tojikiston ASSR O’zbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi hamda SSSRga qabul qilindi. Shunday qilib, qog’ozda suveren respublika sifatida shakllantirilib, hukmron sovet imperiyasi tarkibiga kiri-tilgan O’zbekiston SSR amalda Markazga to’la bo’ysunuvchi, arzon xom ashyo mahsulotlari yetkazib beruvchi bir chekka o’lka bo’lib qolaverdi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling