I-kurs 1-mavzu: turkistonda


-Mavzu:TURKISTONDA SOVETLAR BOShQARUVI


Download 0.79 Mb.
bet3/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

3-Mavzu:TURKISTONDA SOVETLAR BOShQARUVI TIZIMINING MUSTAHKAMLANISHI


Sovet hokimiyati mutasaddilari qanday qilib bo’lmasin Turkistonda chuqur ildiz otish,
mahalliy xalqlarni o’z izmilariga bo’ysundirish, asta-sekin ularning ishonchini qozonib, sovet qujilishi jarayoniga faol jalb qilish sari astoydil kirishdilajd Ular kelgusida mahalliy vatanparvar kuchlarning TurKiston Muxtoriyatiga o’xshagan xalq hokimiyati boshqaruvini yangidan qayta tiklashiga izn bermaslik uchun sovet hokimiyatchiligiga milliy, mahalliy shakl-shamoyil berishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar. Bunga eri-shish uchun barcha usullaru, ta'sir ko’rsatish vositalari ishga solindi. Sovet hokimiyati, Turkistonda sovet avtonom respublikasini tuzish tashabbusiyu, uni bevosita tashkil qilish ishlari bilan shug’ullandi. Jumladan, sovet hukumatining favqulodda komissari P. A. Kobozev, RSFSR millatlar ishi komissarligi xodimlari X. Ibragimov, A. Sh. Klevleev singarilar bu ishda bosh-qosh bo’ldilar. Ular Markaz elchilari sifatida mahalliy sovet rahbarlari bilan yaqin hamkorlikda yerli aholi O’rtasida zo’r berib sovet hokimiyatini qo’liab-quvvatlash, uning milliy siyosatini izchil amalga oshirishga da'vat etib faol tusljuntirishlar olib bordilar.
Turkistonda sovet avtonomiyasi (muxtoriyati)ni ras-miy tashkil qilish masalasi 1918-yilning 20-aprelidan 1-mayigacha Toshkentda ho’lib o’tgan o’lka sovetlarining V s'ezdida ko’rib chiqildi. Bolsheviklar fraksiyasi taklifi asosida s'ezd qabul qilgan «Turkiston sovet respublikasi to’g’risida qoidalar»da Turkistonning RSFSR tarkibiga kiruvchi avtonom sovet respubhkasi ekanligi e'lon qilin-di.]Turkiston avtonom respublikasining hududiy chega-falari belgilandi. Uning oliy qonun chiqaruvchi organi sifatida ishchi, askar, deliqon va musulmon-dehqonlar sovetlari s'ezdi, doimiy faoliyat vurituvchi ohy qonun chiqaruvchi organi qilib esa Markaziy Ijroiya Qo’mita belgilandi. [Shunday qilib, Turkiston avtonom sovet respublikasi tuzilib, uning maqsad, vazifalari rasmiy hujjatlarda bel-gilangan bo’lsada, biroq amalda u mahalliy xalqlarning haqiqiy manfaatlariga emas, asosan hukmron tuzum va uning o’lkadagi ta'sirini kuchaytirishga xizmat qilardi.. Negaki, bu muxtoriyat hukumati yerli aholining milliy qiziqishlari, haq-huquqiarini himoya qilishdan ko’ra sovet hokimiyatining ildizini mustahkamlashni, Turkistonda sovetlar hukmronligi ta'sirini kuchaytirishni ko’zda tutardi. Shuning uchun ham chuqur sinfiylik tamoyillariga asoslangan o’ziga xos davlat boshqaruvida hokimiyat funksiyalari butunlay sovetlar va ularning organlari ixtiyoriga berib qo’yilgan edi. Aslida bular tar-kibi asosan yevropalik miliatlar vakillaridan tashkil top-gan ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlari bo’Iib, musulmon-dehqon deputatlari sovetlari esa ularga bo’ysunuvchi maqomda e'tirof etilgan edi.
|Markaziy hokimiyat Turkiston avtonom respublikasi jilovini to’lig’icha qo’lga olish uchun o’lkadagi mavjud bolshevistik tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida yagona kommunistik partiya tuzishga kirishdi. Markaz ko’rsatmasi bilan bu borada ham 1918-yilning birinchi yarmi davomida qizg’in ishlar olib borildXiSafida 2 ming nafar a'zosi bo’lgan o’lka bolshevildari (kommunist-lari)ning£l918-yil iyunida/bo’lib o’tgan 1 s'ezdida (unda ishtirok etgan 46 delegat icivida atigi 6 nafari mahalliy millatlar vakillari bo’Jgan)[Turkiston Kompartiyali tuzil-ganjigi e'lon qilinadi.
Turkiston avtonom sovet davlatchiligini huquqiy jihatdan shakllantirish masalasida asosiy rol Moskva va uning bolshevik yo’lboshchilari qo’Iida bo’ldi.1 Xususan, ularning ko’rsatmalari asosida o’lkaning "davlatchilik maqomi _sia konstitutsiyaviy negizlari belgilandi. JurnladanjTurkiston ASSRning konstitutsiyaviy tuzilishi va huquqiy maqomini shakllantirish uchun RSFSRning 1918 yilda qabul qilingan birinchi Konstitutsiyasi to’la asos qilib olindijo’lka xalqlari hayotjga oid bu «muhim masalalar»ni Tial etish uchun U918-yil oktabrida Turkiston o’lka sovetlarining V s'ezdi chaqirildy Mazkur s'ezd Rossiya Federatsiyasining muhim hujjatlariga, xususan, uning Konstitutsiyasiga asoslanib, Turkiston avtonom respublikasining Konstitutsiyasini qabul qildi. U Turkistonni Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasining ajralmas, tarkibiy qismi bo’lib qolishi-ni, o’lka xalqlarining barcha hayotiy masalalari uning mas'ulligida ekanligini qonunlashtirdi. Binobarin, o’lka-ning moliyaviy, mudofaa, tashqi siyosat aloqalari, temir yo’llar, savdo, moliya va shu singari muhim hayotiy sohalari RSFSR hukumati tasarrufida bo’lishi s'ezd huj-jatlarida o’z ifodasini topdi. S'ezd tasdiqlagan Turkiston avtonom respublikasi oliy hokimiyati — Turkiston MIQ tarkibiga mahalliy millat nomzodlari ham jami 75 kishi-dan 20 nafari) kiritildi.
. 1919-yil mart oyi bosh-lariga kelib, o’lka bolsheviklari siquvi ostida eserlar vakillarining mahalliy sovet hukumati tarkibidan mahrum etilganligi buning aniq-ravshan isboti ho’ldi / Buning ustiga sovet hokimiyatiga xavf solayotgan turli xil «aksil-inqilobiy» dushman kuchlar, oqimlar, yot unsurlarga qarshi kurash olib borish maqsadida Favqulodda organlar (ChK) yoxud Kambag’allar qo’mitasi singari tashkilotlarning tuzilishi ham bu jara-yonga o’z salbiy ta'sirini ko’rsatmasdan qolmasdi. Chunki katta, cheklanmagan vakolatlarga ega bo’lgan bunday organlar o’z tezkor faoliyatini yuritish, keskin jazo choralarini qo’llashda sovet hokimiyati nomidan ish ko’rar, kerak bo’lsa hokimiyat organlari—sovetlarning ko’plab funksiyalari, vazifalarini ham birga qo’shib bajarardilar. Bu esa, tabiiyki, joylarda mahalliy ishchi, dehqon va askar deputatlari sovetlarining noroziligiga sabab bo’lardi. 1919-yiI bahoriga kelib o’lkaning Andijon, Namangan, Marg’ilon singari hududlarida ko’p sonli musulmon mehnatkashlari sovetlari o’rniga joylar-da davlat hokimiyatining favqulodda organlari sifatida muvaqqat inqilobiy qo’mitalar tashkil etilib faoliyat yuritdilar. 1919-yil O’rtalariga kelganda bunday favqulodda ish yurituvchi organlar Turkistonning ko’plab shahar va qishloq joylarida ham tashkil topib bordi.
Turkiston muxtor respublikasining yangi rahbarlari 1919-yil yanvar isyoni saboqlaridan zarur xulosa chiqaribj mahalliy millat ziyolilari va kommunistlari vakillafini ham birin-ketin sovet organlari faoliyatiga tortish hamda ularning o’z mahalliy tashkilotlarini tashkil qilishlariga yo’l berishga majbur bo’ldilar.jl919-yil martida Turor Risqulov (1894—1938) raisligida o’lka musulmon kommunistlari byurosi (o’lka Musbyurosi) tashkil etildigpning organi — «Ishtirokiyun» gazetasi tez orada nasKPetila boshlandii o’zbek tilida chiqadigan boshqa vaqth matbuot nashrlari soni ham ortib bordi. Mahalhy xalq orasida katta obro’ va nufuz qozongan, ko’p yillik inqilobiy kurash tajribasiga ega bo’lgan T. Risqulov, N. To’raqulov, N. Xo’jayev, A. Rahimboyev, Q. Otaboyev, STursunxo’jayev, S. Segizboyev, O. Bobojonov, A. Ikromov singari mahalliy kommunistlar, yurt rahnamolari partiya va sovet boshqaruvi ishlariga asta-sekin jalb qilib borildi. Ularning ko’plari qanday rahbariy lavozimlarda va murakkab sharoitlarda ish yuritmasinlar, o’z imkoniyatlari darajasida o’z xalqi, millati manfaatlarini ko’zlab, -uning orzu, armonlarini jao’yobga chiqarish uchun doimiy kurashdilar. Masalan, |Turor Risqulov 1920-yil yanvaridan to o’sha yilning iyuliga qadar Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo’mitasi raisi lavozimida ishlagan davrida furkiston xalqlarining chinakam milliy manfaatlari, ulaming tub qiziqishlari, o’ziga xoslik jihatlariga to’la-to’kis javob berolmaydigan, faqat umumiy hududiy, sinfiy manfaat-lardan nari o’tmaydigan avtonom respublika o’rniga «Turk respublikasi» tuzumi g’oyasini amalga oshirish uchun sobitqadamlik bilan kurashdi
Shuning uchun ham Turkistonda o’rnatilgan sovet hokimiyati va uning barcha vakolatli organlari zimmasiga qanday qilib bo’lmasin, bu «tarixiy missiya»ni hayotga izchil tatbiq etish vazifasi yuklangan edi. Turkistonda bunga yetarh shart-sharoit bormi yoki yo’qmi, uning yerli xalqlarining xohish-irodasi, istak intilishi qanday—bular aslo hisobga olinmagan edi. ("Buning ustiga 1917—1918-yillarga kelib o’lkadagi ijti-moiy-iqtisodiy ahvol shu qadar og’irlashib, murakkab tus olib borayotgan ediki, bundan ayniqsa mahalliy aholi benihoya aziyat chekayotgandil Xususan, Birinchi jahon urushining mislsiz og’ir asoratlari, sovet hokimiyatini o’rnatish chog’ida xalqqa qilingan zulm va bedodliklar o’lka hayotini chuqur tanglik va tanazzullikka duchor etgandi. o’lka sanoat ishlab chiqarishining izdan chiqishi, transport taqchilligi, ekin maydonlarining payxon bo’lishi, paxta yetishtirishning qisqarishi iqti-sodiy sohani rasmanasiga halokat yoqasiga olib borib qo’yayozgandi.
Shuningdek, yer to’g’risidagi dekret asosida yer mulklarini musodara qilish va so’ngra milliylashtirish jarayonining o’tkazilishi ham joylarda keskin norozilik-larning kelib chiqishiga bois bo’ldi. Asrlar davomida xususiy tarzda xo’jalik yuritib kelgan mahalliy aholi sovetlarning bu tadbirlarini xayrixohlik bilan qabul qila olmadi. Ayniqsa sovet hokimiyatiga qarshi Turkistonda boshlanib ketgan qurolli harakatning kuchayishi o’lka bolsheviklari hokimiyatini tang ahvolga solib qo’ydi.
Markaz hukumati ishlab chiqqan hamda tarixga «harbiy kommunizm» nomi bilan kirgan siyqsatni Turkistonda keng ko’lamda qo’llashga kirishildij. Bu siyosatning asosiy yo’nalishi hamma narsani, har qan-day kattayu kichik mulklar va korxonalarni, ishlab chiqarish tarmoqlarini umumlashtirish, xalq xo’jaligini boshqarishni esa qattiq markazlashtirgan holda tashkil etishdan iborat edi. Aslida bu siyosat ocharchilik azo-bidan qiynalayotgan aholini emas, balki «sotsialistik inqilob* va yangi tuzumni frontlarda himoya qilayotgan qizil askarlarni va shunrngdek sovet hokimiyatining asosiy ijtimoiy tayanchi bo’lib qolgan ishchilar sinfini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashni maqsad qilib qo’ygan edi.
Bolsheviklarning «harbiy kommunizm» siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida umumiy mehnat majburiyatining joriy etilishi ham o’lka xalqlari uchun kutilmagan favqulodda hodisa bo’ldi. Shu asosda 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan erkak va ayollarning majburiy mehnat jarayoniga jalb qilinishi shu davrga qadar ijtimoiy soha yuzini ko’rmagan mahalliy millat xotin-qizlari uchun ham to’la taalluqli edi. Shu boisdan bu tadbir keng aholi ijtimoiy qatlamlarining keskin noroziligi va nafratining kuchayishiga sabab bo’ldi. Biroq sovet hokimiyati bu siyosat izmidan chekinmay, omma noroziligini pisand etmay, qafiyat bilan o’z g’arazli maqsadlarini amalga oshirishda davom etdi. U umumiy mehnat majburiyatini asos qihb, qanchalab ishchi kuch-larini bir hududdan boshqa hududlarga ko’chirdi, ko’plab oilalarni bir-biridau-judo qildi, ularni og’ir mod-diy sharoitga duchor etdi^ Mahalliy taniqli rahbarlardan Nazir To’raqulov o’zining 1921-yilda so’zlagan ma'ruzalaridan birida sovetlarning bu siyosatining asl mohiyatini shunday ta'riflab bergandi: «Mehnat safar-barligini shunday o’tkazishdiki, mehnatga yaroqh shahar aholisining yarmi... qishloqlarga qochib ketdi... Ahvol shu darajaga yetdiki, mehnat safarbarligi uchun zarur miqdorda odam to’plash uchun masjidlarda va boshqa joylarda odamlar qurshab, tutib olindi»T Bu fikrlarga hech bir izohning hojati bo’lmasa kerak.
Shunday qilib, sovetlarning Turkistonda yuritgan qat-tiqqo’l iqtisodiy siyosati o’lka hayotini izdan chiqarib, millionlab shahar va qishloq anlining an'anaviy turmush tarzi negizlarini qaqshatib, uni mislsiz moddiy qiyinchi-liklarga mahkum etdi. Buning orqasida mahalliy aholi O’rtasida sovet tuzumi va uning zo’ravonlik siyosatiga qarshi jiddiy norozilik, darg’azablik holatlari to’xtovsiz kuchayib bordi.
Har qanday ijtimoiy tuzum maktab-maonf, llm-fan va shu kabi muhimsoha vazifalarini hal etmasdan istiqbol sari ko’z tikolmasligi ayondirJShu bois sovet hokimiyati mutasaddilari ham bu masalalarga ahamiyat berar ekan-lar, avvalo, ularni o’z sinfiy manfaatlaridan kelib chiqib hal etishga intildilar. tXyniqsa yangi tuzum xalq taTimi tizimini o’z sotsialistik maqsad va g’oyalari ruhida shakl-lantirishga alohida urg’u berdi. 1918-yil noyabrida Turkiston sovet hukumatining cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to’g’risidagi dekreti chiq-diAUnga ko’ra o’lkadagi mavjud xususiy, eski diniy maktablar faoliyati taqiqlanmagan bo’lsada, biroq yangi sovet maktablarini tashkil qilish, ularni ko’paytira va kengayti-ra borish, ta'limning sinfiy mohiyatiga e'tibor tobora ustuvor ahamiyat kasb etib bordi.jjVlaktab ikki pog’onaga bo’lindi: 1-pog’ona bilim yurtlari dastlabki ueh sinfni o’z ichiga olardi va 2-pog’ona yana 4 sinfdan iborat edij O’rta maktab ham mavjud bo’lib, keyingi uch sinfni o z ichiga olardi. Biroq bunday maktablar juda oz edi. Ko’proq 1-pog’ona maktablari eng ko’p tashkil etilgan edi.
Shu bilan birlikda maktablarning moddiy bazasi nochor ahvolda bo’lgan. Biarda o’quv quroilari, das-turlar, qo’llanmalar va darsliklar, yetuk bilimli o’qituvchi kadrlar yetishmasdi. Turkiston xalq ta'limi bo’limi mudirlarining 1920-yil mayida bo’lib o’tgan 1-qurultoyi-da ham bular aniq e'tirof etilgandLjHokimiyat mutasad-dilarining o’qituvchilarni turli yumushlarga, jumladan, harbiy harakatlarga tez-tez safarbar etishi ham ular sonining kamayib borishiga sabab bo’layotgandi. Buning orqasida ko’plab maktablarda o’qituvchilar tarkibi 75% va undan ham ko’proqqa qisqarib ketdi. Buning ustiga jiddiy moddiy ta'minotning yo’qligidan xo’jako’rsinga tashkil etilgan maktablar mahalliy bolalarni o’z bag’riga jalb qila olmadi. Masalan, o’lka bo’yicha maktab yoshidagi bolalarning 70% dan ko’pi maktabga tortilmay qoldi. Hatto poytaxt Toshkentda, uning eski shahar qis-mida maktab yoshidagi 40 ming boladan faqat 10 ming nafari, ya'ni 25% i o’qirdi, xolos.
Shunga qaramay,fmillatimiz fidoyilari xalq taTimi tizimini yaxshilash, rnahalliy aholi farzandlarini yangi sovet maktablariga ko’proq jalb qilish, ularga puxta bilim va tarbiya berish borasida astoydil faoliyat ko’rsatdilar. Bu o’rinda 0. Sharafiddfnov, J. Odilov, T. Sher-muhammedov, S. Sodiqov, KDadamuhammedov, Qori Niyoziy singari taniqli xalq ta'limi namoyandalari nom-larini tilga olib o’tish joizdir.|
Bu davrda Turkistonda oliy taTim tizimini tashkil etish ham g’oyatda muhim ahamiyat kasb etardi. Ko’plab Vatan fidoyilari sovet hokimiyati organlari bilan murosayu madoraga borib bo’lsa ham yurt kelajagi, istiqbolini o’ylab, bu hududda oliy. o’quv yurtini yuzaga keltirishga bel bog’ladilar. }1918-yil 21-aprelda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq universiteti bu harakatlarning natijasi bo’ldi. Universitet tarkibida tabi-iy-matematika, tarix-filologiya, qishloq xo’jaligi va texnika fakultetlari mavjud edi. 1920-yilga kelib unda ta'lim oluvchilarning 60 % ini mahalliy yoshlar tashkil etardi. Universitetning taTim-tarbiya jarayonida Munavvar Qori, Ahmad Fayziy, Burhon Habib, Ibrohim Tohiriy, Usmon Xo’jayev, Hodi Fayziy singari yurt allo-malari fidoyilik ko’rsatdilari.Milliy vatanparvar ziyolilar bolshevistik g’oya va mafkuraning har qanday tazyiqi va to’sqinligiga qara-may, o’z asarlarida xalq dili, ruhiyati, kayfiyati va uning intilishlarini ifoda etdilar. Cho’Ipon, Fitrat, Tavallo, Karimbek Kamiy, M. Siddiqiy ijodiyotida buni yaqqol kuzatish mumkin. Shuningdek, 1919-yilda Fitrat tomonidan tuzilgan «Chig'atoy gurungi» tashkiloti va uning tevaragiga uyushgan ilg’or ziyolilar ham milliy bir-lik va mustaqillik g’oyasiga sodiq bo’lgan holda qizg’in faoliyat yuritdilarj o’zbek ziyolilari va ijodkorlari qiyin va murakkab sMaroitlarda ham o’z ijodlariga yo’l topib, xalqchil asarlar yaratib, yorqin iste'dodlarini namoyon etib bordilar. Mashhur shoir va dramaturg Hamza Hakimzodaning 1918-yilda Farg’onada tuzgan «o’lia musulmon siyosiy drama truppasi», atoqli aktyor va rejissyor Mannon Uyg’urning Toshkentda tashkil qilgan «Turon» truppasi kurtak yozib borayotgan o’zbek milliy san'atining ilk namunalari bo’ldi. Xususan, bu trup-palarga uyushgan Muhiddin Qori Yoqubov, Hoji Siddiq Islomov, Tamaraxonim, Abror Hidoyatov, Obid Jalilov, Sayfi Olimov va boshqalar keyinchalik milliy teatr san'a-timizning yetuk darg’alari bo’lib yetishdilar.
Shunday qilib, sovetlar hokimiyatining Turkistonda p'z hukmronligini kuchaytirish, o’lka hayotining barcha sohalarini o’z izmiga bo’ysundirish yo’lida yuritgan qat-tiqqo’l siyosati, ko’rgan murosasiz chora-tadbirlariga qaramay, yurtning dovyurak, o’z istiqloli va kelajagiga ishongan iste'dodli odamlari o’z millatini ma'nan va ruhan ko’tarib, madaniy va ma'naviy sohalarda ham muayyan o’zgarishlarni amalga oshirib bordilar.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling