I-kurs 1-mavzu: turkistonda


-Mavzu:TURKISTONDA SOVET HOKIMIYATIGA


Download 0.79 Mb.
bet4/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

4-Mavzu:TURKISTONDA SOVET HOKIMIYATIGA
QARSHI HARAKAT
O’z safiga erk va hurlikka tashna, vatan mustaqilligi yo’liga jonini tikkan millionlab yurt fidoyi-larini birlashtirgan bu" qudratli harakatning mazmun-mohiyatini kelgindi, qizil sovet mustamlakachilari mut^ tasil buzib, noto’g’ri talqin qilib, soxtalashtirib keldilar^ Uni sho’rolar terminida «bosmachilik harakati», «aI5sS!__ inqilobiy kuchlar bosqini», «bir to’da yurt buzg’unchilari harakati» va shu singari nomlarda «ta'riflab», «tavsiflab» kelish sovet tarixshunosligida o’ziga xos odatiy tusga kir-gandijfferoq xalqimizda «oyni etak bilan yopib bo’lmay-di» deyilganidek, ajdodlarimizning elu yurt erki, ozodh-gi uchun olib borgan bu mardona kurashi to’g’risidagi tarixiy haqiqat milliy istiqlol sharofati bilan to’liq tik-lanib, o’z haqqoniy, xolis bahosini topdi. Bu harakat sovetlar mafkurasi to’qib chiqargan shunchaki «bosmachilik» harakati emas, balki sovet hokimiyatining g’ayri tabiiy siyosati va zo’ravonlikka aspslangan amali-yotga qarshilik ko’rsatish harakatidir .Bu harakat mohiyatiga shu nuqtai nazardan yon-dashar ekanmiz, uhi bir qator muhim sabablar keltirib chiqarganligiga amin bo’lamiz: Birinchidan, xalqimiz 1917-yilda sodir etilgan fevral va oktabr o’zgarishlariga katta umidvorlik bilan ko’z tikkandilar. Ular ilg’or jadid-chilik harakati rahnamoligida Rossiyada rivojlanib borayotgan demokratik harakatlardan foydalanib, erk, ozodlikni qo’lga kiritmoqchi, o’lka xalqlarini mustaqil-likka olib chiqmoqchi bo’lgandilar. Biroq sovet hoki-miyati o’rnatilgach, mahailiy xalqlarni sariq chaqaga arzitmasdan, ularni siyosiy faoliyatdan oshkora chetlatib zo’ravonlikni avjga mindirish yaqqol ko’zga tashlandi. Ikkinchidan, mahalliy xalqqa butunlay yot kommunistik mafkurani bayroq qilib olgan sovet zulmkorlari aholining milliy qadriyatlari, udumlari, diniy e'tiqodini tahqirlash, kamsitish, masjid, madrasalar, ziyoratgoh joylarni oyoq-osti qilish, noyob ma'naviy bisotlarni talash, dindorlarni ta'qibu quvg’in ostiga olish kabi nomaqbul ishlar bilan shug’ullandilar. Uchinchidan, o’lka xalqlarining xohish-irodasi ifodasi sifatida vujudga kelib, ularning milliy manfaatlari yo’hda ilk qadamlar qo’yib borayotgan Turkiston Muxtoriyatining qonga belanishi, yurt farzandlarining qirg’in qilinishi, Qo’qon shahri va uning atrofidagi qishloqlar begunoh aholisining ayovsiz talon-toroj qilinishi va fojeaga giriftor etilishi mahalliy xalq sabr-kosasini limmo-hm etib yuborgan edi
Bu harakatga xalq e'am-alamiga hamdard va sherik bo’lgan Kichik va [Katta Ergashlar, Madaminbek, Shermuhammadbek, Xolxo’ja Eshon, Omon Poivon, Rahmonqul, To’ychi, Aliyor qo’rboshilar yetakchilik qildilar. 1918-yil bahori-dan vodiyning turli joylarida 40 dan ziyod qo’rboshi dastalari faoliyat ko’rsata boshladij Jumladan, Madaminbek Skobelev (Farg’ona) uezdida, Sher-muhammadbek Marg’ilon atroflarida, Omon Polvon, Rahmonqul Namangan uezdida, Parpi qo’rboshi Andijon atrofida, Kichik va Katta Ergashlar Qo’qon atrofida, Jonibek qozi o’zgan tomonda, Muhiddinbek Novqatda harakat qilmoqda edilar.f Kichik Ergash qizil-lar qo’shini bilan bo’lgan jangu jadalda halok bo’lganidan so’ng (1918-yil fevral) Qo’qon uezdi tevaragidagi harakatga Katta (mulla) Ergash boshchilik qila boshladij U o’zining faol harakati bilan tez orada butun vodiydagi ozodlik kurashining tanilgan yetakchisi-ga aylandi. 1918-yil kuziga kelib uning qo’l ostida har birida 20 tadan 1800 nafargacha yigiti bo’lgan 70 ta qo’rboshi dastalari harakat qilayotgandi. Ulardagi jangchilarning umumiy soni 15 mingga, ba'zi malumot-larga ko’ra 20 mingdan to 24 mingtaga yetardi. Xuddi shu davrda Madaminbekning 5 ming, Shermuhammad-bekning 6 ming, Xolxo’janing 3 mingdan ziyod, Parpi qo’rboshining 3,6 ming, Jonibekning 5,7 ming, Muhid-dinbekning 4,5 ming jangovar yigitlari ozodlik kurashiga otlangan edilar. Bu raqamlar sovet hokimiyatiga qarshi kurashning ommaviy tus olib borayotganidan dalolat beradi.! Bu harakatlarni birlashtirish, muvofiqlashtirish zarur edkjShu bois bu jangu jadal davrlarda qo’rboshi-larning bir necha bor qurultoylari chaqirilib, ularda muhim hayotiy masalalar hal etilgani bejiz emasdir. TOastlabki shunday qurultoy 1918-yil martida Qo’qon uezdining Bachqir qishlog’ida o’tkazildi. Unda Katta Ergash butun FargJqna vodiysidagi harakatining rahbari etib saylandi. Unga musulmon qo’shinlarining bosh qo’mondoni — «Amir al-Muslimin» unvoni beriladi. Madaminbek va Shermuhammadbek esa uning o’rin-bosarlari etib saylanadilarjBiroq bu harakat ko’lamining o’sib, kengayib borishi, uning saflariga yangi ijtimoiy qatlamlar, tabaqalar vakillarining qo’shilishi, tabiiy suratda uning oldiga ulkan mas'ul vazifalarni, yangi muammolarni keltirib chiqara bordi. Ularni hal etish esa kurash rahnamolaridan katta matonat, kuchli iroda, yuksak harbiy mahorat, tashkilotchilik qobiliyati va uzoqni ko’ra bilishlik salohiyatini namoyon qilishni taqozo etardi.
Darhaqiqat, qarshilik ko’rsatish harakatining ijtimoiy tarkibini kuzatarkanmiz, bunda aholining sovet tuzumi-dan norozi bo’lgan, turli-tuman ijtimoiy qatlamlari, chunonchi, dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, batrak-lar, mardikorlar, ziyolilar, dindorlar, ruhoniylar, mahal-liy boylar, amaldorlar u yoki bu darajada faol ishtirok etganligi ayon bo’ladi.
Xususan, sovet hokimiyati organlarining mahalliy aholiga nisbatan yuritgan o’ta millatchilik, shovinistik va bosqinchilik siyosati uni oqibatda bu tuzum dushmaniga aylantirdi va o’z erki, huquqi, ozodligini himoya qilib kurashga chorladi. Farg’ona fronti qo’mondoni M. Frunze ham: «...Bu yerdagi sovet hokimiyati ilk tuzilish davrida rus va yerli ishchi, dehqon ommalarini o’ziga tortish o’rniga mehnatkash xalqni o’zidan uzoqlashtirish uchun qoiidan kelgancha harakat qildi. Ishlab chiqa-rishning natsionalizatsiya qilinishida faqat burjuaziya-ning mulki emas, balki O’rta hol dehqonlarniki ham tor-tib olindi... Bu yerda harakat qilgan qizil askar qismlari, inqilobni himoya qilgan ba'zi rahbarlar yerli mehnatkash xalqning tub manfaatlari bilan hisoblashmadi, uning arzu-dodiga quloq solmadi. Bosmachilik harakati shu asosda vujudga keldi. Bosmachilik — oddiy qaroqchilar emas. Shunda ularni tez yo’q qilish mumkin bo’lardi», deb e'tirof qilgan edi.
TASSR XKK raisi Q. Otaboyev 1922-yil iyulida Turkiston MIK 4-plenumida so’zlagan nutqida bu harakatni xalq qo’zg’oloni sifatida baholagan edi: «Biz 4 yil davomida bu harakatga hatto to’g’ri baho berishni ham bihnadik, u xalq qo’zg’oloni boigani holda bosmachilik deb atadik. Bosmachilik mohiyatan talon-chilik degan ma'noni anglatadi, bizning ushbu harakat-ga bergan noto’g’ri ta'rifimiz masalani hal etishda noto’g’ri yondashuvlarga olib keldi. Va alaloqibat 4 yil davomida biz bu harakatning biron-bir jihatini tugata olmadik».
1919-yil oktabr oyi oxirlarida Andijonga yaqin Oyimqishloqda to’plangan vodiy qo’rboshilarining qurultoyida vodiyda harakat qilayotgan 150 taga yaqin jangovor qismlarni o’z ta'sirida ushlab turgan 4 yirik lashkarboshi: Madaminbek, Katta Ergash, Shermuhammadbek, Xolxo’ja eshon qo’mondonliklarini birlashtirishga kelishildi. Qurultoyda islom qo’shinlari-ning bosh qo’mondoni — «Amir al-muslimin» etib Madaminbek saylandi
1920-yil boshlarida sovet qo’shiniari Katta Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek va Xolxo’ja kuchlari-ga sezilarli zarbalar berdilar. Jumladan, 1920-yil yan-varida qizillar Katta Ergash kuchlariga zarba berib, uning tayanch markazi Bachqirni egalladi. Xuddi shu vaqtda sovet qo’shini Monstrovning dehqonlar armiyasini tor-mor etib, Gulcha qafasini ishg’ol etdi. Monstrovning o’zi asir olindi. Shuningdek, fevralda Garbuva— Qoratepa—Shahrixon yo’nalishida qizil qo’shinlar Shermuhammadbek lashkariga kuchli zarba berdi. Buning natijasida Shermuhammadbek yengilib, Oloy vodiysi tomon chekindi.
Ayyor sovet hukumati taklifiga ko’ra Madaminbek 1920-yil martida sovet qo’mondonligi bilan muzokara olib bordi va sulh tuzildi. Bu sulh shartlariga asosan Madaminbek o’z harakatlarini to’xtatdi, uning 1200 nafardan ziyod askar yigitlarining daxlsizligi, o’z qurol-yaroqlariga ega bo’lishi, kerak bo’lganda ularning vodiy-da tinchlik, barqarorlik o’rnatishda o’z rahnamosi yetakchiligida faol ishtirok etishi ta'kidlangan edi. Madaminbek o’zining boshqa safdoshlariga ham sovetlar bilan muzokaralar olib borib, shunday yo’l tutishni maslahat beradi.
Garchand Farg’onada sovetlarga qarshi kurash bun-dan keyin ham yangi-yangi kuchlar bilan qo’shilishib turli tarzda davom etsada, biroq u avvalgidek keng qam-rovli jangovar, hujumkor yo’nalish kasb etolmadi. 1920—1923 yillar davomida vodiy hududlari bo’ylab olib borilgan kurashlarga aka-uka Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek, ulardan so’ng Islom Polvon va Rahmonqullar yetakchilik qildilar. Ularning har birining jasorati, haq va ozodlik yo’lidagi fidoyiligi xalq xotirasi-da muhxlanib qoldi.
Vodiyda yoqilgan soveflarga qarshi harakat mash'alasi keyinchalik Turkistonning boshqa hududlari-ga ham yoyildi. Sovet hokimiyatining zulmi va zo’ravon-ligiga qarshi kurash Buxoro va Xorazmda, Samarqand viloyatida ham aks-sado berdi. Vatan mehri, ona zamin sadoqatini jismi-diliga jo etgan, uning erki, ozodligini har narsadan muqaddas bilgan ming-minglab yurtdosh ajdodlarimiz hukmron tuzum bedodligi va jabr-sitamiga qarshi ko’tarildilar. Ular yana o’n yillar davomida g’addor rejim kuchlari bilan tengsiz janglarda qatnashib, behisob mahrumliklarga duch kelishlariga qaramay o’z g’oyalariga sodiq qoldilar.
Shermuhammadbek tilidan aytilgan: «Turkiston—tur-kistonliklar vatanidir, undan boshqa hech kim uning ustidan hukmronlik qilishga haqli emas!» degan jangovar shior uning ming-minglab quroldosh yigitlari uchun harakat dasturi rolini o’taganligi shubhasiz.
Lekin bu kurash nechog’lik shiddatli kechmasin u o’z nihoyasiga yetolmadi. Bunga esa ko’plab jiddiy salbiy holatlar va omillar ta'sir etganligi aniqdir. Eng asosiy sabablardan biri— harakat etakchiligining aholi bursh tabaqalarini ulug’vor maqsadlar yo’lida jipslashtirishga qodir bo’lgan yagona milliy g’oyaga ega emasligidir. Qo’rboshilar siyosiy kurashda toblangan ilg’or jadid namoyandalarini ham o’zlaridan chetlashtirgan edilar. Zero, ular qanchalik olijanob maqsadlar, jangovar shior-lar ostida jon fido etmasinlar, biroq ularning harakati yagona kurash dasturi asosida tashkil etilmagan edi. Harakat etakchilari saflarida chinakam uyushqoqlikning yetishmasligi, joylarda harakat qilgan kuchlar o’zlarining tor hududiy chegaralari bilan o’ralashib qolganligi, ayrim qo’rboshilarning o’z nafsoniyatlariga berilishi, dunyo-qarashi torligi, cheklanganligi, manmanlik kasaliga chalinganligi, bir-birlari bilan kelisholmasligi, o’zboshimcha xatti-harakatlarga intilishi kabi hollar oxir-oqibatda bu kurashning borishiga jiddiy monelik qildi. Buni butun vodiy bo’ylab harakat qilgan uchta yi-rik yetakchi: Madaminbek, Shermuhammadbek va Katta Ergash boshchiligidagi xalq lashkarlarining to’liq birlasha olmaganligi fakti ham isbot etadi. Negaki, bu xalq dardi, g’ami va tashvishlarini chuqur tushungan rahnamolari o’ta zaruriyat taqozo etgan kezlarda o’zaro ketishmovcniliklarni bir chetga surib, bir-birlari bilan umumiy til topa .olmadilar. Goho Madaminbek bilan katta Ergash yoxud Madaminbek bilan Xolxo’ja Eshon O’rtasidagi nizo va ixtilofiar oqibatda ularning har birini fojeali qismatga mahkum etdi
Shermuhammadbek tilidan aytilgan: «Turkiston—tur-kistonliklar vatanidir, undan boshqa hech kim uning ustidan hukmronlik qilishga haqli emas!» degan jangovar shior uning ming-minglab quroldosh yigitlari uchun harakat dasturi rolini o’taganligi shubhasiz.
Lekin bu kurash nechog’lik shiddatli kechmasin u o’z nihoyasiga yetolmadi. Bunga esa ko’plab jiddiy salbiy holatlar va omillar ta'sir etganligi aniqdir. Eng asosiy sabablardan biri— harakat etakchiligining aholi bursh tabaqalarini ulug’vor maqsadlar yo’lida jipslashtirishga qodir bo’lgan yagona milliy g’oyaga ega emasligidir. Qo’rboshilar siyosiy kurashda toblangan ilg’or jadid namoyandalarini ham o’zlaridan chetlashtirgan edilar. Zero, ular qanchalik olijanob maqsadlar, jangovar shior-lar ostida jon fido etmasinlar, biroq ularning harakati yagona kurash dasturi asosida tashkil etilmagan edi. Harakat etakchilari saflarida chinakam uyushqoqlikning yetishmasligi, joylarda harakat qilgan kuchlar o’zlarining tor hududiy chegaralari bilan o’ralashib qolganligi, ayrim qo’rboshilarning o’z nafsoniyatlariga berilishi, dunyo-qarashi torligi, cheklanganligi, manmanlik kasaliga chalinganligi, bir-birlari bilan kelisholmasligi, o’zboshimcha xatti-harakatlarga intilishi kabi hollar oxir-oqibatda bu kurashning borishiga jiddiy monelik qildi. Buni butun vodiy bo’ylab harakat qilgan uchta yi-rik yetakchi: Madaminbek, Shermuhammadbek va Katta Ergash boshchiligidagi xalq lashkarlarining to’liq birlasha olmaganligi fakti ham isbot etadi. Negaki, bu xalq dardi, g’ami va tashvishlarini chuqur tushungan rahnamolari o’ta zaruriyat taqozo etgan kezlarda o’zaro ketishmovcniliklarni bir chetga surib, bir-birlari bilan umumiy til topa .olmadilar. Goho Madaminbek bilan katta Ergash yoxud Madaminbek bilan Xolxo’ja Eshon O’rtasidagi nizo va ixtilofiar oqibatda ularning har birini fojeali qismatga mahkum etdi



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling