I-kurs 1-mavzu: turkistonda
-MAVZU: TURKISTONDA SOVET HOKIMIYATINING
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
2-MAVZU: TURKISTONDA SOVET HOKIMIYATINING
O’RNATILISHI. XALQ HOKIMIYATCHILIGI UCHUN KURASH. TURKISTON MUXTORIYATI Rossiyaning Birinchi jahon urushida ishtirokining davom etishi, rus armiyasi-ning frontda ketma-ket mag’lubiyatga uchrayotganligi umumxalq noroziligi va qahr-g’azabini tobora kuchaytir-moqda edi. Negaki, urushning butun og’irligi shu xalq ommasining zimmasiga tushayotgandijRossiyaning iqti-sodiy halokat tomon borishi, ijtimoiylanglik va inqiroziy jarayonlarning zo"rayishi esa Muvaqqat hukumatning tobora Obro’sizlanishiga, xalqdan yakkalanib qolishiga, oqibatda esa vaziyatning keskinlashuviga olib kelayotgan edi. Lenin boshliq bolsheviklar xuddi mana shu qaltis vaziyatdan ustamonlik bilan foydalanib, ommani o’z tomoniga ag’darishni ko’zlovchi shiorlarni maydonga tashlab, siyosiy hokimiyatni egallash sari yo’l tutdi. \ Bolsheviklar o’z maqsadlariga erishishda xalqning qo’ynini puch yong’oqqa to’ldiruvchi va'dalar berdilar. / Ular ommabop chaqiriqlarni ilgari surib, barcha tub masalalarni hal etishga qasamyod qildilar. Mana shunday ustakorlik va hiylakorlik yo’li bilan bolsheviklar 1917-yil-ning 24—25-oktabr kunlar Petrogradda davlat to’ntarishini amalga oshirdilar. Ular Muvaqqat hukumatni ag’darib, hokimiyatni egallashga muvaffaq bo’ldilaxjTez orada mamlakatning boshqa hududlarida ham ularning hukmronligi o’matila boshlandi. Proletariat diktaturasi nomi bilan atalgan zo’ravon tuzum mana shu zaylda vujudga keldi. Turkiston o’lkasi Rossiya tarkibida bo’lganidan, Markazda sodir bo’lgan voqealar va o’zgarishlar shabadasi bu yerga ham esib, o’z ta'sirini ko’rsata boshladi. Buning ustiga hokimiyat tepasiga kelgan bolshe-viklar va ularning dohiylari Turkistonni zinhor qo’ldan chiqarmaslik, o’lkada o’z hukmronligini qafiy o’rnatish, yangicha sovet boshqaruvi tizimini shakllantirishni avvaldan o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygandilarjGarchand sovetlar davrida yaratilgan ko’plafJtarixiy adabiyotlarda bu davr tarixi butunlay soxtalashtirilib,go’yo Turkiston aholisi oktabr g’oyalariga qo’shilib, birinchilardan bo’lib o’lkada sovetlar hokimiyatini o’rnatdi, deb og’iz ko’pirtirib kelingan bo’lsada, biroq aslida bu xil fikrlar va qarashlar tarixiy haqiqatga mutlaqo zid edi. Hatto Muvaqqat hukumatmng Turkiston Qo’mitasi qarorgohi joylashgan Tuproqqal’a qo’rg’onining qizil askarlar tomonidan 1917-yjl 31-oktabrdan 1-noyabriga o’tar kechasi ishg’ol qilingani fakti ham;.Ttirkistonda oktabr tub o’zgarishi yasalganidan darak bermasdi Turkistonda sovet hokirniyatini o’rnatish g’oyatda murakkab jarayonda kechdjj Buning boisi, avvalo, oktabr g’oyalarining mahalliy tub joy aholining dili va shuuriga botmaganligidadir. Negaki,(bu zamin aholisijsotsialistik o’zgarishlar orqali hamma narsani umumlashtirish va milliylashtirishni, asrlar davomida shakllangan [o’ziga xos turmush tarzini, yashash sharoitini, xo’jalik yuritish, idora qilish tartib-qoidalarini bir lahzada tubdan o’zgar-tirishni xohlamasdij Binobarin, bu begona maslak va g’oyalar bolsheviklar firqasi va uning Turkistondagi yalovbardorlari tomonidan kuch va zo’rlik bilan o’lka xalqlariga majbur qilindi.Bu esa joylarda xalq qonining daryo yanglig’ to’kilisniga, mislsiz qurbonlar berilishiga sabab bo’ldi. Chunki bolsheviklar tuzumi tomoniga o’tishni xohlama-gan, uning maqsad-mohiyatini yoqtirmagan ko’pchilik aholiga nisbatan o’lkaning ko’plab hududlarida ochiq-oshkor tarzda talon-torojlik, bosqin va xunrezliklar uyushtirdilar. /Aholini ma'naviy-ruhiy kamsitish, diniy e'tiqodini, islomiy qadriyatlarini tahqirlash, muqaddas qadamjolarni haqoratlash, diniy kitoblarni gulxanda yondirish — bular sovet tuzumi zo’ravonlari uchun o’sha kezlarda odatiy tus bo’Iib qolgandjLJ Aniq rasmiy ma'IumotIarga ko’ra, Farg’ona vodiysida sovet hokimiyatini o’rnatish chog’ida Marg’ilonda 7 ming, Andijonda 6 ming, Namanganda 2 ming, Bozorqo’rg’on va Qo’qonqishloq (hozirgi Paxtaobod tumani) atroflarida 4,5 mingdan ziyod begunoh kishilar qirg’in qilingan. Bunday qirg’inlik Turkistonning boshqa shahar va qishloqlarida ham sovet hokimiyatini o’rnatish chog’ida sodir etildi. Buning yorqin ifodasi Turkistonda sovet hukumatini tuzish chog’ida to’la kuch bilan ayon bo’ldij Gap shun-daki, o’lka hududlarida sovetlar hokimiyatini zo’rlik bilan o’rnatish jarayoni davom etayotgan bir kezda Turkiston bolsheviklari o’zlariga o’xshagan boshqa siyosiy partiyalar namoyandalari bilan til biriktirib, mahalliy millat namoyandalarini bu ishdan mustasno tutib, o’z hukumatini tuzishga kirishadilar. Bu hiyla-nayrangning hidini oldindan sezgan turkistonlik mahal-liy taniqli arboblar mabodo yevropalik ozchilikning manfaatini ko’zlaydigan hukumat tuziladigan bo’lsa, bu turgan-bitgan adolatsizlik bo’ladi va ko’pchilik aholining keskin noroziligiga olib keladi, deb o’z nuqtai nazarlari-ni^pshkora bayon qildilar. 1917-yilning 12—15-noyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston musulmonlarining III qurultoyi qabul qilgan qarorlarda: «hokimiyatning mahalliy aholi manfaati uchun deyarlik zid bo’Igan begona va o’tkinchi, tasodifiy kishilar guruhi — harbiylar, ishchilar va dehqonlar tashkilotlari qo’lida bo’lishi demokratik qoidalar talabiga javobbermaydi va mahalliy aholiga xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilashi asosida to’g’ri hayot qurishiga kafolat berolmaydi», deb qayd etilgan edi.Yuqorida aytilganlardan mantiqiy xulosa shuki, tur-kistonliklar hali o’z yurtlarini mustaqil idora qilish, boshqarish darajasiga «o’sib chiqmaganlar». Shuning uchun uning jilovi hozircha yevropalik «katta og’alar» qo’lida bo’imog’i kerak emish!jBu o’zining buyuk, be-takror tarixini yaratgan, rrnlriy davlatchilik tarixi esa ming yilliklar qa'riga borib tutashadigan, yurt kelajagi, istiqbolini belgilashga qodir, yuksak ezgu maqsadlarga o’zini tikkan qanchalab o’ta zakovatli, salohiyatli o’g’lonlari muhayyo xalqqa nisbatan bepisandlik, taicab-burlik edi. Shu bois ham Turkiston yerli aholisining mutlaq ko’pchiligi bunday shovinistik va ulug’ millatchilik siyosatini yuritishga mukkasidan ketgan yangi sovet hokimiyatidan hafsalasi pir bo’Iib, unga nisbatan g’azab-nafrati oshib bordi. Sovetlar hokimiyati o’rnatiigandan keym Turkistonda kechayotgan va tobora chigallashib borayotgan o’ta murakkab vaziyat o’lkaning yurtparvar va taraqqiyparvar kuchlarini faol harakatga keltirdi./ Ular tashabbusni qo’Iga olib, bolsheviklar bosh bo’Tgan sovet hokimiyati beboshligi va bedodligiga qarshi tura oladigan, keng demokratik asoslarga tayangan, chinakam xalq hokimiyatchiiigini o’zida ifodalagan milliy davlatchilikni tashkil etish tomon yo’I tutdilar. Bu borada joylarda jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borild^JNihoyat, 1917-yil 26-noyabrida Qo’qonda o’lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda o’lkaning 5 viloyatidan 200 nafardan ziyodroq vakillar ishtirok etdiiQurultoy ishida «Sho’roi Islomiya», «Sho’roi Ulamo», Musulmon harbiylari Sho’rosi, o’lka yahudiylar jamiyati namoyandalari qatnashdilar. Qurultoy hay'atiga o’lka xalqlarining taniqli kishilari — Mustafo Cho’qay, U. Asadullaxo’jayev, Yurali Agayev, S. Akayev, Obidjon Mahmudov, Abdurahmon o’raza-yev, Islom Shoahmedov, Kamoi qozi, Karimboyev, ya'ni jami 13 kishi saylandi. Mazkur qurultoyning 3 kun to’xtovsiz davom etgan faoliyatining yakuni o’laroq o’lka hududining qonuniy egasi — Turkiston Muxtoriyatini tuzishga muvaffaq bo’lindi . Yangidan tarkib topayotgan davlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo’ldi. Ta'sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat to’lig’icha Turkiston Muvaqqat Kengashi (12 kishidan iborat) va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi (54 kishidan iborat) qo’lida bo’Iishligi ta'kidlandi. Shunday qilib, o’lkaning mo"tabar, millatparvar zot-laridan iborat milliy hokimiyat tashkil etilib, uning zim-masiga ulug’vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi, qaddi bukilgan, qadr-qimmati, g’ururi o’zgalar tomonidan kamsitilgan, tahqirlangan o’ksik Turkistonni ro’yobga chiqarish, uning erki, mustaqilligini asta-sekin tiidash, yuksakka ko’tarish — bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi, maqsad-muddaosi edKpShu boisdan ham o’lka-ning millionlab fuqarolari furkiston Muxtoriyati e'lon qilinganligini katta qoniqish, ko’tarinki ruh bilanqarshi oldilar.Turkiston mehnatkashlari o’zmilliy hukumati tuzilishini qanchalik qo’llab-quvvatlab, unga ishonchvaumidlariortibbormasin, biroq o’lkada o’rnashib olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo’lda ushlab turganTurkiston sovet hukumati va uning joylardagi hokimiyatmahkamalari voqealarning bu tarzda rivojlanishiga izn bermay, muxtoriyat va uning tarafdorlarini yo’q qilish yo’lini butun choralar bilan o’tkazib bordi.|1917-yil 13-dekabrda Toshkentda muxtoriyatni yoqlab o’tkazilgan katta mitingning zo’flik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va pulemyotlar sadosi ostida ko’plab qurbonlar berilishi— bu Turkiston Muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi. Turkiston Muxtoriyati og’ir, mashaqqatli sinovlar jarayonini boshdan o’tkazayotgan bir kezda, ya'ni 1917-yil 25-dekabr kuni Qo’qonda o’lka musulmon ishchi, askar va dehqonlarining I favqulodda qurultoyi ish bosh-ladi. Unda 200 ga yaqin vakillar ishtirok etdi.Qurultoy muxtoriyatni har tomonlama quvvatlash, unga moddiy va ma'naviy madad ko’rsatish shiori ostida o’tdi. Turkiston Muxtoriyati ko’plab ob'ektiv va suo’ektiv sabablar orqasida o’zini-o’zi yetarli darajada himoya qi-lish imkoniyatiga ega bo’lolmadi. Buning boisi, avvalo, uning tarixan g’oyatda qisqa umr ko’rgani (u atigi 72 kun yashadi, xolos), shu sababdan ko’p narsalarni bajarishga ulgurolmaganligi bo’ldi. I Qolaversa, muxtori-yatchilar orasida ko’pgina mururn hayotiy masalalarda birlik, hamjihatlik, jipslik mavjud emasdi. 1918-yil 18-fevral kuni «Sho’roi Ulamo» jamiyati tashabbusi bilan muxtoriyatda to’ntarish qilinib, Mustafo Cho’qay boshchiligidagi hukumatning ag’darilishi va hukumat boshqaruvi Qo’qon mirshablari boshlig’i Kichik Ergashga berihshi bunga guvohdir. Moddiy, harbiy, moliyaviy madad ko’rsata oladigan yetarli real kuchlar va imkoniyatlarning bo’lmaganligi ham bunga sabab bo’ldi.Vaziyat sovet amaldorlariga qo’l kelib, ular bundan milliy muxtoriyat hukumatini har jihatdan iskanjaga olish, uni qanday qilib bo’lsada mahv etish uchun usta-monlik bilan foydalandilar. Turkiston sovet hukumati 1918-yil 14-fevralda Farg’ona viloyati hududida favqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qo’qondagi mahalliy hokimiyati—ishchi va askar deputatlari soveti 17-fevralda muxtoriyat vakillarini tashm bo’lishga da'vat qildi. Ayni vaqtda Toshkentdan Periilev boshchiligida qurollangan qizil qo’shin olib kelindi va ular darhoi ishga solindi. Qo’qondagi millatchi arman dashnoqlari ham bu g’ayriqonuniy bosqinga jalb qilindi. Ayniqsa 19—21-fevral kunlari Qo’qon xalqi ustiga balo-qazo yog’ildi. Shahar o’t ichida qolib, kunpaya-kun bo’ldi. Sovet hokimiyati Turkiston Muxtoriyati hukumatini shafqatsizlarcha tor-mor etdLl Xuddi shuningdek, sovet 'Turkistoni organi — «Znamya svobodbi» («Ozodlik bayrog’i») gazetasi o’zi-ning 1918 yil yanvar oyi sonlaridan birida: «Rus bolshe-viklar hech qanday muxtoriyatni tan olmadi va mazlum xalqlar o’z huquqlari va taqdirlarini haqiqatdan o’zlari belgilamoqchi bo’lganlarida bunga yo’l qo’ymadi», deb yozgan edi. Bu xil xolis fikrlarga izohning hojati bo’lmasa kerak. (Turkiston Muxtoriyati mag’lubiyatga uchrab, halokatga yuz tutgan bo’lsa-da, biroq u o’lka xalqlari-ning hayoti va tarixiy taqdirida o’chmas iz qoldirdi. Eng muhimi, u endigina mustaqillik sari yuz burgan, o’z erki, ozodligi va baxtini qurish yo’lida ilk qadamlar qo’ygan jafokash xalqning. ko’zini ochdi, ongi, shuurini istiqlol nuri bilan yoritdj Muxtoriyat tajribasi Turkiston xalqla-rining milliy o’zligini anglashiga, do’stu dushmanning farqini chuqur bilib olishiga, mustaqillikka erishish jara-yoni murakkab ziddiyatli kurashlar orqali shiddatli kechishiga, bu yo’lda murosayu madoralarga o’rin bo’lmasligiga, kerak bo’lganda beadad qurbonlar berish-ga to’g’ri kelishini tushinib yetishiga yordam berdi. Muxtoriyat fojeasi ayni chog’da sovetlar hokimiyati-ning mazlum xalqlarning ularning huquqiy tengligi, o’z milliy davlatchiligini barpo etishga haqli-huquqliligi haqidagi shiorlarining butun firibu soxtakorligini afkor omma nigohida ochiq-ravshan ko’rsatib berdi. Bu esa erk va ozodlikka intilib yashab kelgan turkistonliklar uchun katta hayotiy saboq bo’ldi. Turkiston aholisi endilikda o’z erki, mustaqilligini birovlar, yot ajnabiy kuchlar, ularning «dohiylari» yorda-mi bilan emas, balki faqat o’z kuchlari, o’z qadoq qo’llari bilan, o’z milliy rahnamolari yetakchiligida bir-galikda kurashib, qo’lga kiritishlari mumkinhgiga qafiy ishonch hosil qildi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling