I-kurs 1-mavzu: turkistonda
-Mavzu: QATAG’ONLIK SIYOSATI
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
10-Mavzu: QATAG’ONLIK SIYOSATI: UNING MOHIYATI VA OQIBATLARI
XX asr 20-yillari ikkinchi yarmiga keltb sovetlar mamlakatining hokimiyat bosh-qaruv-idora tizimida ham keskin o’zgarish hollari yuz berdi. Stalin asta-sekinlik bilan o’zining yakka hokimli-gini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo’ldi. 20-yillar oxirlarida Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan «Sotsializm mus-tahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham shunchalik kuchayib boradi» degan g’oya g’ayriqonuniy xatti-harakatlarning avj olishiga olib keldi. Stalin va uning atrofidagilar mamlakat va partiya hayotiga oid har bir masalada o’z irodasi, hukmini boshqalarga majbur etib, har qanday muxolifatchi qarashlarni, ularning ta-shuvchilarini mahv etib bordilar. Mamlakatda totalitar tuzumning qaror topishi milliy sovet respublikalari hayotiga ham daxl qilib, ularning butun inon-ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog’lab qo’ydi'- "u O’zbekiston timsolida ham ko’zga yaqqol tashlandi. Avvalo, respublika hokimiyati boshqaruvining hamrrJ13 bo’g’inlari to’liq ravishda SSSR organlariga B0ySundirildi. Shuningdek, bu yerdagi yagona rahbar tashkiJkrt — O’zbekiston Kompartiyasi ham VKP (b)ning tarkibiy qismi sifatida, ya'ni viloyat bo’limi maqojmiga tushirildi. Binobarin, hukmron partiya qabul qiladigan har qanday qaroru farmoyishlar, rahbariy respublika partiya tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy va shart edi. Stalincha ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ko’zga ko’rinmas ming xil qizil iplar bilan 0'zbekistonni o’z domiga kiritib, uning amaidagi rasmiy mustaqilligini ham yo’qqa chiqargan edi. Uning mahalliy ranrjaIriyati respublikaning iqtisodiy, xo’jalik, madaniy-ma’naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mus-taqil uarzrJa hai etishga haqli, huquqli emas edi. Buning yorqin ifodasini sovet mafkurachiiari tomonidan to’qib chiqarilgan va o’zbek milliy kadrlari sha'nini bulg’ashga qaratilgan «181ar guruhi», «mog’omovchilik», «qosimovchilik» degan siyosiy ishlar misolida ko’rish mumkin. Mazkur guruhlar faoliyatiga oid tarixiy huijat-larni ko’zdan kechirib, tahlil etarkanmiz, bu insonlar xatti-harakatida, faoliyatida ularni ayblashga bois bo’ladi-gan hech bir asosli ashyo-dalillar bo’lmaganligiga to’la amin bo’lamiz. Ularning yagona «gunohi»— bu o’z millati dardi, tashvishi va manfaatini ko’zlab, ayrim muhim muammolarni ko’targanligi va ularni hal etishga yuqori-ning e'tiborini jalb etganligi xolos. Xo’sh, «181ar guruhi» tarkibi kimlardan iborat bo’lgan? Ular sovet mutasaddilari oldida qanday gunoh qilgan edilar? Respublikaning taniqli arboblaridan tash-kil topgan bu guruh (I. Xidiraliyev, M. Saidjonov, U. Ashurov, R. Rahimboboyev, R. Rafiqov va b.)ga tirkal-gan asossiz aybga, uyushtirilgan tuhmatu bo’htonga ko’ra, go’yo uning a'zolari ko’p masalalarda noto’g’ri yo’l tutganlar. Aslida esa ular hukmron Markazning ulug’ davlatchilik va shovinistik siyosatiga, miJliy kadr-larga nisbatan bepisandlik, loqaydlik yo’liga qarshi chiqib, adolat va haqqoniylik tamoyillarini himoya qilib chiqqandilar. Shu bois rasmiy partiya organlari tomonidan mazkur guruh keskin qoralandi va uning a'zolari o’z lavozimlaridan olinib, turli partiyaviy jazo-larga giriftor etildilar. «Inog’omovchilik» guruhi to’g’risida gap borganda ham unga qo’yilgan barcha ayblarning to’liq tarzda to’qib chiqarilganligi ayon bo’ladi. Ma'lumki, Rahim Inog’omov O’ZKP(b) MQ Matbuot bo’limi mudiri va 0'zSSR Maorif xalq komissari vazifasida faoliyat yuritib kelgan. «Qosimovchilik» guruhi ham 1929—1930-yillarda sovet hukmron rejimi tomonidan milliy kadrlarni, ziyo-lilarni qatag’on qilish, jazolash maqsadida atayin uyushtirilgan navbatdagi uydirma bo’lgan. 0'zSSR Oliy Sudining raisi lavozimida ishlab kelgan Sa'dulla Qosimov va uning yaqin maslakdoshlari deb topilgan N. Alimov, B. Sharipov kabi 7 kishi 1929-yil-ning ikkinchi yarmida qamoqqa olinadilar. Ularning atayin to’qib chiqarilgan «ayblov ishi»ga siyosiy tus beri-ladi. Bunga ko’ra, ular respublikadagi millatchi tashki-lotlar bilan aloqa bog’laganlikda ayblandilar Mustabid tuzum hukmdorlari va ular gumashtalarining yeng shimarib qilgan «sa'y-harakatlari» natijasida 1937— 1938-yillarda go’yo O’zbekistonda bir qator yirik aksi-lin-qilobiy tuzilmalar borligi to’qib chiqarildi. Bular: respublika rahbarlari A. Ikromov va F. Xo’jayev boshchiligidagi «Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi», Ab- durauf Qoriyev rahbar bo’lgan «Musulmon ruhoniylarning millatchi-isyonchilar tashkiloti», «Aksilinqilobiy o’ng trots- kiychi josuslar tashkiloti markazi», «Buxoro va Turkiston baxt-saodati» nomli aksilinqilobiy tashkilot, I. Ortiqov boshliq «Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti», «lngliz josuslik rezidenturasi», «Yapon josuslik- qo’poruvchilik rezidenturash va boshqalar edi Eng so’nggi ma'lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o’rganish, tahlil qilishlar, surishtirishlar bun-day tashkilotlarning respublika hududida butunlay bo’lmaganligini tasdiqlamoqda. Demak, bunday aksil-inqilobiy tashkilotlar qatag’onlik tuzumi buyurtmasi asosida Markaz jallodlari va jazo organlari tomonidan atayin to’qib chiqarilgan. Buning orqasida ming-minglab begunoh, aybsiz insonlar shafqatsiz jazolangan, aziz umrlari xazon bo’lgan. Ular yurtimizda iymoni but, qalbi, dili jonajon Vatan, ona zamin mehri bilan limmo-lim to’la, vijdonli, diyo-natli ziyolilarni topib, jazolashdan o’zgacha zavq olardi-lar. Shuning uchun Markazning o’tkir shamshiri va po’lat qalqoni hisoblangan Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU), Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) kabi jazo organlari va ularning jallodlari uchun ilg’or, taraqqiypar-var ziyolilarni hibsga olish, ularning faoliyati uchun yo’q ayblarni to’qib chiqarish, uydirmalarni «yasash» hech gap emasdi. Qatag’onlik davrida tuzilgan «uchlik» har qanday vallomat, pokdomon zotni ham bir lahzada «gunohi azim»ga g’arq qilib, uni og’ir jazoga mahkum eta olardi. Eng achinarlisi shuki, o’z elini jonu dildan sevgan, uni kuylagan, boy tarixi, betakror madaniyatiga murojaat qilib undan asar bitgan, buyuk ajdodlar nomi-ni tilga olgan vatanparvar ijodkorlar, ilm-fan ahli birin-chilar qatorida qatli omga duchor bo’ldi. Masalan, butun hayotini, barakali ijodini millat baxt-saodati, yurt istiqboli uchun bag’ishlagan Munavvar Qori Abdu-rashidxonov mana shu davrda avj olgan sovetlar ig’vosi va bo’htonining aybsiz qurboni bo’ldi o’z zamonasining qomusiy bilim sohibi Said Rizo Alizoda qalamiga mansub bo’lgan yetuk asarlar uning hayotlik davridayoq dunyoga mashhur bo’lgan. Faqat 1923—1934-yillar davomida Lahor shahrida olimning 10 dan ziyod asari, shu jumladan, yirik «Axborot» kitobi chop etilgan. Uning 1919-yildan boshlab nashr etila bor-gan «Inqilob shu'lasi» haftalik jurnali faqat Turkiston o’lkasi xalqlari O’rtasida mashhur bo’lib qolmay, balki shu bilan birga qo’shni Eron, Turkiya, Afg’oniston, Hindiston mamlakatlariga ham keng tarqalgan. Shunday inson ham 30-yillar qatag’onligi domiga uchrab, Vladimir turmasida azob tortib, olamdan bevaqt ko’z yumib ketdi.Qatag’onlik ajal mashinasi aqli raso, oq-qorani yaxshi biladigan, sog’lom fikrlaydigan hech bir insonni ayab o’tirmasdi. 60 yoshli mo’ysafid Xudoyberdi Devo-novning 1938-yilda mutlaqo asossiz ayb bilan oliy jazo-ga mahkum qilinib, otib yuborilganligi faktini qanday izohlash mumkin axir. Bu tinib-tinchimas inson o’zbeklardan chiqqan dastlabki fotograf va kinomatograf sifatida butun umri davomida halolu pok xizmat qilib kelgan. Uning turli yillarda tasvirga olgan rang-barang suratlari, kinoxronikalari xalqimizning katta ma'naviy mulki hisoblangan. Qarangki, 1936-yilda «Pravda Vostoka» gazetasi tahririyati tomonidan moddiy rag’bat-lantirish maqsadida taqdim etilgan «Leyka» fotoapparati uning boshiga balo bo’ldi. Negaki, qatag’on posbonlari-ning taxminicha, bu apparat go’yo X. Devonovga «xalq dushmani» deb topilgan Fayzulla Xo’jayev tomomdan berilgan. Binobarin, bu shaxs F. Xo’jayevning «dumi» deb ko’rsatilib, uni otuvga hukm qilganlar. Inson taqdiri bilan bu qadar o’ynashish, uni chuqur surishtirmay eng og’ir jazoga mahkum etish — bu tota-litar tuzum qonunbuzarligi va qonxo’rligining tipik namunasidir. Bu insonlar kommunistik siyosat va mafkura yolg’onlariga ishonib, porloq kelajakka umid bog’lab, jonlarini jabborga berib, ter to’kib mehnat qilsalar, o’zlarini sotsializm ishiga bag’ishlasalar-da, biroq buning evaziga undan beadad zulm-sitam ko’rsalar! Respublikada sanoatlashtirish, qishloqda jamoalashtirish, quloqlashtirish yoxud madaniy inqilobni amalga oshirish Jarayonida yuz bergan jiddiy xatolar, buzilish va cheki-nishlardan qattiq aziyat chekkan aholi tabaqalarini ras-rojy hokimiyat organlari ommaviy tarzda quvg’in va ta'q|b qilishganligi va turli xil jazolarga tortganligi ham btining asosli isbotidir. Buning oqibatida XX asr boshi-dan 40-yillarigacha 450 ming vatandoshimizga nisbatan Jinoiy ish" ochilganligi, ularning hayoti ostin-ustun bo’lib ketganligi faktdir Yana 30-yillar voqealariga qaytar ekanmiz, bunda shu narsa kishini benihoya ajablantiradiki, u davrda insonni qoralash, uning peshonasiga xalq dushmani tamg’asini bosish tuzum zolimlari uchun xuddi xamir-dan qil sug’urganday gap bo’lgan. Hatto shunday hol-/ larga duch kelindiki, respublikalardagi Masalan, Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi Begovul qishlog’ida ilmli, yaxshi fazilatlar bilan elda hurmat qozongan, ayollarni o’qitib, savodli qilgan tabar-ruk onaxon Bibijon Ismoilova bo’lgan. Bu 80 yoshli inson diniy kitob o’qishda ayblanib, qamoqqa olingan. Momo qiynoqlar oqibatida qamoqda olamdan o’tgan. Holbuki, u kishining uyiga qora quzg’unlar bostirib kir-gan paytda Bibijon momo hamisha o’qib yuradigan «Axloqi Muhsinin» («Yaxshi xulqlar») kitobini o’qib o’tirar va bu asar go’zal insoniy fazilatlar ta'rifidan hikoya qilardi. U davrda nohaq ayblanib, mushtipar momo singari fojeali qismatga duchor bo’lganlar ko’plab topilardi. Bunday noxush hollardan sarosimaga tushgan, zada yegan odamlar avvalgidek kitobxonlik qihsh nan tursin, hatto eski kitoblami qo’lga olishdan hadiksirardi-lar. Bu esa ko’plab yurtdoshlarimizning battol tuzurn ko’p xonadon-larda vaqti-vaqti bilan o’tkazilgan tintuv paytida mabodo arab yozuvida bosilgan biror kitob topilguday bo’lsa, uning nomi, mazmuni so’rab, surishtirilmasdan o’sha xonadon sohibiga jamiyatga yot unsur degan la'nat tamg’asi bosilib, u qamoq yoki surgun jazosiga hukm etilaverardi. mayliga moslashib, ma'nan va ruhan cho’kib, tarixiy o’tmishimizning teran sarchashmalaridan bebahra bo’lib borishlariga bois bo’lgan. Shunday qilib, mustabid sovet rejimining qatag’onlari respublikamiz hayotining barcha sohalari uchun qonli fojealar, beadad yo’qotishlar, mahrumliklar bilan to’lib-toshgan davr bo’ldi. U millionlab odamlarning taqdir-qismatida asoratli iz qoldirdi va mislsiz xunuk oqibatlarni yuzaga keltirdi. Shunga qaramay xalqimiz o’z bukilmas irodasini, matonatini namoyon etib, yorug’ kunlar ke-lishiga intiqib, kurashib yashadi, u qatliomning har qan-day shiddatiga dosh berib, o’z asriy qadriyatlari udum-lari, rasm-rusumlari, imon-e'tiqodiga sodiq qola bildi va hamisha milliy istiqlol sari dadil harakatlanishda davom etdi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling