I-kurs 1-mavzu: turkistonda
-Mavzu: “QAYTA QURISH” SIYOSATI VA UNING
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
20-Mavzu: “QAYTA QURISH” SIYOSATI VA UNING BARBOD BO’LISHI. O’ZBEKISTONNING DAVLAT MUSTAQILLIGINI QO’LGA KIRITISH
TOMON YO’L TUTISHI Iqtisodiyot ekstensiv yo’Ida tobora ko’p qo’shimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish yo’lida depsinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo’lsada, xo’jaliklar ularning yetish-movchiligiga duch keldi. Ko’pgina KPSS Markaziy Qo’mitasining 1985-yil aprelida bo’lgan plenumi noxush tendensiyalar yig’ilib, SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e'tirof etdi. Mazkur plenum jamiyatni «qayta qurish» orqali iqti-sodiyotni ko’tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985—1986-yilIarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o’zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to’la idrok etilmagan edi. Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm «afzallik»-laridan foydalanib jamiyatni «qayta qurish»ga, sotsia-lizmni yaxshilashga umid bog’lar edi. Ammo ular mam-lakatni sosializmning o’zi, totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqirozga olib kelganligini e'tirof qilishni xohla-masdilar. 1987-yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo’jalik mexa-nizmini isloh qilish yo’lidagi urinish ham samara berma-di. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy sistemaga urilib barbod bo’ldi. 80-yillarning oxirlarida siyosiy sistemani isloh qilish-ga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligim cheklashga, davlat va xo’jalik organlarini Kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputat-lari sovetining to’la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo’ldi. Ammo, bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdimamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan chetda, orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulot-larning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to’planib qolayotgan edi. Ma'muriy-buyniqbozlik tizimi, iqti-sodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtiri-lishi iqtisodiyotni isloh qilish yo’lidagi urinishlarni yo’qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’ ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Boqimandalik, tayyorga ayyorlik, ichkilik-bozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo’rlik kabi yaramas illatlar jamiyatni kemirmoqda edi. Buyruqboz-lik— boshqaruv usuli, sansalorlik, qog’ozbozlik, majlis-bozlik iqtisodiyotning o’z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd, sust, beparvo edi-lar. Huquq va qonuniylik puturdan ketgan edi. Sovet rahbariyati mamlakatni tanglikdan, inqirozdan chiqansh uchun ma'muriy-buyruqbozlik tizimini, hamma resurslarni markazlashtirilgan tarzda reja-lashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo’lidan tar-tibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o’tish kerakligini o’z vaqtida payqamadi, buni juda kech tushundi. 1990-yilga kelganda bozor iqtisodiyotiga o’tish zaruriyati anglandi, dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilindi. Biroq, vaqt boy berilgan edi. Iqtisodiyot batamom barbod bo’lgan, moliyaviy va narx-navo tizimi izdan chiqqan, boshqaruv mexanizmi falaj bo’lib qolgan edi. SSSR ich-ichidan zil ketib, tanazzulga, parokandalikka yuz tutgan edi. O’zbekiston Kompartiyasi MQda Moskva vakillari Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya qurib olgan edi. o’sha yillarda tez-tez bo’lib turadigan plenumlar va yig’ilishlar O’zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan «kadrlar to’dasi»ning boshliqlari — Anishev, Ogarek, Satin va ularning hamtovoqlari nazo-rati ostiga olingan edi. O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi I. Usmonxo’jayev ham ular oldi-da ojizu harakatsiz edi. O’ZKP Markaziy Qo’mitasida O’zbekistonda «o’zbeklar ishi», «paxta ishi» deb atalgan jinoiy ishlar to’qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi 0'zbekistonning boshiga tush-gan kulfat bo’ldi. Guruh a'zolari hech kim bilan hisoblashib o’tirmay odamlami qamash bilan shug’ullan-di. Oddiy dehqondan tortib O’zbekiston Kompartiyasi MQ kotiblari va hukumat a'zolarigacha bo’lgan xodim-larni qamash uchun birovlardan zo’rlab yozdirib olin-gan bir parcha qog’ozning o’zi kifoya edi. O’zbekiston-da qonunchiiik buzildi, o’zboshimchalik va qatag’onchi-likning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rah-barlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, mirishkor paxtakorlar, ter to’kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan respublika par-tiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qa-moqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30-yillarda ishlatilgan yaramas usullardan foydalanib, hibsga olin-ganlami qiynab, boshqalar ustidan to’qilgan aybnoma-larni ulaming qo’li bilan qaytadan yozdirib olardi va bu «aybnoma» tobora ko’p begunoh odamlarni qamashga asos bo’lib xizmat qilardi. Butun SSSRda bo’lganidek, O’zbekistonda ham kamchiliklar, qo’shib yozishlar, poraxo’rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu iliat-larni o’zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatining ijti-moiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o’lkaning o’ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar, ularga laganbardorlik qilgan ayrim mahalliy amaldorlar xalqning urf-odatlari, an'analarini oyoq osti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma'naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilimizning qo’llanish doirasi sun'iy tarzda yanada cheklab qo’yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an'analar bo’yicha to’y qilgan yoki vafot etgan qarindosh-urug’larni milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jazolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi. Ko’plab olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy xodim-lar mislsiz aziyat chekdi. Ularning ko’pchiligi mahalliy-chilikda, milliy cheklanganlikda, xurofot-bid'atga beril-ganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillardan og’ishlikda, o’tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo’rttirib ko’rsa-tishda ayblandilar. 1990-yil boshlarida «Birlik» harakati faollarining Muhammad Solih boshliq bir guruhi siyosiy partiya tuzishga kirishdilar. 1990-yil 30-aprelda «Erk» demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi boidi. Qurultoy «Erk» partiyasi tuzilganligi haqida qaror qabul qildi, par-tiyaning dasturi va nizomi qabul qilrndi. Biroq «Erk» partiyasi rahbarlari jamiyatni yangilash uchun bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o’tish zaruriyati-ni, qanday islohotlar o’tkazish kerakligini va uning maz-mun-mohiyatini, odamlar ongi va psrxologiyasini o’zgar-tirish lozimligini, buning uchun mashaqqatli o’tish davrini bosib o’tish lozimligini anglab, tushunib yetol-madilar. Respublika matbuoti xalq turmushiga doir masalalarni, noxush hodisalami, xalq dardi, orzu-armonlarini oshkoralik bilan yorita boshladi, xalqning o’zligini anglashga ko’maklashdi. Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. 1985-yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilin-gan jadallashtirish konsepsiyasi asossiz ekanligi maium boiib qoldi. Respublikada sanoat korxonalarini, qurilish va transport sohalarini, ko’pgina kolxoz va sovxozlami xo’jalik hisobiga yoki brigada (jamoa) pudratiga o’tkazish hech qanday samara bermadi. 1987-yilda iqti-sodiy tuzilmalami qayta qurish, xo’jalikni boshqarish va xo’jalik mexamzmini isloh qilish, ma'muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o’tish yuzasidan ko’rilgan tadbirlar ham natija bermadi. Ma'muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlayotgan vazirliklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo’qqa chiqardi, iqtisodiyot taraqqiyotiga to’g’anoq bo’lib qolaverdi. Respublikaning tog’-kon, metallurgiya, mashinasozhk, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo’lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko’rsatkichlarni avval-gidek Markaz belgilab berardi. Aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. o’sha yillarda, mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra, kun kechirish uchun bir kishiga oyida kamida 85 so’m zarur edi. O’zbekistonda aholi jon boshiga hisoblaganda daromadi 75 so’mdan oshmaydigan 8,8 million kishi yashardi, bular aholining 45 foizini tashkil etardi. Qishloq aholisining atigi 50 foizi normal ichimlik suvi bilan ta'minlangan edi. Qishloqlarda yashovchi 240 ming oilaning tomorqa yeri yo’q, har besh xonadonning birida birorta ham chorva mol, 37 foiz xonadonlarda sigir, yarmisida qo’y boqilmas edi. Oliy o’quv yurtlari yuqori malakali professor-o’qituv-chilar bilan, zamonaviy texnika vositalari bilan yetarli darajada ta'minlanmagan edi. Kadrlar tayyorlashda son ketidan quvishga yo’l qo’yildi. 1989-yilning may-iyun oylarida Farg’onada fojeali voqealar sodir bo’ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o’z yeridan badarg’a qilingan mesxeti turklarini o’zbek xalqi o’z bag’riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub yerli aholi bilan mesxeti turklari qardoshlik aloqalarini bog’lab, o’n yillar davomida inoqlashib yashadilar. Biroq 1989-yil 20-mayda Quvasoyda tub yerli aholi bilan mesxeti turklari guruhlari O’rtasida mushtlashish sodir bo’Idi. Respublika siyosiy rahbariyatining voqeani to’g’ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko’rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to’kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloq posyolkasida, so’ng Marg’ilon shahrining mesxeti turklari zich yashaydi-gan qasabasida ur-yiqit, uylarga o’t qo’yish, qotillik, tahqirlash, talonchilik, vahshiylik sodir bo’ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg’ona shahri, uning atrofidagi qishloqlarga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo’l stansiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublikada hukumat komissiyasi tuzildi. 4-iyundan boshlab komendantlik soati joriy etildi. Farg’onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlari-ning 13 ming kishilik bo’linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7 iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo’qon shahriga, Rishton, O’zbekiston tumanlariga tarqaldi. 8-iyunda Qo’qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vazirligi qo’shinlari tomonidan o’qqa tutil-di, 50 dan ortiq kishi halok bo’ldi, 200 dan ortig’i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi halok bo’ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo’ldi. SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlarining 137 harbiy xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo’ldi, militsiya xodim-laridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-toroj qilindi. Farg’ona fojeasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kim edi? O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil 23-iyunda bo’Igan XIV plenumida Farg’ona fojeasi bilan bog’liq masalalarni o’rganish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya axboroti O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil 29-iyulda bo’lgan XV plenumi tomonidan ma'qullandi. Farg’ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojeali voqealarga sabab bo’ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatning kuchayish xavfiga yetarli baho bermadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga, poraga sotilganlarga o’z vaqtida zarba bermadilar. Farg’ona viloyatida o’n yillar davomida ijtimoiy-iqti-sodiy keskinlii ortib bordi. Xo’jalik strukturasi izdan chiqqan, tarmoqlar xom ashyo yetishtirish, yarim fab-rikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko’rilmasdi. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish ishlari buzilgan, poraxo’rlik, xizmat mavqeini suiiste'moI qilish avj olgan edi. Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan man-faatdor siyosiy kuchlar, ekstremistlar foydalandilar Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko’tarishga qaratilgan dastlabki sa'y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiy tomorqalari uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj bo’lgan 381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila o’z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar yer ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta'minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dastur-ga binoan 1990-yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta'minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijti-moiy jihatdan himoyalash uchun 1990-yilda byudjetdan va korxonalar hisobidan 142 mln. so’m qo’shimcha mablag’ ajratildi. O’zbekiston siyosiy mustaqilligini qo’lga kiritishga tomon tutilgan yo’l iqtisodiy mustaqillik masalasi bilan qo’shib olib borildi. «Prezident boshqaruvining muhim vazifalaridan biri, — deb ta'kidlagan edi I. Karimov — respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o’zini-o’zi idora qilish va o’zini-o’zi pul bilan ta'minlashga o’tishni hal qilishdir». O’zbekiston rahbariyati xalq xo’jaligini bozor iqti-sodiyotiga o’tkazish yo’lini mustaqil belgilashga kirish-di. «O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllan-tirish konsepsiyasi» ishlab chiqildi. Konsepsiyada O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari belgilab berildi. Mazkur masala yuzasidan hukumat dasturi 1990-yil oktabrida O’zbekiston Oliy Kengashining IV sessiyasida muhokama qilindi va ma'qullandi. Sessiya respublika hukumatiga «O’zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash va undan foydalanish masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlari-ni amalga oshirishning samarali amal qiluvchi me-xanizmini yaratish bo’yicha asoslangan takliflar tay-yoriashni topshirdi». Shunday qilib, 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo’lgan muhim voqealar davlat mustaqilligini qo’lga kiritish to-mon dadillik bilan amaliy qadamlar tashlaganligini yaqqol ko’rsatadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling