I-kurs 1-mavzu: turkistonda


Qo’shimcha byulletenga „Siz O’zbekistonning mustaqil


Download 0.79 Mb.
bet23/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

Qo’shimcha byulletenga „Siz O’zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?" degan savol qo’yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga „Ha" deb javob berdilar. Demak, O’zbekistonliklar o’z mamlakatini mustaqil davlat sifatida Federativ Ittifoqda boiishini, O’zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edi-lar.
O’zbekiston rahbariyati referendum natijalariga asoslanib, respublikalarga to’la mustaqillik berishni ko’zlamaydigan shart-noma loyihasini rad etdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mita-sining 1991- yil 12- martda bo’lgan IV plenumida so’zlagan nutqida: ,fttifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo’ldan hoy berib qo’yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko’targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922- yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi", — de-gan edi. Bu fikrning to’g’riligini hayot to’la isbotladi.
1991- yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belarus, o’zbe-kiston, Qozog’iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo’llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo’ldi.
1991- yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo’ldi. Ishtirokchilar tomonidan „Mamlakatdagi vaziyatni bar-qarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib boi-maydigan choralar to’g’risida qo’shma Bayonot" imzolandi. Bu hujjat „9+1" (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Mazkur shartnoma loyihasi O’zbekiston Oliy Kengashida 1991- yil 14- iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
Moskvadamarkaziyhokimiyatnisaqlab qolishga, respublikalar jilovini o’z
qolida ushlab qolishga urinuvchilar to-monidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar 1991- yil 18- avgust kuni tayyorlangan va 19- avgustda matbuotda eion qilingan „Sovet rah-bariyatining Bayonoti"da M. S. Gorbachyovning salomatligi yo-monlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo’q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayo-notda Prezident vakolatlari vitse-prezident G. I. Yanayevga o’tka-zilganligi eion qilindi. Aslida csa Prezident M. S. Gorbachyov sog’-salomat edi, ammo o’zini himoya qila olmadi. Fitnachilar uni mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo’ygan edi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun quyidagi tarkibda SSSRda favqulodda holat davlat qo’mitasi (FXDQ) tuzildi:

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling