O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risi-dagi qonunning 38- moddasiga muvofiq Islom Abdug’a-niyevich Karimov 1991- yil 31- dekabrdan boshlab o’zbe-kiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgan deb hisoblansin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroridan. 1992-yil 4- yanvar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qasamyodi:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini baja-rishga kirishar ekanman, respublikamiz xalqlariga sado-qat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkin-liklariga kafolat berishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman.
1992- yil 4- yanvar
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov-ning tarjimayi holi.
Islom Abdug’aniyevich Karimov — 1938-yil 30-yan-varda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug’ilgan.
Millati — o’zbek. Oliy malumotli, o’rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo’jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexa-nik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Mehnat faoliyatini 1960- yilda Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodida boshlagan.
1961- yildan 1966- yilgacha V.P. Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo’lib ishladi.
1966- yilda O’zbekiston SSR davlat plan komitetiga ishga o 'tib, bosh mutaxassislikdan Respublika davlat plan komiteti raisining birinchi o 'rinbosarigacha bo 'Igan yo 'Ini bosib o 'tdi.
1983-yilda I. Karimov O’zbekiston SSR Moliya ministri, 1986-yilda 0'zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o 'rinbosari, Respublika davlat plan komitetining raisi etib tayin-lanadi.
1986— 1989-yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989- yilning iyunidan boshlab O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.
1990- yil 24- mart kuni O’zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I. Karimov 0 'zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1991- yil 31- avgust kuni I. Karimov tarixiy voqea — 0'zbe-kiston Respublikasining davlat mustaqilligini e 'lon qildi.
1991- yil 29- dekabridan muqobillik asosida o 'tkazilgan umumxalq saylovida I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Pre-zidenti etib saylandi.
1995- yil 26- martida bo’lib o’tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko’ra I. Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi.
2000- yil 9- yanvarda bo’lib o’tgan saylovda l.A.Karimov ik-kinchi muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi.
2002- yil 27- yanvarda bo 'lib o 'tgan referendumda uning prezidentlik vakolati 5 yildan 7 yillga uzflytirildi.
I. Karimov ,,0'zbekiston Qahramoni" unvoni va ,,Oltin Yulduz" medali sohibi (1994), „ Mustaqillik" (1996), „ Amir Temur" (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.
I. Karimov xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mus-tahkamlash, ma 'naviyatni tiklash, sportni rivojlantirish sohasida-gi xizmatlari uchun bir qator xalqaro tashkilotlar va nufuzli xori-jiy davlatlarning orden va medallari bilan mukofotlangan.
U oilali, ikki nafar farzandi, uch nabirasi bor. Rafiqasi T.A. Karimova — iqtisodchi ilmiy xodim.
Do'stlaringiz bilan baham: |