I-kurs 1-mavzu: turkistonda


Download 0.79 Mb.
bet38/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

Islom Karimov. Asarlar, 7- jild, 375- bet.
Vatan, millat taqdiri hal boiayotganmustaqillikning dastlabki murakkab, mas'uliyatli pallasida Prezident IslomKarimov o’zining hayotiy tajribasi,boshidan kechirgan achchiq-chuchuk voqealardan olgan saboqlari va har bir voqeaga ilmiy asosda yondashish, kelajakni ko’ra
bilish qobiliyatiga tayanib O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yolini ishlab chiqishga bosh-qosh bo’ldi.
Islom Karimov o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respubli-kasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari to’qqizinchi sessiya-sida (1992- yil 4- yanvarda) so’zlagan dasturiy nutqida hamda 1992- yil avgust oyida nashr etilgan „O’zbekistonning o’z is-tiqlol va taraqqiyot yo’li" asarida O’zbekistonning taraqqiyot yoiini har tomonlama puxta asoslab berdi.
O’zbekiston yo’li, birinchidan, bozor iqtisodiyoti asosida taraq-qiy topgan davlatlarning tajribasiga tayangan holda ishlab chiqildi. Bu biron-bir taraqqiyot yo’lini ko’r-ko’rona ko’chirib olishni emas, balki boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to’plangan va bizning mamlakatimiz sharoitiga tatbiq qilsa bo’ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan foydalanish, degan ma'noni bildiradi.
Ikkinchidan, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larza-larsiz, evolutsion yo’l bilan madaniyatli taraqqiyotga o’tish — tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir.
Uchinchidan, O’zbekiston yo’li o’zbek xalqining milliy xusu-siyatlari, davlatchilik tajribasi, ma'naviy qadriyatlari, Sharq madaniyatiga mansublik, ijtimoiy hamkorlik, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik kabi fazilatlarga mos ravishda belgilandi.
To’rtinchidan, o’z yo’limizni belgilashda islom dini, uning jamiyat ma'naviy hayotidagi o’rni, musulmon davlatiar bilan o’zaro aloqalarni kengaytirishdagi ahamiyati hisobga olindi.
Beshinchidan, yangi yo’lni tanlashda O’zbekistonning geo-strategik mavqeyi, mustaqillikka erishgan paytdagi iqtisodiy im-koniyatlari, shart-sharoitlari, tabiiy resurslari asos qilib olindi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling