I-kurs 1-mavzu: turkistonda


-Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonun ijodkorligi


Download 0.79 Mb.
bet44/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

7-Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonun ijodkorligi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82- moddasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo’lgan subyektlar aniq belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, o’z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, Oliy Majlis deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy Sudi, Oliy xo’jalik sudi va Bosh prokurori egadirlar.
Oliy Majlis qonun loyihalari tayyorlash ishlarini olib borish, Oliy Majlisga taqdim etiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash uchun deputatlar orasidan qo’mi-talar va komissiyalar saylaydi.
Parlamentning navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha qo’mita va komissiyalar rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruhi tuziladi. Oliy Majlis zarur bo’Igan hollarda doimiy hamda muvaqqat ishlovchi deputatlik, taftish va boshqa kichik komissiyalar tuzadi va ularning tarkibiga olimlar, mutaxassislar jalb etiladi.
Qonunlar loyihalarini ko’rib chiqish, tayyorlash jarayonida partiya fraksiyalari va deputatlar bloklari, Oliy Majlisning tegishli qo’mita va komissiyalarining butun tarkibi faol qatnashadilar. Parlament sessiyalariga tayyorgarlik ko’rish qanday borayotganligi ommaviy axborot vositalari orqali muntazam yoritib boriladi. Qonunlar loyihalarini Oliy Majlisda doimiy ishlamaydigan deputatlarga oldindan yuborish, ularning takliflari va fikr-mu-lohazalarini olish tartibi joriy qilingan. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan mukammalroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular haqida tegishli vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalarining xulosalari olinadi, xalqaro tashkilotlarning ekspertizasidan o’tkaziladi.
Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha qonun loyihalari bo’yicha bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar, ekspert xulosa-larini Oliy Majlis Raisi va uning o’rinbosarlari huzurida tegishli qo’mitalar, kotibiyat, bo’limlar va partiya fraksiyalari rahbar-lari, ishchi guruhlarining a'zolari va ekspertlar ishtirokida puxta va atroilicha muhokama etish yo’lga qo’yildi. Qonun loyihasini tayyorlashga bunday yondashuv, ularning puxta va sifatli bo’-lishiga ijobiy ta'sir etmoqda.
Sessiyalar ishida O’zbekiston Prezidentining bevosita ishti-roki, uning qonunlarni ishlab chiqish jarayonini yanada yax-shilashga muttasil e'tibor berishi O’zbekiston parlamenti faoli-yatining takomillashib borishida, qabul qilinayotgan qonun-larning samaraligini oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qil-moqda.
Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995—1999- yillarda 15 ta sessiya o’tkazdt. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2ta milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qilindi. Amaldagi qonunlarga jami 216 ta qo’shimcha va o’zgarishlar kiri-tildi. Shuningdek, Oliy Majlis 70 ta xalqaro shartnomani ratifi-katsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro konvensiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi.
Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yakunlovchi XV sessiyasida Prezident Islom Karimov ma'.ruza qilib, uning faoliyatiga yuksak baho berdi:
Eng muhimi, birinchi chaqiriq asosida tashkil topgan parlamentimiz faoliyatining asosiy mezoni shundan iboratki, o’tgan davr mobaynida ko’ppartiyaviylik shakllangan, turli harakatlar, jamoat birlashmalari siyosat maydoniga chiqqan, turli ijtimoiy toifa va tabaqalar vujudga kela boshlagan murakkab bir sharoitda, Oliy Majlis hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan hamkorlikda jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqaror-Iikni saqlab turishda ishonchli omil bo’ldi".

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling