I-kurs 1-mavzu: turkistonda


Download 0.79 Mb.
bet45/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

I. A. Kariraov. Vatan ozodligi — oliy saodat. Asarlar,
8-jild, 60-bet.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 22- yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi sessiyasining birinchi majlisida hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 111 kishidan iborat deputatlar bloki, Xalq-demokratik partiyasidan saylangan 48 kishidan, „FidokorIar" milliy-derhokratik partiya-sidan saylangan 34 kishidan, „Vatan taraqqiyoti" partiyasidan saylangan 20 kishidan, „Adolat sotsial-demokratik" partiyasi-dan saylangan 11 kishidan va „MilIiy tiklanish" partiyasidan saylangan 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyalari, saylovchi-lar tashabbuskor guruhlaridan saylangan, 16 kishidan iborat deputatlar bloki ro’yxatga olindi. Bu holat Oliy Majlis tarkibida faoliyat yuritadigan partiya fraksiyalari va bloklari sonining ilgarigiga nisbatan ancha ko’payganligini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida Oliy Majlis foaliyatining yanada qizg’in o’tishi, xilma-xil fikrlar, qarashlar bildirilishi, qonunlarning yanada pishiq-puxta tayyorlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirdi.
Mazkur sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyidagi qo’mitalari va komissiyalari tashkil etildi:

  • Budjet, bank va moliya masalalari qo’mitasi.

  • Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo’mitasi.

  • Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasi.

  • Agrar, suv xo’jaligi masalalari va oziq-ovqat qo’mitasi.

  • Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qo’mitasi.

  • Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari qo’mitasi.

  • Ijtimoiy masalalar va bandlik qo’mitasi.

  • Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi.

  • Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo’mitasi.

  • Matbuot va axborot qo’mitasi.

  • Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi.

  • Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqaro-larning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi.

  • Yoshlar ishlari komissiyasi (mazkur komissiya ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30—31- avgust kunlari bo’lgan uchinchi sessiyasi qarori bilan „Yoshlar ishlari qo’mitasi" shaklida qayta tuzildi).

  • Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta'minoti komissiyasi.

  • Oila va ayollar muammolari komissiyasi.

  • Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi.

Qabul qilingan qonunlar turkumini ularning mazmuniga ko’ra besh yo’nalishga bo’lish mumkin.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling