I-kurs 1-mavzu: turkistonda
o’z hududlarida ijtimoiy va xo’jalik vazifalarini hal qilish
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
o’z hududlarida ijtimoiy va xo’jalik vazifalarini hal qilish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o’tkazish;
davlat hokimiyati organlariga O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident va hukumat hujptlarini, xalq deputatlari kengashlari va hokimlikiarning qarorlarini bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtirish. Fuqarolar yig’ini kollegial organ bo’lib, uni rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilan kelishgan holda, zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yig’ini, barcha aho-lini yig’ishning iloji bo’lraagan hollarda, belgilangan vakillik me'yorlari asosida o’tkaziladi. Rais (oqsoqol), uning masla-hatchilari fuqarolar yig’inida saylanadi. Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqol) doimiy ishlovchi bo’g’in. Rais o’z mahkamasiga ega bo’lib, uning miqdori rais o’z vazifasini bajarishga imkoniyat yaratadigan darajada tuziladi. O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organ-larini takomillashtirish, zarur holatlarda yiriklashtirish tadbir-lari ko’rilmoqda. Agar 1994- yilda 12 mingdan ortiq o’zini o’zi boshqarish organlari shakllantirilgan bo’lsa, ularning soni 2001- yilda 7847 tani tashkil etdi. 1999- yil 14- aprelda qabul qilingan „Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’-risida"gi yangi tahrirdagi qonunda ularning vakolatlari va huquqi kengaytirildi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga, shuningdek, mahalla fuqarolar yig’iniga: aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan qarorlar qabul qilish; qonun huj-jatlarining, shuningdek o’z qarorlarining ijro etilishi bo’yicha ja-moatchilik nazoratini amalga oshirish; atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish yuzasidan o’z hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish huquqlari berildi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2003-yil „Obod mahalla yili" deb e'lon qilindi va „Obod mahalla yili" dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha respublika komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya yil davomida amalga oshi-rilishi zarur bo’lgan tadbirlarning dasturini ishlab chiqdi. 2003-yil 7- fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masining „Obod mahalla yili" dasturi to’g’risida qarori e'lon qilindi. Mazkur dastur quyidagi muhim maqsad va vazifalarni ha-yotda ro’yobga chiqarishga qaratilgan: mahallaning davlat vajamiyat boshqaruvidagi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotidagi roli va maqomini mus-tahkamlash; mahalla faoliyatining amaldagi me'yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, uning vakolatlarini kengaytirish va fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi mas'uliyatini oshirish; mahalla faoliyatining moddiy bazasini mustahkamlash, mahalla hududida tadbirkorlikni, xizmatlar ko’rsatish va savdo sohalarini rivojlantirish, shular hisobiga yangi ish o’rinlari bar-po etish; mahallaning ijtimoiy-infratuzilmasini rivojlantirish, uning hududlarini obodonlashtirish, kommunal tarmoqlarni rivoj-lantirish; mahalla tomonidan kam ta'minlangan oilalarga aniq yo’nalishli moddiy yordamni va yosh oilalarni qo’llab-quvvat-lashni kuchaytirish; keksa avlodga e'tibor va g’amxo’rlikni kuchaytirish; mahalla aholisiga tibbiy va sanatoriy-kurort xizmati ko’rsa-tilishini yaxshilash, bolalar sportini rivojlantirish; mahallaning aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi, ijtimoiy adolat, o’zaro mehr-oqibat va ma'naviy-axloqiy tarbiya bilan Shunday qilib, mahalla O’zbekistonda tarixda birinchi marta fuqarolarning o’zini o’zi boshqaradigan tashkilotga aylandi. Ma-halla yig’ini raisi (oqsoqol), mas'ul kotibi lavozimi qonuniy asosda ta'sis etildi. Mahalla yig’ini raisi (oqsoqoli) va mas'ul kotiblariga oylik maosh beriladigan bo’ldi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining mustaqillik yillaridagi faoliyatiga baho berib, ishonch bilan aytish mumkinki, ular jamiyatni boshqarishning sharqona va milliy qadriyatlar bilan uyg’un-lashgan fuqarolik jamiyatining negizi, demokratik institut sifatida o’zini to’la oqladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling