I-kurs 1-mavzu: turkistonda
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- „Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida", „Yer to’g’risida", „Suv va suvdan foydalanish to’g’risida", „Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida"
- „Inson huquqlari bo’yicha vakil (ombudsman) to’g’risida"
Fuqarolarning bo’lgan huquqlari va burchlari bilan
burchlari o’zaro bog’langan. Davlat fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ham o’z hududida, ham uning tashqarisida himoya qiladi, ularga homiylik qiladi. Shuningdek, barcha fuqarolar davlat, jamiyat va boshqa fuqarolar oldida muayyan burchlarni, majburiyatlarni ham o’taydi. Fuqarolarning burchlari, majburiyatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo’yilgan. Fuqarolarning burchlari: Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish; Vatanni himoya qilish; harbiy yoki muqobil xizmatni o’tash. boshga'kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish; O’zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy meros obyektlarini avaylab-asrash; qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lash; tabiat va atrof-muhitni saqlash, tabiiy boyliklarga ehtiyot-korona munosabatda bo’Iish. O’zbekiston Respublikasining „Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida", „Yer to’g’risida", „Suv va suvdan foydalanish to’g’risida", „Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida" va boshqa qonunlarida fuqarolarning tabiat bilan bo’Iadigan mu-loqotdagi majburiyatlari belgilab berilgan. Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman), inson huquqlari bo’yicha Milliy markaz kiradi. 1995- yil 23- fevralda birinchi chaqiriq O’zbekiston Respub-likasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) lavozimi ta'sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Inson huquqlari bo’yicha vakil o’z faoliyatida huquqni himoya qiluvchi organlar bilan aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va hokimiyat orasida munosabatlarni yaxshilashga ko’maklashadi. Inson huquqlari bo’yicha vakilning maqomi va faoliyat doirasi 1997- yil 26- aprelda qabul qilingan „Inson huquqlari bo’yicha vakil (ombudsman) to’g’risida" gi Qonun bilan beigilab berildi. Vakil faoliyatining asosiy yo’nalishlari: inson huquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish; shikoyatlarni ko’rib chiqish bo’yicha aniq mexanizmni ya-ratish va fuqarolar huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko’rish; vakilning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash; vakilning inson huquqlari masalalari bo’yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish. Inson huquqlari bo’yicha vakil yil oxirida sohadagi ishlar ha-qida parlament va Prezidentga ma'ruzalar kiritadi. o’z faoliyatini olib borish paytida vakilning daxlsizligi ta'minlanadi va u tergov ishlari sohasida katta vakolatlarga ega. Vakil BMT ning inson huquqlari bo’yicha markazi, EXHT ning demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha burosi bilan hamkorlik qiladi, uchrashuvlar va xalqaro semi-narlar uyushtiradi. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Prezident farmoniga asosan 1996- yilning noyabrida tashkil etilgan „Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz"ning ahamiyati ham kattadir. Milliy markaz inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquq-larning muhofaza qilinishi yuzasidan ilmiy ma'ruzalar tay-yorlaydi. Milliy markaz inson huquqlari bo’yicha davlat hoki-miyati, boshqaruv idoralari va jamoat birlashmalariga maslahatlar, takliflar berib turmoqda, sotsiologik tadqiqotlar o’tkaz-moqda. Milliy markaz fuqarolarning huquqlarini amalga oshi-rish va rivojlantirish bo’yicha ma'lumotlarning axborot bazasini barpo etdi. Shuningdek, Milliy markaz xalqaro va milliy tash-kilotlar, hukumatga qarashli bo’lmagan tashkilotlar bilan ham-korlik qilmoqda, inson huquqlari sohasida davlatlararo ikki to-monlama va ko’p tomonlama bitimlar ishlab chiqish, ekspert baholash ishlarida qatnashmoqda. Respublikamizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining in- son huquqlari sohasidagi xalqaro me'yorlarga muvofiqligini, xalqaro huquqiy me'yorlarini mamlakatimizning amaldagi qonun hu[jatlariga joriy etilishini ta'minlashda 1996- yil dekabrda tashkil etilgan Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ham ijobiy tadbirlarni amalga oshirmoqda. Davlathokimiyatiningbirdan-birmanbayi xalqdir. Demokratik huquqiv]atda xalq hokimiyatchiligi, asosan, vakilliklar yo’li bilan, ya'ni hokimiyat organlari umumxalq saylov-lari orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo’lgan muhim masalalar xalq muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo’yiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling