I-kurs 1-mavzu: turkistonda
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xotin-qizlar qo’mitasi
- Xotira" kitobi 1995-yilda
1998- yil 28- dekabrda O’zbekiston „Fidokorlar" milliy demokratik partiyasi tashkil topdi Partiyaning , 1998yil28-dekabrdagi ta'sis konferensiyasida uning Dasturi va Nizomi tasdiqlangan. „Fidokorlar" partiyasiningyoshlarning chinakam suyanchi bo’la oladigan yangi tashkilot tuzish g’oyasini ilgari surdi. 2001- yil 25- aprel kuni Toshkentda bo’lgan yoshlar qurultoyida o’zini o’zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkiloti — O’zbekiston Respublikasi „Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tas-diqlandi. „Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maq-sadi yoshlarni birlashtirish (14 yoshdan 28 yoshgacha) sog’lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o’rnini egallashga ko’maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit - qizlarning o’z aql-zakovati, kuch-g’ayratini to’la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchisi bo’lishdan iboratdir.
O’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko’rsatmoqda.Jumladan, O’zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo’lgan xodimlarning jinsi, diniy e'tiqodlari, irqiy va milliy munosabatlaridan qafiy nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi jahon kasaba uyushmalari amaliyoti andazalariga mos keladigan federalizm, demokratiya, mustaqillik va ixtiyoriylik tamoyillari asosida isloh etildi. Kasaba uyushmalarining quyidan yuqorigacha barcha or-ganlari uyushma a'zolari tomonidan saylangan vakillarning yig’ilishlari, konferensiyalari va quriltoylarida saylanadi va ular oldida hisob beradi. O’zbekiston kasaba uyushmalarining 1996-yilgi maTu-motlariga ko’ra, 53 mingga yaqin boshlang’ich tashkilotlariga ixtiyoriy ravishda birlashgan 7,5 milliondan ziyod a'zosi bor. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarkibida 21 tarmoq kasaba uyushmalari, hududiy jihatdan esa Qoraqal-pog’iston Respublikasi, 12 viloyat hamda Toshkent shahar kasaba uyushmalari Kengashlari mavjud. Ular xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yo’lida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har to-monlama muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasi-dagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1- martdagi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma'naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta'minlashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-qizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mehnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo’mitalari faoliyat yurit-moqdalar. Qo’mita qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ish-lamoqda. 1996-yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar kengashi „Nuroniy" jamg’armasiga ay-lantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-mart-dagi „1941—1945-yillardagi urushda fashizm ustidan qozo-nilgan g’alabaning 50 yilligiga tayyorgarlik ko’rish va uni ni-shonlash to’g’risidagi" farmonida O’zbekistonliklarning urush yillaridagi jasoratini hamda qurbon bo’lganlar xotirasini abadiylashtirishga bag’ishlangan ko’p jildli „Xotira" kitobini nashr etish vazifasi qo’yildi, yetarli miqdorda mablag’ ajratildi va barcha shart-sharoit yaratib berildi. Juda katta mehnat va mashaqqatli izlanishlar natijasida urushda halok bo’lgan va be-darak yo’qolgan 450 mingga yaqin O’zbekistonlik jangchilarning aziz nomlari zikr etilgan 34 jildlik „Xotira" kitobi 1995-yilda, g’alabaning 50 yilligi arafasida xalqimizga, sobiq jangchilarning xonadonlariga bepul yetkazib berildi. Shuningdek, u barcha muzeylarga, Toshkent shahri va viloyatlardagi faxriylar tash-kilotlariga, kutubxonalarga, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tekshi-rish institutlariga, vazirlik va idoralarga, Davlat organlari, hokimliklar va jamoat tashkilotlariga hamda Moskva, Sankt-Pe-terburg, Kiyev, Minsk, Volgagrad shaharlari muzeylariga yu-borildi. „Xotira" kitobida katta tarix, achchiq hayot haqiqati tiklangan. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling