I-kurs 1-mavzu: turkistonda
Ommaviy axborot vositalari
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- „Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida" va „.lurnalistik faoliyatni himoya qilish to’g’risida"
Ommaviy axborot vositalari xalqqa ilmiy; huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy bilimlar,ma'lumotlar tarqatuvchi manbadir. Ular tarkibiga gazeta va jurnallar, radio va televideniye hamda boshqa axborot tarqatuvchi vositalar kiradi. Sobiq Ittifoq davrida ommaviy axborot vositalari to’la davlat monopoliyasiga olingan bo’lib, kommunistik mafkura quroliga aylantirilgan, milliy zamindan uzilgan edi.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalariga munosabat o’zgardi. Avvalo ularning huquqiy asoslarini yaratish tadbirlari ko’rildi. O’zbekiston Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko’ra, ommaviy axborot vositalari erkin va qonunga muvofiq ishlaydi. 29-moddasida esa har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno, deb belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida 1997-yil 24-aprelda „Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida" va „.lurnalistik faoliyatni himoya qilish to’g’risida", 1997-yil 26-dekabrda „Ommaviy axborot vositalari to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Davlat organlari, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzurani amalga oshirganlik, jumalistga tazyiq o’tkazganlik, uning professional faoliyatiga aralashganlik uchun javobgar bo’lishlari qonunan mustahkamlab qo’yildi. Ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida tuzilgan Axborot markazi, Milliy matbuot klubi ommaviy axborot vosi-talariga moddiy jihatdan ko’maklashmoqda. Respublika Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra 1996- yil avgust oyida ommaviy Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot vositalarining soni ko’paydi, sifati yaxshilandi. 1990- yilda 376 nomda gazeta va jurnallar chop etilgan bo’lsa, 2006- yilda 680 nomda gazeta, 200 nomda jurnal chop etildi, 4 ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 57 ta teleradiokompaniya va uning hududiy bo’linmalari, studiyalar, 100 dan ortiq elektron axborot vositalari faoliyat ko’rsatdi. Ko’p millatli O’zbekiston Respublikasida gazetalar, jurnallar, teleradioeshittirishlar 12 tilda — o’zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda chop etiladi, eshittiri-ladi. 6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o’zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy, hind tillaridan foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalari, ularning muassislari, mazmuni va yo’nalishiga qarab bir necha guruhlarga bo’linadi. Bular, davlat tomonidan nashr etiladigan; siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari, tijorat va xususiy gazeta va jurnallardir. Shuningdek, diniy tashkilotlarning gazeta va jurnallari, adabiy-badiiy, ixtisoslikka yo’naltirilgan ijti-moiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy nashrlar mavjud. 1996- yilda respublikamiz AQSHda joylashgan kompyuter tizimi „Internet" bilan bog’landi va jahon yangiliklarini qabul qilib olish va axborotlar uzatish yo’lga qo’yildi. Birgina 2003-yilda Internetdan foydalanuvchilar soni qariyb ikki baravar ko’paydi va mamlakatimizning yarim milliondan ortiq aholisi axborot xizmatining muhim turi hisoblanayotgan Internetdan foydalandi. Shahar va tuman markazlarida Internet klublar, Internet kafelar soni, milliy axborot segmenti yildan-yilga ko’payib bormoqda. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling