I-kurs 1-mavzu: turkistonda
O’zbekiston xalq demokratik partiyasi
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1995- yil 18- fevralda
- Milliy tik|anjsh demokratjk
O’zbekiston xalq demokratik partiyasiO’zbekiston xalq 1991- yil 1- noyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan ta'sis quriltoyida tashkil(XDP) topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. o’zbekiston XDPsi 1991-yil 15-noyabrda Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olindi. Partiyaning 218 viloyat, shahar va tuman kengashlari, 13665 boshlang’ich tashkiloti faoliyat ko’rsatmoqda. 400 mingdan ko’proq a'zolari bor.Xalq demokratik partiyasi o’z Dasturida milliy mustaqillikni mustahkamlash, demokratik davlat, insonparvar, adolatli jami-yat qurish, O’zbekiston xalqlari o’rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta'minlash, har bir kishining munosib hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, fuqaro-larning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini kafolatlash maqsadini ilgari surdi.
O’zbekiston XDPsi parlament partiyasidir. Partiya Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida o’z nomzodlarini ko’rsatadi, saylovchilarning ko’proq ovozini olish uchun kurashadi, davlat hokimiyati organlarining barcha bo’g’inlarida ishtirok etadi. Ikkinchi chaqiriq respublika Oliy Majlisining 2000-yil 22-yanvardagi qarori bilan XDPning 48 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro’yxatga olingan. O’zbekiston XDP sining „O’zbekiston ovozi", „GoIos Uz-bekistana" gazetalari va „Muloqot" jurnali nashr etilmoqda. 1995- yil 18- fevralda O’zbekiston„Adolat" sotsial- „Adolat" sotsial-demokratik partiyasi(SDP) tuzildi. Partiyaning ToshkentdaI ta'sis qurultoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995-yil 18-fevralda„Adolat" SDPni ro’yxatga olgan. Partiyaning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat qurish, Vatanga sodiq xizmat qilish, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish, demokratiya talablarining hamda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo’shishdan iborat. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 21-yanvardagi qarori bilan „Adolat" sotsial-demo-kratik partiyasining 11 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro’yxatga olingan. Partiya fraksiyasi „Adolat" SDP ma-jlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga amal qilib, ular oldida o’z ishlari yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. O’zbekiston „Adolat" SDPsi safida 30 mingdan ortiq a'zo bor. Qoraqalpog’iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek 175 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzil-gan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang’ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda. O’zbekiston „Adolat" sotsial-demokratik partiyasining „Adolat" nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalardan yana biri-O’zbekiston . “Milliy tik|anjsh demokratjk” partjyasidir (MTDP). U 1995- yil 3- iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan ta'sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995-yil 9-iyunda MTDP ni ro’yxatga olgan. Partiya oliy maqsadi milliy tiklanish g’oyasini amalga oshirish yo’lida o’z harakatining asosiy yo’nalishlarini quyidagicha belgi-laydi: millatning ma'naviy birligi; Vatan—yagona oila; kuchli demokratik davlat; milliy qadriyatlar; ilmiy-texnikaviy taraqqi-yot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqbol. O’zbekiston MTDPsining oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo’lib, unda rahbar organlar saylanadi. Joylarda 103 ta viloyat, shahar va tuman partiya tashkilotlari va bo’g’inlari ish olib bormoqda. Partiyaning 10 mingga yaqin a'zosi bor. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yiI 21- yanvardagi qarori bilan MTDPning 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyasi ro’yxatga olingan. O’zbekiston MTDPsining „MiIliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling