I-kurs 1-mavzu: turkistonda


Jamiyatni demokratiyalashda, ijtimoiy adolatni ro’yobga


Download 0.79 Mb.
bet54/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

Jamiyatni demokratiyalashda, ijtimoiy adolatni ro’yobga chiqarishda Vatan ichra kichik bir vatan bo’lmish mahal-laning roli g’oyat kattadir.
O’zbekistonda mahalla xalq ishonchini qozongan adolat maskani hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash mexanizmi bo’lib qoldi. Mahallalari obod bo’lgan mamlakatgina ildam qadamlar bilan taraqqiy etadi, albattabog’liq milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng targ’ib qilish, ularni asrab-avaylash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish
Xorijiy mamlakatlarning rasmiy vakillari O’zbekistonda shakl-langan mahalla tizimi bilan qiziqib, uning faoliyati bilan ya-qindan tanishmoqdalar. Ular O’zbekistondagi mahalla tizimi fu-qarqlik jamiyatining asosi ekanligiga yuksak baho bermoqdalar.


10- Mavzu: Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va demokratik saylov tizimining yaratilishi
Inson, uning huquqi va erkinligi masalasi demokratik hu-quqiy davlat, fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri bo’lib, u davlat va jamiyatning qay darajada rivojlanganini ko’rsatuvchi mezondir.O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach inson huquqlari va erkmhgim amq belgilash,ularning kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo’lidan bordi. 1991- yil 31- avgustda qabulqilingan „O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida Oliy Kengash Bayonoti" da O’zbekiston Respublikasi xalqaro huquq doirasida hamma e'tirof etgan qonun-qoidalar ustunligini tan oladi, deb bildirildi.
O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga doir BMTBosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan „Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi" (1948- yil 10- dekabr) „Iqtisodiy,ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risida Xalqaro Pakt" (1966-yil 19- dekabr), „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro Pakt" (1966- yil 19- dekabr) kabi xalqaro hujjatlar tan olindi va ularga sadoqat bilan amal qilinmoqda. O’zbekiston BMT kotibiyatining inson huquqlari va erkinliklariga doir 21 ta deklaratsiya, pakt va konvensiyalarga qo’shildi.
O’zbekiston Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti hujjatlarini tan oldi va uning demokratik institut va inson hu-quqlari bo’yicha Byurosi bilan inson huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Konstituttitutsiyasining 13-moddasida O’zbekistonda qonuniylik prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb belgilab qo’yildi.
Konstitutsiyada qonunlashtirib qo’yilganidek, O’zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar.
O’zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda Qoraqalpog’iston Respublikasining fuqarosi O’zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 7- bobida respublika fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari quyidagicha ta'riflab berilgan:

  • yashash huquqi;

  • erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;

  • aybsizlik prezumpsiyasi;

  • shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va uy-joy daxlsizligi huquqi;

  • bir joydan ikkinchi joyga ko’chish huquqi;

  • fikrlash, so’z va e'tiqod erkinligi;

  • fuqarolarning o’z huquq va manfaatlariga daxldor bo’Igan hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi;

  • vijdon erkinligi.

Mazkur huquq va erkinliklarga har bir shaxs ega bo’ladi, hamda o’zi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Inson hayoti qonun bilan qo’riqlanadigan muqaddas qadriyatdir.
Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari O’zbekiston Res-publikasining Konstitutsiyasi, „FuqaroIik kodeksi" (1995- yil 21- dekabr), „Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida" (1994-yil 6- may), „Fuqarolar muhofazasi to’g’risida" (2000- yil 26-
yil 1- m may), „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida" (1998-ay kuni yangi tahrirda qabul qilingan) va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan.
O’zbekistonRespublikasiKonstitutsiyasivaqonunlaridafuqarolarning siyosiy huquqlari mustahkamlangan. Ular quyidagilardan iborat:

  • davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish;

  • o’z ijtimoiy faollikiarini mitinglar, namoyishlar va yig’i-lishlar shaklida amalga oshirish;

  • kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat bir-lashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish;

  • vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakil-lariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish.

Fuqarolarning siyosiy huquqlari Konstitutsiya, „Jamoat tashkilotlari to’g’risida", „Ommaviy axborot vositalari to’g’-risida", „Siyosiy partiyalar to’g’risida" va boshqa qonunlar bilan himoya qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi va qonunlarida respublika
fuqarolarining iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari mustahkamlanib qo’yilgan:

  • uy-joyga ega bo’lish;

  • mulkdor bo’lish va undan erkin foydalanish;

  • mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ishsizlikdan himoya-lanish;

  • yollanib ishlaganda dam olish;

  • qariganda, mehnat qobiliyatini yo’qotganda, boquvchisi-dan mahrum bo’lganda ijtimoiy ta'minot olish;

  • malakali tibbiy xizmatdan foydalanish;

  • bilim olish;

  • ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish.

Fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi qo-nunlari bilan kafolatlangan. Kafolat deganda, fuqarolarga belgi-lab qo’yilgan huquq va erkinhklarni amalga oshirishni ta'min-laydigan vositalar, usullar va shart-sharoitlar tushuniladi. Za-rur bo’lgan hollarda inson huquqlari sudda himoya qilinadi yoki
tiklanadi. „Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida" gi Qonun (1995- yil 30- avgust) ana shu maqsad-larga xizmat qilmoqda.
Fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling