I-kurs 1-mavzu: turkistonda


Odamlarning saylov huquqini, o’z xohish-irodasini


Download 0.79 Mb.
bet56/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

Odamlarning saylov huquqini, o’z xohish-irodasini erkin ifodalash, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta'minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish demokra-tiyaning eng muhim tamoyilidi
Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli say-lovlardir. O’zbekistonda xalqaro huquq andazalari va talablariga, ilg’or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida „O’zbekiston Re-spublikasining referendumi to’g’risida" (1991- yil 18- noyabr) va „O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida" (1991- yil 18- noyabr) Qonunlari qabul qilindi. 1991- yil 29-dekabrda fuqarolarning yuksak faolligi asosida o’tgan saylovlarda xalqimiz tomonidan O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ma'qullandi va Islom Karimov O’zbekiston Pre-zidenti etib saylandi. O’zbekistonda demokratik saylov o’tka-zishda ilk tajriba to’plandi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi natijasida sayloy tizimining huquqiy asoslari mustahkamlandi.O’zbekiston Respublikasining fuqarolari vakillik organ-lariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. o’z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O’zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hoki-miyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to’g’-ridan to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’Ii bilan o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-modda.
Saylovlar haqida, saylov o’tkazish tartiblari to’g’risida bir qa-tor qonunlar qabul qilindi. „O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida"gi (1993- yil 28- dekabr), „Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida"gi (1994- yil 5- may), „FuqaroIar saylov huquqlari-ning kafolatlari to’g’risida"gi (1994- yil 5- may) Qonunlar shular jumlasidandir. 1997- yildan boshlab amaldagi saylov qonunlariga, referendum to’g’risidagi qonunga bir qator o’zgarti-rishlar kiritildi, bo’lajak saylovlar uchun zarur huquqiy asoslar yaratildi.
O’zbekistonda saylovlarni tashkil etish uchun mustaqil markaziy saylov komissiyasi tuziladi. Uning ma-qomi va ish yuritish tartibi 1998- yil 30- aprelda qabul qilingan „Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida" gi Qonunda belgilabo’yildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga saylov o’tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Saylov uchastkalari kamida 20 nafar va ko’pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi. Masalan, 1999- yilda saylovlarni tayyorlash va o’tkazish uchun respublikamizda 7684 ta saylov uchastkalari tuzildi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga say-lovni tashkil etish ishlarini viloyat, tuman va shaharlarda tuzila-digan saylov komissiyalari bajaradi, saylovlar okrug va uchastka komissiyalari tomonidan o’tkaziladi. Saylov organlari o’z faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, musta-qillik, adolatlilik prinsiplariga rioya qiladi.
Respublika saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga to’lgan har bir fuqaroning ovoz berishda bevosita ishtirok etishini ta'minlaydigan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Sud tomoni-dan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud huk-miga ko’ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saylovlarga qat-nasha olmaydilar.
O’zbekistonda saylovlar umumiy vatenglik prinsipiga asoslanadi. Buning ma'nosi shuki, har bir saylovchining ovozi teng, ya'ni har bir saylovchi bitta ovozga ega.Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqish, irqiy yoki milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabatidan qafiy nazar
teng saylov huquqiga ega. Saylovchilar saylov uchastkalariga teng, erkin kirish imkoniyatiga ega.
O’zbekistondagi saylovlar nomzodni to’g’ridan to’g’ri, be-vosita saylashni ta'minlovchi saylovlardir. Buning ma'nosi shuki, Prezident, Oliy Majlis va mahalliy vakillik hokimiyatiga saylovlarda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, AQSHda Prezi-dentni saylash uchun avval saylovchilar tanlanadi, keyin ana shu tanlangan vakillar Prezident saylovida qatnashadilar.
Saylovlarda yashirin ovoz berish ta'minlanadi, ovoz beruv-chining xohish-irodasini nazorat qilishiga yo’l qo’yilmaydi. Say-lov uchastkalarida ovoz beriladigan, bulletenlar to’ldiriladigan alohida xonacha — kabinalar tuziladi. Xonachada ovoz beruv-chidan boshqa biron-bir kishining bo’lishi man qilinadi. Bul-letenni mustaqil to’ldirish imkoniga ega bo’lmagan saylovchi o’z xohishiga ko’ra, saylov komissiyasi a'zosidan boshqa biror shaxsni xonachaga taklif etishi mumkin.
Saylovlar bir mandatli okruglarda hududiylik tamoyillari bo’yicha o’tkaziladi.
O’zbekistonda saylovlar ko’p partiyaviylik prinsi pida o’tka-ziladi. O’zbekiston Prezidentligiga, Oliy Majlis deputatligiga nomzod ko’rsatish huquqi siyosiy partiyalarga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq deputatlari Kengashiga va fuqarolar tomonidan shakllantiriladigan tashabbuskor guruhlariga berilgan. Fuqa-rolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzod ko’rsatish huquqiga ega. Respublika bo’yicha barcha darajalardagi davlat hokimiyati vakillik organlariga 7 mingdan ziyod (Oliy Majlisning quyi palatasiga — 120 ta deputat, Oliy Majlisning Senatiga — 100 ta senator, Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar va Tosh-kent shahar Kengashlariga — 800 tadan ortiq, tuman va shahar Kengashlariga — 6000 ga yaqin) deputatlar saylanadi. Har bir deputatlik o’rniga kamida 5—6 tagacha nomzodlar qo’yiladi va ular o’rtasida qizg’in bahs, kurash ketadi.
Saylov natijalarini O’zbekistonda saylov natijalari eng aninlash demokratik majoritar usulda aniqlanadi. Saylov natijasida saylovda qatnashganlarning 50 foizi + 1 ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar saylovchilarning ro’yxatiga kiritilgan say-lovchilarning yarmidan kami saylov yoki referendumda ishtirok etgan bo’lsa, saylov yoki referendum o’tmagan deb hisoblanadi.
Basharti saylov okrugi yoki uchastkasida saylov o’tmagan deb topilsa, nomzodning saylanganligini aniqlash imkoni bo’lmasa qo’yilgan nomzodlardan birontasi 50 foiz + 1 ovoz ololmasa takroriy saylov o’tkaziladi. Takroriy saylov asosiy say-lovdan keyin ko’pi bilan bir oy ichida o’tkaziladi. Takroriy say-lovda ovoz berish asosiy saylov o’tkazish uchun tuzilgan say-lovchilarning ro’yxatlari bo’yicha o’tkaziladi, ovoz berish bul-leteniga asosiy saylovda boshqalarga nisbatan ko’proq ovoz olgan ikki nomzod kiritiladi, oddiygina ko’p ovoz olgan nomzod yutib chiqadi.
Mustaqillik davrida yaratilgan demokratik saylov tamoyillari asosida Prezident saylovi, Oliy Majlis saylovi, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi, muhim masalalar bo’yicha referendumlar bo’lib o’tdi. Ularning yakunlari respub-lika fuqarolarining faol qatnashganligini yaqqol namoyon etdi.

11-Mavzu: Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi


Har bir mamlakatda demokratiya va fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik, yetuklik darajasi siyosiy partiyalar, harakatlar va jamoat tashkilotlarining mavjudligi, jamiyatdagi o’rni va faolligi bilan belgilanadi.


Shuni yaxshi uqub olishimiz kerakki, jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bo’Imas ekan, davlat hokimiyatining barcha bo’g’inlarida o’zboshimchalik, valuntarizm, demokratiya va fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik, yetuklik darajasi siyosiy partiyalar, harakatlar va jamoat tashkilotlarining mavjudligi, jamiyatdagi o’rni va faolligi bilan belgilanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling