Muzokaralar yakunida Islom Karimov va Vladimir Putin O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlarining Qo’shma bayonoti hamda chegara masalasi bo’yicha hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hu-kumatlararo komisligiga qarshi kurashda hamkorlik, bojxonaga oid hujjatlar va tartib-qoidalarni o’zaro tan olish, bojxonadan o’tish tartibini yengillashtirish va soddalashtirish, madaniy soha-da 2001—2003- yillarga mo’ljallangan hamkorlik to’g’-risida hujjatlar qabul qilindisiya, o’zaro savdoda bilvosita soliq olish tamoyillari, kontrabanda va bojxona qonunbuzar
O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarga asos solishda LKarimovning 1992- yil avgust oyida Kiyevga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Tashrif chog’ida 25-avgust kuni O’zbekiston Pre-zidenti Islom Karimov va Ukraina Prezidenti Leonid Kravchuk O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasida davlat-lararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik
to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish to’g’risida protokol va savdo-iqtisodiy hamkorlik bitimi imzolandi.
Muxtasar aytganda, O’zbekiston va Ukraina o’rtasida 1992—2002-yillarda neftni qayta ishlash, kommunikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot almashish, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik bo’yicha 130 dan ortiq hujjatlar imzolandi. o’zaro savdo hajmi 1992-yildagi 20 mln AQSH dollaridan 2001- yilda 400 mln AQSH dollariga yetdi. O’zbekiston Ukrainaga aviatsiya, kimyo va yengil sanoat mollari, paxta tolasi, rangli metallar, gaz eksport qilmoqda. Ukrainadan gaz va neft konlarini o’zlashtirishda zarur bo’lgan texnika uskunalari, qora metallurgiya, kimyo sanoati mollari, shakar, pista yog’i import qilinmoqda. O’zbekistonning Qora dengizdagi Ukraina bandargohlari orqali Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda
Do'stlaringiz bilan baham: |