MDH davlat boshliqlari 2003-yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli ko’rinishlariga qarshi birgalikda choralar ko’rish to’g’risida, MDHning ter-rorchilikka qarshi kurash markazini tuzish haqida qaror-lar qabul qiladilar.
2001-yil 29-30- noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag’ishlangan yubiley sammiti bo’-lib o’tdi. Sammit qatnashchilari Afg’onistondagi voqealar to’g’risida bayonot qabul qildilar.
Bayonotda aksiltervvr operatsiyasi ijobiy baholandi, uning natijasida xalqaro terrorchilarning infratuzilmasiga qattiq zarba berilgani hamda mintaqaviy va dunyoviy xavfsizlikni yanada mustahkamlashga yo’l ochilgani qayd etildi. Shu bilan birga, toliblar hukmronligi tugatilganidan keyin Afg’oniston taqdirini afg’on xalqining o'zi belgilashi, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlari BMT rahnamoligida amalga oshiritishi qo 'tlab-quvvatlandi.
1992- yil 30- mayda I. Karimov boshliq O’zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga davlat tashrifi paytida o’zbe-kiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va ham-korlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Shartnoma ikki davlat o’rtasida har tomonlama hamkorlikni yoiga qo’yish va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. Ikki davlat o’rta-sida diplomatik aloqalar o’rnatildi, elchixonalar ochildi
O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi tovar ayir-boshlash hajmi 2000-yiIda 1-mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. O’zbekistonda 520 ta O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi firma va kompaniyalari ro’yxatga olingan. Rossiyada esa o’zbe-kiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 250 ga yaqjn qo’shma korxona mavjud. O’zbekiston Rossiyadan mashi-nalar va jihozlar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli ma-shina va jihozlar, paxta tolasi, xizmatlar, oziq-ovqat mol-larini eksport qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |